O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Mulohaza uchun ma'lumot
Amiri ma’sum
Buxoro amirlari orasida o ‘zining xalqparvarligi, adolati va 
insoniy fazilatlari bilan ajralib turuvchi Shohmurodni (1785-1800) 
xalq «amiri m a’sum» deb atagan.
Uning davrida zodagonlar o ‘zboshimchaligi, beklar beboshligiga 
chek qo‘yilib, markaziy hokimiyat ancha mustahkamlangan va 
mamlakat iqtisodi birmuncha barqarorlashgan. Shohmurod otasi 
Doniyolbiy otaliq (1758-1785) davrida davlat idorasi tepasida 
turgan oliy lavozimdagi amaldorlarni Davlat qushbegi, Nizomiddin 
qozikalon va boshqa amaldorlarni xalqqa zulm oikazganlari va 
soliqlarni haddan tashqari oshirganliklari uchun qatl qilgan. Viloyat
56
www.ziyouz.com kutubxonasi


beklari, qozilami va mansabini suiste’mol qilgan hokimlami 
lavozimlaridan tushirib, adolatparvar odamlarni o ‘rinlariga qo‘ygan. 
U taxtga chiqqan yilidan boshlab yurt barqarorligiga rahna solib, 
mamlakatda boshbodoqlikni kuchaytirgan Karmana, Shahrisabz, 
X o‘jand, Mari hukmdorlari ustiga yurishlar qilib ularni markaziy 
hokimiyatga b o ‘ysindirgan. Tashqaridan xavf solayotgan A fg'onis­
ton hukmdori Temurshoh qo'shinlarini tor-mor qilib yurt tinch- 
ligini ta’minladi. U m a’muriy, moliyaviy va adliya sohasida 
islohotlar o'tkazdi. Kumush tangalar zarb etdi. Bozorlardagi narx- 
navolami tartibga soldi. Shariatga xilof yorg‘u, boj, tushmal, 
yasok, oliq-soliq kabi soliqlardan ozod qildi. Eng muhimi, Buxoro 
fuqarolarini bepul ishlab berish majburiyatlarini bekor qildi.
Amir Shohmurod qonun ustivorligini qat’iy amalga oshirgan. 
Kimki, mansabi, lavozimi, martabasidan qat’iy nazar qonunga 
xilof tarzda ish qilsa, kim b o iish ig a qaramay jazoga tortilgan. 
Sud jarayonida amiming o ‘zi ham qatnashgan hollar ham bo'lgan. 
Shariat amrini bajarish fuqaroning turmush tarziga aylantirilgan. 
Shohmurod maishiy jihatdan ham barchaga o 'm ak bo'lgan, hech 
bir amir undan oldin ham keyin ham qilmagan ishni qilgan. Uning 
kundalik harajati to 'rt tangadan oshmagan. Eb-ichishi va kiyinishi 
oddiy bo'lgan, biron-bir amaldoming uyiga ziyofatga bormagan, 
hech kimdan sovg'a-salom olmagan, o 'z sharafiga turli dabdabali 
tadbirlar o'tkazilishiga y o i qo'ym agan1.
* * *
Buxoro amirligi 27 beklik: Karmana, Xatirchi, Ziyovuddin, 
Nurota, Qarshi, Kitob, Shahrisabz, Chiroqchi, Yakkabog', G'uzor, 
Boysun, Sherobod, Denov, Karki, Chorjo'y, Hisor, Ko'lob, Qorate- 
gin, Darvoz, Baljuvon, Sho'g'non, Ro'shon, Q o'rg'ontepa, Qobo- 
diyon, Kalif, Q obog'li va Xorazm bekliklaridan iborat edi. Beklik- 
lar mahalliy qabila boshliqlari, katta mulk egalari tomonidan 
boshqarilgan. Har bir beklikni amir tomonidan tayinlab qo'yiladigan 
hokimlar - beklar idora qilgan. Hokim huzurida yuzlab mahalliy 
m a’murlar xizmat qilgan. Manbalar amirlikda mahalliy m a’murlar 
shtati 30 ming kishini tashkil etganligidan guvohlik beradi. Hokim 
va uning xizmatkorlariga maosh davlat xazinasidan berilmas edi, 
ular mahalliy aholidan olinadigan turli-tuman soliq va to'lovlar 
hisobiga tirikchilik qilganlar.

Shamsutdinov R.. Karimov Sh., Ubaydullaev O'.
Vatan tarixi. Т.: «Sharq», 
2003, 78-bet.
57
www.ziyouz.com kutubxonasi


Amirlikning harbiy kuchlarini otliqlar va sipohlar tashkil etgan. 
Q o‘mondonlik lavozimlaridagi zobitlaming harb ilmi talab daraja- 
sida bo‘lmagan. Harbiylar harbiy mashqlarga nisbatan ko‘proq 
jism oniy mehnat bilan band boiganlar. Q o'shinda yuzboshi, 
mingboshi singari harbiy lavozimlar b o iib , umumiy qo‘mondonlikni 
lashkarboshi boshqargan. Amirlikning qo‘shini muntazam b o im a - 
gani sababli, zaruriyat b o ig an d a ularni to ‘plash qiyin kechgan.
Buxorodagi vaziyat ko‘p jihatdan Xiva xonligiga ham xos 
b o ig an . Xonlik janubda Eron, Sharqda Buxoro amirligi, G ‘arbda 
Kaspiy dengizi, Shimolda qozoq juzlari bilan chegaradosh edi. 
Suvsiz va poyonsiz Qoraqum, Qizilqum sahrolari Xiva xonligini 
geografik jihatdan boshqa mamlakatlardan ajratib qo‘ygan edi. 
Amudaryo sohillarida joylashgan Xiva, Urganch, Kat, K o ‘hna 
Urganch, Xazorasp, Q o‘ng‘irot, X o‘jayli, Kurdar (hozirgi Chimboy) 
shaharlari xonlikning yirik shaharlari hisoblanar edi. 0 ‘rta Osiyoning 
eng boy savdo markazlaridan biri b o ig a n Xiva shahri 1598 yildan 
boshlab xonlikning poytaxti b o ig an . Shahar ikki qism - Ichon qal’a 
(shahaming ichki qismi) va Dishon qal’a (shahaming tashqi qismi) 
dan iborat edi. Ichan qal’ada xon qarorgohi va harami, 17 ta masjid, 
22 madrasa, karvonsaroy va bozor joylashgan. 1842 yilda Dishan 
qal’a qurilib, devor bilan o ‘rab olingan. Dishan qal’ada hunarmandlar, 
savdogarlar, mardikorlar, qisman dehqonlar istiqomat qilganlar.
Aholining ko‘pchilik qismini o ‘zbeklar tashkil qilib, ulardan eng 
kuchli va k o ‘p sonlilari qo‘ng‘irot, nayman, qiyot, uyg‘ur, nukuz, 
q a n g ii, xitoy, qipchoq qabilalari edi. 0 ‘zbek qabilalari asosan 
Amudaryo tarmoq yoygan qismda, kanal bo‘ylarida joylashgan. 
Aholining anchagina qismini (taxminan to'rtdan birini) turkmanlar 
tashkil etgan. Turkmanlar qadimgi o ‘g ‘izlaming avlodlari b o iib , 
forscha so‘zlashuvchi mahalliy xalqlar va o'zbeklar bilan qorishib 
ketgan edi.
Qoraqalpoqlar yashaydigan Amudaryoning quyi havzasi va 
Orol dengizining janubiy qirg‘oqlari ham Xiva xonligi tasarmfida 
edi. Dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik, ovchilik qoraqalpoq- 
laming asosiy m ashg‘uloti edi.
Muhammad Rahim I (1806-1825 yillar) davrida Xiva xonligi- 
dagi o ‘zaro urushlar biroz pasaydi, xonlikni birlashtirish nihoyasiga 
yetdi. Mamlakatda o ‘tkazilgan soliq islohoti, bojxonaning joriy 
etilishi, oltin pul chiqarilishi x o ‘jalik ishlariga o ‘zining ijobiy 
ta’sirini ko‘rsatdi. 0 ‘z vaqtida yig‘ib olingan soliqlar xonlik xazinasi, 
daromadini oshirdi. Xonlikda eng nufuzli lavozim qushbegi (bosh 
vazir) b o iib , u soliqlarni to ‘plash va xonning muhim topshiriqlarini 
bajarish bilan shug‘ullangan.
58
www.ziyouz.com kutubxonasi


Saroyda 

Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish