O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


TURKISTONNING PARCHALANIB KETISHI VA



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

TURKISTONNING PARCHALANIB KETISHI VA
UCH XONLIKDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY VAZIYAT
«Nega jahonga A hm ad Farg 'only, M uham m adXoraz-
miy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Imom Buxoriy, Am ir
Temur, U lugbek, Alisher Navoiy, Bobur kabi buyuk
siymolarni bergan bu millat X V I I-X IX asrlarga kelib,
to shu choqqacha erishgan vuksalish darajalaridan
tushib ketdi? Nega so nggi uch asr mobavnida boshimiz
qoloqlikdan chiqmay qoldi? Ajdodlarimizning qattiq qar-
shiligiga qaramay, chor Rossiyasining о 'Ikamizni nisba­
tan oson zabt etishida ana shu qoloqlikning ham о 'm i
bo ‘Imaganmikan?»
Islom Karimov
Vatanimiz tarixi o ‘zbek davlatchiligi taraqqiyoti bir tekisda 
kechmaganligi, uning silsilasida zafarli va inqirozli davrlar bo‘l- 
ganligidan guvohlik beradi. Sohibqiron Amir Temur asos solgan 
saltanat eng yirik va qudratli davlat b o ‘lganligi jahonga m a’lum. 
Amir Temur o ‘zidan qudratli davlatni, saltanat qurish va davlatni 
boshqarish qonun-qoidalari bay on etilgan mashhur qo‘llanma 
«Tuzuklar»ni qoldirgan edi. «...Farzandlarim va avlodimdan bo‘l- 
ganlaming har biri, - deb yozgan edi u o ‘zining tuzuklarida, -
unga muvofiq ish yuritsin... Bu tuzuklardan o ‘z saltanat ishlarini 
boshqarishda qo‘llanma sifatida foydalangaylar, toki mendan ular­
ga yetadigan davlat va saltanat zararu tanazzuldan omon b o llg ‘ay»'. 
Sohibqiron Amir Temur vorislariga «millatning dardiga darmon 
bo‘lish», «zaiflar va yo‘qsillami boylar zulmiga tashlamaslik»ni uq- 
tirib «adolat va yaxshilik qilmoq dasturingiz, rahbaringiz bo‘lsin» 
deya vasiyat qilgan edi. Ammo uning dasturi va vasiyatlariga amal 
qilinmadi. Taxt, hokimiyat ilinjida avj olgan o ‘zaro ixtilof va ichki 
kurashlar, jangu jadallar davlatni zaiflashtirib, mamlakatni inqirozga 
va parokandalikka olib keldi.
XVI 
asr boshlarida zaiflashib borayotgan temuriylar saltanatiga 
Dashti Qipchoq tomondan ko‘chmanchi o ‘zbeklar davlati hukm-
1 Temur tuzuklari. Т.: G'afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa birlash- 
masi, 1991, 53-bet.
27
www.ziyouz.com kutubxonasi


dori Muhammad Shohbaxt Shayboniy hujumi boshlandi. Shaybo- 
niyxon 1500-1501 yillarda Samarqand va Buxoroni, 1504 yilda 
Hisor viloyatini, 1504-1505 yillarda Urganchni, 1506-1507 yillarda 
Xuroson poytaxti Hirot hamda Balxni, shuningdek, Marv, M ash­
had, Nishopur, Toshkent, Farg‘ona va Sirdaryo yerlarini zabt etdi. 
Q at’iyatli sarkarda Shayboniyxon temuriy shahzodalar orasida 
o ‘ziga munosib raqibni Zahiriddin Muhammad Bobur siymosida 
uchratdi. Bu ikki o ‘zbek sarkardasi, ikki shoir va ikki davlat arbobi 
ittifoqlashib, temuriylaming butun Sharq va G ‘arbga yoyilgan 
shuxratini barqaror etish, Sohibqiron Amir Temur asos solgan 
qudratli davlat shukuhini yanada tiklash o ‘rniga, o ‘zaro kurash, uni 
egallash bilan band bo iishd i. Natijada, Movarounnahr va Xuroson 
yagona davlat tarkibidan ajralib ketdi. Eronda kuchayib borayot- 
gan safaviylar vaziyatdan foydalanib, bu ikki sarkarda kurashiga 
aralashdi. Mamlakatda parokandalik avjga minib, aw alg i qudratdan 
putur ketdi. Bobo yurtidan ajralgan, oxir-oqibatda Hindistonni zabt 
etgan Bobur va uning avlodlari uch asr mobaynida bu mamlakatni 
idora qildilar.
Movarounnahrda shayboniylar sulolasi hokimiyat tepasiga ke­
ladi. Qariyb, bir asrga yaqin davom etgan shayboniylar hukmronligi 
davrida ham tinchlik bo‘lmadi, qirg‘inborot urushlar, o ‘zaro ichki 
kurashlar davom etdi. Shayboniy Ubaydullaxon (1533-1539) taxtga 
ko‘tarilgach, Buxoroning mavqei ham siyosiy, ham iqtisodiy jihat­
dan ancha kuchaydi va M ovarounnahming siyosiy-ma’muriy mar- 
kaziga aylantirildi. Abdullaxon-II (1557-1598) davrida, 1557 yilda 
poytaxt rasman Samarqanddan Buxoroga ko‘chirildi va bu sana 
tarixga Buxoro xoniigi tashkil topgan yil b o ‘lib kirdi.
1601 yildan e ’tiboran Buxoro xonligida xokimiyat ashtarxoniy- 
lar (joniylar) sulolasi q o iig a o ‘tdi.
150 yilcha (1601-1756) hukmronlik qilgan ashtarxoniylar 
sulolasi davrida ham Buxoro xonligida barqarorlik b o ‘lmadi. 
Xonlik viloyatlarida hukmronlik qiluvchi amirlar va beklaming o ‘z- 
boshimchaligi, markaziy hokimiyatdagi amaldorlar o ‘rtasidagi 
o ‘zaro kelishmovchilik, urug‘chilik, mavqe talashish mamlakat xalqi 
tinkasini quritdi. Shuning uchun ham XVIII asming birinchi yarmida 
Buxoro xoniigi va Xiva xoniigi dastlab Rossiya va so‘ng Eron shohi 
Nodirshoh zarbiga uchradi. Ichki nizolar, mahalliychilik va o ‘zaro 
kurashlar zaiflashtirgan bu ikki xonlik Nodirshohning ta ’sir doira- 
siga tushdi. Nodirshohni vasiy sifatida tan olgan M uhammad Rahim
1753 yilda o ‘zini Buxoro amiri deb e ’lon qildi va 1920 yilgacha 
hukm surgan m ang‘itlar sulolasiga asos soldi. Ammo u ichki
28
www.ziyouz.com kutubxonasi


kurashlarga butkul barham berolmadi. Natijada, Buxoro xonligidan 
mustaqil yana bir davlat tashkil topdi va u tarixda «Q o‘qon xonligi» 
deb nom oldi.
Q o‘qon atrofida yashab turgan o'zbek qabilalaridan biri minglar 
o ‘z yetakchisi Shoxruhbiyni hokimiyat tepasiga ko‘tardilar. Q o‘qon 
shahri chetida joylashgan Tepaqo‘rg ‘on Shoxruhbiyning qarorgo- 
higa aylantirildi.
XVII-XVIII asrlarda qoraqalpoqlar orollik o ‘zbeklar bilan bir­
galikda Orol yerlarida o ‘z davlatini tuzgan edi. Bu davlat bir- 
lashmasining aholisi - qoraqalpoqlar va o ‘zbeklar qo‘shm xalqlar 
bilan yaqin aloqada b o ig a n . XVIII asrdagi qoraqalpoqlar ijtimoiy 
hayotiga urug‘-qabilalarga b o iin ish an’anasi xos b o ig an . Butun 
xalq ikki katta qavm (oris) ga - o ‘n to ‘rt urug‘ va qo‘n g ‘irot qavm- 
lariga boiingan. 0 ‘n to‘rt urug‘ qavmining asosiy guruhini Xitoy, 
qipchoq, Kenagas, M a n g it u ru g iari tashkil etgan, qo‘ng‘irot qav- 
miga esa Shulluk va Ja v u n g ir urug‘ birlashmalari kirgan. Barcha 
guruhlarni urug‘ tabaqalari - biylar va botirlar boshqargan. Ular 
bilan musulmon ruhoniylari yaqindan aloqada b o ig an .
XVIII 
asrda jun g ‘or va qozoq xonlarining bosqinchilik hujum- 
lari natijasida Sirdaryo b o ‘ylarida yashayotgan qoraqalpoqlaming 
bir qismi Yangidaryo b o ‘ylariga va Orol yerlariga ko‘chishga majbur 
b o ig an . Yangidaryo yerlarida o ‘mashgan qoraqalpoqlar uchun yuz 
yillar qarovsiz qolgan bepoyon maydonlami o ‘zlashtirish qozoq 
xonlari va sultonlari bilan doimiy to ‘qnashuvlar natijasida juda 
o g ir kechdi. Shuning uchun ham arxeologlar Yangidaryodagi 
sug‘orish inshootlari qoldiqlarini «qoraqalpoq ajdodlari mehnat 
jasoratining buyuk yodgorliklari» deb hisoblaydilar.
Qoraqalpoq (Orol) yerlari X V II-X IX asr boshida Quvondaryo 
va Yangidaryo havzasini to iiq qamrab,
Amudaryo etaklarigacha cho‘zilgan edi. Lekin XIX asr boshida 
Xiva xonlari Orolbo‘yi aholisini bo‘ysundirishga qaratilgan harbiy 
harakatlami boshlaydi va bu harakatlar 1810 yili Muhammad 
Rahimxon (1806-1825) davrida quyi Amudaryodan Yangidaryo- 
gacha b o ig a n qoraqalpoq yerlarining Xiva xonligiga qo‘shib oli- 
nishi bilan tugaydi1.
Shunday qilib, jahon sahnasida XVIII asr oxiri va XIX asr 
boshlarida buyuk Temur saltanatini uch tarqoq o ‘zbek xonligi o ‘zida 
gavdalantirdi.
1 Q a r a n g: 
Kamolov S., Sariboev K.
Qoraqalpoqlar. Risola qoiyozmasi. 
Nukus, 1999, 1-3-betlar.
29
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish