Toshkent hokimligi
M arkaziy Osiyoda muhim geosiyosiy o ‘rin egallagan Toshkent
1754 yilda ju n g ‘orlar hukmronligidan qutulib, mustaqil shahar
maqomini oldi. Sebzor, K o'kcha, Shayxontohur va Beshyog‘och
kabi to 'rt dahaga bo'lingan shahar o 'z hokimlariga ega bo'ldi.
M uhammad Yunusxo'ja binni H idoyatxo'ja Toshkentning Shay
xontohur dahasida yashovchi baobro' xo'jalardan biri bo'lgan.
Uning odamohunligi, yoiksak bilimdonligi va o'tkir aql-idroki daha
aholisiga m a’lum edi. Shuning uchun ham uni xalq o'ziga hokim
qilib saylaydi. 1758 yili Toshkent Jung'oriya davlati tarkibidan
chiqib, mustaqilligini qo'lga kiritadi. Shahar tarixida chorak asr
davom etgan «Chor hokimlik» davrida Toshkentni to 'rt hokim
boshqara boshlaydi. Bu hokimlar orasida Yunusxo'ja alohida ajralib
turardi. Uning tadbirkorligi va odamlarga mehribonligi, xalqlarvar va
adolatparvarligi unga shuhrat keltiradi. O 'zaro janjal va beqarorlik-
dan charchagan xalq Yunusxo'jani Toshkentning yagona hokimi
bo'lishga undaydi. 1784 yilda xalq saylagan hokim Yunusxo'ja
mustaqil Toshkent davlatini barpo etishga kirishib xuddi Buxoro,
Q o'qon, Xiva kabilar qatorida yashashga haqli ekanini jamoatchi-
likka m a’lum qiladi. U dastavval shahar devorlarini qayta tiklashga
odamlarni safarbar qiladi. Shahar xo'jaligini rivojlantirishga e ’ti-
bomi qaratadi. Bir vaqtiar shahar bedarvoza deb hisoblab, Tosh
kentga tez-tez bosqinlar uyushtirib turuvchi qozoq sultonlari sha-
harda yagona siyosiy va barqaror hokimiyat o'm atilganini o'zlarida
sinab ko'rishdi.
Yunusxo'ja mustaqil davlatning chinakamiga mustaqil bo'lishi
uchun b aq u w at iqtisod, kuchli qo'shin va tashqi osoyishtalik
zamrligini yaxshi angladi. U yana o'zi uchun qudratli ittifoqchi
zarurligini ham tushundi. Doimo nifoqda, bir-biri bilan urishib turgan
Buxoro amirligi. Q o'qon va Xiva xonlari ishonchli ittifoqchi - ham-
kor b o 'la olmasligi ham unga ayon edi.
Nihoyat 1784 yilda Shayxontohur hokimi Muhammad Yunus
xo'ja binni H idoyatxo'ja uch dahani ham o'ziga bo'ysundirib
yakka hokimligini o'm atdi. U Toshkentni shahar maqomidan davlat
darajasiga ko'tarish uchun kurash boshladi. Qisqa fursatda Toshkent
1
Gulamov X. G.
Ko'rsatilgan asar, 95-bet.
46
www.ziyouz.com kutubxonasi
Q o'qon xonligiga qarashli hududlarni egallab, mustaqil davlat
darajasiga ko'tarildi. Qo'qon, Buxoro va Xiva xonliklari qatoriga
yana bir o'zbek davlati qo'shildi. Bu davlatning boshlig'i Yunusxo'ja
usta siyosatchi, mohir diplomat va iste’dodli sarkarda sifatida
dovrug' qozondi. Uning eng birinchi xalqaro miqyosdagi harakati
Rossiya imperiyasi bilan yaqin aloqa o'rnatishdan boshlandi. 1792
yili u Sankt-Peterburgga Omsk orqali boradigan savdo karvoniga
o 'z elchilarini qo'shib jo'natdi.
Rossiya davlat arxivlarida bu elchilik bilan bog'liq hujjatlar
saqlanib qolgan. Ularda Yunusxo'janing Buyuk Yekaterina Ilga
yo'Hagan maktubi ham bor. Unda quyidagi so'zlar bitilgan ediki, ular
muallifning zukko aqli va tafakkuridan dalolat.
«B a’duxu yaxshi xotiralariga po'shida bo'lm asunkim tamomi
aloshu Ulug' juz va Toshkent viloyati bizga qaradilar. Bir bosh va
bir tan bo'lib do'stga-do'st, dushmanga-dushman bo'lib, bir og'izdan
so'z chiqarib, bir yoqadan bosh chiqardilar. Emdu shu yaxshi vaqt
da xatu muhr qilib, M uhamm adxo'ja birla Azizxo'jani karvonboshi
qilib topgan savdogarlarimizni qo'shib yubordik. Xudoi Taollo
hohlab eson-omon yetib bizni eson omonligimizni aytsalar, chin bilib
siz ham topgan savdogarlami bizning viloyatga yuboring. Xudoi
Taollo hoxlasa, otasi tegsa, o 'g 'lig a kishi tegmas, o 'g 'li qilsa, otasiga
tegmaslar. Orada barimtoy baham yegandir. Siz ham orada bir-birovga
bejo tegmagudek so 'z qilib savdogarlami diljam qiling».
Bu maktub imperiya poytaxtida katta qiziqish uyg'otda. Buxoro
amirligi, Q o'qon va Xiva xonliklari qatoriga yana bir davlatning
qo'shilishi va uning Rossiya bilan yaqin aloqa o'rnatishga harakat
qilayotgani Sankt-Peterburg hukmdor doiralarida qiziqishni kuchay-
tirdi. Shuning uchun Omskka, Sibir liniyasi boshlig'i general
Shtrandmanga Toshkent elchilariga izzat-ikrom ko'rsatish buyurilib,
quyidagi mazmundagi farmoyish jo'natildi.
Rossiya hukumati Toshkent bilan aloqa o'rnatishga rozi. Shu
ning uchun imperatrisa Yekaterina II Peterburgda Yunusxo'ja
elchilarini qabul qilishga ijobiy qaraydi.
Toshkent hokimi barcha masalada o'zining maslahat kengashi
fikrlariga quloq tutgan. Ayniqsa, yurt kezgan savdogarlar va olim-
larning gaplariga u diqqat qilar edi. Savdogarlar Buxoro amirligi
qo'shinini zamonaviy qurollar bilan ta'm inlagan ulamo, savdogar
va diplomat Emazar Maqsud o 'g 'lin i tiiga olishdi. Ernazar biy 30
yil Rossiya bilan savdo qilgan. U yerdan zarur xomashyo, ayniqsa
qo'rg'oshin va qurol-yarog'lar keltirgan. Rossiya hukumati o'rtasida
obro' qozongan. Rus imperatrisasi Yekaterina II Ernazar biyga katta
47
www.ziyouz.com kutubxonasi
kema tuhfa qilgan, Buxoroda elchilik madrasasini qurish uchun
katta m ablag‘ bergan.
Yunusxo‘ja tashqi ittifoqchi Rossiya ekanini ulardan eshitdi.
0 ‘ziga yaqin b o ig a n ikki amaldor bilan maslahat qilib, ulami ham
savdo karvoni bilan Omskka jo ‘nab ketishga, Rossiya bilan savdo-
iqtisod sohasida aloqa o ‘matishga harakat qilishlarini tayinladi. Bu
ikki amaldorlarga shaxsiy maktubi va yorliqlarini ham berdi.
Yunusxo‘ja o ‘zining asl niyatini ularga og‘zaki bayon etadi va
iloji boricha Rossiyadan konchilik b o ‘yicha Toshkentga mutaxassis-
lar olib kelishni tayinlaydi. 1793 yilda Toshkent hokimining mux-
tor vakili M uhammadxo‘ja Rahim o ‘g ‘li Omskka keladi. Uni Sibir
liniyasi boshlig'i general Shtrandman qabul qilib uning hujjatlari
bilan tanishadi. Elchi bilan uzoq suhbatlashadi.
Peterburgdagi hukmdor doiralar general Shtrandman hisobotiga
qiziqib qaraydilar. Ayniqsa, Rossiya imperatrisasi Yekaterina II Tosh
kent bilan qiziqib uning elchilari qabul qilinishiga m hsat beradi.
Yunusxo‘ja nomiga javob xati tayyorlashni va elchilamig iltimos-
lariga e ’tibor bilan qarashni buyuradi.
General Shtrandman Sankt-Peterburgdan yana bir mahfiy top-
shiriq oladi. Unda Toshkent haqida aniq m aium otlar to ‘plash uchun
aqlii, kuzatuvchan va tadbirkor kishilami Yunusxo‘ja huzuriga
yuborish kerakligi aytilgan edi. 1796 yili kazak qo‘shini atamani
podporuchik Dmitriy Telyatnikov, serjant Aleksey Beznosikov,
kapral Yakov Bikov, Danila Saynikov, Andrey Jukovdan iborat Ros
siya elchiligi Toshkentga yuboriladi. Ulaming bari maxsus top-
shiriqlami bajarishga tayyor «aqlli, kuzatuvchan va tadbirkor kishi
lar» edi.
1796 yili 29 avgustda Yunusxo‘ja ulami qabul qilib, uzoq va
davomli suhbat quradi. Ikki tomon o'rtasida qanday masalalar
muhokama qilingani hujjatlarda qayd etilmagan. Ammo Rossiya
elchilarining Toshkentda Yunusxo‘ja hisobidan bir yil ish olib
borishgani, podporuchik D.Telyatnikov Toshkent davlatining harbiy,
iqtisodiy, siyosiy ahvoli haqida batafsil m a iu m o t to ‘plagani, serjant
A.Beznosikov esa Toshkent-Omsk y o ‘nalishi chizmasini tayyorla-
gani m a’lum.
1797 yil noyabr oyida Rossiya elchilari bilan birga Yunusxo‘ja-
ning elchilari ham Sankt-Peterburgga jo ‘naydilar. Toshkent elchili-
giga shahaming baobro‘ kishilaridan Mullajon oxun Mahsum
va Ashurali Bahodir mingboshi boshchilik qiladi. Ular imperiya
poytaxtida izzat-hurmat bilan kutib olinadi. Elchilarga Rossiya tashqi
ishlar kollegiyasi amaldori emas, balki general-mayor darajasidagi
48
www.ziyouz.com kutubxonasi
haqiqiy stas-maslahatchi S.Lashkaryov biriktiriladi. Imperiya huku-
matining katta e ’tibori shu faktning o'zidagina izohlanishi mumkin.
Toshkent elchilarini 1797 yilning 17 dekabrida Yekaterina II
o ‘rniga taxtga o ‘tirgan Pavel I Qishki saroyda qabul qiladi.
Yunusxo‘janing nomasi, sovg‘a-salomlarini qabul qiladi. Toshkent
hukmdorining mahfiy topshiriqlari esa imperatorga yozma tarzda
beriladi. Shundan so‘ng ikki davlat o ‘rtasidagi muzokaralar impe
riya hukumatining boshlig‘i kansler A.Bezborodko qarorgohida
boshlanadi. Bu muzokaralarda qanday masalalar muhokama qilin-
gani qayd etilmagan. Lekin ular ikki oy davom etgani va bir bitimga
kelingani m a’lum. Shunisi diqqatga sazovorki, imperator Pavel
Toshkent bilan yaqin munosabatlardan o ‘zaro manfaatdorligini
yashirmagan. Imperator elchilami ikkinchi marta 1798 yil 28 fev
ralda qabul qiladi. Ularga Rossiya hukumatining Yunusxo‘jaga
javob xati va sovg‘a-salomlari topshiriladi. Elchilar buyuk davlat
vakillariga ko‘rsatiladigan kuzatuv marosimida qatnashishdi. Tosh-
kentliklarga eski hamrohlari - unvoni ko‘tarilgan poruchik
Telyatnikov, Beznosikov, Bikovlar hamroh bo'lib Omskkacha 99
kun davomida birga bo'lishgani ham diqqatga sazovordir. Elchilar
yo‘l-y oiakay Rossiya shaharlari va qishloqlarini ko'rishdi. K o'p
joylarda turli toifa odamlari bilan suhbatlashishdi, diqqatga sazovor
korxonalar va hatto harbiy qismlar qarorgohlarida ham boiishdi.
Bu esa Rossiya hukumatining Toshkent davlati va uning elchilariga
katta ishonch, hurmatidan darak berardi.
Elchilami Omskda Sibir liniyasi boshlig'i qilib tayinlangan
general Gorchakov kutib oldi. Bir necha kun davomida ular iqtisodiy,
harbiy va boshqa sohalar bo'yicha hamkorlik xususida muzokaralar
yuritishdi. Toshkentliklar zimmalaridagi vazifalarini to 'la ado etgan
holda rus askarlari himoyasida eson-omon Toshkentga qaytishdi.
Oradan ko'p o'tm ay Toshketga Rossiyadan Pospelov boshliq
bir guruh kon-tog' ishlari bo'yicha mutaxassislar kelishdi. Ular
Toshkent davlati hududlarida keng ko'lam da tadqiqotlar o'tkaza
boshlashdi. Hudud esa anchagina joylam i o 'z ichiga olgan edi.
Shunisi m a’lumki, Yunusxo'janing zafarli yurishlari natijasida
Chimkent, Sayram, Oltintepa, Qorabuloq kabi o'nga yaqin shahar
qishloqlar egallangan. Qozoqlamig katta juz urug'laridan Usun,
Sanchiqli, Sara, Sergeli va boshqalar Toshkent hukmronligiga olinib
Turkistondan Chu daryosigacha bo'lgan hudud ham Yunusxo'ja
davlatiga qo'shilgan edi. Markaziy Osiyoni Rossiya bilan bog'lovchi
karvon yo'llari ustida o'm ashgan shahar, qishloqlaming va katta juz
um g'larining Toshkentga qo'shib olinishi uning siyosiy va iqtisodiy
49
www.ziyouz.com kutubxonasi
rivojlanishiga zo 'r turtki berdi. Toshkent davlati Q o'qon va Buxoro
xonliklarini Qozog'iston, Orenburg va Sibir bilan bogiovchi kar
von yo'llari nazoratini o 'z q o ‘liga oldi. Bu hoi Q o'qon, Buxoro va
Xiva xonliklarini bezovta qilib qo'ydi. 1799 yili X onxo‘ja bosh-
liq Q o'qon lashkari Toshkent davlati hududiga bostirib kirdi.
Chirchiq yaqinidagi Qorasuv yonida ikki lashkar o ‘rtasidagi jang
toshkentliklarning harbiy-texnikaviy ustunligini ko‘rsatdi. Q o'qon
lashkari tor-mor qilinib, X onxo'ja qatori yuzga yaqin lashkarboshi-
lar asir olindi. Bu voqea Toshkent davlatining iqtisodi rivojlangan
va harbiy qudrati o ‘sganligidan dalolat berardi.
Toshkentda ishlagan rus mutaxassislari va harbiylarining kuza-
tuvlari va xotiralari XIX asrdagi Toshkent davlatining geografiyasi,
iqtisodi, savdo-sotig'i, hunarmandchiligi, qishloq xo'jaligi va tabiiy
boyliklari haqida keng tasavvur beradi.
1803 yili Toshkent o'zinig navbatdagi elchilarini Rossiyaga
yuboradi. Unga Yunusxo'ja hukumatining boshlig'i - bosh vazir
Mullajon oxun Mahsum boshchilik qilgan.
Yunusxo'janing Rossiya imperatori Aleksandr I ga (1800-
1825) yo'llagan nomasi mazmuni diqqatga sazovordir:
-
Oqpodshoh, so 'z bizdin bulkim, hazrati Umar raziallohu
taollo anhuning avlodimiz, otimiz ba hazrati eshon Yunusxo'jadir...
ulug' Oqpodshohga hokimlar va bahodirlar, biylar va boylar anga
hizmatkor erur, Jamshid salatanatlik, Shaddot hashamatlik, Fir'avn
d a’volik, N am ro'd lashkarlik, Hotam berishlik, Rustam urushlik,
Afrosiyob turushlik. Siz, Oqpodshohga ul kim, alhamdulillahu
minnatixi, bizni ahvolot va axborotimiz Ollohi taolloning inoyati
bag'oyati birla yaxshilik va obro'lik va xo'blik va nusratlik va sihhatu
va salomatlik darajasidadur. Emdi qolg'on so 'z ulkim, shu yaxshi
vaqtda xotiramiz tilaydur-kim, Xudoi taollo hohlasa, savdogar xalq
bizni yurtimizdan Sizni yurtingizga borib, savdo qilib n af olsa, Sizni
yurtingizdin bizni yurtimizga kelib, savdo qilib foyda ko'rsa, o'tar
dunyoda so'ngra bu kun to - davri qiyomatgacha ayni qolgusidek
so 'z bo'lsun deb xatu muhr qilib vaziri a ’zamimiz, elchimiz
Mullajon domulla Mahsumga berib, til so'zini har bobatida aytib, Siz
Oqpodshohga yubordik. Eson-omon borib har nima so'z aytsa, chin
bilib qabul qilsinlar. Va digar so'z ulkim Mullo Mahdi devonimizni,
Said Ali oqsoqolimizni, Solihjon dovonbegimizni, iso Muhammad
yasovulni, Qozoq bahodimi, Qozoq Chora og'asini hammalarini va
ziri ahzam Mullajon domulla Mahsumga xizmatkor qilib yuborduk.
S o'z tomom bo'ldi. Sana 1217, it yili. rabi' ussomyning olti
kunda shul xat bitildi.
50
www.ziyouz.com kutubxonasi
Chindan ham ko‘rinib turibdiki, Yunusxo'ja Rossiya imperatori
va uning doirasini yaxshi bilgan, ularga nima yoqish yoqmasligini
tushunib shunga ko‘ra xat bitgan. Bu elchilikka Toshkent hukumati-
ning boshlig‘i va dongdor amaldorlar, yirik savdogarlar tayinlagani
ham uning favqulodda ahamiyatidan dalolat beradi.
Hujjatlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, Toshkent Rossiya bilan
munosabatlarda strategik maqsadni y a’ni uning yordamida harbiy
sanoatni shakllantirish va zamonaviy qurol-yarog‘larga ega bo‘lish-
ni ko‘zlagan. Rossiya ham o ‘z navbatida Toshkent bilan yaqin
aloqalaridan Markaziy Osiyodagi strategik maqsadni amalga oshi-
rishda foydalanishni o ‘ylagan.
Yunusxo‘ja vafotidan so‘ng uning vorislari birinchi Toshkent
hokimining ishini davom ettirishga layoqatlari yetmadi. Shuning
uchun ham 1809 yilda Q o'qon xonligi Toshkent davlatiga barham
berdi.
XVIII
asr oxiri va XIX asr boshlaridagi Rossiya-Turkiya urushi,
Rossiya-Fransiya munosabatlarining keskinlashuvi va Napoleon-
ning Rossiyaga yurishi Rossiya hukmron doiralarining e ’tiborini
0 ‘rta Osiyodan biroz chalg'itdi. Taxtga Nikolay I (1825-1855)
chiqqach, vaziyat o ‘zgardi.
Q o‘qon xoni Muhammad Ali (1822-1842)ning Rossiya tara-
fidan uyushtirilayotgan ig‘vogarliklardan jiddiy tashvishlanib, o ‘z
elchilarini Rossiyaga yuborgani bejiz emas edi. 1825 yilda Toshkent
qushbegisi
x o n n o m id a n
Soatbek Sultonbekovni Sibirga elchi qilib
j o ‘natadi. Elchi Omskda rus m a’murlari tomonidan qabul qilinadi
va Qushbegi tomonidan Sibir general-gubematori nomiga yozilgan
maxsus xatni topshiradi. Xatda, jumladan, shunday deyiladi: «Qadim
zamonlardan beri Irtish daryosining bu tomonini biz, narigi tomonini
Rossiya nazorat qilar edi. Lekin hozir biz olgan m a’lumotlarga
qaraganda, ruslar Irtishdan bu yoqqa o ‘tib, bizning dindoshlarimiz
yerida qurilishlar olib bormoqdalar. Shu munosabat bilan bizning
xonitniz siz janobi oliylariga ushbu xatni yozishni va bu qurilishlar-
ning sababini so iash n i buyurdilar: Siz buni o ‘z ixtiyoringiz bilan
qilayotirsizmi yoki oliy hazrat buyrug‘iga muvofiq bajaryapsizmi?
0 ‘z hukmdorimga batafsil axborot berishim uchun meni shu to ‘g ‘-
rida xabardor qilishingizni soiaym an... Bundan tashqari, m a’lum
qiiamanki, ruslar bizning davlatimizda savdo ishlari bilan b a’zan
ikki yillab qolib ketadi, lekin biz ularni dinimizga kirishga majbur
qilmaymiz. Shunday ekan, sizlar nega bizning dindoshlarimizni
o ‘z fuqaroligingizni qabul etishga majburlaysiz? Oldingizga biror
kimsa iltimos bilan kelsa, fuqaroligingiz va diningizga kirishni shart
51
www.ziyouz.com kutubxonasi
qilib qo‘yasiz? Biror kimsa k o ‘chib borishga joy so'rasa, yana shu
shartni qo‘yasiz? Shu bois sizdan buning sababini menga m a’lum
qilishingizni so'raym an, toki biz ham bularga qarshi kerakli chora
ko'raylik»1.
Xatdan Rossiyaning tajovuzkorona siyosatiga ochiq norozilik
bildirilgani yaqqol ko‘rinib turibdi.
Omsk viloyat boshlig'i polkov-nik Bronevskiy Sibir general-
gubematorining topshirig'iga binoan Toshkent qushbegisiga javob
xati yozib elchiga topshiradi. Mazkur javob xatida shunday deyiladi:
«K o‘p asrlardan beri ulug' Rossiya imperiyasi qirg'iz-qozoq
xalqlariga va shimol dengizidan to Qora dengizgacha bo'lgan katta-
kichik qabilalarga homiylik qilib keladi. Lekin qozoq cho'li savdo
bojidan tashqari, Q o'qon hukmdorlariga soliq to'lagani, unga bo'y-
sunganini hech kim bilmaydi va bu haqda m a’lumot yo'q»:.
Yuqorida keltirilgan hujjat, o 'z mazmuniga ko'ra, qozoq dasht-
larida harbiy istehkomlar qurish bilan bog'liq barcha ishlar Ros
siya va mahalliy aholining «xohish-irodalariga» ko'ra amalga oshi-
rilayotgani, boshqalaming bunga aralashishga hakli emasligini asos-
lashga urinish ekanligini ko'rsatadi.
Rossiya m a’muriyatining ko'rsatm asiga binoan Sibirda joylash-
tirilgan rus harbiy qismlari XIX asr 30-yillarida Q o'qon xoniigi
tomonidan Sarisuv daryosi va Ulutovda qurilgan harbiy qo'rg'on-
lami buzib tashladi, ustalik bilan Sharq tomondan Q o'qon xoniigi
hududlariga suqulib kirishini esa davom ettiradi.
Shuningdek, Rossiyaning xonliklarga tazyiqi G 'arbdan - Oren
burg tomondan ham kuchayib bordi. O 'rta Osiyoni qo'lga kiritish
uchun dastlab qozoq dashtlarini istilo qilish zarur degan Pyotr I ning
vasiyatiga izchil amal qilgan Rossiya imperiyasi qozoq dashtlarida
qurgan harbiy istehkom vositasida asta-sekin Xiva hududiga
yaqinlashmoqda edi. Imperiya siyosatini amalga oshirishda muhim
rol o'ynagan Orenburg general-gubematori Vasiliy Perovskiy Xiva
xonligini tiz cho'ktirishga kirishdi. U katta qo'shin bilan 1839 yilda
Xiva ustiga yurish boshladi. Xiva xoni Olloqulixon ham o'zbek,
qozoq va turkmanlardan iborat birlashgan lashkar bilan ruslarga
qarshi otlandi. Oxir-oqibat, Perovskiy qo'shini zarbaga uchrab,
orqaga chekinishga majbur bo'ldi. Bu g'alaba Rossiyaga qarshi
kurash bayrog'ini ko'targan qozoq istiqlolchilarini ham ruhlantirdi.
1
Do'stlaringiz bilan baham: |