O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Avaz Muhammad Attor.
Tarixi jahonnam oyi. «Sharq yulduzi», 1991 yil, 
8-son, 123-bet.
2 Muhammad Solih.
Tarixi jadidai Toshkent, 0 ‘zFA Shi, 11072-qo‘lyoz- 
ma, 453-bet.
3 Yarashish, sulh.
90
www.ziyouz.com kutubxonasi


Amiri lashkar Alimqul bu haqda k o ‘p o ‘ylab ko‘rgandan keyin, 
o ‘z shig'ovuliga shunday deydi: «Bu musoleha' nihoyat yaxshi va 
fisandidadur va mundin yaxshi maslahat yo‘q, ammo bir nuqtamiz 
ani qabul qilmoqdin m an’ qiladur. Bu musolehani qilsak, Turkiston 
va Farg‘ona xalqi «Amiri lashkar va shig‘ovul degan ikki m al’un 
o ‘z osoyishi va aysh-ishratlarin ko‘zlab, bu qadar musulmonlami 
0 ‘rusiyag‘a tashlab sulh qildilar, agar bular g ‘ayrat va hamiyat qilsalar 
hammamiz g ‘azotga otlanib, bul taraf Urunburx, ul taraf Simfulod 
(Simferopol) va Shomg‘acha olur erduk», deb tirik bormiz o ‘zimizg‘a 
va o i g ‘animizdan so‘ngra farzand va nabiralarimizg‘a la’nat va ta’na 
yuborsalar kerak... Endi bizga musoleha vajhidan so‘z qilmang, toki 
savdom qo‘zg‘olib, safrom g ‘alaba qilmasun, dedilar»'.
General Chemyaev, polkovnik Lerx va kapitan Meyer Chim- 
kentdagi m ag‘lubiyat oqibatlaridan cho‘chib, barcha kuchlami 
Oqbuloqda jamladilar. Bu jang haqida rus manbalarida m a’lumotlar 
juda yuzaki. Muhammad Solih Toshkandiy asarida esa bu voqea 
shunday bayon qilinadi: «Mingboy bahodir birinchi fotihani olib 
qipchoq qabilasi yigitlari bilan o ‘m slar y o iin i to ‘sib, urushga 
hozirlandi. Ikkinchi tarafdan toshkentlik jangchilar umsh maydonida 
paydo bo‘ldilar. Shu holda Mirzo Ahmadbek qushbegi boshchiligidagi 
X o‘jand navkarlari urushga kirishdilar. X o‘jandlik, m argilonlik, 
andijonlik va namangonlik sarbozlar amiri lashkar mulla Alimqul 
qo‘mondonligida Jinon qabristonining bir tomonida jang qildilar. 
Bu yerda qilich va nayzabozlik bilan yoqalashishdi. Shunday qirg‘in 
b o id ik i, o iiklardan tepalar hosil b o id i. Jangda Mingboy qipchoq 
ot ustida qilich bilan u yoqdan bu yoqqa chopib dushmanlar boshini 
tanasidan judo qildi. Ammo uning o ‘zi ham dushman o ‘qidan halok 
b o id i. Xullas, kun botguncha to'xtovsiz umsh b o iib , o ‘ruslar oxiri 
chiday olmay orqaga qaytib, Avliyootaga chekindilar».
Avaz M uhammad Attor X o‘qondiy ham shunga hamohang 
yozadi: «Safar oyining chorshanba, yigirma ikkinchi kunida bir necha 
ming kofir o ‘z «go‘rxona»laridan to ‘satdan chiqib, islom lashkarini 
pisand qilmasdan, ularga to ‘pu to ‘fangdan o ‘q otib, Chimkent qal’asi 
tomon y o ig a tushdilar. Kamozi talligacha yetib kelib, shu yerdan 
shahar qal’asini to ‘pga tutib, shunday umsh qiddilarki, odamning 
vujudi vahimaga tushib, hayratdan gung va lol b o id i. Mulla Alimqul 
sardor janoblari har bir pahlavon gumhni joyiga tayinlab, Mingboy 
qushbegini orqasigajoylashtirdi. Mulla Alimqul eshik og‘asining o ‘zi 
bir necha dushman bilan umshardi...

Mullo Yumisjon Munshiy.
Amiri lashkar Alimqul tarixi, 49-50-betlar.
91
www.ziyouz.com kutubxonasi


Alqissa, ikki tomon ham shu xatarli hamda xavfli joyda 
matonat va sabot ila bir-birlari bilan qattiq olishdi. Farg‘ona qo‘shini 
ertadan kechgacha muharriba qildi... Oxiri zafar shamoli Farg'ona 
tomon esdi va kofirlar tor-mor bo'lib, qochishni ixtiyor qildilar».
Alimqul erishilgan bu yutuqni mustahkamlab, ruslar egallagan 
shaharlami ozod qilish uchun qo'shinni ko'paytirish harakatiga 
tushdi. Ana shunday taraddud qizigan kuz oyida Buxoro amiri 
Muzaffaming Q o'qon xonligiga qarashli yerlarga bostirib kirgani 
haqida xabar olindi. Bu orqadan urilgan xanjardek xoinona ish edi. 
Alimqul shunday hal qiluvchi bir vaqtda Buxoro amirining yordam 
berib, Vatanni himoya qilish o'm iga, Q o'qonga qilgan hujumiga qarshi 
yurishga majbur bo'ldi. Bir tomondan, bosqinchi chorqo'shinlarining, 
ikkinchi tomondan, amir M uzaffaming zarbasiga uchragan Alimqul 
asosiy qo'shini bilan Q o'qon himoyasiga otlanishga majbur bo'ldi 
va inglizlaming Hindistondagi vakolatxonasiga hamda Turkiyaga 
yordam so'rab murojaat qildi.
Alimqul X o'jand va O 'ratepada amir M uzaffaming qo'shinlari 
bilan jang qilayotgan bir paytda, Chemyaev 1864 yilning 14 
sentyabrida ikkinchi marta Chimkentga yurish boshladi.
Rossiyaning O 'rol, Orenburg kazaklari, 3-rota muntazam 
piyodalari va to'pchilardan iborat gumhi Turkistondan, Chemyaev 
qo'mondonligida, polkovnik Lerx boshchiligidagi G 'arbiy Sibir 
bataloni, 4-rota o'qchilar, kazaklar, piyoda tog' artilleriyasi vzvodlari 
va otliq o'qchilar esa Avliyootadan chiqib, Sayram ostonasida 
birlashdilar. 22 sentyabrdagi jangdan so'ng Chimkent istilo qilinadi. 
Chimkentning olinishi bilan istilochilaming uzoqni m o'ljallab 
tuzgan rejasi amalga oshib, Orenburg-Sibir liniyasidagi qo'shinlari 
birlashtirildi. Q o'shin boshlig'i qilib Chemyaev tayinlandi.
Xullas, Rossiya imperiyasining keng istilochilik faoliyatini 
davom ettirishi uchun juda qulay sharoit vujudga keldi. 1863 yilda 
Polsha, Litva, Belomsiya va o 'n g qirg'oq Ulo-ainadagi qo'zg'alonlar 
bostirilganedi. 1864yildaesaK avkazdatog'liklam ingso‘nggitayanchi, 
hozirgi Checheniston ham chorizm qo‘shinlari tarafidan ishg'ol 
qilinib, uzoq yillar davomida chor Rossiyasi mustamlakachilariga 
qarshi kurashga rahbarlik qilgan imom Shomil taslim bo'ldi. Bundan 
tashqari, imperiyadagi ichki ahvol O 'rta Osiyoga qarshi hujumkorlik 
kayfiyatini kuchaytirdi. 1861-1862 yillardagi Shimoliy Amerikadagi 
fuqarolar umshi Rossiya sanoati uchun keltirilayotgan paxta oqimini 
to'xtatib, bu xom ashyoga ehtiyojni kuchaytirdi. 1864 yilda O 'rta Osiyo 
paxtasining narxi Rossiyada 1860 yilga nisbatan besh marta ko'tarilib 
ketdi. Imperiya tashqi ishlar vazirligi harbiylar bilan birgalikda 
imperator nomiga tayyorlangan axborotnomada «Rossiyaning
92
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sharqqa doimiy nazari kuchli bo‘lgani»ni eslatib, 0 ‘rta Osiyodagi 
«yarim yovvoyi qabilalar bilan tinchliksevar siyosat o ‘tkazishning 
iloji yo‘qligi» uqtirildi hamda Q o‘qon xonligidagi behisob tabiiy 
boyliklarga alohida urg‘u berildi. Rus sanoatchilarining asl maqsadini 
matbuot ham oshkora qilib, hukumatni «cho‘l qaroqchilari bilan 
pachakilashib oiirm aslikka» chaqirdi. Moskvaning «Golos» jum ali 
ochiqdan-ochiq zo‘rlik ishlatish va «yovvoyi kuchlarga kuch va 
terror bilan javob qaytarish zarurligi»ga undadi. General Katenin esa 
Toshkentni egallash Rossiyaning « 0 ‘rta Osiyo mulklariga ta’sirini 
benihoya oshirishiga» diqqatni qaratdi.
Bunday sharoit va kayfiyatning vujudga kelishi urushqoq rus 
generallarining mustaqil harakatiga keng yo‘1 ochdi.

Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish