ATMOSFERA O‘ZGARUVCHAN KOMPONENTLARINING
EKOLOGIK AHAMIYATI
Atmosfera tarkibida doimiy komponentlardan tashqari, doimiy
bo‘lmagan, ya’ni o‘zgaruvchan komponentlar ham bo‘ladi. Bularga
birinchi navbatda tutun yoki sanoat gazlari kiradi. Tutun gazlarining
asosiy manbai har xil maqsadlar uchun yoqiladigan toshko‘mir va
boshqa yoqilg‘ilar hisoblanadi. Ayn iqsa sanoat gazlarining
gazsimon ingredientlari: S0
2
, F, HF, xloridlar, N0
2
xavfli
hisoblanadi. Ularning ko‘pchiligi o‘simliklarni kuydiradi, yuqori
konsentratsiyasi xatto nobud qiladi. Zararli gazlar ta’sirida
o‘simliklarning muhim fiziologik funksiyalari va ularda boradigan
bioximiyaviy protsesslar buziladi, buning natijasida ularning o‘sishi
va rivojlanishi susayadi, hayot faoliyati va maxsuldorligi pasayadi.
Tutun va gazlar ma’lum darajada iqlim sharoitini ham o‘zgartiradi.
Sanoat korxonalari atrofida, odatda, havoning namligi va yorug‘lik
normadan past, temperatura esa tutun bo‘lmagan yoki ozgina
bo‘ladigan
joylardagiga
qaraganda
yuqori
bo‘ladi.
Sanoat
korxonalarining qattiq komponentlardan iborat bo‘lgan chiqindilari
(chang va qurum) ham muhim ahamiyatga ega.
Sanoat
korxonalari
atrofidagi
o‘rmon to‘shamasida va
tuproqning
ostki
qatlamlarida,
odatda,
bioximiyaviy
va
mikrobiologik
aktivlikning
pasayishi,
kislotalilikning
ortishi,
yutilgan asoslarning kamayishi va asoslar bilan to‘yinganlik
darajasining pasayishi kuzatiladi. Tuproq kislotaliligining ortishi
adsorbilangan sulfid gazi hisobiga sulfat kislota hosil bo‘lishi bilan
bog‘lik; Sanoat gazlari ta’sir ko‘rsatishi tarixiy jihatdan uzoqda
bormaydigan o‘ziga xos antropogen ekologik faktor hisoblanadi.
Shunga ko‘ra, o‘simliklar bu faktorga nisbatan alohida moslanish
hosil qilmagan va ularning gazlarga chidamliligi tabiiy muhitga
bog‘liq holdagi xususiyatlariga asoslanadi (Kulagin, 1973, 1974).
Barglar va ninabarglar, odatda, kutikula bilan koplangan
bo‘ladi; kutikula xatto sulfat kislota ta’sif ettirilganda ham erimaydi.
Shunday qilib zararli gazlarning asosiy qismi bargga uning
og‘izchalari orqali kiradi, lekin yasmikchalari orqali kirishi ham
mumkin. Zararli ingredientlar bargga kirishi bilanoq mezofillning
g‘ovaksimon parenximasi bilan tutashadi. Hujayralar orasidagi
bo‘shliqlarda zararli moddalar to‘plana boradi, ular diffuziya
natijasida plazmolemma orqali hujayra shirasiga yutiladi, ya’ni
hujayra protoplastiga tushadi.
Zararli gazlarning yuqori konsentratsiyasi ta’sirida, ayniqsa
oltingugurt (IV)-oksid va ftor ta’sirida mezofillning hujayralari
yassilashadi, ularniig devorchalari tushib ketadi, hujayra shirasining
pH pasayadi, uglevod-azot rejimi buziladi, hujayraning o‘zi
deformatsiyalanadi, xloroplastlar va xlorofill parchalanadi-bularning
hammasi mezofillda juda tez sodir bo‘ladi. Bunda naychali
to‘qimalar kam zararlanadi, yog‘ochlashgan va ligninlashgan
hujayralar esa deyarli o‘zgarmaydi. Shuning uchun ksilema, odatda,
kam zararlanadi, lekin floema-nozik «tirik» tuzima ancha kuchli
zararlanadi. Bundan tashqari, gazlar protoplazmaning harakatini va
hujayralarning cho‘zilishini to‘xtatadi. Shuningdek, og‘izchalarni
yumuvchi hujayralarning regulyatorlik faoliyati buzilishi ham
kuzatiladi.
Sanoat gazlarining konsentratsiyasi uncha yuqori bo‘lmasa,
ham o‘simliklarning fiziologik funksiyalariga ta’sir etadi va
masalan, transpiratsiya intensivligini deyarli 1,5-2 baravar pasaytirib
yuboradi (Guderian, 1979). Daraxtlar shox-shabbasining yuqori
qismida transpiratsiya juda tez pasayib ketadi, novdalarining uchi
qurib qoladi. Zararlangan daraxtlarda transpiratsiya kunduzi ancha
o‘zgaruvchan bo‘lib qoladi, bu esa og‘izchalarning regulyatorlik
faoliyati buzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Tutun gazlari ta’sirida
fotosintez susayadi, masalan, qarag‘ayda u ikki martadan ortiq
pasayib
ketadi.
Hujayra
shirasida
zararli
moddalar
konsentratsiyasining
ortib
ketishi
barglarda
nekrozni-«kuchli
reaksiyani»
keltirib
chiqarishi
mumkin.
Aksincha,
konsentratsiyaning pasayib, uzoq muddat ta’sir etishi xronik
zararlanishni keltirib chiqaradi. Temperaturaga va yorug‘lik rejimiga
bog‘liq holda 0
2
ning zaharliligi kuchli darajada o‘zgarib turadi.
Uning maksimal darajadagi zarari kunning yarmida temperatura
yuqori bo‘lgan eng yorug‘ vaqtda, minimal darajadagi zarari kechasi
kuzatiladi. Soya joyda gazdan zararlanish ochiq joydagiga qaraganda
kuchsiz bo‘lib, barglarning kseromorfligi kuchayishi bilan gazga
nisbatan sezgirligi pasayadi.
Ana
shu
salbiy
protsesslarning
hammasi,
albatta,
o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishiga ta’sir qiladi. Lekin o‘sish va
rivojlanishning susayishi turning sezgirligiga bog‘liq: ninabargli
turlardan
tilog‘ochning
o‘sishi
kuchli
darajada
susayadi,
qopaqapag‘ayda kamroq barglilardan tog‘terakda susayish kuchli
bo‘ladi. Nihoyat, tutun gazlari ildiz sistemasining rivojlanishiga ham
salbiy ta’sir ko‘rsatadi: ildizlarning umumiy massasi keskin
kamayadi, fiziologik aktiv ildizlar zararlanmagan o‘simliklarnikiga
qaraganda 2-4 baravar kamayadi. Lekin bir xil moddaning uzi har xil
o‘simlik turlarida bir xilda samara bermasligi va aksincha, har xil
moddalar ta’sirida bir xilda zararlanish mumkin (Larxer, 1978).
Zararli gazlarning daraxtlarga ta’sirini o‘rganishda ularning bu
xildagi gazlarga sezgirligini va chidamliligini farq qilish zarur: bu
tushunchalar
xilma-xildir.
Ko‘pchilik
tadqiqotchilar,
masalan
qoraqarag‘ay sulfid angidridga sezgir tur, deb hisoblaydilar. Lekin
ba’zi kuzatishlar shuni tasdiqlaydiki, qaragan qoraqarag‘ayga
nisbatan gazlarga ancha sezgir, aini vaqtda chidamli ham bo‘ladi.
T
ILOROCH
sulfid angidridga juda sezgir (chunki ninabarglarining
kutikulasi yaxshi rivojlanmagan), lekin ayni vaqtda biologik
xususiyati, ya’ni har yili ninabarglarini to‘kishi tufayli juda chidamli
bo‘ladi, bu xususiyati hayot faoliyatini saqlab qolish imkonini
beradi.
Juka bilan zarang sulfid oksidga nisbatan kam sezgir, yuqori
darajada chidamli bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda o‘simliklarning gazga chidamliligining har xil
turlari farq qilinadi (Kulagin, 1973, 1974). Bular: 1)
Do'stlaringiz bilan baham: |