Hakimxoja qozikalon
Uning faoliyatiga doir m aium otlar qozikalon tarjimai holiga
oid asaming ruscha nusxasida, «Turkiston viloyatining gazeti»
muharriri N. Ostroumovning nashr etilgan kitoblari va kundalik-
1 Tarixi jadidai Toshkand, 2-jild, 12- 13-bctlar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
larida, shuningdek, Muhiddinxoja qozidan bizgacha yetib kelgan
ba’zi hujjatlarda saqlanib qolgan.
M a’lurn b o ‘lishicha, Toshkentni chor qo‘shinlari egallaganidan
keyin, oradan bir necha oy o ‘tgach, Turkistonning muvaqqat
gubematori general Romanovskiy bilan qozikalon o'rtasida qattiq
to'qnashuv bo'lib o'tadi. Ana shu to'qnashuvda Hakimxoja eshon
ning ichki dunyosi namoyon bo'ladi. Turkistonning yangi bosh
xukmdori huzurida o'tgan katta bir yig'inda uning nomiga bitilgan va
shahaming yirik amaldorlari muhri bosilgan tavsifnoma topshirilgan
edi. Ushbu sharmandali hujjatda qozikalon muhri bosilmaganini
ko'rgan Romanovskiy Rossiya imperiyasi qudratini ko'rsatib
qo'yish uchun uni itoatkor odamlar oldida dag‘dag‘a bilan so'roqqa
tutadi. «Bu qog'ozda mening muhrim bosilmagan bo'lsa, buning
uzrli sabablari bor, - deb javob beradi Hakimxoja, - negaki bu
tavsifnoma shariatga xilof ravishda bitilgan. Unda aytilgan maqtov
so'zlam i birorta ham musulmon og'ziga olishi mumkin emas. Bu
tavsifnomani bitgan va unga o 'z muhrini bosganlar islom dinida
emaslar, deb hisoblanishi lozim. Bizning dinimizga isnod keltirishga
hech kim sizga haq-huquq bermagan, deb o'ylayman. Siz haddingiz-
dan oshyapsiz. Mendan shu qog'ozga muhr bosishni talab etishga
qanday ju r'a t qildingiz?» Romanovskiy bu so'zlardan darg'azab
bo'lib, qutqu bilan gapira boshlagan. Biroq Hakimxoja bo'sh kelmay,
Romanovskiyga: «Hammamizni yaratgan haq Taolo bor. Uning amri
har bir inson uchun muqaddasdir. Binobarin, sizning amringizdan
yuqori turadi. Agar u xohlasa, hammamizni va butun olamni yo'q
qilib yuborishi mumkin. Shunga ko'ra avvalo Tangrining amrini vojib
deb bilaman. Agar haq Taolo meni o 'z panohida asrasa, sizgina emas,
balki sizdan yuqorida turganlar ham hech narsa qila olmaysizlar.
Agar haq Taolo menga jazo berishni xohlasa, unga qarshilik
ko'rsatish befoyda va hech qanday kuch, hech kimning homiyligiyu
mehribonligi uning jazosidan saqlab qola olmaydi. M uhtaram
janob, siz meni qo'rqitish bilan shariat yo'lidan toydirishga majbur
qilaman deb o'ylamang».
Qozikalonning bu muomalasidan keyin mustamlaka m a’murlari
unga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'ladilar va hamisha
qo'yinlarida tosh saqlab yuradilar. Oradan bir qancha vaqt o'tgach,
1867
yil boshida Turkistonning birinchi general-gubematori
K.R fon Kaufman Toshkentda o 'z faoliyatini boshlaydi. O 'lka bosh
hokimining eng avval qilgan ishlaridan biri shu bo'ldiki, Hakimxoja
eshonni uning Sebzor daha Qozi ko'chasidagi uyiga borib ziyorat
qiladi va yurtni boshqarishda qiyinchiliklarga duch kelgan chog'la-
112
www.ziyouz.com kutubxonasi
rida uning maslahatini olish uchun huzuriga kelib turishga
ruhsat so‘raydi. Bosh hokimning o ‘ta mug'om birlik bilan qilgan
xushmuomalasiga laqqa uchgan qozikalon bir necha oy mobay-
nida u bilan yaxshi munosabatda b o ‘lib, o ‘z lavozimini ado etib
turadi. Biroq, yuqorida aytganimizdek, Hakimxoja eshonga qarshi
qabih niyatda b o ‘lgan fon Kaufman uni qozikalonlik lavozimidan
uzoqlashtirishning bir necha usullarini ishga soladi. Bu usullardan
biri shahardagi to‘rt daha qozilarini tugatib, barcha ishni oltmish
besh yoshli, kasalmand qariya ustiga ortishdan iborat hiyla edi.
Turgan gapki, qozikalonning yoshi ham, sog‘lig‘i ham m as’uliyati
cheksiz b o ‘lgan bu vazifani o ‘zi istagandek halollik bilan ado
etishiga aslo imkon bermasdi. Shu munosabat bilan o ‘z ahvolini
tushuntirib, general-gubematorga xat yo‘llaydi va Kaufmandan
«unday b o is a , qozikalonlik muhrini topshira qoling», degan maz-
munda javob oladi. Qilingan barcha hiylagarliklar m ag‘zini chaqqan
qozikalon o ‘zining cho‘yan muhrini katta temir parchasi ustiga
qo‘yib, katta bolg‘a bilan majaqlab, fon Kaufman nomiga yozilgan
lavozimdan bo‘shash haqidagi arizaga o ‘rab jo'natib yuboradi.
Qozikalonlik lavozimi barham topganligi sababli, Hakimxoja
eshonning farzandi Muhammad Muhiddinxojani Sebzor dahasi
qoziligiga saylaydilar.
Muhiddinxoja zamona zaylini yaxshi
tushunadigan, fan va m a’rifatni, mumtoz merosni omma orasida
targ'ib qilg‘uvchi teran m aium otli kishi edi. Shu sababli ayrim
rus olimlari ham, yangicha yo‘nalishdagi o ‘zbek m a’rifatparvarlari
ham hamisha u bilan hammaslak, hamfikr edilar. Masalan, yirik
sharqshunos olim, akademik V. V. Bartold Muhiddinxoja qozining eski
kitoblarini, ayniqsa, otasidan meros qolgan Sharafiddin Ali Yazdiy
«Zafamoma»sining mukammal nusxasini, noyob «Tarixi Tabariy»ni
va boshqa nodir qoiyozm alam i g'oyat qadrlaganligi m a’lum.
Otasi singari Muhiddinxojani ham Toshkent hokimlari Putinsev,
Kisilev, Lodijenskiy va boshqalar tinimsiz ta ’qib etganliklari, unga
qarshi turli ig‘vo va bo'htonlar uyushtirganliklari haqidagi m a’lumot
lar bir qator manbalarda saqlanib qolgan. Shu munosabat bilan
N. Ostroumovning «Konstantin Petrovich fon Kaufman - Turkiston
o ‘lkasining bunyodkori» nomli kitobida (Toshkentda 1899 yilda ms
tilida chop etilgan) keltirgan bir lavhasini eslash o ‘rinli b o iu r edi.
Lavhada aytilishicha, 1877 yilda Eyler degan tergovchi kimlaming-
dir g^alamisligi bilan general gubematordan mhsat olib Muhid-
dinxojaning qozixonasinigina emas, balki u yashab turgan hovlini
ham muhrlab ketadi. Bu haqda «Turkiston viloyatining gazeti»da
maxsus xabar ham bosilib chiqadi. Mustamlakachi m a’murlaming
113
www.ziyouz.com kutubxonasi
beboshligidan tang ahvolga tushgan Muhiddinxoja qozi noiloj
general-gubematorga arz qiladi. Fon Kaufman general Abramovga
qarab: «Siz bu qozining otasini bilasizmi?» deb so‘raydi. Undan
«Bilaman», degan javobni eshitgan general-gubernator: «Yo'q,
bilmaysiz» desa, Abramov yana «Bilaman», deyishiga qaramay,
fon Kaufman: «Yo‘q, siz uning otasini bilmaysiz» degan so‘zlami
takrorlagach, «U zot Xudodan bo'lak hech kimdan qo'rqm agan ajoyib
inson edi», deydi va o ‘z buyrug‘ini bekor qilib, Muhiddinxojaning
qozixonasidan ham, hovli-joyidan ham muhmi olib tashlashga
ruhsat beradi.
* * *
Sulhdan so‘ng ko‘p o'tm ay Chemyaev xalq qo'lidagi qurollarni
topshirishni buyuradi. U Eshonqul dodxoh madrasasiga kirib,
mullavachchalarga o ‘qishni davom ettirishlarini aytadi. So'ngra
amiri lashkar Mulla Alimqul qabrini borib ko‘radi va ko'nglida
shubha qolmaydi. Chemyaev K o‘kaldosh, Beklarbegi va boshqa
madrasalami ham aylanib chiqadi. U umshda shikastlangan yoki o ‘t
tushgan masjidlami, hovlilar va do'konlam i tuzatish uchun Hakimxoja
qozikalonga kumush tangalar bergan. Generalning Toshkent ahliga
ko'rsatgan mehribonligi, g'am xo'rligi va insonparvarligi sun’iy va
soxta bo'lib, ko‘zbo‘yamachilik hamda nayrangbozlikdan iborat
edi. U bu ishlami shaharda o ‘z mavqeini mustahkamlash va xalqni
chalg'itish uchun o'ylab topgan edi. Ilg'or rus ziyolilari hovliq-
ma - Rededyu deb atagan Mixail Chemyaev chindan ham shunday
zot bo'lib, tullakilikda ham o 'z laqabini oqlagan. Chemyaevning
nayrang bobidagi yana bir hunari Toshkent nomidan soxta hujjat
tayyorlatganida ko'rinadi. «Rus podshohiga Toshkent ahli nomasi»
deb nomlangan bu hujjatda shunday yozilgan:
«Bismillohir rohmanir rohiym! Bismilloh hayrul asmo!
Oq podshohi azim, shonli va biyuk darajali hazratlariga, o‘z
ko'zlari o ‘miga bo'lgan ulug'im iz gubematur Turkiston viloyati
jeneroli Churnoev hazratlariga.
Oq podshohi a ’zam tamom ulug' podshohlar ustiga hammasidan
ulug‘ va g'olib kelgan podshohimiz hazratlariga arzimiz shulkim, biz
Toshkent qal’asining ichidagi fuqarolaringiz, bizlar shuncha yil va
shuncha zamondan beri necha bul yurt ulug'lariga tobe bo'lib yurib
zulm-sitam, jabru jafodan bo'lak hech yaxshilik yuzini bu jahonda
ko'rm ayin o'tdik. Oxirilar shul umid bilan sizning hazratingizni
ulug' podshoh va adolatlik anglab, o'zim izni sizning panohingizga
tashladik, alhamdulilloh davlatli bo'lib va ham omonda bo'lib, bul
114
www.ziyouz.com kutubxonasi
tarafning zo‘rli ulug' podshohlaridan salomat qoldik va ham sizdek
ulug‘ podshohimiz himoyatlari birlan dinimiz, alhamdulilloh, rivojli,
ravnaqli b o iib , shariatimiz kundan-kunga zohir va huvaydo b o iib ,
kecha-kunduz ulug‘ podshohimiz hazratlarini umrlarini uzunligini
va davlatlarini ziyodaligini hazrat Xudoyimiz Jalla Jalol amma
navala dargohidan va hazrat payg‘ambarimiz va rasolat panohimiz
va shafoatxohimiz Muhammad Rasululloh Sallolohu alayhi vasal-
lamning hazratlarini shafe’ etib o'tunib, besh vaqt namozimizda
duoyi joningizni tilaymiz va sizdek kabi jenerol m ayo'rsiz, emdi
sizga oiunam izki bizning bul suvratda tobe b o iib tinchlikda va
xotirjamlikda b o ‘lib, duoyi hazratlarina m ashg‘ul boiishim izni
o ‘n ikki kalit shahrimiz birla ulug‘ azim podshohimiz hazratlariga
yetkurasizkim, bul o ‘n ikki kalit biz fuqarolami tobe b o iib , itoat
qilg‘onim izg‘a kafildir. Toshkent shahrimiz o ‘n ikki darvoza birlan
tamomdur. Bu kalitlar shu darvoza kalitlari boigay. Emdi biz
fuqarolami sizdek ulug‘ podshoh hazratlariga hazrat taolodin, hazrat
Muhammad Rasululloh Sallolohu alayhi vasallamni shafe’ etib besh
vaqt namozimizda duoingizdin boshqa arzimiz qolmadi.
Domla Ahmad oxund Boboy o ‘g i i q o iim qo‘ydim,
Mirhomid q o iim qo‘ydim,
D o‘stmuhammad boy q o iim qo‘ydim,
Muhammad Olim Sharifboy hoji o ‘g ‘li q o iim qo‘ydim,
Eshmuhammad boy Yodgor o ‘g i i q o iim qo‘ydim,
Muhammadrasul Musomuhammad hoji o ‘g ‘li q o iim qo'ydim ,
M irzoxo‘ja eshon q o iim qo‘ydim,
Sayidbek Bobobek o 'g i i q o iim qo‘ydim,
Sodiqbek q o iim qo‘ydim».
0 ‘zining m ash’um niyatini amalga oshirishni shu tariqa niqob-
lab, «Turkistonga xalq talabi bilan keldik» deb «daliliy» ayyuhannos
solishga muvaffaq b o ig an Chernyaev bu maktubni Abu Sayid va
Hodixo‘ja ismli savdogarlarga berib, Peterburgga borib Oq pod-
shohga topshirishni buyuradi. Bu maktub tufayli bosqinchilik
siyosati oqibatida Angliyadek kuchli davlat bilan to'qnashishga
majbur b o iib qolishdan cho'chigan Rossiya hukumati xalqaro
jamoatchilik ko‘z o ‘ngida o 'z hatti-harakatlarini oqlashi lozim edi.
Shuning uchun, bu maktubdan nusxalar ko‘chirilib, 1865 yilda
Rossiyaning Turkiyadagi elchisi qilib tayinlangan N. Ignatev orqali
Istanbul ko‘chalariga qadar osib qo‘yildi.
Darvoqe, Rossiya istibdodining O 'rta Osiyo bo‘ylab tobora
kengroq yoyila boshlashi xavfi Angliyaning Sharqdagi manfaatlariga
putur yetkazmay qolmasdi. Chunki, strategik jihatdan g ‘oyat muhim
115
www.ziyouz.com kutubxonasi
ahamiyat kasb etuvchi Toshkentning olinishi sabab, Angliya q o i
ostidagi Hindiston bilan Rossiya chegaralarining juda yaqinlashib
borayotganligi Buyuk Britaniyaning mashhur qirolichasi Viktoriyani
tashvishga solishi tabiiy edi. Shuning uchun Angliya Tashqi ishlar
vaziri lordKlarendon Peterburgdagi ingliz elchisiga rus qo‘ shinlarining
Turkistonga kirishi 0 ‘rta Osiyo xonliklarining mustaqilligiga tahdid
solishini va bu Rossiya Tashqi ishlar vaziri Gorchakovning 1864
yilning 3 dekabrida qilgan bayonotiga zid ekanligini aytib, Chor
hukumatini ogohlantirishni topshiradi.
Muvaffaqiyatli istilolar orqasida bu vaqtga kelib, ancha
kuchayib olgan Rossiya hukumati Angliyaning noroziligini e ’tiborga
olmadi, chunki Angliyaning o ‘zi ham Hindiston va A fg‘onistonda
bosqinchilik siyosatini yurgizayotgan edi. Shuning uchun b o is a
kerak, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Gorchakov inglizlarga bergan
javobida Turkistondagi voqealar harbiy boshliqlaming qarori bilan
amalga oshirilganligini, buning esa Angliyaga aloqasi y o ‘qligini
eslatishni lozim topadi.
Toshkent chor qo‘shinlari tomonidan ishg‘ol etilgach, Buxoro
amiri Muzaffar Chemyaevga elchi jo ‘natib, shahami bo‘shatib
qo‘yishni talab qildi (to‘ydan keyin nog‘ora!). Ammo, Chemyaev
buni rad etgach, boshqa yana bir nufuzli elchilar yuborib, Rossiya
ishg‘ol qilgan yerlar bilan Buxoro hududi orasida b o ‘sh joy (betaraf
hudud) b o iish i lozimligini uqtiradi. Chunki, amir Muzaffar ham
chor qo‘shinlarining o ‘z davlati chegaralariga yaqin kelayotganidan
xavotirga tushgan edi.
Bosqinchilik hadisini olgan general Chemyaev Toshkentning
xavfsizligini ta ’minlash uchun uning atroflaridagi b a’zi yerlami ham
ishg‘ol etmoqchiligini va bu yerlar Q o‘qon xonligiga qarashli b o ig a n i
uchun Buxoroning aralashmasligi kerakligini m a iu m qiladi. 0 ‘zbek
xonliklari ichida alohida mavqega ega b o ig a n Buxoro amirligining
bu ishlarga aralashuvi Chemyaevga qimmatga tushishi mumkin
edi. Shuning uchun u Buxoro amirini Toshkent aholisiga yordam
berish fikridan qaytarib va qo‘rqitib qo‘yish uchun Toshkentdan
Orenburggacha b o ig a n yerlardagi buxorolik savdogarlarni ta ’qib
etishga va ulaming mollarini talashga buym q beradi.
Rossiya bilan b o ig a n kelishmovchiliklami tinch y o i bilan
bartaraf etishdan umidini uzmagan Buxoro amiri 1865 yilning iyul
oyi boshlarida N ajm iddinxo‘ja boshliq elchilami Peterburgga
j o ‘natdi. Ammo Chemyaevning xohishiga binoan elchilaming Oren-
burgda general-gubemator Krijanovskiy tomonidan tutib qolinishi
Buxoro amiri Muzaffaming nafsoniyatiga tegadi va u ham Buxoroda
turgan ms elchilarining Rossiyaga qaytishlarini ta ’qiqlab qo‘yadi.
116
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bir «yow oyi osiyolik» o ‘zi bilan bunday munosabatda bo'li-
shidan jazavaga tushgan Chernyaev elchilaming zudlik bilan
ozod etilishini talab qiladi. Bunga javoban Muzaffar «mening
elchilarimning podshoh bilan uchrashishiga m one’lik qildingiz.
Buni men g ‘ayri do‘stona munosabat deb bilaman.... Mening elchi-
larim podshoh bilan uchrashtirilgunlariga qadar sizning elchila-
ringizni ushlab turaman», deb javob beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |