O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Mirzo Abdulazim Somiy.
K o ‘rsatilgan asar, 67-bet.
130
www.ziyouz.com kutubxonasi


tinchlikka erishish uchun bor kuchimni sarfladim. Buxoroliklaming 
sulh shartnomasini uzil-kesil qabul qilishni atayin cho‘zishga 
qaratilgan nayranglarini sezmaslikka intilib, Rossiya bilan Buxoro 
o ‘rtasidagi sulh bitimini tuzish zarurligiga amimi ishontirishga 
ko‘p urindim. Men amir bir necha bor rus qo‘shinlari bilan b o ig a n
to ‘qnashuvlardan o ‘ziga saboq oladi, deb o ‘ylagan edim. Ammo 
amir qurol kuchi bilan o ‘zining 0 ‘rta Osiyodagi mavqeini tiklashga 
harakat qilmoqda. Agar Buxoro qo‘shinlarining to ‘planishi Ros­
siyaga qarshi qaratilgan b o is a hamda bizning chegaralarimizda 
qurol ishlatmay, tinchlikni ta ’minlashning iloji bo im asa, u vaqtda 
q o id a qilich bilan tinchlikka erishish zaruriyati tug‘iladi».
Voqealarga shohid b o ig a n kishilar va mahalliy tarixchilaming 
m aium otlariga qaraganda, chor armiyasining qo‘shinlari Yangiqo‘r- 
g ‘onni egallagach, zarbani qadimiy shahar Samarqandga qaratadi.
Cho‘ponota tepaligida mudofaada turgan Buxoro qo‘shini 12000 
piyoda, 3000 otliq, 1500 to ‘pchidan iborat edi. Ulaming yarmidan 
ko‘pini ko‘ngillilar tashkil etardi. Piyoda askarlaming bir qismi 
tepalik tagida, qolgan ko‘proq qismi esa tepalik ustida joylashtiril- 
gandi. Piyoda askarlaming o ‘rta va orqa tomonini otliq sarbozlar 
egallagan. Tepalikning oraliq qismiga 20, boshqa joylariga yana 
20 to ‘p o ‘matilgan edi.
1868 yil 1 may kuni Buxoro qo‘shinlari bilan dushman askarlari 
o ‘rtasida Cho‘ponota tepaligida Samarqand uchun hal qiluvchi jang 
b o iad i. Minglab yurt fidoyilarining qoni to ‘kilgan bu tepalikda 
istilochilar keyinchalik g ‘alaba tantanasi sifatida xochqubbali 
baland yodgorlik minorasini o ‘rnatdilar. Unga jangda ishtirok etgan 
Turkiston yo‘nalishi (liniyasi) batalonlari, rotalari, Orenburg kazak 
polki boiinm alari va ulaming zobitlarining nomlari bitildi.
Harbiy axborotlarda Samarqand C ho‘ponota tepaligidagi jang- 
dan so‘ng, 2 mayda jangsiz egallanganligi aytiladi. Ammo, uning 
haqiqiy tafsilotlari atay unutiladi. Ruslaming Samarqandni egalla- 
shida yordam bergan xoinlar tilga olinmaydi. Bu xususda mahalliy 
muarrixlarning guvohligi e ’tiborga loyiqdir. Aytilishicha, 1868 yil 
2 mayda Samarqand sotqinlaridan bir guruhi fon Kaufman huzuriga 
kelishadi. Ularni mamnuniyat bilan qabul qilgan general-gubema­
tor bu xiyonatkorlarga Rossiya soldatlarini shahar darvozasida, 
ulaming odatiga ko‘ra, non-tuz bilan kutib olishni buyuradi. Shundan 
keyin Kaufman boshchiligidagi dushman qo‘shini qozikalon, katta 
oqsoqol va boshqa amaldorlar kuzatuvida shaharga kirib keladilar.
General-gubemator g ‘alaba munosabati bilan Peterburgga tuban- 
dagicha axborot yuboradi: «Siz imperator oliy hazratlarini 0 ‘rta 
Osiyoning qadimiy va mashhur shahari, o ‘zining shon-shuhrati bilan
www.ziyouz.com kutubxonasi


g'ururga sabab musulmonlaming markazi Samarqandning egalla- 
nishi bilan tabriklayman!» Rus rassomi va zobiti V.Vereshchagin 
yozadi: «Biz hammamiz, y a’ni Samarqandni zabt etuvchilar, general 
Kaufman izidan borib, amir saroyida joylashdik. Nihoyatda baland 
va keng xonalardan iborat asosiy binoni general, saroy atrofidagi 
uylami biz - qarorgoh a ’zolari egalladik. Mening qadrdonim, general 
Golovachev chekiga esa, amiming sobiq harami tushdiki, ilgarilari 
har qanday mard, jasur jangchining ham qadami bu yerga yetishi 
amri mahol edi. Tabiiyki, biz kelguncha qushchalar qafaslardan 
bo‘shalib, uchib ketishga ulgurishgan ekan. General Kaufman 
xonalari bilan bizning xonalarimiz Temurlangning mashhur taxti 
turgan xonaga tutashib ketgandi. Muhtasham saroy aylanasini 
hashamatli y o ia k lar tashkil etardi. Turli chiroyli b o ‘rtma naqshlar 
bilan zeb berilgan bu xonada katta oq marmar b o ia g i - ulug'vor 
taxt - ko‘ktoshning ayni o ‘zi turardi. Bu saroyga butun Osiyo 
va Yevropaning ko‘pgina joylaridan hukmdorlar hamda elchilar 
tashrif buyurishgan, ta ’zim bajo keltirishgan, tobelik va sadoqat 
ramzi sifatida qimmatbaho sovg'a-salomlar keltirishgan. Temur- 
lang bu taxtda viqor to ‘kib o ‘tirib, ko‘p sonli vassallarini qabul 
qilardi. Men ko‘pincha general Kaufman bilan hozir biz zabt etgan 
joylam ing tarixi, bu yerga kelishga ulgurgan sayyohlar, kitoblar 
va hokazolar haqida fikr almashgan holda zalda aylanib yurardim».
K.P.Kaufman 1868 yil 3 mayda shahaming kattalari, din pesh- 
volari va, umuman, nufuzli kishilar ishtirokida qabul marosimi 
o‘tkazadi. Bunda bir to'da sotqinlar shahami Oq podshoh panohiga 
olganligi va rus qo‘shinining «saxiyligi» uchun K.P. Kaufmanga 
minnatdorchilik bildirishib, xalqni Oq podshohga sodiq b o iish g a 
da’vat etishlarini va’da qildilar. K.P. Kaufman yaloqxo‘rlarga 
to ‘nlar kiygizadi, b a’zilarini imperator nomidan kumush medallar 
bilan mukofotlaydi. Birinchi nishon shahaming «umshsiz taslim 
b o iish ini» izhor etgan to ‘da b o sh lig i - qozikalonga berildi. Ammo 
qozikalon, meni xalq islomdan qaytgan kishi sifatida k o isatad i 
va ta ’na qiladi, deb medalni olishdan bosh tortadi. Bunga javoban 
fon Kaufman shunday deydi: «Yaxshi, men medalni chakmoning 
ustiga taqmasligingga roziman. Lekin uni olib, buyuk Oq podshoh 
tasvirini yuragingda saqla. M aium k i, imperiya tarkibida ko‘p 
millatli musulmonlar farog‘atda yashab, ularga o ‘zlarining diniy 
e ’tiqodlarida qolish xuquqlari berilgan. Yaqindagina Samarqandning 
Oq podshoh panohiga olinishini so ia g a n sen emasmiding?» Shundan 
keyin qozikalon medalni olib, uni k o ‘kragiga taqib yurishini aytadi. 
Istilochilar mukofotiga «sazovor» b o ig a n boshqa sotqinlar ham yer 
o ‘pib o ‘z minnatdorliklarini izhor qilib, hamma vaqt nishonni taqqan
132
www.ziyouz.com kutubxonasi


holda Kaufmanga ko‘ringanlar. Qozikalon ham yuragining ustiga 
taqilgan medalni har gal harbiy okrug b o sh lig i bilan uchrashganda 
namoyish qilib turgan.
1868 yil 4 mayda K.P.Kaufman Samarqand shahri va atrof 
aholisi nomiga murojaatnoma yozadi: «Ulug1 rus podshohining 
panohida yashashni xohlovchi turli shahar va qishloqlar vakillarini 
qabul qilib, m a'lum qilamanki, hamma odamlar o ‘z uylarida 
va yerlarida yashab, mol-mulklaridan foydalanaversinlar. Katta 
shaharlarga keragicha muftiylar va a ’lamlar qo‘yiladi. Barcha 
kishilar tinch va bir-birlariga dushmanlik qilmasdan yashashlari 
uchun 
oqsoqollarga, qozilarga, maxdumi 
a ’zamlarga hamda 
muftiylarga general-gubernatoming imzosi chekilib, muhri bosilgan 
yozma buyruqlar beriladi. 0 ‘zlaringizning kasblaringiz va savdo- 
sotiqlaringiz bilan shug‘ullanaveringlar. Oq podshohning hukmi 
bo‘yicha shariat eskicha o ‘z kuchida qolaveradi.
Har biringiz masjidlarda Oq podshoh va uning oilasining 
s o g iig ‘ini so‘rab, duo qilinglar!
Sirdaryoning chap va o ‘ng qirg‘oqlaridagi Rossiya tasairufiga 
o ‘tgan yerlardan xazina foydasiga belgilangan tartibda xiroj va 
boshqa soliqlar olinadi. Agar amiming odamlari qishloqlarga 
kelishib, soliq to ‘plasalar, u vaqtda ular tutilsin va boshliqlarga 
topshirilsin. Sizlarning gubernatoringiz va boshlig'ingiz etib. general 
Golovachevni tayinladim».
Shu bilan birga general-gubemator Buxoro amiriga quyidagi 
sulh shartlarini yuboradi:
1. «A’lohazrat, Rossiya imperatori janoblari hukumatiga man­
sub b o ig a n yerlarga avvaldan ishg'ol etilgan, Koshg‘ar, Dovon, 
Nurota to g iari shimolidan tashqari. Oq podshoh tobeligiga o ‘tishni 
iltimos qilgan Samarqand shahri o ‘z muzofotlari bilan Rossiya 
tarkibiga kiradi. Janub tomondan bu o ik a Shahrisabz to g iari bilan 
chegaralanib, Zarafshon vodiysi va Nurota to g ia ri o ‘rtasidan o ‘tadi. 
Buxoro bilan boiadigan chegara esa, shu sulh bitimi amir janobi 
oliylari tomonidan taklif etilgan shartlar bilan qabul qilinib, ular 
o ‘z muhrlarini bosib qaytarganidan so'ng aniqlanadi. Shundan 
so'ng, chegara g ‘arb tomondan Nurota to g iarin in g eng baland 
joyidan va Buxoro hududida joylashgan Nurota qal’asidan o ‘tadi. 
Shu yerdan Qizilqum sahrosi o ‘rtasidan o ‘tib. B o‘kantog‘ orqali 
Yangidaryo quyilishigacha o ‘tadi.
2. Hamma rus fuqarolari, qaysi dinda boiishlaridan q at’i nazar, 
Buxoroga va uning boshqa joylariga borib, savdo qilish huquqiga 
ega boiadilar. Buxoro amirining fuqarolari ham ilgarigidek, Ros­
siya imperiyasi bilan savdo qilishlariga ijozat beriladi. Amir janobi
133
www.ziyouz.com kutubxonasi


oliylari Rossiya fuqarolarini karvon va barcha mol-mulklari bilan 
himoya qilib, ularning o ‘z mulki hududida xavfsizligini nazorat 
qiladi.
3. Rossiya savdogarlari uchun Buxoro shaharlarida va ular 
xohlagan joylarda o ‘z mollarini saqlash uchun karvonsaroylar 
qurilishiga ijozat beriladi. Rossiya shaharlarida ham Buxoro savdo 
ahli uchun shunday huquq beriladi.
4. Savdo ishlarining to 'g 'ri borishi va qonuniy boj olinishini 
nazorat qilish uchun rus savdogarlari o 'z ixtiyorlari bilan Buxoro 
amirligining har bir shaharida o ‘zlarining karvonboshilari bo'li- 
shiga huquqlidirlar.
5. Rossiya hududidan, Buxoroga yoki Buxorodan Rossiyaga 
olib boriladigan tovarlardan Turkiston o'lkasida olinadigan hajmda, 
har holda, Buxoroning aholisi bilan bir xilda, y a’ni molning umumiy 
qiymatidan 2,5 foiz miqdorida boj olinadi»1.
Fon Kaufman, ayni vaqtda, Buxorodan katta tovon olinishini 
eslatishni ham unutmagan.
Buxoro amiri Muzaffar Samarqand voqeasidan dahshatga tushib 
va jahl ustida ushbu shum xabami keltirgan kishini osib o'ldirishga 
hukm qiladi. Amiming chorasiz va ilojsiz vasvasasi asta-sekin 
yig‘iga aylandi. U «xudo meni Samarqanddan mahrum qilgandan 
ko'ra, jonimni olgani yaxshi edi!», deb nolayu fig'on chekdi. 
Darhaqiqat, bir vaqtlar ulug' poytaxt bo'lgan bu shahami bosib 
olinishi katta musibat ediki, bu voqea butun dunyoda kuchli aks- 
sado beradi. Amir o 'z lashkarboshilari bilan o'tkazgan kengashda 
birinchi bo'lib so 'z olgan Usmonbek yig'ilganlam i faol harakat 
qilishga undaydi: «Xonlik xalqi urushni davom ettirishni talab 
etayotgan bir paytda, dushmanga tovon to'lagandan ko'ra, bir 
tomchi qon qolguncha kurashgan afzalroqdir»2. Kengash qatnash- 
chilari bu fikrni yakdillik bilan m a’qulladilar. Amir Muzaffar bor 
kuchini jam lab, Samarqandni qaytarib olishga kirishdi. Tez orada 
15 ming otliq, 6 ming piyoda va 14 ta to'pga ega bo'lgan Buxoro 
qo'shini Zirabuloq tepaligiga kelib o'm ashadi. Sarbozlami ruhlan- 
tirish va g'alabaga chorlash niyatida amir Muzaffar ularga shunday 
murojaat qiladi: «Sodiq musulmon fuqarolar! Sizlar chekkan zah- 
matlaringiz uchun rahmat! Sizlami ishontiramizki, g'alaba biz 
tomonda b o ig 'a y . Samarqand va K attaqo'rg'onning qo'ldan ketishi 
biz uchun unchalik katta talafot emas. Biz temuriylar avlodimiz,

S ulh shartnom asi 1868 yil 11 m ay d a yuborilgan. Q a r a n g: Z iyoev 
H am id. K o 'rsa tilg a n asar, 2 6 7 -2 6 8 -b etla r.
: 0 ‘sha joyda.
134
www.ziyouz.com kutubxonasi


o 'z yerimizni qanday qilib qaytarib olishni ko‘rsatib qo‘yamiz. 
Musulmonlar! Men dinimiz va Vatanimiz uchun musulmon ahlining 
qahramonona jang qilishini dushman ko‘z o ‘ngida namoyon 
etishingizga umid qilaman. Xalq bizdan g'alaba kutayapti, u jang- 
Jan so‘ng sizlarni qarshi olganda din va Vatan himoyasi uchun 
kurashgan va yerimizni bosqinchilardan tozalaganlar, deb aytsin. 
Zirabuloq jangi maydonida halok bo'lganlar sharafiga shonli 
yodgorlik o'm atiladi. Musulmonlar! Turkiston general-gubematori 
talab qilayotgan 125 ming tilla sovg‘a sifatida sizlarga beriladi. 
Ishonchim komilki, sizlar mening umidlarimni ro‘yobga chiqarib, 
samarqandliklaming choponidagi qora dog'ni yuvasizlar. Musul­
monlar, sizlarga zafar yor bo‘lsin!». Ushbu murojaat to ‘plaming 
gumbur-gumburi ostida o ‘qib eshittirildi. K.P. fon Kaufman qo'mon- 
donligidagi chor qo'shinlari bilan himoyachilar o ‘rtasida jang bosh­
landi.
Urush taqdirini Zirabuloq jangi hal qiladi. Bu umshda ham 
boqinchilar xiyonat tufayli g ‘alaba qozonadilar. Tarixchi Mirzo 
Salimbekning yozishicha, millati rus bo‘lib, keyin asirlikda islom 
dinini qabul qilgan va amir qo‘shinida oliy martabaga erishgan 
Usmon to'qsabo hal qiluvchi daqiqada amirga xiyonat qiladi: 
«Turkiyalik sarkarda Hoji To‘qqir so‘l tarafdin o ‘rislarga hujum 
qilib, ulami tang ahvolga solib qo‘ydi. Ular yengilay deganda 
Usmon to ‘qsabo chekinish kamayini chalib, o 'z lashkarini orqaga 
qaytardi». Taraflam ing kuchlari va qurol-yarog‘lari xususidagi 
m a’lumotlar tahlil qilinsa, ms qo'shini muvaffaqiyatining yana bir 
siri ochiladi. Buxoro qo'shinlari son jihatdan ortiq, y a’ni olti ming 
sarboz va 15 ming otliqdan iborat b o is a ham, ulaming qurol- 
yarog‘lari va harbiy anjomi ibtidoiy edi. Rossiya piyoda va otliq 
qo'shinlarining umumiy soni 2 mingdan oshmasa ham, ulaming 
bari saraiangan, kasbi-kori urush bo'lgan harbiylar edilar. Orenburg, 
Urol kazaklari, liniya batalonlari, to'pchilar brigadasi boy harbiy 
malakaga ega va urush ko'rgan, tajribali askarlar hamda zobitlar 
bo‘Iib, ulaming ixtiyorida zamonaviy 14 to ‘p va 6 raketa mosla- 
masi bo'lgan. Umsh taqdirini qilich emas, harbiy texnika hal qiladi. 
Rossiya qo'shinlarining Zirabulokdagi g'alabasi shu jihatdan tabiiy 
edi. Bu voqealardan ogoh bo'lgan qarshilik shoir Xayoliy:

Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish