' Ziyoev Hamid.
K o'rsatilgan asar, 177-bet.
2 Tarixi jahonnam oyi, 127-bet.
1
Ziyoev Hamid.
K o'rsatilgan asar, 179-bet.
108
www.ziyouz.com kutubxonasi
m a’lum qiladi. Muhammad Solih dodxoh muarrix Muhammad
Solihni o ‘z huzuriga chaqirtirib: «Ahdnomani zehn va diqqat bilan
o ‘qib, xotirangizda saqlangkim, biz dunyodan o ‘tgandan keyin balkim
sizlarga kerak bo‘lib qolishi mumkin»1, degan.
Ahdnoma mazmuni quyidagicha edi: «Oq podsho va uning
vakili general Iskandar Chernyaevning farmoni bo‘yicha, Toshkent
aholisiga shuni m a’lum qilamizki, ular Olloh taoloning xohish-
irodasiga muvofiq, Muhammad payg‘ambar dinini qattiq ushlab,
shariat qonunlaridan bir qarich ham orqaga chekinnjasinlar. Ulaming
barchasi shu o ‘lkaning foydasi va manfaatlari uchun harakat
qilsinlar. Besh vaqt namozni o 'z vaqtida ado etsinlar, mullalar doimo
maktablarga borishib, Muhammad payg'am bar dinini targ'ibot
qilsinlar. 0 ‘quvchilaming biror soati ham bekorga ketmasin, mullalar
bolalami maktablarga jalb qilib, bekorchilikka yo‘1 qo‘ymasinlar.
Kerak bo‘lsa. qattiq choralar ko‘rib bolalar maktablarda o ‘qishga
majbur etilsin. Bordi-yu, ota-onalar bolalaming o ‘qishlariga ahamiyat
bermasalar, u holda rais yoki qozikalon huzuriga chaqirtirilib, shariat
asosida qattiq jazolansinlar. Bu diyoming aholisi vaqtlarini behudaga
o ‘tkazmay, o ‘z ishlari bilan shug‘ullansinlar, savdogarlar esa savdo-
sotig‘ini davom ettirsinlar.
Islom dini bo‘za va aroq ichishni, bem a’ni o ‘yinlar bilan
shug‘ullanishni yoki axloqsiz bo‘lishlikni man etadi. Shu bois
shariatga zid har qanday bid‘atlardan saqlanish lozim.
Toshkentdagi barcha boy va kam bag‘al tabaqalar yuqorida
sharxlanganlami so‘zsiz bajarishlari shart. Shahardagi uylar, bog‘lar,
yaylovlar, suv tegirmonlari o ‘z egalari ixtiyorida qoldiriladi.
Rus askarlari aholidan hech narsa olmaydilar. Tub aholidan as-
karlik xizmatiga odam olinmaydi. Harbiy kishilar birorta xonadonga
qo‘yilmaydi, bordi-yu bunday hoi yuz bersa, darhol xabar berilsin va
aybdorlar jazolanadi. Oq podshoh bizga katta g ‘am xo‘rlik ko‘rsatdi,
shuning uchun biz uning sog‘ligini xudodan so‘rab duo qilishimiz
kerak.
Agar biror kimsa bir kishini o‘ldirsa yoki savdogarlar molini ta-
lasa, u vaqtda aybdorlar rus qonunlari asosida javobgarlikka tortiladi.
Agar bir odam o ‘zini-o‘zi o ‘ldirsa, u vaqtda uning mol-mulki
m erosxo‘riga beriladi va hech narsa olinmaydi.
Men, gubemator Iskandar Chemyaev, sizlarni bu yilgi soliqlar-
dan ozod qilaman, keyingisi Buyuk Oq podshohimiz xohishlari
1 0 ‘sha asar, 180-bet.
109
www.ziyouz.com kutubxonasi
bo ‘yicha belgilanadi. O 'ylaymanki, sizlarga bundan ham ziyod
g ‘am xo‘rlik qilinadi»1.
1865
yil 1 iyuldan kuchga kirgan mazkur ahdnomadagi shartlar-
dan ko‘rinib turibdiki, bosqinchilar qilar ishni qilib, mazlum xalqda
mayl uyg‘otish uchun ataydan yon berish y o ‘lini tutadilar. Birinchi
navbatda, islom diniga qattiq rioya qilishga, shariat qoidalariga
so‘zsiz amal qilishga va maktablar faoliyatini susaytirmaslikka
alohida ahamiyat berilgan. Shuningdek, xalqning mol-mulki va
dini-e’tiqodi daxlsizligini saqlash muhim o'rin egallagan. Umuman
olganda, ahdnomada milliy an ’analar va urf-odatlar ochiq tahqir
va ta ’qiqdan holi, mahalliy aholi tunnush tarzi muhofaza etilishiga
va’da berilishi diqqatni jalb qilmay qolmasdi. General Chemyaev
ahdnomani tuzishda shahar kattalarining talablariga yon berganida,
shubhasiz, qanday bo‘lmasin, umshni to ‘xtatishni va g ‘alabani
qo‘ldan boy bermaslikni o'ylab ish tutgan. Shuning uchun ham u
aholini bir yil davomida soliqlardan ozod etgan. Bundan tashqari,
u bir qancha rag‘bat choralarini ham ko‘radi. Chunonchi, u
ahdnomaga imzo chekilgandan keyin Hakimxoja qozikalonga,
Muhammad Solih dodxohga, to ‘rt dahaning oqsoqollariga zar yoqali
chakmonlar kiygizadi. 1865 yil 12 iyulda, jum a namozidan keyin,
general Chemyaev «Hakimxoja qozikalonning uyiga borib, unga
ko'p hadyalar berib, ko‘nglini ovladi. So‘ngra Registon rastasiga
borib, odamlarga va gadoylarga tangalar sochdi, majmhlarga va
jarohatlanganlarga tibbiy yordam berdi»2. Toshkent ms askarlariga
taslim b o iish i bilan bogMiq voqealaming davomi Hakimxoja eshon
tarjimai holiga oid asarda quyidagicha beriladi: «Xalq rahnamosiga
aylangan bu donishmand qariya ko‘pgina qozi va amaldorlami
yoniga olib, Chemyaev qarorgohiga bordi. U Toshkent shahrining
taslim bo'lishi xususida Chemyaev bilan muzokara olib borib,
hamma masalada o ‘z xalqi manfaatlari saqlangan holda amniyatnoma
tuzilishiga muvaffaq bo ‘ldi».
Tarixiy asarlarda Toshkent tarafidan bu ishda bir necha kishi
bosh b o ‘lgani aytilib, uch kishining, ya’ni Hakimxoja, domullo Solih
bek oxund hamda Abulqosim eshonning nomlari alohida ta ’kidla-
nadi. Bu uch ulug‘ zot aslida haq y o iig a o ‘zini tikkan, vatanparvar
odamlar b o ‘lganliklari aytilgan. Chunonchi, domullo Solihbek oxund
haqiqat uchun kurashda hatto o ‘limdan ham qo‘rqmasligini chor
qo‘shinlari Toshkentni egallagach, general Chemyaev shahar katta-
larini to ‘plab, go‘yo oldingi musulmon hukmdorlaridan ko'p jabru-
1
Ziyoev Hamid.
K o'rsatilgan asar, I 81 -bet.
: 0 ‘sha asar, 181-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi
jafo k o iganim iz sababli «o‘ris askarlari va sardorlarini o ‘z ixtiyorimiz
bilan olib kelib, ularga shahami topshirdik», degan mazmunda jahon
afkor ommasini chalgitishga m o‘ljallangan murojaatnoma tayyorlab
va imzolab berishni talab etganida yaqqol namoyon b o iad i. 0 ‘sha
y ig in n ing ishtirokchisi b o ig a n «Tarixi jadidai Toshkand» asarining
muallifi Chemyaevning bu hayosizlarcha talabiga domullo Solihbek
oxund keskin javob berganligini aytadi. U bunday degan: «Biz voqe’
b o ig a n hodisalami tag'yir va tabdil qilmasdan, haqqoniy ravishda
aytamizki, Turkiston zamini va Toshkandning Oqmachitdan G ‘ulja
tarafig'aeha b o i g ‘on har bir q a ia va viloyatni nasroniylar va
rusiyaliklar jangu taloshu muhoriba bilan o ‘z hukumatlariga tobe
qildilar. Ularning aksari tunda to‘satdan, bevaqt va betavaqquf va
bemuomala va hech narsa va’da qilmasdan va bemuhlat holda jangu
muhoriba qilmasdan, qattiq taloshu z o i qotillik bilan olib borildi.
Xususan, Toshkand shahri zulhijja oyining yarmidan safar oyining
o ‘n ikkinchisiga qadar suvsiz va oziq-ovqatsiz qoldiriddi. Amiri
lashkar mulla Alimqul shahid boiganidan keyin shahar etakchisiz
va sultonsiz, qo'shunsiz - askarsiz qoldi. Buxoro amiri va Xorazmu
Urganch, Farg'ona va boshqa shaharlardan, Muhammad ummatlaridan
b o ig a n qabila va elatlardan beyordam va beko'm ak va benajot,
bequrolu va beyarogi bedoruyu va beqo‘rg‘oshin qoldirib, Toshkand
fuqarosi va aholisi va unda turg‘un b o iib qolganlar dinlari uchun
umsh-talosh qilishdi. Kechasi sahar vaqtida rasiyalar va nasorolar
Xiyobon darvozalaridan va tepaliklardan oshib, fuqarolar g ‘aflatidan
foydalandilar. Fuqaro ogoh bo ig ach , panjshanba kunigacha muttasil
jang b o iib , aksar imoratlar olov ichida qolib, tashna va madorsiz
holda yiqilib-qo'pib, dushmanu do‘st aralashib ketib, qattiq yelka-
ma-elka jang b o id i. Va axiyri panjshanba kuni peshin namozidan
keyin nasoro va rusiyaliklar v a’da va ahdnomalar bilan sulhga
talabgar b o iib , yarashishga mayl koiguzdilar. Shundan keyin biz
shartu sharoitlarga rozi b o iib , sulh tuzdik»1. Mislsiz iyinon-e’tiqod
bilan berilgan bu javob o ‘z boshiga qanday katta fojia keltirishini
domullo Solihbek oxund yaxshi bilgan, albatta. Javobdan so‘ng
o ‘zigina emas, balki uning javobiga qo'shilgan yana olti kishi ham
darhol Sibir surguniga jo'natiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |