8-sinf O’zbekiston tarixi
Ashtarxoniylar
©To’lqin Ro’zmatov
Boqi Muhammad (1601-1605)
1) mamlakat sarhadlari jipsligini mustahkamlash, boshqaruv tizimini izga solish uchun
ko‘p urindi
2)1602-yilda Eron safaviylariga zarba berib, Balxni bo‘ysundirdi va ukasi Vali
Muhammadni hokim etib tayinladi.
3)1603-yilda Eron safaviylarining Balxga hujum qilgan
qo‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratdi.
Vali Muhammad (1605-1611)
1)qabila amirlari xon hokimiyatiga bo‘ysunmay, muxolifatchilikni kuchaytirdilar.
2) Buxorolik amirlar xonga qarshi isyon uyushtirganligidan xabar topgan Vali Muhammad
qochib ketdi
Imomqulixon (1611-1642)
1)Toshkent va xonlikning shimoli-sharqiy chegaralari uchun qozoqlar, jung‘orlarga qarshi
muvaffaqiyatli kurash olib bordi.
2)1613-yilda Toshkentni qozoqlardarL ozod etdi.
3)Imomqulixon davrida markaziy davlat hokimiyati nisbatan mustahkamlandi.
Nodir Muhammad (1642-1645)
1)siyosiy tarqoqlik kuchaydi. Bunga xonning mamlakat viloyatlarini o‘g‘illariga va yaqin
qarindoshlariga mulk qilib taqsimlab berganligi sabab bo‘ldi.
2)Oqibatda, davlatchilik asoslari zaiflashdi.
3)1645-yilda qozoqlar yana Movarounnahrga yurish qilib, Xo'jandgacha yetib keldilar.
4) Makkaga hajga borayotib yo‘lda vafot etdi.
5)Balx hokimi bo’lgan (1645-1651)
Abdulazizxon (1645-1681)
1) Xondan norozi bo‘lgan bir guruh amirlar yurish davrida Abdulazizni xon deb e’lon
qildilar va uni taxtga o‘tqazdilar.
2) 1655-yilda Xiva xoni Abulg‘oziy Bahodirxon katta qo'shin bilan yurish qilib, Buxoro
atroflarini ikki bor talon-taroj qildi.
3) Abdulazizxon ichki ziddiyatlar va tashqi hujumlar Buxoro xonligining ijtimoiy-
iqtisodiy ahvolini murakkablashtirib yuborganligi va siyosiy vaziyat izdan chiqqanligi
tufayli taxtdan voz kechdi.(1681)
Subhonqulixon (1681-1702)
1) Subhonqulixon davrida ham ahvol o‘nglanmadi.
2) Subhonqulixon bir tomondan o‘g‘illariga qarshi, ikkinchi tomondan viloyatlardagi amir
va beklamingmarkaziy hokimiyatdan mustaqil bo‘lish yo'lidagi harakatlariga qarshi kurash
olib borishga majbur bo‘ldi.
3) Xiva xoni Anushaxon ma’lum muddat Samarqandni egalladi
4) Subhonqulixon qatag‘on urug‘idan bo‘lgan Badaxshon hokimi Mahmudbiy otaliq
yordamida Xiva qo‘shinlarini Samarqanddan quvib chiqarishga erishdi
5) Xiva hujumiga chek qo‘yish uchun Anushaxonga qarshi fitna tayyorladi. Buning
natijasida Anushaxon taxtdan tushirildi va 1688-yilda xonlikni Buxoro tasarrufiga kiritdi.
6) Subhonqulixon Mahmudbiy otaliqqa Xiva xonligiga qarshi kurashida bergan yordami
evaziga Balx hokimligini ham topshirdi
Ubaydullaxon II (1702-1711)
1) Ubaydavrida dullaxonning asosiy maqsadi siyosiy tarqoqlikni tugatishdan iborat edi.
2) goh isyonkor qabilalarga qarshi, goh bo‘ysunmas mahalliy hukmdorlarga, goh davlat
sarhadlariga bostirib kirgan ko‘chmanchilarga qarshi urush olib borishga majbur boldi.
3) Dastlab u Balxni bo‘ysundirish yo‘lini izladi
4) Aholidan yig‘iladigan soliqlami 4 barobarga ko‘paytirdi. Natijada, xalq xonavayron
bo‘ldi.
5) 1708-yilda pul islohoti o’tkazdi.Eski tangalaming bittasidan 4 ta
yangi tanga zarb etila boshlandi.
6) markaziy hokimiyatni kuchaytirish maqsadida hatto o‘sha davrning eng ta’sirchan kuchi
- yirik yer egalari hamda Jo‘ybor shayxlarining ta’sirini kamaytirishga ham urindi.
7)yirik yer egalari hamda Jo‘ybor shayxlarining soliq to‘lamaslik imtiyozidan mahrum
etdi.
8) tanhodorlami o‘z mulkidan keladigan daromadlaridan mahrum etdi, soliq va
majburiyatlar miqdorini ko‘paytirdi.
9) 1709-yilda Farg‘ona vodiysining Buxoro xonligidan ajralib chiqdi
10) fitnachilar 1711-yilda Ubaydullaxonni o‘ldirdilar.