bo ‘yicha zarur axborotlarni berar edi. Orenburg bojxonasiga va
harakatdagi harbiy qismlarga bunday kitoblami topish bo'yicha
maxsus qo'llanm a ham tarqatilgan edi. A.P.Fedchenko, N.A.Seversov,
I.V.Mushketov kabi tadqiqotchilar o ‘zbek xonliklari hududlarini
o ‘rganish niqobi ostida razvedka m a’lumotlarini ham to ‘plaganlari
sir emas. Ular orasida mashhur olimlardan biri P.P.Semyonov -
Tyan-Shanskiy nomi alohida o 'rin egallaydi. Rasman uning asosiy
maqsadi: Yevropa faniga hali nom a’lum bo'lgan Tyan-Shan (Xon-
Tangri) tog'lari silsilasiga kiruvchi o'lkaning tabiati, o'sim lik va
hayvonot dunyosini tekshirib, ilmiy tadqiqotlar olib borish edi. U
Tyan-Shanga 1856-1857 yillar orasida
ikki marta safar qildi va
haqiqatan geografiya fani uchun qimmatli m a’lumotlar to'pladi.
Chor Rossiyasi qo'shinlari P.Semyonov izidan Tyan-Shan
tog'lari sari kirib keldi. Chunki, uning birinchi sayohati vaqtida
hali Issiqko'l atroflari, Tyan-Shanning asosiy qismi Rossiya qo'liga
o'tm agan edi. Demak, ruslarga notanish bo'lgan bu joylar haqidagi,
ayniqsa
qaerda daryo boru, qay erda tog', qay bir go'sha dam olish
uchun qulay, qay bir manzil xavfsiz ekanligi - bulaming barchasi
harbiy yurishlarga bebaho m a’lumot bo'lib xizmat qilardi.
Olim sayohati davomida kimlar bilan qaerda uchrashganligi
haqida ham batafsil m a’lumot qoldirgan. Sibir bilan dasht chegarasini
kesib o'tishdan avval u general-gubemator Gustav Gasfort bilan
suhbatda bo'ladi. G.Gasfort qozoq-qirg'iz
yerlarini bosib olish,
xalqlarini ruslashtirish va o'lkani keng ko'lam da mustamlaka
qilishning ashaddiy tarafdori va ishtirokchilaridan biri edi. Gasfort
qozoq yerlariga tutash G 'arbiy Sibir gubematori bo'lsa-da, uning
ko'zlari Turkistonga qadalgandi. U mahalliy xalqlarda Islom dinini
yo'qotish va uning o'm iga yangi dinni
kiritish loyihasini ishlab
chiqib imperator diqqatiga havola qilgan. Olimning faoliyatini
tadqiq qilgan tadqiqotchi J.Safoev bu haqda qimmatli m a’lumotlar
keltirgan.
Gasfort o'zidan oldingi gubematorlar ko'chm anchi qozoq-
qirg'izlam i shomonlikni tark etib, musulmonlikka da’vat etish
bilan katta xatoga yo'l qo'yishgan deb hisoblagan. Qozoqlaming
islom dinini qabul qilishlari Rossiya manfaatlariga
kuchli zarba deb
u «payg'am bar» vazifasini bajarishga kirishadi. U yangi ta ’limot
uchun yahudiy dinini asos qilib oladi. General Gustav Gasfort Islom
diniga ashaddiy dushmanligini sira yashirmay o 'z mulohazalarini
Semenov-Tyan-Shanskiyga ochiq bayon etadi va uning tahsiniga
savor bo'ladi.
84
www.ziyouz.com kutubxonasi
Keyinchalik, Rossiya imperiyasi Davlat Kengashi a ’zosi,
senator, imperatorlik geografiya jamiyati vise-prezidenti, ko‘plab
oliy ordenlar bilan taqdirlanadigan P.Semenov-Tyan-Shanskiy
Gasfortning adyutanti, qozoq zodagonlaridan bo‘lgan poruchik
C ho‘qon Valixonovdan unumli foydalanishni ko‘zlab u bilan yaqindan
tanishadi. Ug‘or fikrli bu yigitni Qashqarga yuborib, u
erdagi vaziyatni
o ‘rganishga yuborish fikrini generalga aytadi. Chindan ham tez orada
Ch.Valixonov maxsus topshiriq bilan Qashqarga musulmon savdogar
sifatida jo ‘naydi, bebaho axborotlar olib qaytadi. Rus razvedkasi
uchun juda zarur m a’lumotlari uchun Cho‘qon Valixonov unvoni
ko'tariladi, shtabs-rotmistr yulduzlariga sazovor b o ‘ladi.
Rossiya imperiyasi hukmdor doiralarining o ‘zbek
xonliklariga
nisbatan tajovuzkor kayfiyatini o ‘zida ifoda etgan mashhur olim
P.Semenov-Tyan-Shanskiy tadqiqotchilar orasida yagona emas
edi1.
1
Bu haqida iste'dodli tadqiqotchi jum alist J.Safoev fikrlari diqqatga
sazovor.
85
www.ziyouz.com kutubxonasi