O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Mavzuga oid hujjat
Pyotr I ning Bekovich-Cherkasskiyga yo‘riqnomasi
1. Amudaryo bir vaqtlari Kaspiy dengiziga qo‘yilgan joyda 
1000 chaqirimni qamraydigan harbiy istehkom qurilsin. Amudaryo 
oqimini va to ‘g ‘onlarini sinchkovlik bilan o ‘rganib, imkoni b o is a
eski yo‘lga burib yuborilsin. Suvni Orol dengiziga y o ‘naltiradigan 
to ‘g ‘onlar buzilsin1. Bu ishlami bajarishga qancha kishi kerakligi 
aniqlansin.
2. Xiva xonligining rus davlati tobeligiga o ‘tishiga erishilsin 
hamda bizning manfaatlarimizga xizmat qilish sharti bilan harbiy 
qism qoldirilsin. Agar xon rozi b o is a va sharoiti ko‘tarsa, harbiy 
qismni o ‘zi ta ’minlasin. Bordiyu, buni qila olmasa, harbiy qismni bir 
yil davomida ta ’minlash kafolati berilsin, keyingi yillardagi xarajat- 
lar esa uning zimmasiga yuklatilsin.
3. Agar Xiva xoni rozilik bildirsa, u vaqtda xon kishilariga ikki 
rusni qo‘shsin va ular Sirdaryo suvi b o ‘ylab oltin borligini aniqlash 
uchun Yorkentga j o ‘natilsin. Shuningdek, xondan savdogarlarimiz- 
ning Amudaryo bo‘ylab Hindistonga borishlari uchun kemalar be- 
rishi so‘ralsin. Savdogarlar ketayotganlarida quruqlik va suv y o ila - 
rini, daryo va k o ilarn i, ayniqsa Hindistonga boradigan y o in i yaxshi 
o ‘rgansinlar va m a’lumotlar to ‘plasinlar. Agar savdogarlar Hindis­
tonga Kaspiy dengizi orqali boradigan y o ‘1 mavjudligini eshitsalar, 
u vaqtda shu y o ‘1 bilan orqaga qaytsinlar va k o ‘rganlarini q og‘ozga 
tushirsinlar.
4. Xiva xonidan Buxoro xonligining rus davlati tobeligiga 
o ‘tishga xohishi bor-yo‘qligi aniqlansin. Bordiyu bunday istak bo‘l- 
masa, do‘stlik munosabatlari o ‘matishga erishilsin.
5. Ko‘rsatilgan topshiriqlami amalga oshirish uchun 4000 
kishidan iborat muntazam qo‘shin va kerakli kemalar ajratilsin. 
Bundan tashqari, Yoyiq kazaklaridan 1500, eshkakchilardan 500 
va otliqlardan 100 kishi berilsin. Ular savdo karvonlarini muhofaza 
qilish niqobi ostida Ashtarxondan harbiy qal’a va shahar quriladigan 
joyga, ya’ni Kaspiyning sharqiy qirg‘og‘igayuborilsin. Q o‘shin 
komandirlari barcha joylardagi tub aholiga nisbatan xushmuoma- 
lada boisinlar. Shahami qurish uchun zarur b o ig a n asbob va 
cho‘kichlar berilsin.
6. Dengiz ofiserlaridan poruchik Kojin va navigatorlardan 50

Demak, Orol dengizini quritish g'oyasi birinchi bo'lib Petr birinchidan 
kelib chiqqan va uni Sovet tuzumi amalga oshirgan. Mualliflar izohi.
2
-
17
%
33
www.ziyouz.com kutubxonasi


yoki ko‘proq kishi harbiy qismga qo‘shilsin. Kojin savdogar niqo- 
bida ish yuritishi, navigatorlar esa Yorkentga yuborilishi lozim 1.
Pyotr I ning harbiy istehkomlar qurish va shu y o ‘l bilan Kaspiy 
dengizining sharqiy qirg‘oqlarida rus davlatining ta ’sirini o ‘matish 
haqidagi koisatm asini bajarish uchun Bekovich 69 kemada Kas­
piy dengizi bo ‘ylab y o ig a chiqdi. Tikqarag‘an degan joydan Man- 
qishloqqa kelib, bu yerda Avliyo Pyotr nomida harbiy istehkom 
qurdi. Ikkinchi qal’a Krasnovodskda barpo etildi.
1717 yil ko‘klamida Bekovich-Cherkasskiy o‘z qo‘shinining 
bir qismini y o i bo‘yiga qo‘yib, o ‘zi qolgan askarlari bilan kemada 
Kaspiy dengizi orqali, Gurevga keldi.
Qalmoqlar xoni Ayuka Bekovich-Cherkasskiyni Xivadagi va- 
ziyatdan ogoh qiladi: «Mening Xiva xonligiga borib kelgan oda- 
mimning guvohligiga ko‘ra, 2000 kishidan iborat xivaliklar, qora­
qalpoqlar va qozoqlar birlashib, chegara joylarda turibdilar. Ular 
y o ilardagi quduqlami ko in g an lar hamda jang qilish niyatidadirlar. 
Y oilarda jaziram a issiq oqibatida o ‘t yo‘qligidan rus askarlari o g ir
ahvolga tushib qolmasinlar. Vaziyatni batafsil tushuntirish uchun 7 
kishini yubormoqdaman»2.
Bekovich-Cherkasskiy 3000 dan ortiq qo‘shin bilan 1717 yil may 
oyining oxiri - iyunning boshlarida Gurevdan chiqib, Xiva tomon 
yurdi. Emba daryosi irm o g in i kechib o id i, ikki kundan keyin esa
Bagachat degan joyga kelib qo‘ndi. So‘ngra Dukchon, Mansul- 
mas, Childop, San Durali va Yangisuv singari kuduqli manzillami 
bosib o id i. Biroq, jaziram a issiq va o'tlar qovjirab ketganligi sababli 
qo‘shindagi ot va tuyalami boqish g ‘oyatda og‘ir kechadi. Bekovich- 
Cherkasskiy Yangisuvga kelgach, tinchlik va do‘stlik elchisi sifatida 
borayotganligini m a iu m qilish uchun Sherg‘ozixon huzuriga Mixail 
Karetovni jo ‘natdi. Shundan keyin qo‘shin y o id a davom etib, 
Shershik q u d u g i va Qoraqumobod arig‘i orqali O q k o i a r ig i bo‘yiga 
keldi. K o‘p o ‘tmay uning huzuriga Xiva xoni Sherg‘ozi nomidan 
ikki kishi va Karetovning bir odami keldi. Ular xon nomidan 
Bekovich-Cherkasskiyga ot, to ‘n va turli matolardan iborat sovg‘a- 
salomlami topshirdi.
0 ‘z navbatida u ham Xiva elchilariga diplomatik mulozamatlar 
ko isatad i. So‘ng qo‘shini bilan Xivaga yurishini davom ettiradi.
1 Rossiya Federasiyasi Markaziy Davlat harbiy-tarixiy arxivi, harbiy-ilmiy 
VUA-jamg‘armasi, 35-ish, 57-varaq.
2 Moskvadagi Qadim Aktlar Davlat Markaziy Arxivi (SGADA), «Buxarskie 
dela», kn. I, ch.P, 215—216-betlar.
34
www.ziyouz.com kutubxonasi


Poytaxtgacha to ‘rt kunlik masofaga yetishganda Xiva qo‘shini eks- 
pedisiya bilan to'qnashadi. Uch kun davom etgan jang ruslaming 
harbiy ustunligini k o ‘rsatadi. Sherg‘ozixon bosqinchilami qurol 
kuchi bilan yengib bo‘lmasligini anglaydi. Xiva hukmdori ruslar 
huzuriga o ‘z elchisini yuborib muzokaralar boshlaydi.
Bekovich-Cherkasskiy o ‘z navbatida Xiva xukmdoriga o ‘zining 
rus davlatining elchisi ekanligini va qoraqalpokdar hujumlaridan 
saklanish uchun qo‘shin bilan kelganligini m a’lum qildi. Oradan 
k o ‘p vaqt o ‘tmay, rus elchilari xonning lashkarboshisi Qulunbek 
va N azarxo‘ja ismli kishi bilan birga keldilar. Qisqasi, har ikki 
tomon bir-birlariga hujum qilmaslikka axd qildilar. Sherg‘ozixon 
Eshonxo‘ja orqali Bekovich-Cherkasskiyni o ‘z xuzuriga taklif 
etdi. Nihoyat bunga rozilik bildirgan Bekovich-Cherkasskiy knyaz 
Mixail Samonov, brigadir Grigoriy Volkov, 700 askar va boshqa 
kishilar bilan xon xuzuriga yo‘1 oladi. U Pyotr I yorlig‘ini, qimmatli 
egar-jabduq o ‘ralgan ot, movut, har biri 5 gazdan bo ‘lgan turli gaz- 
lamalar, kallaqand, kumush idishlardan iborat sovg‘alarni xonga 
topshirdi.
Sherg‘ozixon do‘stona suhbatlar va mehmondorchiliklar uyush- 
tirib kapitan-poruchikni yaqindan tanish, maqsadini anglashga 
urinadi. Uning bu urinishidan quyidagi m a’lumotlar aniqlanadi. 
Asli Vatani Qabarda bo‘lgan Iskandarbek knyaz Golisinning qizi 
Mariyaga uylangach, nasroniy diniga o ‘tgan. C ho‘qintirish maro- 
simida Aleksandr Bekovich-Cherkasskiy nomini olgan. Xorijga 
o ‘qishga yuborilgan. So‘ng poruchik unvonida Preobrajensk leyb- 
gvardiya polkiga xizmatga tayinlangan. Podshoning yaqin va ishon- 
chli mulozimiga aylangan. Xivaga yaqinlashganda rafiqasi Mariya 
va qizlarining Volgada cho‘kib o ‘lgani haqida xabar olgach, 
dunyoqarashi o ‘zgargan. U Allohning qahriga uchraganini sezib, 
yana musulmonlikka qaytgan. Sherg‘ozixon aniqlagan m a’lumotlar 
asosida Iskandarbekka aylangan Bekovichni qo‘shinni besh qismga 
ajratishga ko‘ndiradi. So‘ng ulami qirib tashlaydi. Xiva xonining 
tadbirkorligi tufayli birinchi ms ekspedisiyasi barbod b o ‘ladi'. Ros­
siyaning Xivaga elchilik niqobida qo‘shin yuborgani bu vaqtda 
Buxoroda katta bezovtalik uyg‘otgan edi. Shuning uchun Buxoro 
xoni Abulfayzxon 1716 yilda Xonquli to ‘pchiboshi boshliq 61 kishi- 
dan iborat elchilarini Peterburgga jo ‘natadi.
1 Rus muarrixi M.Terentev Bekovich-Cherkasskiyni 6 ming rus askar va 
zobitlanning halokati sababkori deb yozadi. Uni nasroniyliqdan musulmonlikka 
qaytganini xiyonat deb hisoblaydi. Iskandarbek o'zi Xiva taxtiga o'tirmoqchi 
bulgani uchun Sherg'ozixon tomonidan o‘ldirilgan degan taxminni ilgari suradi.
35
www.ziyouz.com kutubxonasi


Elchilar 1716 yilning 22 fevralida Ashtarxonga yetib keldi va 
komendant M.Chirikovga o ‘zining ishonch qog‘ozini va Abul- 
fayzxonning maktubini topshirdi.
Ayni vaqt Prussiyada turgan Pyotr I ning Peterburgga qayti- 
shini, keyin esa y o ilam in g ochilishini kutgan Xonquli to ‘pchi- 
boshi 1717 yilning may oyigacha Moskvada qoldi. Uni zodagonlar, 
amaldorlar va boy ayonlar ovuntirib turdilar, bazmlariga olib bo- 
rishdi. Elchiga Rossiyaning boyligi va qudratini namoyish qilishga 
urinishdi. 1717 yilning 26 iyunida esa uni Peterburgga izzat-ikrom 
bilan kuzatib qo‘yishdi.
Abulfayzxon Pyotr I ga yozgan maktubida ikki davlat orasida 
do‘stlik munosabatlarini o ‘matish va o ‘zaro savdo-sotiq ishlarini 
rivojlantirish istagini bildirgan edi. Buxoro xoni o ‘z maktubida Ash- 
tarxonda ayrim musulmonlaming tuhmatga uchrab, begunoh hibsga 
olinganligini ta’kidlab, ularning ozod qilinishini iltimos qilgan.
1717 yilning 3 iyulida Rossiya xukumatining topshirig‘iga 
k o ‘ra, Tashqi ishlar mahkamasi xodimi Pyotr Kurbatov Xonquli 
to ‘pchiboshining huzurida b o ‘ldi. Ammo, elchi Buxoro xonining 
yorliq va maktubini shaxsan Pyotr I ga topshirish lozimligini aytib, 
podshoning Rossiyaga qaytishini kutdi'.
1717 yilning 10 oktyabrida Sankt-Peterburgga qaytgan Pyotr I 
Buxoro elchisini 26 oktyabrda qabul qildi. Shohlarga xos odat b o 'y i­
cha Pyotr I elchidan Buxoro xonining salomatligini surishtirdi. Shun­
dan keyin Buxorodan keltirilgan sovg‘a-salomlar topshirildi. Xon­
quli to ‘pchiboshi Abulfayzxonning ishonch yorlig‘ini topshirgach, 
asir etilgan buxoroliklaming ozod etilishini iltimos qildi.
Bekovich-Cherkasskiy ekspedisiyasi halokatidan so‘ng o ‘z reja- 
sidan qaytmagan Pyotr I endi o ‘z nigohini Buxoroga qaratadi. 
Shuning uchun podsho va uning vazirlari, xususan, zobitlar elchiga 
zo ‘r qiziqish bilan qaradilar. Ular Xonquli to ‘pchiboshi qachonlardir 
Orenburg gamizoni kaprali Andrey Rodikov b o ‘lganini eshitishgan 
edi. Asir tushib qolgan bu zobit Xivada qul tariqasida sotilgani, 
Buxoro shahzodasi Abulfayz uni o ‘z xizmatiga olib, armiyada katta 
lavozimga qo‘ygani tarixini ham bilishardi. Andrey Rodikov o ‘z 
darajasiga k o ‘ra, generaldan ham yuqori unvondagi Buxoro amaldori 
ekani ham bu qiziqishni oshirgan edi. Sobiq kapral endi Xonquli 
to ‘pchiboshi nomida qirq yildan so‘ng o ‘z vatanida o ‘zga yurtning 
elchisi sifatida turardi2. Pyotr I Buxoro elchisi bilan qilgan shaxsiy 
suhbatida uning butun tarixini bilib oldi va unga hurmati oshdi.
1 SGADA, 109-jamg‘arma, «Бухарские дела», 1-kitob, 2-qism.
20 ‘shajoyda, 177-varaq.
36
www.ziyouz.com kutubxonasi


Xonquli to ‘pchiboshi Abulfayzxonning topshiriqlarini bajarib 
bo ig ach , Buxoroga qaytib ketishi oididan xotini va qizi Peterburgda 
umrbod qolmoqchi ekanini podshoga aytganida Pyotr I elchining bu 
iltimosini qondirgani ham bejiz boim agan. 0 ‘z burchiga sodiq bu rus 
zobitining Buxoro xoniga sadoqati podshoni ajablantirdi.
Pyotr I Rossiyaning Buxoro bilan yaxshi munosabatda b o iish i 
siyosiy maqsadlarda q o i kelishini yaxshi anglar edi. Shuning 
uchun u Abulfayzxonga yozgan javob maktubida o ‘zaro savdo-sotiq 
aloqalarini y o ig a qo‘yishdan mamnunligini bildirdi va bundan buyon 
Buxoro savdogarlaridan boj-xiroj olinmasligini xabar qildi.
Buxoro xonining Rossiyadagi asirlami ozod qilish haqidagi 
iltimosi ham ijobat topdi: « 0 ‘ta xavfli jinoyat sodir etib, o iim jazo sig a 
loyiq b o ig a n » buxorolik ikki kishi umrbod surgun qilindi, boshqalari 
ozod etildilar1. Pyotr I Abulfayzxonning Buxoroga «idrokli odam»ni 
elchi qilib yuborish to ‘g ‘risidagi iltimosiga alohida e ’tibor bilan 
qaradi. Chunki Buxoro xoni Abulfayzning Pyotr I dan o ‘z elchisini 
yuborishni iltimos qilishi rus hukumatining manfaatlariga t o i a mos 
kelar edi.
Buxoroga borishga hozirlik ko‘rayotgan Florio Beneveni bosh- 
chiligidagi elchilik jamoasining taraddudi Abulfayzxon iltimosiga 
javob b o id i.
Rus podshosi Pyotr I huzurida yuqori lavozimda turgan F.Be- 
neveni asli italiyalik b o iib , «fors va turk tillarini yaxshi bilar, o ‘zi- 
ga topshirilgan elchilik vazifasini bajara oladigan darajada boy 
tajribaga ega» odam edi.
F. Beneveni boshliq elchilami j o ‘natish bilan shaxsan Pyotr 
I hamda uning eng yaqin yordamchilari: kansler G.Golovkin va 
uning o ‘rinbosari P.Shafirovlar shug‘ullanganligi uchun Buxoro 
xoni Abulfayzxon ham bu tashrifga o ‘ta qiziqish bilan qaradi.
Florio Beneveni elchiligining maqsad va vazifalari 1718 yilning 
13 iyulida imzolangan maxfiy y o ‘riqnomada ochiq-oydin ko‘rsatib 
berilgan. Yetti moddadan iborat ushbu yoiiqn o m ad a F. Beneveniga 
o ‘z safari c h o g id a iqtisodiy va geografik ahamiyatga molik yerlami 
buxoroliklarga sezdirmasdan eslab qolish, Kaspiyga quyiladigan 
katta-kichik daryolar va mavjud kemalar, shaharlar va istehkomlar 
haqida m a iu m o t to ‘plash topshirilgan edi. Bu topshirikdar ichida 
uning ham Buxoroda Eron elchilariga ko‘rsatiladigan darajada 
izzat-ikrom bilan kutib olinishiga erishish lozimligi alohida uqti-


Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish