O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

HAQIDA IKKI OG‘IZ SO‘Z
« 0 ‘zbekistonning yangi tarixi» xalqimiz va mamlakatimizning 
ko‘hna va boy tarixini chuqur o ‘rganish hamda haqqoniy tahlil qilish 
y o iid a qo‘yilgan dastlabki qadamdir. Bu kitobning yozilishida 
Yurtboshimiz Islom Karimovning: «Tarixga murojaat qilar ekanmiz, 
bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz bar- 
kamol kishi boim aganidek, o ‘z tarixini bilmagan xalqning kelajagi 
ham b o im ay d i» 1, - degan so‘zlari dasturilamal bo‘lib xizmat qildi. 
Shuni alohida ta’kidlamoqchimizki, katta va ko‘p yillik boy o ‘tmi- 
shimizni yangi davr tarixidan - chor Rossiyasi mustamlakachiligi, 
sho‘rolar diktaturasi va milliy mustaqillikka erishganimiz (1991 yil 
31 avgust) davri tarixidan boshladik. Bunda qadimgi davr va o ‘rta 
asrlar tariximiz yozilmasa kerak, degan xayolga bormaslik lozim. 
Hammasi tarixiy haqiqat nuqtai nazaridan yoziladi, albatta. Chunki 
mamlakatimizning tarixi boy va ko‘hna. U jahon sivilizasiyasi 
o ‘choqlaridan biridir. Hududimizda, manbalaming guvohlik berishi­
cha, birinchi inson bir million yil avval paydo b o ‘lgan. Bu o ‘ziga 
xos tarixni o ‘rganmay b oiadim i? 0 ‘zbekiston tarixini mukammal va 
yaxlit o ‘rganishga ikkita sabab bor. Birinchidan, tariximiz ilgari 
hukmron g ‘oya ta ’sirida yozilgan; ikkinchidan, qadimiy manbalar 
ko‘p hollarda xaspo‘shlab o ‘tilgan, b o ‘lib o ‘tgan hodisa va voqealarga 
bir taraflama yondoshilgan. Shu sabablarga ko‘ra, ko‘p voqea va 
hodisalar sayoz yoritildi, hatto yoritilmay qoldi. K o‘rib turibsizki, 
qadimgi va o ‘rta asrlar tarixini yana bir bor sinchiklab o ‘rganib 
chiqish, o ‘rganganda ham o ‘sha zamonlarda yozilgan tarixiy asarlar 
va hujjatlar asosida tadqiq qilishga to ‘g ‘ri keladi
Yangi tarixni avvalroq o ‘rganish va yozishdan k o ‘zlangan 
maqsad butun tariximizni, qadimgi va o ‘rta asrlar tarixini ilmiy- 
ob’ektiv o'rganish va to ‘g ‘ri yoritishni boshlab beradi, degan umid- 
damiz.

Karimov I.
0 ‘zbekistonning o 'z istiqlol va taraqqiyot yuli. Т.: 0 ‘zbekis- 
ton, 1992, 71-bet.
3
www.ziyouz.com kutubxonasi


« 0 ‘zbekistonning yangi tarixi» ilmiy-ommabop uslubda, Islom 
Karimov ta ’limotiga asoslangan holda hamda tarixiy manbalar: asl 
hujjatlar, esdaliklar, qo‘lyozma asarlar va o ‘sha davr tarixiga oid, 
shuningdek, mustaqillik davri adabiyotlari asosida yozildi.
Shu o ‘rinda Prezident I.A.Karimov «Haqqoniy tariximizni bar­
po etish ishini nimadan boshlash lozim?» degan savol qo‘yib, unga 
javob berar ekan, «Avvalo, ko‘p ming yillik boy o ‘tmishimizni tadqiq 
etishning yaxlit konsepsiyasini, y a ’ni dasturini, ilmiy izlanishlar- 
ning uslubini»1 aniqlashdan, tarixiyligini ta ’minlashdan boshlash 
lozimligini uqtiradi. Demak, kitoblami yozishda tarixiylik, vorisiy- 
lik va uzviylik tamoyillariga amal qilindi.
« 0 ‘zbekistonning yangi tarixi» uch kitobdan iborat.
Birinchi kitobda Turkiston o ‘lkasining chor Rossiyasi mus- 
tamlakasiga aylanishi, uning sabablari, mustamlakachilik tuzumining 
Turkiston xalqlari boshiga solgan zulmu bedodliklari atroflicha 
yoritiladi. Bu borada, xususan, quyidagi to‘rt masalaga to ‘xtalib 
o ‘tiladi:
1. Chor Rossiyasi bosqini arafasida o ‘zbek xonliklari (Q o‘qon 
xonligi, Buxoro amirligi, Xiva xonligi)dagi mavjud ijtimoiy-siyosiy 
vaziyat.
2. 0 ‘rta Osiyo xonliklarining Rossiya tomonidan istilo 
etilishi.
3. Chor Rossiyasining Turkistonni iqtisodiy-siyosiy, madaniy- 
m a’naviy jihatdan t o i a mustamlakaga aylantirish uchun tutgan 
siyosati va uning ayanchli oqibatlari.
4. Turkiston o ik a sid a milliy davlatchilikni tiklash va istiqlolga 
erishish uchun olib borilgan kurashlar, xalq harakatlari, jadidchilik- 
ning dastlabki qadamlari.
« 0 ‘zbekistonning yangi tarixi»ning ikkinchi kitobida mam- 
lakatimizning sho‘rolar tuzumi (1917-1991) davri tarixi tarixiy 
manbalar va yangi tadqiqotlar asosida, xolisona bayon qilinadi. 
Kitobda asosan quyidagi masalalar tahlil qilinadi:
1. 
Bolsheviklaming m ash’um oktyabr (1917) to ‘ntarishidan 
so ‘ng Turkiston xalqlarining milliy-ozodlik va istiqlol uchun olib 
borgan kurashini bo ‘g ‘ib tashlashga qaratilgan siyosati hamda 
mustabid sho‘ro diktaturasi o ‘matilgandan keyin soxta davlatchilik 
faoliyati; mulkdorlar sinfi va mulkga egalik qilish tuyg‘usini 
y o ‘qotishga qaratilgan faoliyati; 0 ‘zbekistonda amalga oshirgan

Karimov I.
Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. Т.: «Sharq», 1998, 30-bet.
4
www.ziyouz.com kutubxonasi


qatag‘onlik va sovet Rossiyasining Turkistonni paxta va umuman 
xom ashyo manbaiga aylantirishi.
2. Markazning 0 ‘zbekistonni umumbashariy qadriyatlardan 
chetlatishi, uning tabiiy va madaniy boyliklarini ayovsiz talashi, 
paxta yakkahokimligini kuchaytirib, mamlakatni og‘ir ekologik 
ahvolga tushirib qo‘yishi va buning oqibatlari.
3. Marksizm-leninizm ta ’limoti va kommunistik mafkura ta- 
moyillari, g'oyalari va bayrog‘i ostida 0 ‘zbekistonda barpo etilgan 
«sosialistik jamiyat», uning manfaat hamda asl maqsadi. Shu bilan 
birga, sho‘ro tuzumi davrida faoliyat ko‘rsatgan davlat va jamoat 
arboblari, ilm-fan va madaniyat namoyandalarining ijtimoiy-siyosiy 
va ilmiy-adabiy faoliyati, ulaming mamlakat va xalq oldidagi 
xizmatlari va shaxsiy fojialari.
4. SSSRning tanazzulga uchrashi mantiqan va tarixan qonuniy 
bir hoi ekanligi hamda m ash’um kommunistik ta ’limotning 0 ‘z- 
bekiston xalqlari uchun tamoman yot va begonaligi.
« 0 ‘zbekistonning yangi tarixi»ning uchinchi kitobi mustaqillik 
davri tarixini o ‘z ichiga oladi.
« 0 ‘zbekistonning yangi tarixi»ni yaratishda ijtimoiy fanlar 
vakillari, ayniqsa atoqli tarixshunos olimlar, jam oat arboblarining 
bildirgan fikr-mulohazalari va ko‘maklari ham foydali b o ‘ldi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va 
jam iyat qurilishi akademiyasining « 0 ‘zbekistonning yangi tarixi» 
markazi buning uchun ularga samimiy minnatdorchilik izhor 
qiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish