O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Mavzuga doir axborot
Rus zobitining guvohligi
«Qorasaroy darvozasiga yetgach, Abramov Q oshg'ar va Qo'qon 
darvozalari o ‘rtasidagi belgilangan manzilga to‘g 'ri chiqish uchun 
shahar tomon chapga burildi. Lekin u shahar ko‘chasiga o ‘tishi 
bilanoq g ‘oyat kuchli qarshilikka duch keldi - deyarli har bir 
qadamni jang bilan bosishga to ‘g ‘ri keldi. Sartlar daraxtlar orqasi- 
dagi uylarga, daraxtlarga, devorlar ortiga joylashib olgan, ko‘cha- 
larga to'siqlar o'm atgan edilar. Ulami o ‘t ochish va nayzalar 
bilan endi quvib chiqishgach, yana shunday qarshilikka duch keli- 
shardi. Shahar markazida xalqni islom dini va o ‘z xonadonini 
himoya qilishga chaqirgan ruhoniylar ta’sirida shu darajada mutaas- 
siblashgan olomon askarlarimizga nafaqat nayza, balki oyboltalar 
bilan, balki qo‘li bilan ham tashlanardilar va albatta, nayzadan omon 
qolmasdilar».
(Ю.Д. Южаков. Взятие Ташкента. СПб.. 1881)
Sotihbek dodxoh
Mahalliy va rus manbalarida Sulton Sayidxon ketganidan so‘ng 
shahar mudofaasigamudarris Muhammad Solihbek dodxoh boshchilik 
qildi, - degan m a’lumotlar keltiriladi.
Bosqinchilar qanchalik hiyla-nayrang k o ‘rsatib, yarashish 
xususida v a’dalar bermasinlar, baribir, g ‘oziylar jang qilishga tayyor 
edilar.
Toshkent vatanparvarlari tashqi yordamga ko‘z tikkan holda 
urushni davom ettirishga qattiq bel bog‘ lagan edilar. «Ular, - deb 
ta’kidlaydi Muhammad Solih, - urushni hozirgidek davom ettirsak,
107
www.ziyouz.com kutubxonasi


shoyadkim, Xorazm, Buxoro, Farg‘ona va Toshkent viloyatiga 
tegishli atrof joylardan yordam kelib qolsa»1, - degan umidda jang 
qilishdi. «Toshkentliklar, - deb yozgan edi Solihbek dodxoh, -
ochlikka, suvsizlikka, tashnalikka hamda halokatga va talafotlarga 
qaramay, urushni davom ettirib, shahami o ‘z q o ilarid a saqlab 
turibdilar. Hozirda g ‘oziylar, yetim-esirlar, ochlar va tashnalar 
nomidan yordam so‘rab Kirovchi qal’asidan tortib Qurama, Chinoz, 
X o‘jand, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Q o‘qon va Farg'ona yerlariga 
xatlar yuborish zarur»2. Bu taklif darhol m a’qullanib, ko‘rsatilgan 
joylam ing hukmdorlari nomiga xat tayyorlash munshiy Mirzo 
Yunusxon mullo Bobojon o ‘g ‘liga topshirildi. Shu tarzda 50 dan ortiq 
xat tayyorlangan edi.
Ammo, sotqinlik razolatli intihoga sabab b o ‘ladi, xoinlar o ‘q- 
dori omborini bosqinchilarga ko'rsatib berishdi. Bu maxfiy ombor 
O 'rda ichida bo‘lib, unga dushman otgan snaryadlar tushgach, 
dahshatli portlash yuz berdi.
Qirq ikki kunlik qamalda azob chekkan xalqning ruhiga juda 
yomon ta ’sir etgan bu hoi, Chemyaevga o ‘z yovuz maqsadiga 
erishishni osonlashtirdi. U endi Temur darvozadan, y a’ni shahaming 
janubidan hujum uyushtirib, Buxoro va Xorazmdan kelishi mumkin 
bo‘lgan yordam y o ‘lini kesib qo'yadi.
Chor Rossiyasi tomonidan Toshkentning ishg‘ol qilinishi 
xalqaro miqyosda yomon kayfiyat uyg'otib, Angliya, Turkiya, Eron, 
Xitoy va boshqa davlatlar tomonidan keskin norozilik bildirilishiga 
asos b o ‘lishini anglagan Chemyaev makkorlik y o iig a o ‘tadi. U 
Toshkentning «ixtiyoriy» ravishda topshirilganligi haqida soxta 
hujjat tayyorlamoqchi bo'ladi. Shuning uchun Chemyaev shahaming 
Hakimxoja qozikalon, Abulqosim eshon, domla Solihbek oxund 
singari nufuzli kishilari bilan muzokaralar boshlaydi.
General Chemyaev « aw alo Hakimxoja qozikalondan boshlab 
Abulqosimxon eshon, Muhammad Solih dodxoh va boshqa ulamo, 
fuzalo, akobir, savdogarlar va sardorlar bilan birma-bir, alohida qo‘1 
berib ko‘rishib, hol-ahvollarini surishtirib, bir-birlarining ismlarini 
aytib, so‘ngra va’da-ahdu paymonni va yarashishni taklif qildi»3. 
M uhammad Solih mazkur ahdnoma besh nusxada tuzilib, biri 
general Chemyaevga topshirilgani, qolgan to'rttasi Shayxondtahur, 
Beshyog'och, K o‘kcha va Sebzor dahalari vakillariga topshirilganini

Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish