O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Mavzuga oid da/olat
Amir Muzaffarning Turkiya sultoniga murojaatnomasi
«Sizlarga so‘nggi marotaba arz qilamizki, Rossiyaning istilo- 
chi-lik faoliyati uning ju r‘atini yanada oshirdi. Ruslar bir necha 
vaqtdan beri qarorgoh sifatida foydalanib kelishayotgan Oqmachit-
127
www.ziyouz.com kutubxonasi


dan chiqib, Hazrati Sulton, Chimkent, Avliyoota va Toshkentni 
qo‘lga kiritib, xalqning ko‘pini shahid qildi hamda tub joy aholiga 
haddan ortiq adolatsizlik va zulm o ‘tkazdi.
Oradan bir yil o ‘tgach, Jizzax yaqiniga kelgan b o ‘lsalar-da, 
m ag‘lub b o ‘lib, Sirdaryo sohilidagi To‘raqo‘rg‘on degan mustahkam 
bir joyda qishladilar. Janobi oliylari amir katta qo‘shin bilan 
dushmanlar ustiga yurdi. Buxoro qo‘shini kuchli va tartibli b o ig a n
bosqinchilaming umshish usulini bilmaganligidan ortga qaytdi. 
Buning oqibatida dushmanning jasorati oshib, X o‘jandni oldilar va 
ancha aholini shahid etdilar. Rossiya qo‘shini X o‘janddan chiqib, 
Yangiqo‘rg‘onni oldi va 0 ‘ratepaga yaqin keldi. 0 ‘ratepani olgan 
chor qo‘shinlari ko‘plab aholini oidirdilar. Jizzax sari yurib, bir 
hafta ichida Jizzax qo‘rg ‘onini olgan m slar bu yerda had-hisobsiz 
tub joy aholisini oidirdilar. Janobi oliylari bu xabami eshitib, ko ‘p 
sonli qo‘shinni Jizzaxga j o ‘natdi. Bu vaziyatda chor Rossiyasi sulh 
shartnomasi tuzmoqchi ekanliklarini aytib, Buxoro qo‘shinini hiyla 
bilan orqaga qaytardilar. Q o‘shinning orqaga qaytganidan keyin 
Yangiqo‘rg‘on va Jizzaxdan uch farsax uzoqlikdagi soy bo‘yiga 
kelgani haqida xabar yetgach, juda ko'p askar va to ‘p bilan dushman 
ustiga yurildi. Ikki-uch marta kichik janglar b o id i. Orenburg hokimi 
Yangiqo‘rg‘onda turarkan, Buxoro amiriga bir maktub yuborib, 
sulh tuzish istagini bildirdi. Buxoro amiri dushmanga aldanib, 
qo‘shinni orqaga qaytardi. Buni eshitgan Rossiya o ‘z qo‘shinini 
Yangiqo‘rg‘ondan olmadi. Hodisaning vuqu‘ etishini arz qildik. Xalifa 
hazratlari dushman askarlarini tub joy aholidan uzoqlashtirsin, shu 
tariqa islom rivoj topsin va zaiflashmasin. Bu tarafda janobi oliylari 
to'pxona qurdirib, 10.000 kishilik askar dushman bilan qarama-qarshi 
turibdir. Agar Xalifa hazratlari (Turkiya sultoni) maktub yoki kishi 
yuborib Rossiya qo‘shinlarini tub aholidan uzoqlashtirsa, davlatining 
rivojini va yaxshilikla eslanishining sababi b o ia ja k chorasiz qolgan 
bu aholi Xalifaning bu sharofati bilan qutulsalar, amal daftariga buyuk 
savob yoziladi. Ojizlik va chorasizlik ichidagi aholining ahvoli Xalifa 
hazratlariga bildirilsin»1.
* * *
M usulmonlar xalifasi - Turkiya sultoni Abdulaziz (1830-1876) 
Buxoro amiriga yordam beradigan ahvolda emas edi. Chunki Ros-

Mert U.
B uxoro am irin in g elchisi M uham m ad Porso afan d in in g Istanbul- 
dagi d ip lo m atik faoliyatlari (1 8 6 7 -1 8 6 9 ). «T urk kulturi arashtirm alari», X U /1-2. 
1976, 9 8 -9 9 va 1 1 2 -1 1 3-betlar.
128
www.ziyouz.com kutubxonasi


siya ta ’sirining Bolqon yarim orolida yoyilishi Turkiya davlatiga 
xavf-xatar tug‘dirib turardi. Shuning uchun Fransiya imperatori 
Napoleon III taklifiga binoan Parijda ochilgan katta bir koigazm ani 
tomosha qilish bahonasi bilan 1867 yilda Fransiyaga ketib, qaytishda 
yo‘l-yo‘lakay Angliya qirolichasi Viktoriya, Belgiya qiroli Leopold 
II, Prussiya qiroli Vilgelm I, Avstriya imperatori va Vengriya qiroli 
Fransua Jozef I, Ruminiya shahzodasi Karl I lar bilan uchrashgan 
Abdulazizxon, nihoyat, Buxoro amirining maktubini muhokama 
qilishni lozim topadi. Ammo, Turkiya hukumatining Maxsus majlisi 
1868 yilning may oyi boshlarida xatni muhokama qilishga kirish- 
gan bir paytda, Buxoro bilan Rossiya o ‘rtasidagi urush yanada 
kuchayib, amir Muzaffaming chor hukumati bilan sulh tuzishdan 
o ‘zga chorasi qolmaganligi haqida xabar olinadi.
Shu o iin d a , Turkiston general-gubematorining 1868 yil 22 
aprelda Samarqand shahri aholisiga qilgan «Murojaatnoma»sini 
keltirib o ‘tish lozim. Unda, jumladan, shunday deyilgan: «Samarqand 
shahrining fuqarolari! Mana, men 6 oydan buyon hukmdorimning 
ruhsatiga binoan, sizlarga tinchlik va osoyishtalik baxsh etishga 
g ‘am xo‘rlik qilmoqdaman. Oq podshoh urushishni istamaydi. Lekin 
Amir mening yaxshi niyatlarimni tushunmaydi, yoki tushunishni 
xohlamaydi. U foydali tinchlik sulhini tuzish o ‘miga, qo‘shini 
va xalqini Rossiya bilan urushishga tayyorlamoqda. Men urush 
orqasida xalqning qoni to ‘kilishiga yo‘1 qo‘ymaslik uchun barcha 
choralami ko‘raman. Men zarari tegmayotgan xalqqa emas, amirga 
qarshi borayotirman. Chunki Oq podshoh odamlarga yomonlik 
emas, yaxshilik istaydi. Agar sizlar tavsiya etilgan bitimning qabul 
qilinishiga meni ishontirsangiz, qon to ‘kilmaydi va qo‘shin qaytarib 
olib ketiladi. Oq podshohning maqsadi - tinchlikni saqlash va 
urush qilmaslikdan iboratdir. Fursatni qo‘ldan berm angiz!»1.
Kaufman boshchiligidagi Turkiston harbiy okrugi qo‘shinlari 
javobni kutmasdan Samarqand bilan Jizzax o ‘rtasidagi Yangiqo‘r- 
g'on tomon yo‘l oladi. Dushman yurishi haqida xabar olgan Samar­
qand begi Boboxoja amirga quyidagicha axborot yuboradi: «Taqsir, 
men olgan m aium otlarga ko‘ra, Rossiya askarlari Yangiqo‘rg‘onda 
turishibdi. Yaqin kunlarda Samarqandga yurishsa kerak. Bunga 
qarshi qanday chora ko'rishni buyurasiz? Sizning koisatm angizga 
binoan, o‘g ‘lingiz boshchiligidagi qo‘shin Cho‘ponota tepaligiga 
o‘mashtirildi. Aholining bir qismi qurollantirilib, askarlarga qo‘shib 
qo‘yildi. Fuqarolaringiz Sizning kelishingizni, erta tongda quyosh
1 О черки военн ы х дей ств и й 1868 г. в Зараф ш анской долине, стр. 189. 
5-17% 
129
www.ziyouz.com kutubxonasi


chiqishini poylagandek, kutmoqdalar. Sizning tashrif buyurishingiz 
jasoratli qo‘shiningizni ruhlantirishi mumkin». Ammo amir Muzaffar 
ju r ‘atsizlik qilib, Samarqandga faqat bir Mirzo Shamsiddinxo‘jani 
yubordi. Bu paytda Samarqand atrofida minglab yurt fidokorlari 
bosqinchilarga qarshi shaylanib turgan edi. Ulaming safida mslarga 
qarshi uzoq yillar davomida jang qilib boy harbiy tajriba to ‘plagan 
Sulton Sodiq Kenesarin 2 mingdan ziyod qozoq vatanparvarlari bilan 
alohida zarbdor kuch sifatida turardi.
Amir Muzaffar tasarmfida bo ‘lgan Samarqand shahrida bu 
paytda Sherali inoq hokim edi. Abdumalik to ‘ra ham uning yonida o ‘z 
lashkari bilan turardi. Tarixchi Abdulazim Somiyning achinish bilan 
yozishicha, Sherali inoq zulmidan Samarqand ahli dodu faryodga 
kelganligi tufayli, ular amir Muzaffarga arznoma y o ‘llab, shunday 
shartni qo‘yadilar: «Tobakay, bizni Sherali inoq zulmidan qutqarib, 
yangi bir hokim q o ‘ysalar, shunda barchamiz - ayollar, erkaklar, 
kattayu-kichik, to oxirgi kishimiz qolguncha dushmanga qarshi 
turgaymiz, zeroki, Buxoro lashkari parokanda b o ‘lib, bosqinchilar 
bilan jang qilmoqqa biron-bir sa’y-harakat k oisatm aydurlar»1.
Taassufki, amir M uzaffar Sherali inoq qahridan ozurda va bezor 
b o ig a n shahar xalqi talabini inobatga olmaydi. Aksincha, inoqqa 
qattiq ishonch bo giaydi. Oqibatda, yanada havolangan Sherali inoq 
amirga murojaat qilganlardan ayovsiz o ‘ch oldi. Bu ham kifoya 
qilmay, Abdumalik to‘raga ham shubha tug‘diradi. G o‘yo yosh to ‘ra 
taxtni egallash ilinjida isyon qilmoqchi, degan tuhmat bilan uni 
G ‘uzorga jo 'natib yuborishga harakat qiladi. Abdumalik to ‘raning 
Samarqandda turishi uning (Sherali inoqning) erkin harakat qilishiga, 
bir darajada b o isa-d a, m o n e iik qilardi.
Sherali inoq faoliyatining yomon tarafga yo'nalish olishi 
Samarqand aholisiga qattiq ta’sir qiladi. Shahar oqsoqollari achchiq 
ustida gubematorga maktub y o ila b , ulami o ‘z panohiga olishni 
so ‘raydilar. Bu esa Kaufmanga juda q o i keladi.
K.P. fon Kaufman o'zining bosqinchilik umshini oqlash maq­
sadida Turkiston harbiy okragi qo‘shinlariga quyidagi mazmunda 
murojaatnoma y o ilad i: «Keyingi vaqtlarda Buxoro, Samarqandda 
Rossiyaga qarshi qo'shin to ‘planayotganligi haqida aniq m a iu - 
motlar olinmoqda. Samarqandda ruslarga qarshi umshni ta rg ib
qilayotgan va go‘yo din uchun kurashayotgan mutaassiblar y o g ilib
kelib, Sirdaryo viloyatining o'troq aholisini g ‘alayonga d a’vat 
etmoqdalar. Men yarim yil mobaynida muzokaralar vositasida


Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish