O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Mirzo Abdulazim Somiy.
Tarixi salotini M ang‘itiya. М., JVL, 1962, 61-bet.
120
www.ziyouz.com kutubxonasi


xulosa chiqarmadi. Q o i ostidagi bor imkoniyatlardan foydalanib, 
barcha beklar va sardorlaming boshini qovushtirib, dushmanga 
qarshi birlashib hujum uyushtirishni ham o ‘ylamadi. Bu hoi bosh 
qo‘mondon Romanovskiyning qo‘shini Sirdaryo dashtiga chiqqani 
haqida xabar olgandan keyin amir Muzaffaming xatti-harakatlarida 
yaqqol ko‘zga tashlanadi. U rus qo‘shinlarining y o iin i to'sish uchun 
30 ming kishilik lashkami Olloyor devonbegi qo‘mondonligida 
jangovar marrani egallashga buyuradi. Amir o ‘z ixtiyoridagi lashkari 
bilan aprel oyining oxirlarida y o ig a chiqadi va 0 ‘ratepa yaqinidagi 
Rogun qishlog‘ida to ‘xtaydi va amir Olloyor devonbegining husni- 
jam olda tengi yo‘q qizini o ‘z huzuriga keltirishni buyuradi. Yurt taqdiri 
uchun hayot-momot jangi oldida ham amir o ‘zining huzur halovatini 
o ‘ylaydi va haramiga keltirilgan 10 yoshli qiz, o ‘z lashkarboshisining 
farzandi ekanligini ham unutib, ishratga beriladi. Olloyorbek 
devonbegining sarbozi Parchayuz Abdurahmondan yozib olingan 
esdalikda aytilishicha, o ‘sha tongda bu qizning so‘yilgan murdasini 
topishgan. K o ‘p o ‘tmay, sevimli qizining mudhish o iim i haqidagi 
xabar jangovor marrani egallab turgan Olloyorbek devonbegiga yetib 
keladi. U farzand dog‘ida kuyib, bir necha kun davomida chodirdan 
chiqmay yotadi. Olloyorbekka qilingan zulm uning qarindoshlari 
To‘xtamishbek va Fozil dodxohlaming amirga qarshi adovatini 
uyg‘otadi. Q o‘shni 0 ‘ratepada ham norozilik kayfiyati kuchayadi. 
Amir Muzaffar esa qo‘shinning bunday holatidan bexabar holda, 
0 ‘ratepa bilan Jizzaxni birlashtiruvchi karvon y o ii yoqasidagi katta 
bir tepalikda (u keyinchalik «Amir qochgan tepa» nomini olgan) 
o ‘z qarorgohini o ‘matadi. 1866 yil 8 mayda general Romanovskiy 
qo‘shinlarining ilg‘or qismi Erjarda k o iin ish i bilan Olloyorbek va 
uning qarindoshlari To‘xtamishbek va Fozil dodxoh boshchiligidagi 
qo'shin jang qilmay, Xovos tomon chekinadilar. Bu ish bilan ular 
begunoh halok etilgan qizchaning o iim i uchun amirdan o'ch oldik, 
deb o ‘ylaydilar. Shaxsiy xusumat yurt manfaatidan ustun kelib, 30 
ming kishilik lashkar jang maydonini bosqinchilarga b o ‘shatib beradi. 
Natijada, chor qo‘shinlari amir ixtiyoridagi qo‘shinni bir hamla bilan 
to ‘zg ‘itib yuboradilar. Muzaffar jang maydonini sharmandalarcha 
tashlab qochadi.
Erjarda osonlikcha qozonilgan g ‘alaba Romanovskiyni ruhlan- 
tiradi va chor qo‘shinlari 17 mayda X o‘jand ostonalarida paydo 
b o iad i. Erksevarligi bilan tanilgan va bosqinchilaming ko‘p marta 
dodini bergan bu ko‘hna shahar bosqinchilarga qarshi mardi- 
maydon yigitlarini jangga tashlaydi. «G ‘arbiy qismlar, - deb yozgan 
edi Romanovskiy, - shaharga kirayotganlarida nihoyatda qattiq
121
www.ziyouz.com kutubxonasi


qarshilikka duch keldilar. Shahar himoyachilari har bir qarich yer 
uchun jang qildilar». X o‘jand xalqining qahramonona kurashini Avaz 
M uhammad Attor H o‘qondiy shunday tasvirlaydi: «X o‘jandliklar 
g ‘ayrat kamarini bellariga bog‘lab, ulami (ms askarlarini) orqaga 
qaytardilar... Shu payt xiyonatkorlar darvozani ochib berdilar. Shu­
ning uchun X o‘jand qal’asini chor bosqinchilariga olish oson 
tushdi. X o'jand fuqarosi ulaming shaharga kirishlarini k o ‘rib g ‘ayrat 
va shijoat ila bosqinchilaming y o iin i to ‘sib, qat’iy harakatlar 
bilan jangga kirdilarki, yeru osmon, dono va nodon kishilar afsus 
barmoqlarini hayrat tishlari ila tishlab tahsin va ofarinlar aytdilar. 
Har ikki taraf to ‘pu to ‘fang, cho'pu tayoq ila bir-birlarini urib yakson 
qilardilar. Xususan, tub joy aholi ko‘proq to ‘pu to ‘fang qurboni 
b o iib , orqaga qaytib har biri k o ‘cha, mahalla va b o g ia r ichidan 
qochib qoldilar. Bosqinchilar ham ular orqalaridan quvlab ketdilar, 
ko ‘cha, mahalla va bozorlarda odam qolmasdan, ayolu bola 
demasdan, ko‘p kishilami miltiq bilan otib shahid qildilar. Fayz osor 
shayx Muslihiddin hazratlarining mozorlarida panoh topgan g'aribu 
bekaslar, ko‘m choioqlar, gadoyu darvishlar, mayibu majmhlar -
hammalari, kishi qolmasdan nobudlik olamiga ketdilar.
Madrasa va saroylar talon-toroj qilinib, k o ‘p odamlar qatl 
etildilar. Ikki tomon ham tinchib, qiyomat asar mojoralar to ‘xtagandan 
so‘ng, har bir toifa o ‘z o iiklarin i topib, ulami sanash bilan m ashg‘ul 
boidilar. Musulmonlardan 2600 kishi, erkagu ayol, kabim sagirdan
shahodat darajasiga etib ekanlar; kuffordan esa 1200 kishi do‘zax 
va jahannam dargohiga ketgan ekan. Shunday fojia ila X o‘jand 
fuqarolari bosqinchilaming zulm-sitamiga giriftor b o idilar. [X o'­
jand] viloyatining m o‘tamidlari ming ajzu dard ila janob xon 
(Xudoyorxon) valine’matga ketma-ket elchi bilan xat yuborib, 
islom ahlidan madad soiadilar. Janob xon uzoq muddat andisha 
dengiziga g ‘arq b o iib , bosqinchi askarlarga qarshi biron ju r‘at 
qilmadi».
Bosqinchilar bilan sakkiz kun davom etgan jangu jadallarda 
ana shunday mardi-maydon fidokorlardan besh ming kishi shahid 
b o ia d i. Dushman katta talafot evaziga X o‘jandni egallaydi. Shun­
dan so‘ng istilochilaming yovuz nigohi 0 ‘ratepaga qadaladi. 
Bosqinchilar 2 oktyabrda uning ostonasiga yaqinlashadilar. 0 ‘z eli, 
yurti, ozodligi uchun yonib kurashayotgan va shu y o ig a aziz jonini 
tikkan mardlar qatoriga keksa-yu yosh, va hatto, ayollar ham qo‘- 
shildi. Guvohlaming so‘zlariga qaraganda, jangda 0 ‘ratepaning
30 ming himoyachisidan yarmi halok b o ia d i. Guvohlaming 
yozishicha, «jang shu darajada dahshatli b o ig an k i, to ‘kilgan odam
122
www.ziyouz.com kutubxonasi


qoni bamisoli ariq suviga o ‘xshab oqqan». 0 ‘ratepadagi janglar 
Avaz Muhammad Attor asarida batafsil bayon etilgan: «Abdul- 
g ‘afforbek 0 ‘ratepa viloyatining hokimi edi. U bir qancha jasur 
va mard odamlami y o i qo‘riqlashga yuborgan ekan. Y o id a ikki 
gumh dushman bilan to ‘qnashdilar. Musulmonlar katta kuch bilan 
dushmanga shunday hamla qildilarki, tobu toqat va sabm sabot 
qolmadi va kelgan y o ilarig a qaytib, ming nayrang ila qochib ketdi- 
lar. 0 ‘ktam yigitlar chaqqonlik bilan ularga yetib olib, p o ‘latsimon 
nayzalar otib, yo m girdek o ‘q yog‘dirib, qo'shlarigacha quvib borib, 
qaytib keldilar. Musulmonlaming ju r‘ati ahli kufforga m a’lum 
bo‘ldi. Beqaror yuraklarida sabru toqat qolmadi va ular payshanba 
kuni ertalab o ‘z joylaridan ko‘chib, K o‘rkat mavzeiga keldilar. 
Vatanparvar aholi bosqinchilaming y o ‘lini to ‘sib, sa’yu qo‘shish ila 
jangi azim qildilar. Dushmanlaming harbiy qudrati zo ‘rligi tufayli 
ahli tub joy aholi m ag‘lub b o iib , umsha-urusha orqaga qaytdilar. 
Novkat mavzeiga kelib, otlarini to ‘xtatib, yana qattiq jangga 
kirishdilar. Har bir m avze’ va qarorgoh uchun betinim jang qila-qila 
M oxovzor mavzeiga yaqinlashdilar». Bu jangda yurt himoyachilari 
dastlab dushmanni m agiubiyatga uchratganlar. Rus manbalarida 
0 ‘ratepadagi ulaming m agiubiyati haqida hech nima deyilmay, 
ko‘proq Rossiya soldatlarining «jasorati»ga e ’tibor beriladi1. Muar- 
rix Avaz Muhammad Attor H o‘qondiy asarida esa haqiqiy manzara 
tasvirlangan: «Ahli kuffor qal’ani egallash qasdi ila y o ig a chiqdi. 
Musulmonlar bir qancha musulmon merganlami qal’a atrofiga 
joylab qo‘ygan ekanlar. Merganlar battol dushmanni yaqinlashishlari 
bilanoq ulaming atroflarini o ‘rab olib, to ‘pu to'fangni jo ‘shu xurujga 
keltirib, to ‘rt tomondan muqobatsiz otdilar. Ularda tob-toqat qolmadi 
va natijada katta zarar ko‘rib, qattiq zarba yeb qaytdilar. Kundan- 
kunga jangu jadal kuchayib borardi. Yakshanba kechasi, jum odi ul- 
oxir oyining 4-si, yo 5-sida bosqinchilar uchta darvozaga odamlami 
ta ’yinlab va o ‘mashtirib, M ug‘ darvozasining chuqur xandaqini xas- 
xashak bilan to id irib , shunday keng joyni bir kechada tekis qilib, 
o ‘zlariga yo‘1 ochib, tongni kutib turdilar. Shu payt shahar aholisi 
g ‘ofil va o ‘z ahlu holiga m ashg‘ul b o iib , olamdan bexabar uyquda 
yotar edilar. Biroz vaqt o ‘tgach, sahar paytida, shahar darvozalariga 
bir ming-ikki ming kishini qo‘yib, Rusiyaning gubematori va 
generali ko‘p sonli to ‘da ila M ug‘ darvozasida hozir b o id i. To‘satdan 
o ‘zlari tekislagan y o id a n o ‘tib, shahar darvozasidan kirib tug‘ 
sanchigini M ug‘ qal’asiga o ‘matishni buyurdi. [M ug‘ qal’asi] shu


Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish