O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Mehmet Sarny.
Rusisgali Devrinde Osmanli Devleti ile Turkistan Hanliklari 
Arasindaki siyasi Munascbctler. Istanbul, 1990, s-11.
40
www.ziyouz.com kutubxonasi


Rossiya hukumati o ‘zining mustabidiik manfaatlari y o iid a
o ‘zbek xonliklarining savdogarlari faoliyatini cheklab qo‘yishdan 
ham toymagan. Bundan tashqari, Rossiya strategik xom ashyo 
hisoblangan metallami (mis, qo‘rg ‘oshin va boshqa), ulardan ish- 
langan buyumlarni 0 ‘rta Osiyoga chiqarishni ta’qiqlagan edi. Bun­
day siyosatdan norozilik Buxoro va Xiva xonlarining Rossiyaga 
yuborgan elchiliklari faoliyatida katta o ‘rin egallagan. Ular rus 
savdogarlari o ‘zbek xonliklarida erkin savdo qilayotganlarini eslatib, 
shunday sharoit o ‘zbek savdogarlariga ham yaratilishi kerakligini 
Rossiya hukumati oldiga qo‘yishgan. Shuni uqtirib o ‘tish lozimki 
o ‘zbek savdogarlari bunday cheklashlarga qaramay, tadbirkorlik 
bilan ish yuritib, Rossiyadan o ‘z mamlakati mudofaasi uchun zarur 
xom ashyo va buyumlarni olib kelishgan. Ernazar Maqsud o ‘g ‘li ana 
shunday tadbirkorlardan biri edi.
Mulohaza uchun axborot
Elchi savdogar
Tabiatan iqtidorli, madrasada tahsil olgan, yurt tanigan Ernazar 
Maqsud o ‘g ‘li ham sayohat, ham tijorat maqsadida Rossiya bilan 
yaqindan tanishadi.
Rossiya davlatining arxivlarida Buxoro xonligining ana shu 
fuqarosining shaxsi va faoliyatiga doir hujjatlar saqlanadi. Hukumat 
arkonlarining hujjatlarida u dastlab m ulla, savdogar va diplom at 
sifatida tilga olinadi. Rossiya imperiyasi Davlat kengashi va 
hukumatiga tegishli hujjatlarda, xususan, uning o iim ig a oid xabarda 
Ernazar Maqsud o ‘g ‘li «millatiga shon-sharaf keltirgan» shaxs 
sifatida ulug‘lanadi. Uning 1745 yildan 1780 yilgacha Rossiya bilan 
bog‘langan faoliyatiga nihoyatda yuqori baho beriladi1.
X o‘sh, bundan 250 yil muqaddam Rossiyada shuhrat qozonib, 
uning podsholari e ’tibori va hurmatini qozongan bu zot kim edi? 
Biz quyida tijoratni siyosat, shaxsiy foydani yurt manfaati bilan 
uzviy bog‘lab ish yuritgan Ernazar Maqsud o ‘g ‘li faoliyatidan ayrim 
jihatlarnigina yoritayapmiz, xolos.
1754 yilda Rossiya imperatrisasi Yelizavetta o ‘z saroyida 
Sharq ellaridan kelgan bir guruh savdogarlami qabul qildi.
Gvardiya zobitlari yordamida uyushtirilgan davlat to ‘ntarishi 
natijasida taxtni egallagan Elizaveta shijoatli va tadbirkor ayol edi. U
1 0 a r a n g: 
X. Г. Гулямов.
Из истории дипломатических отношений Рос­
сии с Бухарским ханством XVIII в., стр. 81-95.
41
www.ziyouz.com kutubxonasi


xuddi otasi Pyotr I singari Sharq bilan qiziqar, ayniqsa, nodir toshlar
qimmatbaho gavhar va duru javohirlar yig‘ishga havasi baland edi.
Yelizaveta savdogarlar bilan suhbatlashib, ulaming mollarini 
ko'zdan kechiradi. Lining diqqatini Buxoro savdogari Em azar Maq- 
sud o 'g 'li jalb etadi. U boshqa savdogarlarga nisbatan o ‘zining 
muomalasi, tavozeliligi, dadil harakatlari va rus tilida erkin so'zla- 
shi bilan ajralib turardi.
Buxorolik savdogar Yelizavetadan p o ‘lat va qo‘rg ‘oshin sotib 
olishga mxsat berilishini iltimos qiladi. Hamma savdogarlar birinchi 
navbatda o 'z manfaatini ko'zlasa, u o ‘z mamlakatining mudofaasi 
uchun zam r narsalami so‘ramoqda edi. Yelizaveta o'zi tanlagan 
qimmatbaho toshlar uchun qancha to'lash lozimligini so'raganda, 
Em azar Maqsud o ‘g ‘li hozirjavoblik bilan musulmon savdogarlari 
odati bo'yicha mollaming eng sarasi avvalo yurt hukmdoriga tuhfa 
etilishini bayon etib, barchani o'ziga maftun qiladi. O 'shanda saroy 
mulozimlari ham uning tuhfalaridan bahramand bo'lishdi.
Ernazar Maqsud o 'g 'lig a imperatrisa uchun zam r mollar ro'yxa- 
tini berib, ulami kelasi yilgacha olib kelishini tayinlashadi. U shun­
day buyurtmalami saroy amaldorlaridan ham olgan edi. Shundan 
keyin Em azar Maqsud o 'g 'li oddiy savdogar emas, balki Rossiya 
hukumati a ’zolarining shaxsiy ta ’minotchisiga aylanadi. Uning o'zi 
va sheriklari uchun Rossiya bozori bilan birga barcha idoralaming 
eshiklari ham keng ochildi. U bunday keng vakolat va imkoniyatlar- 
dan faqat o ‘z foydasi uchungina emas va balki, eng avvalo, vatani 
manfaatlari yo'lida foydalandi. 1762 yili u Rossiya hukumatidan 
buxoroliklaming Makkaga haj qilishi uchun Eron orqali emas. balki 
Ashtarxon orqali o'tishiga mhsat berilishini iltimos qildi.
Yelizavetaning o'lim idan so'ng taxtga o'tirgan imperator 
Pyotr III Em azar Maqsud o 'g 'li iltimosini qondirishga rozi bo'lib, 
bu haqdagi farmonga imzo chekadi. Shundan keyin musulmonlar 
uchun Makkaga borish yo'li qisqarib, qulay imkoniyatlar tug'ildi.
1774 
yilda Em azar Maqsud o 'g 'li Buxoroning rasmiy elchisi 
sifatida Ashtarxonga katta karvon bilan yetib keladi. Bojxona xo- 
dimlarining hisob-kitobiga qaraganda, u olib kelgan mollaming 
umumiy hajmi 40 tonnadan ziyod edi. Emazar Maqsud o 'g 'li o 'z 
yuklarini kemada keltirgan savdogar Pyotr Volnovoinovga y o 'l haqi 
uchun 1300 mbl to'lagan. Ashtarxon portining bojxona taftishchilari 
hay'ati undan Rossiyaga keltirilgan mollari uchun 2 ming mbl boj 
to'lashni talab qiladi. Ammo Ernazar buni rad etib, Sankt-Peterburg- 
dan maxsus vakolati borligiga ishora qiladi. U o'zining yaqin 
odamlarini imperatrisaga m o'ljallangan sovg'a-salom lar va buyurtma
42
www.ziyouz.com kutubxonasi


mollar bilan zudlik ila poytaxtga jo ‘natadi. Em azar bojxonadagi 
da’volarni va o ‘ziga b o ‘lgan munosabat haqida kansler N .Panin 
nomiga atalib yozilgan maktubni ham qo‘shib yaiboradi. Javob 
uni uzoq kuttirib qo'vm aydi. Sankt-Peterburgdan imperatrisaning 
Emazar Maqsud o ‘g ‘lidan hech qanday boj olmaslik va uni zudlik 
bilan poytaxtga o ‘tkazib yuborish haqida farmoni keladi.
Buxoro elchisi 1775 yil 27 mart kuni Rossiya hukumati bosh- 
lig‘i kansler N .Panin tomonidan qabul qilinadi. 5 aprelda esa uni 
Yekaterina II, valiaxd Pavel va xos kishilar hurmat bilan kutib 
olishadi.
Emazar Maqsud o ‘g ‘li elchi sifatida Buxoro va Rossiya o ‘rtasi- 
dagi savdo-sotiqni kengaytirishga oid takliflarini bayon qiladi. U 
Buxoro savdogarlaridan Rossiyaning Ashtarxon, Orenburg kabi che­
gara shaharlarda olinadigan boj soliqlarini kamaytirish va Rossiya­
ning ichkarisidagi shaharlarda erkin savdo qilishga ijozat berilishini 
so‘raydi.
1775 
yil 25 iyunda Em azar Maqsud o‘g iin i vise-kansler Oster- 
rnan qabul qilib, unga Rossiya hukumatining iltimoslarini bayon 
qiladi. Buxoro elchisi vise-kanslerning savdo-sotiq yo‘llari, ichki 
va tashqi bozor imkoniyatlari haqidagi barcha savollariga javob 
beribgina qolmay, Buxoro - Rossiya aloqalarini kengaytirish, yanada 
rivojlantirishga oid qator takliflami ham kiritdiki, ulaming ayrimlari 
Davlat kengashi muhokamasiga kiritildi. Tashqi Ishlar hay‘ati 
hujjatlarida Buxoro elchisi shaxsiga doir rus amaldorlari bergan 
yuksak baholar keltirilgan.
Emazar Maqsud o ‘g iig a Rossiya hukumati katta sovg‘a- 
salomlardan tashqari, Kaspiy dengizidagi bir kemani shaxsan tuhfa 
qilib, unga savdogar sifatida imperiya hududida besh yil davomida 
erkin savdo qilish va qiymati 10 ming mblgacha b o ‘lgan mollaridan 
boj olmaslik huquqini berdi. Unga 15 ming pud temir, 5 ming pud 
po‘lat, 3 ming pud mis sotib olish va Buxoroga yuborishga ijozat 
berildi. Yana shuni ham aytish kerakki, farmonda ana shu strategik 
ahamiyatga molik mollardan boj olmaslik haqida ham alohida 
ko‘rsatma bor edi.
Imperatrisa o ‘ziga ikki tonnadan ziyod atir-upa, dorivor giyohlar 
va turli-tuman attorlik mollari keltirgan Emazarga minnatdorchilik 
sifatida Buxoroda o ‘z nomi bilan ataluvchi madrasa qurish uchun 
katta pul in ’om qiladi1.
1 Emazar yoki elchi madrasasi deb ataluvchi bu muhtasham bino Buxoroda 
qad rostlab, bugungi kungacha saqlanib kelmoqda.
43
www.ziyouz.com kutubxonasi


Buxoro elchisiga ko'rsatilavotgan muruvvat va hurmat Ros­
siyadagi boshqa davlatlaming elchilarini ajablantiradi. Chunki ular­
dan hech biri imperator saroyida bunday e ’tiborga ega emas edi. 
Xususan, Turkiya sultonining Rossiyadagi vakili shaxsan Ernazar 
Maqsud o ‘g ‘li bilan suhbatlashadi va bu haqda o 'z hukmdoriga 
axborot beradi. Turk sultoni Buxoroga odam yuborib, Em azam i o ‘z 
saroyiga buyuk elchi sifatida jo'natishni iltimos qiladi.
Ernazar Maqsud o ‘g iin in g Rossiyadagi nufuzi Buxoro hukuma- 
tini undan yanada unumli foydalanish kerakligiga undaydi. 1779 
yilda Buxoro hukumati Ernazar Maqsud o 'g 'lin i o ‘zining Rossiya 
va Turkiyadagi buyuk elchisi qilib tayinlaydi. Unga g'oyat qaltis va 
murakkab vazifa topshiriladi. Bu Buxoroning taniqli savdogari, fozil 
ulamosi va diplomatining hayotidagi yangi vazifa edi.
Buxoroning Rossiya saltanati va Turkiya davlatidagi buyuk 
elchisi Ernazar Maqsud o ‘g ‘li zimmasidagi asosiy vazifa o ‘sha vaqtda 
musulmon dunyosidagi katta kuch-qudratga ega bo'lgan Turkiya 
bilan aloqani mustahkamlash bilan b o g iiq edi. Shu bilan bir vaqtda, 
Rossiyada ham Buxoroning tayanch nuqtalarini barpo etish, nufuzli 
siyosiy-harbiy, savdo va sanoat doiralari bilan ikki tomonlama o'zaro 
manfaatli aloqalami mustahkamlashi zarur edi. Bu ishda Ernazar 
Maqsud o'g'lining 35 yillik tajribasi, Rossiya hukumat arboblari 
va shaxsan davlat boshlig'i imperatrisa Yekaterina II bilan shaxsiy 
munosabatlari muhim rol o'ynashi lozim edi.
1780 yil yanvarida Sankt-Peterburgga yetib kelgan Ernazar 
Maqsud o ‘g ‘lini rus amaldorlari zo 'r xurm at-e’tibor bilan kutib 
olishadi. Yuksak lavozimdagi barcha amaldorlar elchining sovg'a- 
salomlaridan bahramand bo'lishadi. Shaxsan Yekaterina II unga 
o'ziga keltirgan Buxoro qovunlari uchun minnatdorchilik bildiradi. 
Tashqi ishlar kollegiyasi rahbarlari unga Buxoro savdogarlari dan 
olinadigan bojning kamaytirilganini hamda Makkaga haj qiluvchi 
musulmonlar uchun barcha qulayliklar va yo 'l xavfsizligi ta ’minlan- 
ganini m a’lum qilishadi.
Hukumat boshlig'i graf Nikita Panin Ernazar M aqsud o 'g 'lin i 
rasman qabul qilib, yuksak martabali mehmon sifatida siylaydi va 
yaqin kunlarda uni imperatrisa qabul qilishini m a’lum qiladi. Ular 
Buxoro-Rossiya savdo-sotig'i masalasiga oid qator shartnomalar 
xususida suhbatlashadilar. Xususan, Ernazar Maqsud o 'g 'li hukumat 
boshlig'iga Buxoroda rus savdogarlari erkin yurgani va qator 
imtiyozlarga ega bo'lgani holda, Buxoro savdogarlari Rossiyada 
k o 'p qiyinchiliklar, ta’qiq va cheklanishlarga duchor bo'layotga- 
nini aytib, tegishli choralar ko'rilishini iltimos qiladi.
44
www.ziyouz.com kutubxonasi


Rus diplomatlari Buxoro elchisi taqdim etgan rasmiy yorliq va 
maktublami chuqur o ‘rganib, Buxoro hukumatining Emazar Maq­
sud o ‘g ‘liga berilgan katta vakolatlari bejiz emasligini angladilar.
Buxoro xonining maktubida, eng aw alo , Rossiya imperatrisa- 
siga hurmat-ehtirom bildirilib, so‘ng Turkiya sultonining ismi-sharifi 
yozilgan edi. Bundan, diplomatiya tilida aytilganda, biz uchun 
birinchi o ‘rinda Rossiya bilan munosabat masalalari turadi, degan 
m a’no anglashilardi. Turkiya bilan urush holatida bo'lgan Rossiya 
Buxoroning Turkiya ittifoqchisiga aylanishi qanday oqibatlarga olib 
kelishini yaxshi tushungan. Ernazar Maqsud o ‘g ‘li esa xuddi shu ms 
hududidan Turkiyaga o ‘tishi kerak. Bu Rossiya manfaatlariga mut- 
laqo zid b o ‘lgani holda, dini islom markaziga aylanib borayotgan 
Buxoro uchun g ‘oyat muhim va zarur edi.
Emazar Maqsud o ‘g i i zimmasidagi vazifa ana shunday murak- 
kab va nozik edi.
Elchi o ‘zining k o ‘p yillik tanishlari va aloqalarini ishga soldi. 
1780 yil aprelida Yekaterina II Buxoro elchisini rasman qabul qilib, 
unga va hamrohlariga iltifot ko‘rsatdi. Elchi talablaridan k o ‘pining 
qabul qilinishi va shaxsiy iltimoslarining bajo keltirilishi m a’lum 
qilindi. lmperatrisa Buxoro fuqarolarining Rossiya orqali Makkaga 
haj safariga borishlari uchun sharoit yaratilishini va Buxoroga mis 
sotishga ruhsat berilishini ham aytdi. Yekaterina II Ernazar Maqsud 
o ‘g ‘lini Turkiyaga yetib borishi uchun faxriy soqchilar ajratilganini 
ham ta'kidladi. Shu tariqa Buxoro elchisiga nisbatan imperatrisaning 
hurmati Rossiya manfaatlaridan ustun keldi. Yana shu ham diqqatga 
sazovorki, Rossiya hukmdori Buxoroga yo‘llagan javob maktubida 
Em azar Maqsud o ‘g ‘li imperator saroyida o ‘z odami ekanligi bois, 
Buxoro xonining iltimoslari bajo keltirilajagini alohida ta’kidladi. 
Shu bilan Yekaterina II hukumati Buxoro elchisiga bo‘lgan buyuk 
hurmat va e ’tiborini oshkora namoyish qilgan edi.
Rossiya bunga qadar hech qanday davlat elchisiga bunday 
marhamat ko‘rsatmagan edi. Rossiya tashqi siyosatini yurgizuvchi 
idoralaming hujjatlarida u «Rossiya bilan yaqinlashishni dildan 
istaydigan kishi» ekanligi, «aqlli, ayyor va tadbirkor» savdogar hamda 
«juda tavozeli va bilimdon» ulamoligi kobrsatiladi. Elchi panohida 
Makkaga ketayotgan ko'pgina musulmonlar ham rus soqchilari 
kuzatuvida Turkiya hududiga yetib olishadi. Turkiya sultoni Emazar 
Maqsud o ‘g ‘lini hurmat bilan qarshi oladi. 0 ‘rtada Buxoro va 
Turkiya munosabatlariga oid suhbatlar bo‘lib o ‘tadi. Suhbatlaming 
mazmuniga doir hujjatlar XVIII asrdagi musulmon olami, davlatlari 
va siyosati haqida qimmatli m a’lumotlar beradi.
45
www.ziyouz.com kutubxonasi


Manbalarda Em azar Maqsud o ‘g i i «Buxoro savdogari, kar- 
vonboshi, mulla va elchi», «millatiga sharaf keltirgan», uning ob- 
rusini chet ellarda ko‘targan ajoyib inson sifatida ta ’riflanadi1.

Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish