O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Sodiqov H., Shamsutdshov R., Ravshanov P.
Jasorat va xiyonat. « 0 ‘zbekiston 
adabiyoti va san'ati», 1998 yil, 27 fevral.
123
www.ziyouz.com kutubxonasi


viloyat hokimining joyi edi. Dushman qo‘shinining qolgan lashkari 
shaharga har bir darvozadan firqa-firqa, to ‘b-to‘b, guruh-guruh b o iib
qichqirib, shovqin-suron ko'tarib kirdi va olamni to ‘s-to‘polonga 
ko‘mib bozorga yaqinlashdilar. Tub joy aholisi hamiyatini dilga 
joylab Saddi Iskandardek turib jang qilardilar. Ular o ‘z yurtining 
hokimi A bdulg‘afforbek bosqinchilar kelishi bilanoq juftakni 
rostlaganini eshitib, zaif va bemador b o iib , qochishni m o ijal 
qildilar. Odamlar xilvat joylarga yashirinib, dushman nazaridan 
maxfiy boidilar. Qishloq va sahrodan shaharga kelgan aholi jangga 
tushib o ‘ruslaming to ‘pu to ‘fanglari sochgan otash balosidan 
nobud b o iib , shahodat darajasiga yetub, oxirat olamiga ketardilar. 
[ 0 ‘ruslar] uch soatga yaqin viloyatni talon-toroj va aholini qatl 
qilib, zamona mardumiga omonlik berdilar. Shu dahshatli jang 
jarayonida bizning aholidan sakkiz mingdan ko‘proq kishi dush- 
manning to ‘fang va shamshirlari tig id a n ajal topdi. Bosqinchilardan 
oigan lam in g soni besh mingdan oshib, do‘zax otashiga sazovor 
boidilar. [ 0 ‘ruslar] kuch ila 0 ‘ratepa mamlakatini o ‘z q o ilarig a 
oldilar».
Istilochilar endi o ‘z oldiga Jizzaxni zabt etishni maqsad qilib 
qo‘yadilar. Avvalgi m ag iub iy at alamini unutmagan bosqinchilar 
11 oktyabrda uni qurshov ostiga oladilar. M udofaachilar ruslaming 
birinchi hujumini muvaffaqiyatli qaytarishadi. Qamalning ikkinchi 
kunidagi to ‘qnashuv ham g ‘oyat dahshatli va beayov b oig an lig i 
haqida muarrix Mirzo Abdulazim Somiy yozib qoddirgan.
Jizzaxdagi janglarda Iskandarbek boshchiligidagi afg‘on har- 
biylari o ‘zlarini k oisatishdi. Ular to ‘p otishda mohirliklari bilan 
mudofaachilarga dalda berishdi. Chor Rossiyasi askarlari dastaw al 
shaharga boradigan suvni berkitib, Samarqand va 0 ‘ratepa dar- 
vozalaridan hujum qilishga kirishdilar. 15 oktyabr kuni kechqurun 
kapitan Mixaylovskiy 4 piyoda rota, 6 to ‘p va 2 mortira bilan 
Samarqand darvozasi ostonasidan joy oladi. Polkovnik Voronsov- 
Dashkov qo'mondonligidagi 2 rota, 200 kazak va 4 to ‘p shahaming 
janubi-g‘arbiy burchagiga o ‘mashtiriladi. Shahar qal’asiga hujum- 
da Mixaylovskiy, Grigorev, Voronsov-Dashkov va Pistolkars bosh­
chiligidagi qismlar qatnashgan. Chor qo‘shinlari hech qaerda bunday 
qattiq mudofaaga duch kelishmagan edi. Ulami Jizzaxda bir voqea 
hayrat va dahshatga solgan. Vatanparvarlardan bir qismi dushmanga 
asir tushishdan o iim n i afzal ko‘rib, o ‘zlarini portlatib yuborishadi. 
Rus tarixchilaridan biri ana shunday fidokorlik haqida hayratlanarlik 
bir m a iu m o t keltiradi: «Shahar himoyachilarining qahramonligi 
va qattiq qarshilik k o isatish ig a tan berish lozim. Hatto qal’adagi
124
www.ziyouz.com kutubxonasi


bir qism kishilar urushni davom ettirishga iloj qolmaganidan keyin 
porox omboriga kirishib o ‘zlarini portlatib yubordilar. Bunday qilish 
uchun yuksak m a’naviyat, katta jasorat va matonat kerak bo‘lgan».
Chor Rossiyasi qo‘mondonligi soldatlarga Jizzaxni talon-toroj 
qilishga ijozat beradi. Rossiya matbuoti, xususan, «Russkiy vest- 
nik» ro‘znomasida shahardan talangan boyliklar haqida ko‘p xabar- 
lar chop etilgan.
Jizzaxda turli-tuman boyliklar shu darajada ko‘p va bebaho 
bo iganki, bunaqasini ruslar hali ko‘rmagan edi. Ulaming orasida 
har xil qimmatli kiyim-kechaklar, tilla va kumush bilan sayqallan- 
gan yarog‘-aslaha, egar-jabduqlar va boshqa buyumlar ko‘p edi. 
Kishini hayratga soladigan turkman otlarini k o ‘rish mumkin edi. 
Turk, kavkaz va ms qilichlari bor edi. Juda ko‘p otlar q o ig a kiritil- 
gan. Hatto bir soldat ming tilla tangasi bor xaltacha «topib olgan- 
ligi» haqida ovozalar tarqalgan.
Orenburg general-gubematori Krijanovskiyning Rossiya harbiy 
vaziri Milyutinga 19 oktyabrda yozgan telegrammasida aytilishicha, 
Buxoro amirining Sirdaryo vodiysidagi so‘nggi tayanchi b o ig a n
Jizzax besh kunlik qamaldan so‘ng, 18 oktyabr kuni soat 12 da 
egallangan: «...26 bayroq, 53 ta qurol va juda ko‘p boyliklar q o ig a
tushirildi. Bizning yo‘qotishimiz, Xudoning irodasi bilan, 100 kishi­
dan kamroq b o iib , 4 zobitimiz yaralandi». Shu o ‘rinda, Q o‘qon 
hukmdori Xudoyorxonning o ‘z homiysi Buxoro amiriga nisbatan 
xoinona ish tutganini muarrixlar tarix sahifasiga muhrlab qol- 
dirganligini aytish lozim. Xudoyor hatto X o‘jand va Jizzaxda 
minglab vatanparvarlarning qonini to‘kkan general Romanovskiyga 
tabrik telegrammasi yoilagan. Unda, xususan, mana bu gaplar bor: 
«Oq podshoh bilan do‘stlikni saqlab, turli bahonalar bilan Q o‘qondan 
chiqmadim va o ‘z hududlarimni saqlash uchun 35 ming kishilik 
qo‘shinni to ‘plab, Shaytonmuzgarda turdim. Shundan so‘ng, X o ‘- 
jandda turgan amir o ‘z qo‘shini va harbiy boshliqlarini olib, 
shahami mutlaqo bo‘sh qoldirganligini eshitdim. Bu xabami 
eshitib, o ‘z qo‘shinim va zambaraklarim bilan orqaga qaytdim. 
Agar men Oq podshoh bilan do‘stlikni istamaganimda, qo‘shinim 
bilan Shaytonmuzgardan qaytmasdan X o‘jandga kirar edim... 
Olloh yordamida Siz X o‘jandni zabt etdingiz. Buni eshitib, ilgarigi 
do‘stlikni mustahkamlash uchun Sizni g ‘alaba bilan tabriklayman». 
0 ‘shanda Xudoyorxon «Oq podsho bilan do‘stlik» Farg‘ona 
saltanatiga va, qolaversa, o ‘ziga qanday qimmatga tushishini xayo- 
liga ham keltirmagan edi.
General Romanovskiyning e ’tirof qilishiga ko‘ra, Jizzax mudo- 
faachilaridan 6 ming kishi oidirilgan, 2 ming kishi asir olingan.
125
www.ziyouz.com kutubxonasi


Orenburg general-gubematori general Krijanovskiy Buxoro amirligi 
hududidagi bosqinchilik urashini bundan so‘ng qay yo‘sinda davom 
ettirish rejalarini tuzish uchun Peterburgga borib, kerakli k o is a t- 
malar olib qaytdi. Shundan keyin, u general Romanovskiyning 
Buxoro q o ‘shinlari ustidan qozongan g ‘alabasidan mamnunligini 
shunday izhor qiladi: «Sen amirni yengishga muvaffaq b o iganing- 
dan keyin, uni iskanjaga olishda davom etib, nafas rostlashiga 
imkon bermasliging zarur. Q o‘qon xoni Xudoyoming esa bizga 
vassal bo‘lishdan boshqa iloji yo‘q. Bordi-yu, bizga qarshi harakat 
boshlasa, uning masalasini ham butunlay tugatar edik».
Rossiya hukumati yangidan bosib olingan yerlami boshqarish 
va bu harakatni yana davom ettirishni muvofiqpashtirish uchun 1867 
yilning 11 iyulida Turkiston general-gubematorligini ta’sis etdi va 
uning rahbarligiga podshoh Aleksandr II bilan yaqin aloqada b o i ­
gan general K.R Fon Kaufmanni tayinladi. Turkiston xalqi istehzo 
bilan «yarim podshoh» deb atagan K.P. Kaufman mustaqil ravishda 
umsh e ’lon qilish, sulh tuzish va boshqa k o ‘plab vakolatlarga ega 
b o iad i.
Buxoro amirining o ‘sha vaqtdagi faoliyatini muarrix shunday 
tasvirlaydi: «Hukmdor muttasil qayg‘urib, - deb yozadi Mirzo 
Abdulazim Somiy, - chora-tadbirlar ko‘ra boshladi. Jizzaxdan omon 
etib kelgan kam sonli kishilaming ko‘pchiligi yarador va xasta, 
otsiz, qurolsiz edi... Amir janobi oliylari Samarqanddan Karminaga 
kelib qaror topdi. Abdulmalik t o i a (amir M uzaffaming to ‘ng‘ich 
o ‘g‘li, G ‘uzor hokimi - muall.) bilan Hisori shodmon hokimi 
Rahmonquli parvonachini Samarqandda qoldirdi. 0 ‘rislar Jizzaxni 
egallagandan o ‘n besh kun o ik a z ib beadad qo‘shin bilan lion o iti 
orqali Samarqandga ravona b o id ila r» 1.
General-gubematorlik vazifasiga tayinlangan fon Kaufman
1868 yilning 1 yanvarida Toshkentga keldi. U ham Chemyaev 
kabi Turkiston zamindagi xunrezliklami niqoblash maqsadida 
nayrangbozlik y o iig a o id i. U Rusiya davlati mavqeini mustah- 
kamlash va Turkiston o ikasidagi fojialami xaspo‘shlash maqsadida 
bir gumh tub aholi vakillarini, Markaziy hukumat bilan kelishgan 
holda, Peterburgga yuborishga qaror qildi. Bu vakillar asosan 
Rossiya davlatiga sodiq kishilardan iborat b o iish i kerak edi. 
Vakillar ro ‘yxatiga shayxulislom Nosir mullo Isoq (Turkiston 
shahridan), Qozi Mirzo Talashpan (Chimkentdan), oqsoqol Amin 
so ‘fi Shayxov (Iqon qishlog'idan), d u g ia t qabilasining biyi mayor 
Xudoybergan (Avliyootadan), qoraq irg iz qabilasining biyi Boytiq


Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish