O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


Toshkent mudofaasidagi jasorat va hiyonat



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Toshkent mudofaasidagi jasorat va hiyonat
1865 
yilning bahorida general Chemyaev Niyozbek qal’asini 
bosib oldi. Toshkentga dushmanning ikkinchi hujumi boshlandi. 
Chemyaev yurt xoinlaridan biri Abdurahmonbek Shodmon o ‘g ‘- 
lining maslahati bilan Bo‘zsuv to ‘g ‘onini buzib, uni Chirchiq 
soyiga burib yubordi. Abdurahmonbek aslida Toshkent shahrining 
Chuvalachi mahallasidan b o ‘lib, Chemyaevga muhim m a’lumotlami 
yetkazib turgan ko‘ngilli ravishda Rossiya xizmatiga o ‘tgan kishi 
edi. Dushmanga sotilgan xoinlardan yana biri shahaming eng katta 
boylaridan Muhammad Soatboy b o ‘lib, u Petropavlovsk, Troisk 
va Rossiyaning boshqa shaharlaridagi savdo-sotiq doiralari bilan 
yaqin aloqada bo‘lgan. U Rossiyaga xayrixoh savdo ahlining sardori
1 Tarixi jahonnam oyi, 125-bet.
4
-
17
%
97
www.ziyouz.com kutubxonasi


sifatida Toshkentdagi iqtisodiy, siyosiy va harbiy vaziyat haqida 
general Chemyaevga muntazam ravishda m a’lumotlar yetkazib 
turgan. Keyinchalik Rossiya imperiyasi faxriy fuqarosi va «Avliyo 
Anna» oltin nishoni sohibi bo‘lgan Sayidazim Muhammad o ‘g ‘li ham 
vatanfumsh sotqinlar orasida alohida ajralib turadi.
Muarrix Muhammad Solihning so‘zi bilan aytganda, ular o 'z 
maslagi va vatanidan yuz o ‘girgan kishilar edilar.
Yurt fidoyilari bu vaqtda Toshkent mudofaasi uchun zam r b o i ­
gan barcha choralami ko ‘rishgan. Ular
Oqmachit mahallasida istiqomat qiluvchi Eshon Boboxo‘ja
Aminni Rossiya bosqini haqidagi xabami etkazish uchun Q o‘qonga 
yuboradilar.
Voqealaming bevosita qatnashchisi va jonli guvohi b o ig a n
M uhammad Solihning yozishicha, M ingo‘rikda Toshkent ahli ishti- 
rokida Sulton Sayidxon, Alimqul va sarbozlar sharafiga ziyofat beri­
ladi. Ana shu anjumanda lashkarboshi Alimqul nutq so‘zlab, Tosh­
kent ahliga dushmanga qarshi ko‘rsatgan jasorati va qahramonliklari 
uchun minnatdorchilik bildiradi. Dongdor sarkarda dushman bilan 
ulami «bir tomchi qoni qolguncha» kurashishga d a’vat qiladi. 
M uhammad Solihning yana yozishicha, Alimqul Buxoro amirining 
xudbinlik bilan olib borayotgan siyosatini qoralab, qahrli ohangda 
amirga qarata tahdid ila otashin m a’ruza qiladi. Muhammad Solih 
shahar mudofaachisi hamda muarrix sifatida lashkarboshi Alimqul- 
ning Toshkent mudofaasi uchun k o ‘rgan chora-tadbirlari xususida 
zo ‘r ko ‘tarinkilik bilan qalam tebratadi. Toshkentga kelgan sarbozlar 
va g ‘oziylar orasida qo'qonliklar, andijonliklar, namanganliklar, 
o ‘ratepaliklar va boshqa yurt fidoyilari ham bor edi.
0 ‘sha jang arafasida bomdod namozi ado etilgandan keyin 
odamlar mhlanib, dushman bilan olishuvga shay turishdi. Jangchilarga 
oddiy fuqarolar, mullavachchalar va boshqa g'oziylar ham qo‘shilib, 
Afrosiyob tepaligida marra egallashdi. Lashkarboshi Alimqulning 
o ‘ng q o i sardori, tajribali sarkarda Sulton Sodiq Kenesarin 
boshchiligidagi sarbozlar dushman tarafga razvedkaga borishdi. Bu 
vaqtda dushman askarlari Sho‘rtepadan chiqib Oltintepaga o ‘masha 
boshlagani m a’lum b o id i.
Bosh qo‘mondon Alimqul dushmanga qarshi birinchi navbatda 
qora kiyimli sarbozlami, keyin nimcha kiyganlami va orqasidan jiba 
kiygan 2000 navkami, 2000 kulohpo'shlam i, so'ngra miltiq bilan 
qurollangan otliqlami yubordi. Ulaming ketidan yana otliqlardan 
va ko‘ngilli fidoyilardan iborat kuchlar boradi. Amiri lashkar 
Alimqulning o ‘zi otlanib sarbozlar va g'oziylar orqasidan tezlik bilan 
Afrosiyobtepaga chiqadi. Vaziyatni chamalab, shahaming Q o'qon
98
www.ziyouz.com kutubxonasi


darvozasiga zambaraklami shunday tartib bilan o'm ashtiradiki, har 
bir jangovor saf boshidan oxiriga qaraganda xuddi bir odam turgandek 
ko‘rinardi. Saflar orasida 36 zambarak o ‘rnashtirildi. K o'p o ‘tmay 
dushman to ‘plari gumbirlab o ‘t ochadi.
Muhammad Solihning yozishicha, «o'ris askarlariga qarshi 
to ‘p va miltiqlardan o ‘qlar otildi. Shundan keyin jang maydoni to‘p 
va miltiqlar tutunidan kishi bir-birini ko 'ra olmaydigan darajaga 
yetdi». Bu vaqtda, Alimqul har bir jangchi oldiga borib, xususan 
bahodirlarga, sardorlarga va sarbozlarga shirin so‘zlar bilan murojaat 
etib, din va vatan uchun jangga ruhlantirib turdi. Otliqlar uch tarafdan 
hujum qilib, dushman safini to ‘zitdi. Olchoq va Oltintepa mavzelari 
orqali Sho'rtepagacha ruslami ta ’qib qildilar. Chekingan rus qo'shini 
tepalikka chiqib jon sakdadi. Dastlabki to'qnashuv shu tariqa yurt 
mudofaachilari foydasiga hal b o id i. Ruslar ustidan qozonilgan 
bu dastlabki g'alaba d o vrug i xonlikning barcha joylariga tarqalib, 
mamlakat mudofaachilari ruhini ko'tardi. Q o'qon xoni bilan Alimqul 
hali dushman kuchlari butkul m ag'lub bo'lm aganini yaxshi anglagan 
holda, kelgusi jang rejalarini muhokama qilish uchun harbiy kengash 
chaqirishdi. Kengashda Toshkent vakillari katta jasorat va g'ayrat 
bilan g'alabaga erishilganligini eslatishib, Sulton Sodiq va uning inisi 
Arslon Kenesari o'g 'illari boshchiligida navkarlar va g'oziylar bilan 
Turkiston, Oqmachit, To'qmoq va boshqa dushman egallagan joylami 
ozod qilish uchun borish zarurligini aytishadi. Ammo kengashda 
xudbinlik holati ham ko'zga tashlanadi. Q o'qonlik Otabek sharbatdor 
qozoq sardorlari kuchayib ketishidan xavfsirab, Alimqulga shunday 
deydi: «Agar ulaming bu rejalari ro'yobga chiqib qolsa, u vaqtda 
birisi xon, birisi vazirlikni xohlab, bizdan yuz o'girishi turgan gap»1. 
Kengashda ana shu fikr ustunlik qilib, dastlab ichki nizolami tugatish, 
so'ng ruslarga qarshi umshni davom ettirish lozimligiga kelishiladi. 
Harbiy kengashning dastlabki yutuqni mustahkamlab, jangni davom 
ettirish o'rniga, dushmanga nafas rostlashga imkon bemvchi bunday 
xatoning yuzaga kelishi xunuk oqibatlarga olib keldi.
S hoitepada turgan rus askarlari bilan to'qnashuv kengash 
xatosini ro'y-rost isbotladi. Sho'rtepa qaPasining narigi tomonida uch 
boiinm adan iborat ms askarlari bilan jang nihoyat dahshatli b o id i. 
Qo'liga qurol olib jang qilgan Muhammad Solihning yozishicha, 
«To'plar va miltiqlar og'zidan dumaloq o't-olov chiqib, havoga 
parvoz etib, dushman ustiga yog'ar edi. Jasur va fidoyi sarbozlar va 
mujohidlar umsh maydonida dushmanni yoqasidan tutib va musht- 
lab, qo'llaridagi tig‘, qilich va nayzalar bilan jang qildilar. Maydon-


Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish