O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Ikkinchi davrga 
taalluqli adabiyotda Turkiston oikasidagi 
mustamlakachilik siyosati va uning asosiy y o ‘nalishlari, shuningdek, 
istiqlol uchun olib borilgan kurashlar qamrab olinadi. Tabiiyki, bu 
mavzular shu davr adabiyotida, ayniqsa, 20-yillar tarixshunosligida 
bir qator mualliflarning asarlarida turli darajada, turlicha saviyada 
o ‘z aksini topdi. Muhimi shundaki, 20-yillarda qalam tebratgan 
mualliflar o ‘zlari tasvir etgan, fikr yuritgan ijtimoiy-siyosiy voqea 
va hodisalaming bevosita ishtirokchilari boiishgan. Shu boisdan 
bu asarlarda davming murakkab, ziddiyatli va mahzun ruhi ufurib 
turadi. Chunonchi, mustamlakachilik siyosatining tub mohiyati 
G.I.Safarov, P.G.Galuzo va A.Z.Validiy To‘g ‘on tadqiqotlarida ilk 
d a f a to ‘laroq aks etdi.
Jumladan, G.I.Safarov1 keng qamrovli daliliy misollar asosida 
olib borgan ilmiy tadqiqotlarida Turkistonda bor qudrati bilan ishga 
tushirilgan mustamlaka idorasi mashinasi kirdikorini va podshoh 
amaldorlarining o ‘lka boyliklarini ayovsiz talaganligini, xalqni 
asoratga solganligini dadil ko‘rsatib bera olgan. Uning shahodat 
etishicha, rus sarmoyasining o ‘lkaga kirib kelishi, ya’ni Rossiya 
imperiyasining ramzi b o ig a n ikki boshli burgutning chovuti Turkis­
ton xalqi turmushini ostin-ustun qilib yuborgan.
G.I.Safarovning bunday xulosalari uning xolis tadqiqotchilardan 
ekanligini k o isatad i. U Turkistonda oiroqlashgan Yevropa aholisi­
ning barcha qatlamini yalpisiga mustamlakachilar deb ataydi. Uning 
mustamlaka sharoitida avj olib borayotgan sinfiy va milliy tengsizlik 
haqidagi, avvalo rus ishchilariga berilgan imtiyozlar, ulaming m a­
halliy ishchilarga nisbatan hukmron mavqei haqidagi mushohadalari 
ham adolatli xulosalar edi.
Chor Rossiyasining milliy o ik a d a olib borayotgan ruslash­
tirish siyosati, k o ‘chirib keltirilayotgan ms kelgindilariga yerli 
axolining eng unumdor, sara yerlarini olib berishi Turkistonda no­
rozilik va milliy-ozodlik harakatlarini yuzaga keltirgan asosiy omillar 
boiganligini ko isatg an da m uallif haq edi. «Barcha ruslar, - deb 
yozgan edi u, - Turkistonning tub aholisi odam emas, balki urish, 
talash, z o ila s h mumkin b o ig a n ish hayvonlari degan aqida bilan 
yashagan va tarbiyalangan».

Сафаров Г.И.
Колониальная революция (опыт Туркестана). М., 1921.
11
www.ziyouz.com kutubxonasi


Shu kabi qarashlar P.G. Galuzo tadqiqotlariga1 ham xosdir. 
U Rossiyaning mustamlakachilik tizimi va umuman, istibdod 
siyosatining barcha salbiy oqibatlarini qator misollar asosida fosh 
etadi.
0 ‘rta Osiyoning Rossiya tomonidan bosib olinishining salbiy 
oqibatlarini atroflicha yoritgan P. G. Galuzo o ik ad ag i milliy- 
ozodlik harakatlari omillari haqida ham so‘z yuritadi. U Rossiyaning 
Turkistondagi ayovsiz mustamlaka siyosati tufayli xalq harakatlari 
kelib chiqqanligini ko‘plab ishonchli dalillar asosida yoritib beradi.
Umuman olganda, bu ikki tadqiqotchi o ‘z asarlarida Rossiya 
mustamlakachilik siyosatining barcha qirralarini chuqur yoritgani 
holda, Turkistondagi istiqlol kurashi xususida sinfiy yondoshuvda 
turishganini alohida ta ’kidlab o ‘tamiz. Chunki ular Sho‘ro hokimiyati 
mafkurasi nuqtai nazaridan fikr yuritib, sinfiylik mafkurasi doi- 
rasidan chetga chiqisha olmagan. Bu jihatdan Ahmad Zakiy Vali- 
diy To‘g ‘on asarlari ulardan keskin farq qiladi. U 1924 yili Ger- 
maniyada yozgan «Turkiston masalasi» asarida chor Rossiyasi 
yuritib kelgan mustamlakachilik siyosatini fosh etibgina qolmay, 
sho‘ro Rossiyasining xuddi shu siyosatni o'zgacha niqobda davom 
ettirayotganini ham isbotlab bergan. «Turkiston uchun istiqlol 
barcha ishlaming boshidir, - deb yozadi Validiy, - istiqlol b o im asa, 
Turkistonga faqat chetdangina olib kelish mumkin b o ig a n zamona- 
viy texnika asboblariga y o i yo‘q. Chunki ruslar Turkistonga kel- 
tirilishini xohlamagan narsalaming ulardan bekitiqcha, boz ustiga 
bu o ik an in g taraqqiyotiga sabab b oiad ig an vositalaming kirib 
kelishiga albatta qarshilik ko‘rsatadilar. Shuning uchun Turkiston 
Rossiyaning qaysi boshqaruv usulida yashamasin, yurtni o ‘zi ista- 
gandek idora eta olmaydi».
Validiy To‘g ‘on 1924 yildayoq 1991 yili bo iad ig an voqealami 
tadqiqotchiga xos aniq bashorat qilgani diqqatga loyiqdir: «Turkis­
ton masalasida bolsheviklaming va boshqa ruslaming roli masala- 
siga kelganda, biz uchun rus tuzumining hammasi birdir. Bunga 
Janubiy Turkistonning 50-60 va Shimoliy Turkistonning 200 yillik 
tarixi guvoh. Turkiston chor hukumatiga qarshi qanday isyon qilgan 
b o is a , bolsheviklarga qarshi ham xuddi shunday isyon etgandir. 
Demak, Turkiston uchun turkistonliklarga muvofiq keladigan hech 
bir rus hukumati boim agan. Har ikkisida ham sharoit birdir. Bas, 
shunday ekan, har bir harakatimizda qoilarim izni bo g iag an ,


Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish