Botanika” fanidan 5-sinflar uchun dars mavzusi: ildizning o’sishi va nafas olishi. Darsning ta’limiy maqsadi



Download 133 Kb.
Sana25.06.2022
Hajmi133 Kb.
#701633
Bog'liq
dars ishlnma


Farg’ona shahar
xalq ta’limimuassasalari faoliyatini
metodik ta’minlash va tashkil etish
bo’limi tasarrufidagi 10-IDUM i
biologiya fani o’qituvchisi
Mohidil Shojalilovaning
botanika” fanidan 5-sinflar uchun







DARS MAVZUSI: ILDIZNING O’SISHI VA NAFAS OLISHI.
Darsning ta’limiy maqsadi:
O’quvchilarni ildizning o’sishi va nafas olishi, ildiz qinchasining vazifasi, tuproqdagi havoning ildizga ta’sirlari haqida tushunchalar berish.


Darsning tarbiyaviy maqsadi:
Ildizlarning o’sishi va nafas olishining biologik ahamiyatini tushuntirish orqali o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish,ekologik tarbiya berish.


Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:
O’quvchilarning ildizning o’sishi va nafas olishi haqidagi bilimlari, kuzatish, o’simlik ildizlarini chilpish, darslik ustida mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish.


Darsni jihozlash:
Ildiz qismlari tasvirlangan rasmlar, slaydlar, multimediya vositalar,tablitsiya, ildiz namunalari, loviya mosh va makkajo’xori, ildiz tizimi shakllangan o’simtalari, lupa, barelyef model.


Dars usuli: Kichik guruhlarda o’qitish


Dars turi: Yangi bilimlar berish.


Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

  • salomlashish,

  • kunning muhim yangiliklari bilan o’rtoqlashish,

  • navbatchini tinglash.

2. O’tgan mavzu bo’yicha o’quvchilar bilimini aniqlash.


O’quvchilar uch guruhga bo’linadi. Ushbu rasm guruhlarga tarqatilib, uning qismlarini aniqlanadi.




  1. O’quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish.



Reja.

  1. Ildizning o’suvchi qismi va uni isbotlash.

  2. Ildiz qinchasining vazifasi.

  3. Ildizning nafas olishi.

4. Yangi mavzuni o’rganish bo’yicha o’qituvchining axboroti.

- O’quvchilarni ildiz turlari, ildiz tizimlari,ildizning o’simlik hayotidagi,tabiatdagi ahamiyati,ildizlarning tashqi va ichki tuzilishi,ildiz qismlari va ularning vazifalari, idizning o’sishi, oziqlanishi va nafas olishi, shakli o’zgargan ildizlar va ildiz mevalar bilan tanishtiriladi.


- O’simliklarning vegetativ va generativ organlari haqidagi tushunchalari bo’yicha “Klaster” usuli yordamida umumlashtirib olinadi.
So’ng ildiz tizimi o’q va popuk ildizlarga misollar keltirib bilimlar to’ldiriladi.
Guruhlarga tezkor savollar beriladi.
I guruh.
O’simlikning poya yoki tanasini yerga birlashtirib turuvchi qismi … (ildiz).
Qovun, tarvuzning ildizi qanday ildizga kiradi … (o’q ildiz).
Oziq moddalar to’planadigan Ildiz nima deyiladi … (Ildizmeva).
Ildiz qismlari nechta … (4 ta).

II guruh.


O’simlikning tuproqdagi suv va unda erigan oziq moddalarini shimib, oluvchi qismi … (ildiz).
Ildiz tizimiga ko’ra necha qismga bo’linadi… (2 qismga)
Arpa, bug’doyning ildizi qanday ildizga kiradi … (popuk ildiz).
Ildizning uchini o’rab turuvchi qismi … (ildiz qinchasi).
Ildiz tukchalarining faoliyati necha kun davom etadi … (10-20).

III guruh.


Ildiz turiga ko’ra necha qismga bo’linadi … ( 3 ).
O’q ildizga 2 ta misol ayting … ( go’za, no’xat).
Nima uchun ildizmeva deyiladi … (ildizida oziq moddalari to’plangani uchun).
Qo’shimcha ildizli o’simlikka misol ayting … (qulupnay, makkajo’hori).
Ildiz qismlarini nomma-nom ayting … (ildiz qinchasi, o’suvchi, so’ruvchi, o’tkazuvchi).


5.O’quvchilar tomonidan belgilangan o’quv topshiriqlarni mustaqil ravishda sifatli bajarishga erishish.


Yangi mavzuni mustahkamlash


Yangi mavzu bo’yicha guruhlar uchun topshiriqlar:
I-guruh. Ildiz qaysi qismidan o’sadi va buni qanday isbotlash mumkin?
II-guruh. Ildiz qinchasining vazifasi nimadan iborat?
III-guruh. Tuproqdagi havo ildizlarga qanday ta’sir qiladi?

O’quvchilar tomonidan ushbu savollarga javob berilgandan so’ng,o’qituvchi ularni fikrlarini jamlab qayta tushuncha beradi.




6.Yangi mavzu bo’yicha o’quvchilar bilimlarini test topshiriqlari yordamida nazorat qilish va aniqlash.
1.G’o’za nihollarining ildizi bir-kecha kunduzda necha sm o’sadi?
A. 3-4sm B.2-3sm C.5-6sm D.1-2sm
2.Asosiy ildizni chilpishdan maqsad nima?
A.bo’yini o’stirish B.mo’l hosil oilish C.suvni so’rib olish
3.Ildiz qinchasining vazifasi.
A.o’sishini ta’minlaydi B.hujayralarni bo’linishini ta’minlaydi C. hujayralarni tashqi ta’sirlardan saqlaydi.
4.Ildiz nima orqali nafas oladi?
A.atmosfera havosidan B tuproqdagi havodan C.oziq moddalardan
5.Yantoq osimkigining uzunligin necha m gacha boradi?
A 20m B.25m C.35m D.30m
7. Yangi mavzuni yakunlash.


8. O’quvchilarni baholab olish, eng faol guruhlarni rag’batlantirish.


9. Uyga vazifa berish:
Tayanch so’zlarni yozib, o’rganish. Mavzuni o’qib ,savollariga javob topish.
Download 133 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish