O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Яковлев П.
Русский капрал Топчи баши Бухарского хана. Отеч. Зап. ч. II, 
СПб, 1822, стр. 366-370.
37
www.ziyouz.com kutubxonasi


rilgan edi. Bundan tashqari, F. Beneveni Buxoro xonligining 
qal’alari va qo‘shinlarining umumiy soni, armiyasining tuzilishi va 
ahvoli, boshqarish usuli, Buxoroning Eron, Xiva va Turkiya bilan 
munosabatlari haqida to ‘la m a’lumot to ‘plashi hamda Rossiya bilan 
Buxoro davlati o ‘rtasida savdo-sotiqni rivojlantirishda mavjud 
imkoniyatlami aniklash bilan birga, 0 ‘rta Osiyo daryolaridagi oltin 
zahiralari haqida m a’lumotlar to ‘plashi ham lozim edi. F. Beneve- 
niga Buxoro xoniga soqchilik uchun rus gvardiyasini taklif etish va 
bu ishning oson kechishi uchun Xonquli to ‘pchiboshining ko‘nglini 
topishi alohida uqtirilgan.
Rus podshosi Pyotr I F.Benevenini jo ‘natib, xonlikning iqtiso­
diy, harbiy, fuqarolik va diplomatik ahvoli haqida yetarli tasaw urga 
ega bo‘lmoqchi edi. Chunki Rossiya uchun xavf qudratli Usmonli 
turk davlati tomonidan kutilgan b o ‘lib, Turkiyaning Eron hisobiga 
yanada kuchayishi va 0 ‘rta Osiyoga kirib borishi natijasida Ros- 
siyani mushkul ahvolga solib qo‘yishi e ’tiborga olingan edi.
Rossiyaning Buxoro bilan «do‘stona» munosabatda bo‘lishga 
urinishi ayni paytda Xiva bilan b o ‘lgan munosabatlarining uzilishi 
bilan ham b o g iiq edi. Ikkinchi tomondan, F. Beneveniga berilgan 
yo‘riqnoma birmuncha vaqt oldin Eronga yuborilgan A.Volinskiy- 
ning vazifalariga juda o ‘xshar edi. Pyotr I Buxoro va Eronga o ‘z 
elchilarini yuborib, diqqatini Sharqqa qaratgan va bu yerlarda 
Turkiyaning ta ’sirini sindirish payiga tushgan edi. Shu tariqa, 
kerakli k o ‘rsatmalar olgan F. Beneveni 1718 yilning 13 noyabrida 
Ashtarxonga yetib keldi va Buxoroga j o ‘nayotgan Xonquli to ‘pchi- 
boshi bilan uchrashadi.
1721 yilning 6 noyabrida F.Beneveni va uning hamrohlari Bu­
xoroga yetib keldilar. Rus elchilarining Buxoroga kelishi ayrim 
mahalliy zodagonlarga yoqmadi, ular ruslar ta’sirining ortishi 
o ‘zlarining mavqelariga putur yetkazishidan xavfsirar edilar.
Shu paytda Buxoro xonligida o'zaro urush-talashlar avj olib, 
mamlakatning boshqaruv tizimi ancha zaiflashgan edi. Xonlikda 
oliy lavozim - otaliq mansabini talashib qilingan harakatlar tufayli 
amaldorlar ikki qarama-qarshi guruhga ajralib qolgan edi. Masalan, 
Rossiya elchilari Buxoroga kelgach, oradan bir oy o ‘tar-o‘tmas, 
Farhodbiy otaliq o ‘ldiriladi va uning o ‘rnini Muhammad Hakimbiy 
egallaydi.
Buxorolik amaldorlaming k o ‘pchiligi Rossiyaga qaraganda 
Eron bilan yaqin munosabatda b o ‘lish tarafdori edilar. Shuning 
uchun ular xon tomonidan Buxoroga keyinroq kelgan Eron elchisini 
F.Benevenidan oldin qabul qilishiga erishmoqchi b o ‘ldilar. Ammo,
38
www.ziyouz.com kutubxonasi


xalqaro nufuzda Eron Rossiya bilan tenglasha olmasligiga aqli 
yetgan Abulfayzxon F.Benevenini a w a l qabul qildi. Xon Rossiya 
salobatiga keragidan ortiq darajada hurmat bilan qarar ediki, buni 
su‘iistemol qilgan takabbur F.Beneveni muqaddas shaharda qabul 
qilingan odatni buzib yayov emas, otliq kirdi, go'yo bu udumni 
bilib bilmaslikka oldi.
Rossiya elchisi Buxoroda 3 yildan ortiq turdi hamda Buxoro va 
Xiva davlatining ichki-tashqi siyosati, iqtisodiyot, tabiiy boyliklari 
haqida qimmatli m a’lumotlar to ‘pladi. Bu yumushlarning hammasini 
bajarish, tabiiyki, juda qiyin edi. Buning ustiga, amaldorlaming 
ko‘pchiligi Beneveniga nisbatan yaxshi munosabatda emas edilar. 
Shuning uchun Beneveni o ‘ziga xayrixoh bo'lgan va hatto xonga 
ham ta ’sir etishi mumkin b o ig a n xo‘ja Ulfat yordamidan foy- 
dalandi.
F. Beneveni Abulfayzxon bilan yakkama-yakka uchrashib, Ros­
siyaning yordamini taklif etmoqchi edi. Ammo Rossiya elchisi bu 
niyatiga erisha olmadi. Rossiyaga juda katta umid bilan qarasa-da, 
xufyona uchrashuv saroy amaldorlarining shubhasiga sabab b o iish i 
mumkinligidan cho‘chigan Abulfayzxon Beneveni bilan doimo 
boshqalar ishtirokida suhbatlashgan. F.Beneveni pixini yorgan dip­
lomat boiganidan, Abulfayzxon turli zodagon guruhlaming nog'o- 
rasiga o ‘ynaydigan qo'g'irchoq xon b o iib qolganligini anglab yetgan 
edi. Ayni paytda Buxoro va Xiva xonlari o'rtasida ziddiyatlar avj olib 
borardi. Buxoro xoni Abulfayz o'zining siyosatidan norozi b o ig an
amirlaming Xiva xoni Sherg‘ozixon bilan yashirincha til biriktirib, 
Buxoro taxtiga tajovuz qilishni ko'zlagan siyosatidan xabardor edi. 
1721 yilda Sherg'ozixondan norozi bo'lgan bir guruh xivaliklar 
yordam so'rab Buxoroga keldilar va Abulfayzxon bir necha marta 
Urganchga yurish uyushtirdi. Ammo buxoroliklar har safar m ag'lub 
bo'lib, chekindilar. Uch yil davomida xonlikda kechgan bu voqealar, 
tabiiyki, F. Benevenining nazaridan chetda qolmadi. U imkon topib 
bu haqda Pyotr I ga m aiu m o t jo'natib, bunda asosiy aybdor deb Xiva 
xoni Sherg'ozixonni ko'rsatdi va mabodo rus qo'shinlari Xivaga 
kirgudek b o is a , Buxoro xoni bundan xursand boiish ini m a iu m
qildi.
Sherg'ozixon esa qalmoq va n o 'g 'ay savdogarlari dan Rossiya­
ning janubga tomon yurishga hozirlik ko'rayotganini eshitgach, 
vahimaga tushdi va Buxoroga elchi jo'natib, Xivaga xavf solayotgan 
kulfat ertaga Buxoroning boshiga ham tushishi mumkinligi, 
shuning uchun o'rtadagi nizoni bartaraf etib, umumiy dushmanga 
qarshi birgalashib kurashishni taklif qildi. Ammo uning elchilari 
Abulfayzxonni o 'z takliflariga ko'ndira olmadilar.
39
www.ziyouz.com kutubxonasi


Xonlikdagi vaziyatni chuqur tahlil qilgan F. Beneveni Buxoro 
saltanatining beqarorligi va ayniqsa, ichki ixtiloflar uni bosib olishni 
osonlashtiradi, degan xulosaga keladi. U o ‘zining yana bir maxfiy 
vazifasi mamlakatning oltin zahiralari bilan ham qiziqib, kerakli 
m a’lumotlami to‘pladi.
Pyotr I Xonquli to ‘pchiboshining hikoyasi, Kantemiming 
«Tizim kitobi yoki Muhammad dinining ahvoli»1 asari va Beneveni 
axborotlaridan islom dinining mohiyatini, ahamiyatini anglab oldi va 
undan imperiya manfaatlari y o ‘lida foydalanish uchun maxfiy reja 
tuzdi. Bu rejaga k o ‘ra, imperiya tarkibidagi musulmon o ikalarida 
islom ulamolari nasroniy ruhoniylarga qaraganda katta huquq va 
imtiyozlarga ega b o ‘lishi lozim edi. Pyotr I ning uzoqni ko‘zlab 
tuzilgan rejasida o ‘zbek xonliklarini tobe’ qilish uchun qozoqlar 
dashtida ruslaming ta ’sirini kuchaytirish alohida o ‘rin egalladi.
Bu vaqtda, y a’ni XVIII asming birinchi choragida, ko‘chmanchi 
qozoqlar Yoyiq daryosi va Kaspiy dengizidan Xiva xonligi 
chegarasigacha bo‘lgan ulkan hududda, Katta, 0 ‘rta va Kichik juzga 
bo‘lingan holda, istiqomat qilar edilar. Qozoq sultonlari o ‘rtasidagi 
o ‘zaro um shlar ulami tobora zaiflashtirib bormoqda edi. Shu hudud­
da yashagan qalmoqlar ham tez-tez qozoqlar ustiga yurishlar qilar, 
o ‘zaro qonli to‘qnashuvlar b o iib turardi.
Qozoqlarga 1723 yildagi ocharchilik juda qimmatga tushdi. Ular 
nochor bir ahvolda tashqaridan yordam kutdilar. Kichik ju z oqsoqoli 
Abulxayrxon 1730 yilga kelib Rossiya davlatiga murojaat qilib, o ‘z 
juzining Rossiya panohiga olinishini so‘radi. Kichik juz va boshqa 
juzlardagi ayrim zodagonlaming qarshiligiga qaramay, Kichik juz 
1732 yilda Rossiya imperiyasi himoyasiga o ‘tdi va Abulxayrxon 
cho‘1 orqali 0 ‘rta Osiyoga o ‘tadigan va u yerdan qaytadigan ms savdo 
karvonlarini talonchilik hujumlaridan himoya qilishni o ‘z zimma­
siga oldi. K e y in ro q - 1739-1740 yillarda 0 ‘rta juz, 1747 yilda Katta 
juz ham Rossiya tobeligiga olindi. Kichik, 0 ‘rta va Katta juzning 
Rossiya tobeligiga o ‘tishi bilan ms hukumatining 0 ‘rta Osiyo tomon 
harakat qilishi uchun qulay imkoniyat yuzaga keldi. Rus hukumati 
top sh irigiga binoan qozoq dashtlarida mustahkam o ‘mashib olish 
va o ‘zbek xonliklarini bosib olishga tayyorgarlik k o ‘rish maqsadida 
ko‘plab harbiy qal’a va istehkomlar qurildi. Faqat XVIII asrda 
qozoq juzlari hududida 46 ta katta va 96 ta kichikroq harbiy q al’a va 
istehkomlar qurildi va ularga harbiy qismlar joylashtirildi.


Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish