1. BUYUK PETRNING MAXFIY REJASI
Kavkaz, Volgabo‘yi, Sibir va 0 ‘rta Osiyo ustidan hukmronlik
qilish rus podshohlarining azaliy orzusi edi. Rossiya podshohi Ivan
Grozniy ana shu orzuni amalga oshirishni boshlab berdi. U XVI asr
ikkinchi yarmida Qozon, Ashtarxon va Sibir xonliklarini bosib oldi.
Rus davlati endi afsonaviy boyliklar makoni deb shuhrat topgan
0 ‘rta Osiyo mintaqasiga k o ‘z olaytirib, bu yerdagi mavjud xonliklar
haqida keng k o ia m d a josuslik m a’lumotlarini to ‘play boshladi. Bu
holat «Moskva savdo kompaniyasi» deb atalgan tashkilotning vakili
Antoni Jenkinson boshchiligidagi elchilaming faoliyatida yaqqol
namoyon bo ‘Idi. Antoni Jenkinson Richard va Robert Jonsonlar bilan
birgalikda 1558 yilning aprelidan to 1559 yilning 2 sentyabrigacha
Buxoroda b o ‘ldi, u yerda Abdullaxon II bilan uchrashdi. Shayboniylar
sulolasining salohiyatli va mashhur vakillaridan hisoblangan
Abdullaxon rus podshosining elchisi bilan b o ‘lgan suhbatda Rossiya,
Angliya va Turkiya davlatlarining harbiy qudrati, qurol-aslahasi haqida
m a’lumot olishga qiziqqan bo ‘lsa, Jenkinson va uning hamrohlari
Buxoroning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy ahvoli va xalqaro aloqalari
haqida imkon qadar ko‘proq m a’lumot to ‘plashga intiladilar.
Rus davlati bundan keyin ham zo ‘r berib 0 ‘rta Osiyo xonliklari
haqida m a’lumot yig‘ishda davom etdi. 1620 yilda Ivan Xoxlov,
1669 yilda B. A. va S. I. Pazuxinlar, 1675 yili esa V. A. Daudov
boshchiligidagi elchilarini 0 ‘rta Osiyo xonliklariga jo ‘natdi. Ular
Buxoro, Xiva, Urganch va Balxda b o iish ib , o ‘zbek xonliklarining
iqtisodiy-siyosiy va harbiy ahvoli bilan yaqindan tanishdilar.
Manbalarda XVII asrda Buxoro va Xiva xonliklarida Rossiyaning 9
elchisi bo'lganligi qayd etilgan1.
XVII
asr boshlarida rus kazaklari Urganchga xurujlar uyush-
tirganlar. Rus kazaklarining Urganchga hujum qilib katta o ‘ljalik
bo‘lishgani, mahalliy xalqning ularga qarshi kurashgani xususida
tarixiy manbalarda ishonchli m a’lumotlar bor. Urganchning rus
kazaklari tarafidan bosqin etilishi va Xorazm xalqining tajovuzkor-
larga qarshi olib borgan kurashi mashhur tarixchi olim A bulg‘ozixon-
ning «Shajarayi turk» asarida yoritilgan. Jumladan, mazkur asarda
shunday deyiladi: «Yoyiq teganda yurug‘on o ‘rusning qozoqindin
ming kishi saratonning aw alg i kuni g'ofil kelib, Urganchning
qal’asiga kirdi. Shaharda ra ’iyatdin o ‘zga kishi yo‘q erdi. Xonning
1
Материалы по истории Узбекской, Таджикской и Туркменской ССР.
Вып. 3, Ленинград, 1932, стр. 255^195. Bundan keyin qisqacha MIUTT deb
qisqartma qilinadi.
30
www.ziyouz.com kutubxonasi
o ‘rdasi va sipoh xalqi Amu suvining labida erdilar. Xivaqda xonga
kishi chopturdilar. Yetti kunda xon keldi. [Kazaklar] Urganchda
ra’iyatdin ming kishini o ‘ltirdi va ming qiz bilan juvonni oldi. Ming
arobaga yaxshi mollardan yukladi.
Bo‘z va buyog‘li, palos va to ‘n, to ‘shak-yastuq m undog‘ nimar-
salami barchasini o ‘tga yoqdi. Bulami saranjom qilguncha yetti
kun bo‘ldi. Andin so‘ng [kazaklar] Urganchdin chiqib daryo labiga
yumdi. Arab Muhammadxon oldiga borib o ‘r qazdi va jang qildi.
Ikki kun umshtilar, uchinchi kuni jibni zo‘r qilib olib, taqi bosib o ‘tdi.
0 ‘ms piyoda, bizning xalq otlig‘ ikki farsang yer yuzunda yana o ‘r
qazib jang qildilar. 0 ‘rus yuklagan suvini tamom qildi... o ‘rus qon
icha boshladi. Beshinchi kuni qonni ham tavosutti. 0 ‘zbek har yerdan
to‘p-to‘p b o ‘lib chopdi. 0 ‘msni o ‘ldurib-o‘ldurib qaytdi. Ul arobadan
chiqib umshar erdi. Axir arobaning ichindan chiqa bilmadi. Ojiz
bo‘ldi. Yettilanchi kuni barcha ittifoq birlan choptilar. Arobaga
kelgandan so‘ng otdin tushib k o ‘ran ichiga kirib qilichni qo‘ya
berdilar. Xalq o‘ljaga yuzburg‘onda o ‘ms qochib daryo labiga borib
Tuq qaPasining quyisida yag‘ochdin qal’a solib baliq olib yedida
o ‘lturdi. Arab Muhammadxon borib qabadi. Taqi o ‘n besh kunda
oldi»1.
Shunday qilib, ms kazaklarining dastlabki talonchilik qutqusi
barbod bo‘ldi. Keyinchalik Urganchga bostirib kirgan Ataman Ne
chaev kazaklarining taqdiri ham shunday b o ‘Idi. A bulg‘ozixon
yozadi: «Biz dunyoga kelgan yilning a w a l bahorinda (1603 yil) o ‘n
yetti kishi o ‘m sg ‘a savdog‘a ketar erdi. Q o‘sh Yoyiq teganda ming
qozoq o ‘ms bor ekandi. Yo‘lda anga uchray qolur. Ikkisini o ‘lturur,
saqlag‘an kishilardin Urganchning xabarin so ‘rar. Aning birisi
turkistonlik ekandur. Ul aytur, Urganchning shahrinda sipohdin bir
kishi yo‘q edi. Sipohning yaqin o ‘lturgani otlig‘a bir kunlik y o ‘1.
Shaharda tanho ra ’iyat turur. Bir tarafi cho‘l. Agar cho‘l y o iin d in yuz
ming lashkar borsa, shaharga kirganda ko‘rar. Andin ilgari ko‘rmas.
Yot yurtli kishi ancha ko‘lindan va tilindan kelgan sa’y birlan
xushomadni qildi. 0 ‘ms muning so‘zina firifta b o ‘lib turkistonlini
boshchi qilib, ming kishi kelib Urganchning Mirzo darvozasindin
kiribdi...
Otamiz [Arab Muhammadxon] o ‘rusdin bir kishi qo‘ymay qirib
ekandur»2. XVIII asr boshida esa ana shunday harakat keng miqyos-
1
Abulg'oziy Bahodirxon.
Shajarai turk. Toshkent, «Cho‘ipon», 1992, 158- 159-
betlar.
2 O'sha asar, 167-bet.
31
www.ziyouz.com kutubxonasi
da amalga oshdi. Bu xuruj Rossiyaning birinchi imperatori Pyotr I
davrida boshlandi.
1713 yilda Ashtarxonga kelgan m ang‘ishloqlik turkman sav-
dogari X o‘ja Nafas knyaz Mixail Samonov bilan uchrashadi. Ular
tezda o ‘zaro til topishib ketishadi. Turkman savdogari undan katta
v a’dalar oladi, Eronning G ‘ilon viloyati hukmdori b o ig a n , lekin
ayrim sabablarga ko‘ra Rossiyaga qochib kelib nasroniy diniga
o ‘tgan bu kimsa X o‘ja Nafasni Sankt-Peterburgga taklif qiladi.
X o‘ja Nafas bu shaharda cho‘qintirilgan yana bir musulmon-knyaz
Bekovich-Cherkasskiy bilan tanishadi. X o‘ja Nafas unga Amudaryo
sohili oltin qumlarga boyligi haqida gapiradi. U Rossiya uchun
oltinning naqadar zarurligini yaxshi anglagani uchun bu haqda Pyotr
I ga axborot beradi. Shuning uchun Pyotr I X o‘ja Nafasni shaxsan
o ‘z huzuriga chaqirtiradi. X o‘ja Nafas u bilan qilgan suhbatida qadim
zamonlarda Amudaryo Kaspiy dengiziga kelib quyilganini, ammo,
keyinchalik mahalliy aholi daryoni to ‘g ‘on bilan to ‘sganini va qu-
rigan o ‘zan ham oltinga boyligini aytadi. X o‘ja Nafasning rn aiu -
motlarini aynan shu vaqtda Sankt-Peterburgga kelgan Sibir guber-
natori M atvey Gagarin ham tasdiqlaydi va Yorkent shahri yaqinida
Sirdaryo sohilidan olib kelingan oltin namunalarini unga ko‘rsata-
di. Pyotr I endi maxfiy reja tuzib, bu oltinlarga ega b o iis h uchun
ikki ekspedisiya jo ‘natishga qaror qiladi. Kapitan Ivan Buxgols
rahbarligidagi birinchi ekspedisiya Sibir orqali Tobolskdan Irtish
daryosi bo‘ylab Yorkentga borishi kerak edi. Bu guruh 1715 yilning
boshlarida y o ig a chiqib, Yamishchev k o iig a yetib boradi va u yerda
istehkom quradi. Ammo, bu yerlarda yashayotgan qalmoq qabilalari
ajnabiylaming qal’asiga har tarafdan hujumlar uyushtiravergach,
Buxgols orqaga chekinishga majbur b o ia d i1. 0 ‘rta Osiyo orqali
o iis h i kerak b o ig a n ikkinchi ekspedisiya esa Xiva xonligiga bo
rishi, unga rus gvardiyasini taklif etishi hamda Amudaryoni eski
oqimiga burish imkoniyatlarini aniqlashi, so‘ng esa Buxoroga o ‘tib,
xonning ham Rossiya panohi ostiga o iish in i ta’minlashi lozim
edi2.
Bu ekspedisiyaga podsho gvardiyasi Preobrajensk polki poru-
chigi Aleksandr Bekovich-Cherkasskiy rahbar qilib tayinlandi.
1
Гулямов X. Г.
Из истории дипломатических отношений России с Бухар
ским ханством XVIII в. Ташкент, 1992, стр. 40-44.
2 0 ‘sha joyda.
32
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |