Toshkent xoni
Sulton Sayidxondan yuz o ‘girib qochib ketgan qipchoqlar,
qirg‘izlar va ayrim qo‘qonlik sardorlar Q o‘qonga chekinib, taxtga
yangi xonni o ‘tqazish harakatiga tushib qolgan bir paytda Toshkent
xalqi Sulton Sayidxonga sodiq qolib, uni qayta xonlik taxtiga
o ‘tqazishadi. Muarrixning yozishicha, mamlakat a ’yonlari, ashroflar
va mutasaddiylar, xususan, Sodiq to ‘ra va uning inisi Arslon to‘ra,
mulla Solih dodxoh, Bobojon ponsadboshi, mulla Sodiq va Otaqul
mahram yasovul va boshqa sardorlar hozir b o ‘lishib ta’zim ila
salom berishib, yuzlarini podsholarining mazallati tu p ro g ig a surtib,
amal darajalari maqomiga yarasha o ‘tirishib, yakdillik bilan Sulton
Sayidxonni to‘rt burchakli oq kigizning ustiga o ‘tqazib, yuzini qibla
tomonga qaratib qo‘ydilar. To‘rt jamoa va qabila boshliqlari kigizni
bir burchagidan, ulamo va fozillar ikkinchi burchagidan, Sodiq
to‘ra va Arslon to ‘ra va boshqa elat boshliqlari uchinchi burchagidan,
Q o‘qon sardorlari to ‘rtinchi burchagidan, Toshkent a ’yonlari,
ashroflari va sarkardalari, jumladan, Sher Alibiy, hammalari birda-
niga takbir aytib, salovot o ‘qib, yig‘lashib uni podshohlikka ko‘ta-
rishdi hamda podshohlik tojini uning boshiga kiygizishdi. Shu
onda ular «Muborak b o isin !» deyishib, uni tabriklashdilar. Sulton
Sayidxon sharafiga ziyofat berildi.
Sulton Sayidxon Muhammad Solihning xizmatlarini taqdirlab,
unga shoyi to ‘n kiygizib shunday degan: «Eshoni domulla! Endi
davlatga sherik b oidingiz, xabar olib tursunlar». Shu ravishda
Toshkent o ‘z xoniga ega b o iib , Q o‘qondan mustaqilligini namoyish
etadi. Ana shu voqea arafasida M uhammad Solihning amakivachchasi
eshon Yusufxo‘ja Inog‘om xo‘ja chitfurushning o ‘g i i xonadonidan
mulla Alimqulning jasadi olib chiqilib, Shayxondtaxur qabristoniga
qo‘yilgan. Mulla Alimqulning jon berishi va dafn etilishini Avaz
Muhammad Attor H o‘qondiy shunday bayon etgan: « Q irg iz va
qipchoqlar vafosizlik qilib, H o'qandi latifga ketgan kunlarida
sartiya aholisi zamon xoniga vafodorlik ko'rsatib, amiri lashkar
bilan qoldilar. Qipchoq va qirg izlar xiyonati amiri lashkarga ham
m a iu m b o id i. Bundan dard chekib, Alimqulning kasalligi yana
og‘irlashdi va peshindan keyin uning ruh qushchasi tananing tor
103
www.ziyouz.com kutubxonasi
qafasidan xalos b o iib , jannat olamining fazosiga uchib ketdi. Jonni
jon ato qilganga berib, shahodat darajasiga yetdi. Amir lashkaming
farzandlari, xotinlari va tobelari bu ahvolni mushohada qilib majruh
qalblari yana mahzun b o id i. Sabru qaror jabrini q o id a n berib,
g ‘am va qayg‘u tariqasiga o idilar. Arkoni davlat, a ’yoni shavkat
sartiya mamlakatining akobiru ashroflari, Toshkentning kattayu-
kichigi hamma qayg‘uga tushib yigiadilar. K o‘zlaridagi yoshlar
durga o ‘xshab oqardi. Alqissa, ul jamoatning nolayu faryodi foyda
qilmadi va bu dardi bedavoga iloj ham topilmadi. Nihoyat, Fohira
dunyoning oriyat libosini amiri lashkar tanidan yechib, oxirat libosini
kiyintirdilar. Arkoni davlat va a ’yoni mamlakat mulla Alimqulning
jasadini qaysi makonga qo‘yaylik, deb mashvarat qilib bir qarorga
kelolmadilar. Shu mahal amiri lashkaming bir necha ishonchli
kishisi o ‘zaro maslahat qilib, ittifoqlikda jasadni fozillar quyoshi
hazrat Shayxovandtahur mozorida dafn qildilar»1.
Sulton Sayidxon Rossiya tajovuziga qarshi kurashda yordam
so‘rab Turkiya sultoniga, Buxoro amiriga va Q o‘qonga elchilar
j o ‘natdi. Q o‘qonga yuborilgan elchilar jang maydonidan qochib
borayotgan Q o‘shparvonachi qipchoq va Mirzo Ahmad qushbegi
boshchiligidagi navkarlami Pskent va Quramada uchratib, yordam
berish to ‘g ‘risidagi xatni topshirishdi. Ammo ular orqaga qaytishga
ko‘nmay, Sulton Sayid va mufsid Otabek sharbatdor nomlariga xat
yozib, qanday b o im asin Sulton Sayidni Q o‘qonga olib ketishni,
aks holda taxt begonalarga o ‘tib ketishini m a’lum qildilar. Ular
Sirdaryo qirg‘og‘idagi Saroy degan joyda Shodibekning o ‘spirin
o ‘g ‘li Xudoyqulni taxtga o iq a z ish bilan xususiy manfaatlarini
qondirmoqchi boidilar. K o‘p o‘tmay ushbu 12 yoshli yigitcha
Saroyga olib kelindi, so‘ng Q o'qonga y o i olishdi. Bu yerda qipchoq
va q irg iz lar hokimiyatni egallab, Xudoyqulni taxtga o ‘tqazdilar.
Keyin esa xalqqa zulm qilib, yana soliqlar solishdi. «Kofirlarga qarshi
g ‘azovot» uchun deb fuqarodan yuz ming tilla pulni y ig ib olishdi.
M uhammad Solihning yozishicha, Buxoroga sebzorlik eshon
H akim xo‘ja qozikalon boshchiligida har dahadan to ‘rt oqsoqol
yuboriladi. Buxoro amiri o ‘z maktubida Sulton Sayidxonning
unga bo‘ysunishi va shundan keyingina Toshkentga yordam berish
mumkinligini yozadi. Amirning maktubi
shahaming nufuzli
kishilari tomonidan muhokama etiladi. «Tarixi jadidai Toshkand»
asari muallifi Muhammad Solih bu kengashda, Buxoro amirining
taklifini Q o‘qonning oliy lavozimdagi amaldorlari, xususan, Otabek
sharbatdor quw atlab, Sulton Sayidxonni Buxoro amiri huzuriga
1 Tarixi jahznnam oyi, 126-127-betlar.
104
www.ziyouz.com kutubxonasi
yuborish haqidagi amiming talabini quw atlaganini, uning o ‘zi
mazkur kengashda qatnashganini va xonga savol berganini eslaydi:
«Shahzoda, siz kimning farzandisiz?»
Javob berdilar: «Shahid Mallaxonning arzanda va aziz
o ‘g ‘liman».
Men dedim: «Otasiga ham, o ‘g ‘liga ham rahmat. Birisi adolat
nog‘orasini chaldi, ikkinchisi esa, g'azot va jihod y o iid a xizmat
ko‘rsatib va yaxshi nom chiqarib, o‘zga hukmdorlami hayratga soldi.
Shahzoda bamisoli xonlik xazinasidagi javhardir, uni bekordan-
bekorga qo‘ldan boy bermaslik lozim. Bu zotni etagidan tutish
burchimizdir. Hali q o ig a kirmagan nasiyaga ishonib q o id ag i
naqdni berish yaramaydi. Davlatning tuzini ichgan har bir amaldor
va sarkarda uning g‘amini yemay, xizmat qilmay va o ‘z vazifasini
ado etmay har tomonga qarab qochsa, fuqarolar dushmanning asiriga
aylanishi turgan gap».
Muhammad Solihning bu otashin nutqi kengashda kuchli taas-
surot uyg‘otdi. Otabek sharbatdor shayxondtahurlik mulla Gulmirzo
oqsoqol o ‘g ‘lini Buxoroga elchi qilib yuborishni taklif qildi. Ammo
Muhammad Solih bunga e ’tiroz bildirdi. U general Chemyaev
huzuriga aqlli va tadbirkor elchini yuborib, urushning to ‘xtatilishini
va uning Chimkentga qaytishini taklif etib, bu reja amalga oshsa,
harbiy tayyorgarlik k o ‘rish uchun vaqtdan yutish mumkin bo‘lishini
aytdi. Bu taklifga kengashdagi johil kimsalar qarshi chiqib,
«Bizlar mslarga bosh egib hech vaqt elchi yubormaymiz», - deya
kalondimog‘lik bilan majlisni tark qilishdi. Sulton Sayidxon esa
muarrixning so‘zlaridan ta ’sirlanib, unga shoyi to ‘n kiygazdi.
Buxorodan Iskandar boshliq elchilar kelib Sulton Sayidxonni
rasman amir tomonidan Buxoroga taklif qilishganida va kengash
dagi ko‘pchilik unga qo‘shilganda ham, Muhammad Solih qori o ‘g ‘li
e ’tiroz bildirib, shunday bashoratomuz so‘zlami aytadi: «Davlat
tuzini ichgan amaldorlar va sardorlar qochsalar, qal’aning tuprog'ini
yalab yotgan fuqaro, g ‘ariblar beva-bechoralaming q o ‘llari qiyo-
matgacha ulaming yoqasiga yopishib, malomat va ta ’na ostida
qoladilar». Lekin unga quloq solmadilar. Qisqasi, tazyiq ostida Sulton
Sayidxon 1865 yil 9 iyunda Mirhamid Mirhalim o ‘g ‘li boshchiligida
500 askar va bir to ‘p bilan Buxoroga yo‘l oldi.
* * *
General Chemyaev esa shahami to'pga tutishda davom etar
edi. Uning zarbdor kuchlari Sirdaryo qirg‘og‘idagi Chinoz qal’asini
egalladi. 1865 yil 14 iyundan 15 iyunga оЧаг kechasi polkovnik
Abramov, podpolkovnik Jemchujnikovlar qo‘mondonligidagi 7 rota
105
www.ziyouz.com kutubxonasi
va 8 zambarakdan tashkil topgan askarlar asta-sekin bog‘lar orasidan
Kamolon darvozasi tomonga qarab yurdilar. 15 iyun erta tongda
rus askarlari to ‘satdan Toshkentning Kamolon darvozasi devoridan
ichkariga
bostirib
kirdilar.
M uhammad
Solihning
so’zlariga
qaraganda, ruslar dastaw al devoming bir kishi o ‘tadigan tor joyidan
kirib olishgan. So‘ngra darvoza va devor ustiga chiqishib, u yerdagi
to'pni yerga uloqtirganlar hamda Muhammad Solih va uning atrofidagi
kishilarga qarata miltiqlardan o ‘q otishgan. Shu paytda mullo Ismatillo
degan bir kishi q o 'ltig ‘idan to ‘rt b o ia k toshni chiqarib: «Biz ham
chimkentliklarga o ‘xshab gunohkor b o ‘lib, harom o ‘laylikmi?
Yaxshisi, bu zaminda g ‘oziy yoki shahid sifatida o ‘lganimiz afzal», -
deb qichqirgan.
Rus askarlari Kamolon darvozasidan kirishi bilanoq Abramov
250 askar bilan devor yonidan o ‘ng tomonga ketgan ko‘cha bo'ylab
boradi. Yo‘lda unga qarshi 200 sarboz 4 zambarak bilan hujum
qiladi. Ammo dushman g ‘olib kelib zambaraklar jarga tashlanadi.
Abramov askarlari uch joyda mudofaachilaming qarshiligini sindirib,
bir necha to ‘pni o ‘z joylaridan ag’darib tashlab, to ‘g ‘ri Qorasaroy
darvozasiga qarab yuradilar. U bu yerdan Eski j o ‘va bozori tomonga
qarab harakat qilib, duch kelgan to‘siqlardagi mudofaachilami qirib
tashlaydi. Podpolkovnik Abramov, mayor Delakra va podpolkovnik
Jemchujnikovlarning askarlari Q o‘qondarvozasiniochadilar. Shundan
keyin Kraevskiyning harbiy qismi shahar ichiga kiradi.
Keyingi janglar Anhor atrofida davom etadi. Muhammad
Solihning guvohlik berishicha, rus askarlari baland ovoz bilan «ur-
ra», deb to ‘rt tomonga miltiq otishib, yo ‘llarida uchragan odamni
oddindan va orqadan otib ketaverdilar. Mulla Muhammad Yusuf degan
kishining taklifi bilan katta ko ‘chaning old tomonini aravalar bilan
to ‘sishga kirishiladi. Muhammad Solih g'oziylar va sarbozlar bilan
Anhor k o ’prigining g'arb tomonini aravalar bilan to ‘sib barrikadalar
qurishga boshchilik qiladi. K o‘prikning har ikki tomonida do‘konlar
bor edi. Bir vaqt, «o‘ruslar ikki tomondan «ur-ra» deb qichqirishib,
birdaniga miltiqlardan o ‘t ochadilar. G 'oziylar qo‘rqmasdan domullo
Fozil oxundga qarashli do'konlam ing ikkinchi tomoniga va masjidga
o ‘mashib olib va miltiq otish uchun do‘konlarning devorlarini teshib,
jangga shay bo‘lib turdilar. Ruslar to to'plarini joylashtirgunga qadar
do‘konlar ichidan ularga qarshi o 'q yog'ildi».
Shahar ulamolari g ‘oziylami jangga otlantirishda jonbozlik
ko‘rsatdilar. Shayx Abu Hakim 0 ‘rda to ‘g ‘onining ustiga chiqib
qo‘lidagi tayog‘ini yerga urib «kofirlarni o ‘ldiringlar!», deb baqirgan
va Q o‘qon darvozasi tomonga qarab chopgan. Dushmanning unga
106
www.ziyouz.com kutubxonasi
miltiq o ‘qtalishiga qaramay, tikka turib olgan va qattiq jarohatlangan.
Shu holda u «ikki ko‘zlaridan yosh oqizib va takbir, salovat o ‘qib,
g ‘oziylar va mujohidlarga: «Meni qo‘yaveringlar, dushmanni
o'ldiringlar», - degan.
Yurt fidokorlarining qattiq qarshiligi tufayli dushman Q o‘qon
darvozasini tashlab chiqib, Shayx Shibliy arig‘idan o ‘tadi. So'ng
Q o‘qon darvozasidan chiqib katta k o ‘cha bilan Imom Hasanxon
va Sa’id Mahmudxon o ‘g ‘li Yusufxon masjidlari ichiga kirib
o ‘mashadilar. Ular bu yerdan to ‘plardan har tomonga sochma o'klar
otishadi. Oqibatda mahallalarda yong‘in chiqib, odamlar boshqa
joylarga ketishga majbur bo'ladi. Anhor suvi atrofidagi do‘konlarga
ham dushman tomonidan o ‘t qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |