Z. M. Bobur tadbiri ssenariysi



Download 18,83 Kb.
Sana21.03.2022
Hajmi18,83 Kb.
#505207
Bog'liq
2 5208761866427307657


Z.M. BOBUR TADBIRI SSENARIYSI
Boshlovchi: Otasining bevaqt vafoti tufayli Zahiriddin Muhammad Bobur 12 yoshida taxtga oʻtirishiga toʻgʻri keldi. Andijonni boshqargan vaqtida uni bobokaloni boʻlmish Amir Temur saltanatining poytaxti Samarqandni qoʻlga kiritish fikri band qilgan edi. Tolening kulib boqqani tufayli u bu ishga ikki marta muyassar boʻldi, biroq ikkalasida ham shaharni tashlab chiqishga majbur boʻldi. Ayniqsa, ikkinchi marta, Samarqandni oʻz suyukli opasiga qoʻshib Shayboniyxonga topshirish uning uchun juda alamli boʻldi. Soʻng Shayboniyxon Toshkentni ham egalladi. Fargʻonaning har yerida vaqtincha qoʻnim topib yurgan Boburning qulogʻiga Andijonning ham fath etilgani xabari yetdi. Oʻshda turgan Boburning oldiga mulozimi Tohir keldi.

Tohir: Amirzodam, muntazir qilganim uchun afv etgaysiz. Yogʻiylaringizning urushi endi tugadi.
Bobur: Xushxabar bormi? Nechun yolgʻiz qaytdingiz?
Tohir: Bir qoshiq qonimdan kechsangiz, amirzodam. Andijon ham Shayboniyxonning qoʻliga oʻtdi. Koʻp odam qirildi. Hamrohim qirgʻinda halok boʻldi. Ahmad Tanbalni shahar arkida tutib, qatl etdilar. Xon kishilari sizni soʻroqlab yurganlarini eshitdim. Erta-indin Soʻxga ham kelib qolsalar ajab emas.
Bobur: Xonumondan ayrilganimiz ozmidi? Endi Vatandan ham judo boʻlamizmi?
Tohir: Quva xonning zarbidan parchalandi. Biz ham kindik qoni tomgan joydan ayrildik, amirzodam. Bu yerda ham musofirmiz. Men yoʻlda oʻylab keldim. Sizdan ajralmayman,, amirzodam.
Bobur: Lekin men siz kutgandek odil podshoh bo‘lolmadim! Kelgusida
bo‘lamanmi, yo‘qmi, hali noma’lum. Hozir ko‘nglim yer bilan yakson. Taqdir menga iste’dod bergan, kuch bergan, g‘ayrat bergan, ammo nechun baxt bermagan?!
Tohir: Bu zamonda baxt oʻzi yoʻq, amirzodam. Axir sizdek nodir iste’dodlar dunyoga har kuni kelmaydi-ku! Nodon hukmdorlardan qon yig‘lagan el-yurtimiz sizdek ma’rifatli sarkardaga mushtoq. Lekin zamon g‘alabani zolim xonga berib, bizni, mana vatanimizdan ham judo qilmoqchi. Ilohim siz-u bizning qadrimizga yetadigan yaxshi zamonlar ham kelsin! Endi... amirzodam, bu yerdan tezroq ketish kerak. Hirot ham bizga begona yurt emas. Podshoh Husayn Boyqaro sizning qarindoshingiz.
Bobur: Ha, darhaqiqat, bu yerlardan ketish kerak. Berahm zamon yurtni dushman oyogʻi ostiga qoʻyib, bu yurtning oʻgʻillarini yana darbadarlikka mahkum qilayotir. Xatarli yoʻllarda men oʻz jonimni avval xudoga, soʻng sizga ishonib topshirmoqchiman. Bugundan boshlab mening qoʻrboshimsiz. Kishilarimizga ayting, yoʻl tayyorgarligini koʻrishsin.

(Tohir ta’zim qilganicha chiqib ketadi)




Bobur: (oʻziga-oʻzi) Taxtga oʻtirganimdan beri adolatli va xalqi farovon yashaydigan davlat tuzishni maqsad qilib kelaman. Padarimning bevaqt vafoti tufayli hali siyosat nima ekanini bilmay turib hukmdorlik tugʻini qoʻlga olishimga toʻgʻri keldi. Temur bobomdan soʻng podsholik qilganlarning ishlari menga ma’lum. Ular bir-birlari bilan toj-u taxt talashdilar-u, biroq oddiy xalqning ogʻir hayotini tiklashni hech kim oʻylamadi. Samarqandni olib, bobom tuzgan davlatni qaytadan tiklash, yurtimizni oldingidek obod va farovon qilish mening maqsadim edi. Biroq taqdir har safar menga dushmanlik qilib, mudom orqamdan xanjar urdi. Otameros Andijon ham qoʻlimdan ketdi. Oʻz yeridan qoʻnim topmagan qushning boshqa oʻrmonlardan joy izlamoqdan oʻzga chorasi qolmaydi. Hayhot, podsholik qilishning azob-mashaqqatlari koʻnglimga toʻldirgan ogʻuni faqat she’riyat tozaladi. Faqat she’r yozgan chogʻimda oʻzimni yengil his qilaman, hukmdorlik oʻtkinchi narsa, faqat she’rlarimdagina mangu yashab qolishim mumkinligini sezib turaman.

Koʻngli tilagan murodigʻa yetsa kishi


Yo barcha murodlarni tark etsa kishi.
Bu ikki ish muyassar boʻlmasa olamda,
Boshini olib bir sorigʻa ketsa kishi.
Download 18,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish