O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Karimov I.
0 ‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, bar- 
qarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari, 54-55-betlar.
20
www.ziyouz.com kutubxonasi


Mualliflar ana shu mustaqillik ruhi bilan sug‘orilgan ustuvor 
uslubiy va ilmiy-nazariy y o ‘l-yo‘riqlardan, uslubiy asoslardan kelib 
chiqqan holda mazkur birinchi kitobni imkon darajasida mukam- 
malroq yaratishga harakat qildilar. Tadqiqot, shu tariqa, chor Ros- 
siyasining 0 ‘rta Osiyoning bosib olishi va o ‘lkada o ‘matgan mustam­
lakachilik siyosati oqibatlarini xolisona yoritish bo‘yicha dastlabki 
qadamlardan biri b o ‘lib, undan kuzatiladigan asosiy maqsad Rossiya 
va sobiq sho‘ro davlatining Turkiston o ik a sid a 130 yil davomida 
olib borgan mustabidlik siyosati tub mohiyati va yurtni majruh etgan 
asorati sabablarini ochib berish hamda Turkiston istiqloli uchun 
muttasil davom etgan ozodlik kurashining xususiyatlari va qutlug‘ 
intihosini yoritishdan iborat.
Mazkur birinchi jildning tadqiqot doirasi quyidagi masalalami 
o ‘z ichiga oladi:
- bosqin arafasida o ‘zbek xonliklaridagi ijtimoiy-siyosiy va- 
ziyat;
- Rossiya imperiyasining o ‘zbek xonliklarini harbiy kuch vosi- 
tasida istilo qilishi hamda Turkiston o ik a sin i mustamlakaga aylan­
tirish borasidagi siyosati;
- chor Rossiyasining o ‘lka xalqlarini boshqarish sohasida shaf- 
qatsizlikka asoslangan nayranglari;
- mustamlaka m a’muriyatining o ik a d a ruslashtirish siyosatini 
amalga oshirishi va Turkistonda rus nufusini ko‘paytirishga intilishi;
- Rossiyaning Turkiston o ik a sin i xom ashyo manbaiga va rus 
sanoati mollari pullanadigan tobe’ bozorga aylantirishi, y a’ni muttasil 
talonchiligi;
- xalq maorifida ruslaming istilochilik manfaatlariga xizmat 
qiladigan manqurtlik va jaholatni ko‘zda tutadigan islohotlari, 
ulaming asl mohiyati;
- o ‘zbek hurfikrliligi va matbuotini rivojlantirishda jadidlarning 
tarixiy xizmati va bosqinchilar hokimiyatining ularga qarshi olib 
borgan kurashi;
- fan va madaniyat, m a’naviyat, din va e ’tiqod sohasida rus 
podshohligi tutgan yo‘1 va uning salbiy oqibatlari;
- Turkiston xalqlari siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va fuqaroviy 
huquqlarining hukmron davlat tomonidan poymol etilishi;
- Rossiya saltanatining Turkistonda joriy etgan soliq siyosatining 
ezish va talashga asoslanganligi;
- o ikadagi ozodlik harakatlari va ular haqidagi tarixiy haqiqatni 
tiklash.
Tadqiqot mavzusi b o ‘yicha asosiy manbalar 0 ‘zbekiston Mar­
kaziy Davlat arxivida mujassamlashgan. Uning tarixiy jam g ‘arma-
21
www.ziyouz.com kutubxonasi


sida Turkiston oik asid ag i barcha iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy 
voqealarga oid katta va keng daliliy materiallar o ‘rin olgan.
Turkiston general-gubematorligining mahkamasi jam g ‘annasi 
(T F -l)da o ‘lka hayotining barcha masalalariga oid materiallar 
mavjud. Rus mustamlaka siyosatining barcha ustamonliklari huddi 
shu jam g'arm adagi hujjatlarda o 'z aksini topgan. Ana shu mahkama 
jam g ‘armasida Turkiston general-gubernatori K.R fon Kaufman 
(1867-1881), M.G. Chernyaev (1882-1884), N.O. Rozenbax (1884— 
1889), A.B. Vrevskiy (1889-1898), S. Duxovskoy (1898-1901), 
N.A. Ivanov (1901-1904), RN. Tevyashov (1904-1905), D.I. Sub- 
botich (1905-1906), N.I. Grodekov (1906-1908), RI. M ish­
chenko (1908-1909), A. V. Samsonov (1909-1913) va boshqalar- 
ning imperatorga yuborgan hisobotlari va harbiy vazirlik bilan 
yozishmalaridan unumli foydalanildi. Ularda podsho hukumatining 
0 ‘rta Osiyoda olib borgan mustamlaka siyosatining tub mohiyati 
o ‘z ifodasini topgan.
Kitob mavzusiga doir qator manbalar Turkiston viloyatlari har­
biy gubernatorlari boshqarmalari jam g ‘armalaridan (5, 17, 18, 19, 
276-jam g‘armalar) olingan. Bu boshqarmalarda xo‘jalik, moliya, 
narx-navolar, soliq-majburiyatlar kabi qator muhim masalalar b o ‘yi- 
cha hujjatlar borki, ularning tahlili o ik a tarixining muhim tomonla- 
rini yoritishda bebaho manbalar vazifasini o ‘taydi. Toshkent shahar 
dumasi va boshqarmasi (718, 37), shahar boshlig‘i (36), viloyatlar 
tumanlari boshqarmalari (20, 21, 22, 23, 24, 25, 300, 329), jabhalar 
pristavlari (172,298,319,327) jam g ‘armalari ham shular qatoriga 
kiradi.
Turkistondagi milliy-ozodlik harakatlari, istiqlol uchun kurash 
tarixi bo'yicha haligacha ilmiy muomalada bo im ag an talay noyob 
hujjatlar rus siyosiy razvedkasi-Turkiston tuman muhofaza b o iim i 
(461), Toshkent shahri rus qismi va eski shahar polisiya boshqarmalari 
(462, 463), Jizzax shahar polisiya pristavi (531), Andijon, Skobelev 
shaharlari polisiya boshqarmalari (465,590) jam g ‘armalaridan topildi. 
Toshkent okrug sud palatasi (129, 133), Turkiston o ik a okrug sudlari 
(128, 132, 278, 318, 350, 505), viloyatlar sudlari (127, 134, 353, 310, 
322, 504, 592, 593) jam g ‘armalaridan ham zarur hujjatlar olindi.
Imperiyaning ijtimoiy va siyosiy boshqaruv faoliyatini fosh 
etuvchi qator noyob hujjatlami ana shu arxivdan q o ig a kiritish 
mumkin b o id i.
0 ‘zbekiston xalqlari tarixi Davlat muzeyi va Toshkent teplovoz- 
vagon ta'm iri zavodi muzeyida saqlanayotgan 1905-1917 yillar 
voqealari ishtirokchilarining esdaliklari, hujjatlari (D. Ustaboev,
22
www.ziyouz.com kutubxonasi


S. Q osimxo‘jaev, о . Bobojonov, M. Mirxodiev va boshqalar) va 
Turkiston vaqtli matbuoti nashrlaridan ham unumli foydalanildi.
XIX asming ikkinchi yarmida Turkistonda zo'ravonlik bilan 
amalga oshirilgan chor Rossiyasi istilosi va bu bosqinchilikning 
dahshatli oqibatlariga bag‘ishlangan qo‘lyozma manbalar - tarixiy 
asarlar, hujjatlar, manzumalar ham benazir ilmiy ahamiyat kasb etadi. 
Tarixshunoslikda bu tajovuz tarixini hozirga qadar bir yoqlama, 
faqat ms manbalari asosida yoritilgan. Holbuki, mustabidlar to ‘kkan 
qonlar sovumay turib Toshkentda, Andijonda, Samarqandda, Buxo­
roda, Q o‘qonda, Xivada, Namanganda, Qarshida, Jizzaxda va boshqa 
shaharlarimizda yozilgan asarlar - ular xoh tarixiy, xoh badiiy yoxud 
hujjat b o isin , tamomila unut b o iib keldi.
Chor Rossiyasi istilosiga doir qoiyozm a manbalami uch 
turkumga ajratish maqbuldir. Bu jihatdan, tarixiy asarlar birinchi 
turkumni tashkil etadi, deyish mumkin. Xususan, Muhammad Solih 
Toshkandiy, Mulla Muhammad Niyoz Ho‘qandiy, Avaz Muham­
mad Attor H o‘qandiy, Muhammad Aziz M argiloniy, Muhammad 
Sodiq Munshiy, Muhammad Abdulazim Somiy, Mirzo Olim 
Mushrif, Ahmad Donish, Komil Xorazmiy, Mirzo Olim Toshkandiy, 
Muhammad Fozilbek, Muhammad Hakimxon to ia , Ishoqjon 
Jo‘naydullaxoja Ibrat, Ahmad Zakiy Validiy asarlarini shular sirasiga 
kiritish mumkin bo iad i.
Domullo M uhammad Solihning «Tarixi jadidai Toshkand» asari 
1862 yilda yozila boshlanib, 1886-1887 yillarda tugallangan. Ikki 
jilddan iborat qilib tuzilgan bu asaming birinchi qismida islom va 
umuman, o ‘rta asrlar Markaziy Osiyo tarixi yoritilgan b o is a , ik­
kinchi jildda XIX asr Q o‘qon xonligi kechmishi qalamga olinadi. 
Muarrix 3 bobdan iborat bu jildda faqat Q o‘qon xonligida yuz ber­
gan ms istilosi oqibatlarini keltirish bilan cheklanmay, Buxoro 
atnir-ligi voqealariga ham keng to ‘xtaladi. Muallifning Toshkent, 
M argilon, Namangan, Andijon, Samarqand kabi shaharlaming 
ruslar tomonidan zabt etilishi haqida o ‘zi guvoh b o ig a n voqealar 
asosida fikr yuritishi alohida qimmatga egadir.
Mirzo Muhammad Abdulazim Somiy B o‘stoniyning «Dorussal- 
tana Buxoroyi sharif m a n g it sultonlari tarixi» 1906 yilda yozilgan. 
Asar mamlakatda xukm surib kelayotgan parokandalik, o ‘zaro nizolar 
oxir-oqibatda yurtning mustamlakaga aylanib qolishida asosiy omil 
boiganligini anglashda muhim manba hisoblanadi. Ayni vaqtda 
asarda xalqning bosqinchilarga qarshi mardonavor kurashi manzarasi 
ham yorqin aks ettiriladi.
23
www.ziyouz.com kutubxonasi


Mullo Muhammad Niyoz H o‘qondiyning «Tarixi Shohruhiy», 
Avaz Muhammad Attor Ho'qandiyning «Tarixi jahonnamoyi», 
Ishoqxon Ibratning «Farg'ona tarixi», M uhammad Yusuf Bayoniy- 
ning «Shajarai Xorazmshohiy», Hoji M uhammad Xakim Sayid 
M a’sumxonning «Muntaxab ut-tavorix», Mirzo M uhammad Sodiq 
M unshiyning «Musannofoti Mirzo Sodiq Munshiy», Mirzo Olim 
M ushrifning «Ansob us-salotin va tavorix ul-havoqun» (Q o‘qon 
xoniigi tarixi), «Tarixi Manzum», M uhammad Aziz M arg‘iloniyning 
«Tarixi Aziziy» (Farg'ona chor mustamlakasi davrida), Ahmad 
Donishning «Tarjimat al-ahvol amironi Buxoroyi sharif», Hamid 
bin g ‘ozi Baqo Hojaning «Tanzil ul-misol zikr bayon al-ahvol», 
M uhammad Fozilbekning «Mukammal-i tarix-i Farg'ona» asarla- 
rida ham rus istilosiga daxldor voqea-hodisalar batafsil bayon 
etiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik 
instituti ( 0 ‘zRFAShI) jam g ‘armasida saqlanayotgan va yuqorida zikr 
etilgan tarixiy asarlardan tashqari mavzuni toid irish d a asqotadigan 
«Tarixi jadidai Toshkand» (11072-raqamli), «Tarixi Alimquli amiri 
lashkar» (12136-raqamli), «Alimqul jangnomasi» (Xolbek ibn 
Mullo Andijoniy asari, 8816-raqamli), «Jangnomayi Xudoyorxoniy» 
(M ullo Sham si asari, 599/1-raqam li), «Tazkirayi Sultoniy» (M ullo 
Vasiyjon asari, 592-raqamli), «Xudoyorxonning so'nggi kunlari» 
(Ahmad Zakiy Validiy asari, 15743-raqamli), «Tazkirayi hazrati 
Majzub Namangoniy» (2662/11-raqamli), «Fathnomayi Sultoniy» 
(Mir Olim Buxoriy asari, 1838-raqamli), «Tajovuzi o'rus» (Qozi 
Abdulvohid Sadr-Sariri Balxiy asari, 2260/ lV-raqamli), «Tuhfayi 
Shohiy» (Mirzo Abdulazim Somiy asari, 2091-raqamli), «Zafamomai 
Xudoyorxoniy» (Abdul G 'ofur asari, 598-raqamli), «Tuhfat ul- 
xoniy» (Muhammad Vafo Karminagiy asari, 5359/11-raqamli), 
«Tarixi amir Haydar» (mullo Ibodullo M uhammad Sharif asari, 
1836-raqamli), «Tarixchayi Turoniy» (Umididdin M arg'inoniy 
asari) singari qo'lyozm a manbalami ham istifoda doirasiga kiritish 
joiz hisoblanadi. Bu tarixiy manbalaming ayrimlarida uchraydigan 
cheklanishlar, xonlarning ayrim xatti-harakatlariga ortiqcha baho 
berish jihatlaridan qat’i nazar, yaqin o'tm ishni oydinlashtirishda ular 
ahamiyati bo'lakchadir.
Ikkinchi turkum manbalar bevosita mahalliy hukmdorlar bilan 
rus armiyasi qo‘mondonligi o ‘rtasidagi munosabatlarga doir hujjatlar, 
tarixiy shaxslaming xotiralarini qamraydi.
Chor Rossiyasi bosqinidan so'ng vujudga kelgan vaziyat, 
mustamlaka siyosatining o'm atilishi, vassallik sitamlari, elchilik
24
www.ziyouz.com kutubxonasi


bordi-keldilari ham qator hujjatlarda, esdaliklarda o ‘z ifodasini 
topadi. Komil Xorazmiy, Ahmad Donish va boshqa elchilaming, 
shuningdek, amir Abdulahadning Peterburgga qilgan safarlari 
haqidagi m aium otlar shular jumlasidandir.
Q oiyozm a manbalaming uchinchi turkumi mundarijasini badiiy 
asarlar: she’rlar, manzumalar tashkil etadi. Rus istibdodidan so‘ng 
u keltirgan «madaniyat va m a’rifat»ni ulug‘lovchi asarlar maxsus 
buyurtmalar asosida yozilganligi m a’lum. Biroq, yurtning fidoyi 
shoirlari bosqinchilikni qoralab, uning mudhish oqibatlarini la’natlab 
she’rlar yaratganlar. Jumladan, 1912 yilda G ‘ulom Hasan Oriijonov 
matbaasida XVI asr shoiri Mushfiqiyning «Sadu yak band» to ‘plami 
chop etilgan. Muhimi shundaki, to ‘plamda XIX asr ikkinchi yarmida 
yashab ijod etgan qashqadaryolik shoir Hofiz R o‘ziboy Mashrab 
va Muhammad Amin H o‘qondiylaming chorizm istilosiga doir 
manzumalari qo‘shib berilgan. «Hikmat» deb nomlangan va shu asar 
oxirida keltirilgan she’rlarda yassaviyona m hda bosqinchilaming 
razil basharasi va xotin-qizlarga nisbatan qilgan qabixliklari fosh 
etiladi.
Chor Rossiyasi bosqinchilariga qarshi mardonavor kurashib 
halok b o ig a n lashkarboshi Alimqul jasorati haqida 10 yil Sibir ba- 
darg‘asida b o ig a n vatanparvar Mullo Holbek ibn Muso Andijoniy 
doston yaratgandir.
Kamina, Xayoliy, Nosir, Tarjimon singari shoirlaming asarla- 
rida ham bosqin tufayli xalqimiz boshiga tushgan kulfatlar ifoda 
etiladi. Buxoro amiri, Ojiz taxallusi bilan she’rlar yozgan amir 
Abdulahad she’rlarida ham ichki afsus-nadomat m hi sezilib turadi. 
Shubhasiz, hozirga qadar e ’lon qilinmagan, o ‘rganilmagan, ammo 
ms mustamlakachiligi haqida bor haqiqatni badiiy gavdalantirgan 
asarlar tarixiy voqelikni xolisona, bo‘yoqlarsiz idrok etishda muhim 
manba b o iib hisoblanishga loyikdir.
Ayniqsa, Turkistonda XIX asr ikkinchi yarmida faoliyat ko‘rsat- 
gan matbuot nashrlari, vatanparvar ziyolilar, muarrixlar, olimlar, 
shoirlaming yurt taqdiri haqida katta qalb bilan qayg‘urib yozgan 
maqolalari, asarlari mustamlakachilikning qabih mohiyatini, istiq­
lol uchun olib borilgan tinimsiz kurashlaming qanchalik o g ir
kechganligini bugungi avlod teran anglab yetishida bebaho manbalar 
b o iib qolaveradi.
Bundan tashqari, yurtimiz tarixini ilmiy jihatdan to iaq on li 
yoritish maqsadida, xususan, 0 ‘zbekiston yangi tarixining uch 
jildini tayyorlash asnosida xolis manbalar - xorijiy adabiyotlardan, 
jumladan, xorijdagi vatandosh olimlarimiz asar va esdaliklaridan ham
25
www.ziyouz.com kutubxonasi


foydalanildi. AQSh, Angliya, Fransiya, Germaniya, Turkiya, Saudiya 
Arabistoni va boshqa bir qator chet davlatlarda XIX asr oxirlaridan 
e ’tiboran Turkistonda kechgan voqea-hodisalarga odilona munosabat 
bildirilib, chorizm tajovuzi, sho‘ro saltanatining bu oik ad ag i qonli 
va qatag‘on siyosati haqida rostgo‘ylik, halollik bilan mushohada 
yuritilgan.
Kitobda tarix sohasida olib borilayotgan izlanishlar, xususan 
birinchi nashrdan (2000 y.) o4gan o ‘n yil mobaynida yaratilgan 
kitoblar, yangi fikr, yangicha qarashlar o ‘z aksini topgan asarlar, 
ilmiy muomalaga kiritilgan yangi hujjatlar - tarixchi olimlaming 
eng so‘nggi tadqiqotlari samaralaridan ham keng foydalanildi. 
Yurtim deb, elim deb yonib yashagan, ozodlik va istiqlol uchun 
kurashda aziz jonlarini fido etgan, ammo nomlari va ishlari hanuz- 
gacha o 'z bahosini olmagan bobokalonlarimiz faoliyatini yoritishga 
holi qudrat harakat qilindi.
26
www.ziyouz.com kutubxonasi


В i r i n ch i b o b

Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish