O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


XIX ASRDAGI O ZBEK XONLIKLARIDA DAVLAT



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

2. XIX ASRDAGI O ZBEK XONLIKLARIDA DAVLAT
BOSHQARUVI VA IJTIMOIY HAYOT
Buxoro amirligi o ‘zbek xonliklari orasida o ‘zining hududiy o ‘mi, 
aholisi va tabiiy resurslari jihatidan muhim mavqega ega edi.
XIX asrga kelib, Buxoro amirligining hududi qariyb 200 
ming kvadrat kilometmi tashkil etdi. Uning chegaralari janubda 
Amudaryoning s o i qirg‘og‘idan boshlanib, Sirdaryogacha cho'zilib 
qozoq juzlari bilan chegaradosh edi. Amirlik Sharqda Pomir tog‘- 
laridan G 'arbda Xiva xonligi chegaralarigacha bo‘lgan hududni 
egallab turardi. Buxoro va Samarqand kabi yirik shaharlar joylash- 
gan Zarafshon vodiysi amirlikning markaziy qismi hisoblanardi.
53
www.ziyouz.com kutubxonasi


Qashqadaryo va Surxondaryo vohalari, hozirgi Tojikiston hududi- 
dagi Vaxsh, Kofirnihon, Panj daryolari vodiysida joylashgan shahar 
va qishloqlar, shuningdek, Turkmaniston hududiga kirgan M urg‘ob 
daryosi vohalaridagi yerlar ham Buxoro amirligiga qarar edi.
Buxoro amirligining poytaxti Sharqda eng mashhur shahar 
sifatida e ’tirof etilgan Buxoroi sharif edi. Yirik shaharlardan 
Samarqand, Qarshi, Shahrisabz, Kitob, G'uzor, Termiz, Sherobod, 
Hisor, Dushanbe, К о 'lob va boshqalar amirlik tasarrufida edi. Marv 
va C horjo'y shaharlari uchun Buxoro amirligi bilan Xiva xonligi 
o'rtasida, Jizzax, O 'ratepa va X o'jand shaharlari uchun Buxoro 
amirligi bilan Q o'qon xonligi o'rtasida tez-tez umshlar bo'lar, bu 
shaharlar qo'ldan-qo'lga o'tib turardi.
XIX asming birinchi yarmida Buxoro amirligida 2 million atro- 
fida aholi istiqomat qilardi. Aholining katta qismi amirlikning ser- 
suv vohalarida yashar, jaziram a issiq, suvsizlik hukmronlik qiluvchi 
Qizilqum sahrolari va cho'llari deyarli kimsasiz yastanib yotardi. 
Zarafshon vodiysida 300-350 ming, Qashqadaryo vohasida - 500 
ming, Surxondaryo vohasida - 200 ming, Sharqiy Buxoroda - 500 
ming aholi yashar edi. Amirlikning yirik shaharlari - Buxoroda - 60 
ming, Samarqandda - 50 mingga yaqin nufus istiqomat qilardi.
Aholi etnik jihatdan k o 'p g in a q avm -urug‘lardan iborat b o 'lib , 
ularning qariyb 57 foizi o'zbeklar edi. O 'zbeklar bir qancha elatlardan 
tashkil topgan bo'lib, ular orasida m ang'it, saroy, qo'ng'irot, jabg'u, 
qarluq, qalmoq, nayman, qipchoq, ming, yuz qabilalari ko'pchilikni 
tashkil etardi. Ular asosan Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo 
vohalaridagi shahar va qishloqlarda istiqomat qilar edilar.
Aholining aksariyat qismi dehqonchilik, chorvachilik bilan 
shug'ullangan. Sug'oriladigan yerlarda paxta, bug'doy, sholi, jo 'x ori 
ekilib, bog' va poliz mahsulotlari ham yetishtirilgan. Chorvachilikda 
qo'ychilik, qorako'l yetishtirish; hunarmandchilikda gilamdo'zlik, 
o'ym akorlik, zardo'zlik, tegirmonchilik, ko'nchilik, to'quvchilik, 
temirchilik, kulolchilik, beshikchilik, sandiqchilik, etikdo'zlik, moy- 
juvozlik, sovungarlik keng rivojlangan. Shu bilan birga amirlik 
iqtisodida qishloq xo'jaligi katta rol o'ynagan. Lekin aholining 
turmush darajasi yuqori boim agan. Chunki yerga egalik shakli ming 
yillar davomida o'zgarm ay kelmoqda edi, ammo aholiga solinadigan 
soliq va jarim alar soni tobora oshib borgan. Shuning uchun aholi­
ning harid qobiliyati past edi, bu esa hunamiandchilikning rivoj- 
lanishiga xalal bergan. Ammo sabr-bardoshli hunarmandlar ozgina 
daromadga ham qanoat qilishgan.
Buxoro amirligi yakka xokimlik tizimidagi davlat edi. Amirlikda 
eng katta davlat lavozimi - qushbegi bosh vazir lavozimiga teng
54
www.ziyouz.com kutubxonasi


amaldor edi. Bir so'z bilan aytganda, barcha ijroiya hokimiyat 
qushbegining qo'lida edi. Viloyat va tuman hokimlari ham qushbegi 
tavsiyasiga binoan tayinlangan. Qushbegi xon istiqomat qilib turgan 
arki oliyda yashagan.
Devonbegi xonlikning moliya-xazina ishlarini boshqargan. Soliq 
va jarimalaming undirilishi ustidan nazoratni ham devonbegilar 
amalga oshirgan. Devonbegi idorasi arkdan pastda joylashgani uchun 
uni quyi qushbegi deb ham atashgan.
M ang'itlar davrida shayboniylar, ayniqsa, ashtarxoniylar zamo- 
nida katta mavqe kasb etib kelgan otaliq asosan Samarqand va Bu­
xoro, y a’ni amirlikning markaziy qismini sug'orish ishlari, suv 
taqsimoti bilan bog'liq tadbirlarga bosh-qosh bo'lgan.
Shuningdek, amirlikda parvonachi (oliy hukmdor yorliqlarini 
amaldorlar. umuman tegishli kishilarga yetkazuvchi). dodxoh (jabr- 
lanuvchilar arzini amirga yetkazish va javobini olib berishga m as’ul) 
kabi vazifalar bor edi. Ammo mazkur davlat lavozimlarining mavqei 
ko'proq shu mansabdagi shaxs nufuzi bilan o'lchangan. Xuddi 
shunga o'xshash holat inoq vazifasida ham o 'z aksini topgan. Inoq 
(bosh inoq) o 'z lavozimiga ko'ra, oliy hukmdor buyruqlarini 
hukumatdagi oddiy xizmatchilarga etkazish, demak, buyruqni amalga 
oshirishni tashkil qilish va umuman hali davlat mansabini egallama- 
gan, lekin hokimiyat xizmatida bo'lganlar bilan shug'ullangan. 
Bundan tashqari kichik inoq xizmati bo'lgani ham m a’lum.
Amir tug'i sohibi bo'lgan to'qsabo mansabi ham oliy maqomda 
edi. U oliy hukmdor - davlat bayroqdori xisoblansa-da, tantanali 
marosimlarda ishonchli shaxs sifatida hukmdor oldiga taom tortish 
kabi m as’uliyatli tadbirlami ham bajargan. Shu bilan birga unga 
biron-bir tuman ham biriktirib qo'yilgan. Boshqacha aytganda, 
daromad manbai shu tumandan bo'lgan. Ammo XIX asrga kelib 
mazkur lavozim egasi xuddi dodxoh kabi harbiy vakil darajasiga 
ko'tarilgan. Harbiy ishlar bo'yicha eng yuqori darajada esa harbiy 
vazir turgan. Uni ko'proq lashkar to'pchiboshisi deb ataganlar. 
Aniqrog'i, u to'pchilar qismining qoinondoni hamda Buxoro 
gamizoni boshlig'i - lashkar boshlig'i sanalib, amalda harbiy vazir 
vazifasini o'tagan. To'pchi qismlar boshlig'ining bunday yuksak 
qadrlanishini shunday tushuntirish mumkin: bu vaqtga kelib harbiy 
san’at va urushda to'pchilar, y a’ni eng zamonaviy qurol ustalarining 
o'rni alohida bo'lgan.
Shuningdek boshqaruvda ko'kaldosh (mamlakat miqyosida 
xavfsizlik xizmati boshlig'i), bosh xoja (haram xodimlari boshlig'i), 
mehtar, kutvol (qurilish ishlariga m as’ul), bakovulboshi, kichik
55
www.ziyouz.com kutubxonasi


urog‘ (oliy hukmdor va am aldorlaming xizmatidagilami nazorat 
qilib turuvchi xodim), eshikog‘aboshi, mirohur, qo‘rchiboshi (qurol- 
aslahaga m as’ul), qorovulbegi (shahar, y o ila r posboni), udaychi 
(urush paytida harbiylami turiga qarab taqsimlovchi), shig‘ovul 
(elchilar qabulini uyushtiruvchi) kabi qator lavozim va xizmatlar 
ham b oig an k i, ular o ‘zlarining to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri vazifalaridan 
tashqari amirlik siyosiy hayotida tutgan shaxsiy mavqelari bilan 
ham qadrlanganlar. Shunga k o ia o ‘z-o‘zidan ular egallab turgan 
lavozimning qadr-qimmati ham oshgan.
Amirlikning siyosiy-ma’naviy hayotida ulamolaming ta ’siri 
ulkan edi. Dunyoviy va diniy hokimiyatni o ‘zida gavdalantirgan 
shayxulislom amirdan keyingi ikkinchi shaxs darajasidagi mavqeda 
edi. U shariatpanoh b o iib , unga barcha adliya tizimini boshqaruvchi 
qozikalon b o ‘ysungan.
Qozikalonning vakolatiga quyidagilar kirgan: ijtimoiy adolat 
bilan b o g iiq masalalar, xususan, bozor, ko‘cha-ko‘ylardagi ahvol, 
madrasalardagi ta iim , vaqf ishlari, yo'qolgan vaqfhujjatlarini tiklash, 
yetim va bevalar haq-huquqini himoya qilish, karvonsaroylardagi 
tartib va hokazo. Amir Shohmurod davrida qozilik tizimida qator 
o ‘zgarishlar b o ig a n i ham m aiu m . Chunonchi, oliy mahkama 
ta ’sis etilib, uning ishida 40 nafar faqih (qonunshunos) faoliyat 
k o isatg an . Qozilik sud jarayonida ayblanuvchi ham, jabrlanuvchi 
ham albatta ishtirok etishi kerak b oigan. Biron-bir tomon egallab 
turgan yuqori lavozimi orqasida javobgarlik, guvohlikdan bosh 
tortolmagan. Shuningdek, mazkur tizimda muftiy (rivoyat va fatvo 
bilan ta ’minlovchi), rais (muxtasib). sadr (vaqf mulklari hisob-kitobi 
va nazorati bilan shug'ullanuvchi) kabi xizmatlar ham b o ig an .

Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish