ko ‘ra, qochib qutilgan piyodalardan Karmanada bori-yo‘g ‘i 1000
kishi to'da bo‘libdi»'. Demak, Zirabuloq jangida Buxoro qo'shini-
ning deyarli hammasi qirib tashlangan.
Zirabuloq jangi davom etayotgan
kunlarda Samarqanddagi
dushman gamizoniga hujum qilgan Abdumalik to'ra, Jo ‘rabek,
Bobobek (Hakimbek o 'g 'li - muall.) va boshqa o ‘zbek, tojik,
turkman, qoraqalpoq, qozoq qavmlari boshliqlarining 8 iyunga
qadar urush harakatlarini davom ettirganliklarini alohida ta’kidlash
lozim. Kaufman harbiy vazirga yo‘llagan m a’lumotnomasida
Samarqandni qamal qilgan shahrisabzliklarning 25 ming, Odil
dodxoh boshliq xitoy-qipchoqlaming 15 ming, Husanbek, Abdul
G 'afforbek va Umarbek rahbarlik qilgan samarqandlik, urgutlik,
panjikcntlik, naymanlik, turkman, qoraqalpoqliklaming adadi 15
ming atrofida bo‘lib, jam i 50 ming kishini
tashkil etganligini juda
oshirib ko'rsatadi. Biroq u Turkistondagi zafarli yurishi tarixida
ilk da’fa, «Samarqand gamizonidagi yo‘qotish juda katta»2, deb
e ’tirof etishga majbur bo'ladi.
Anglashiladiki, Vatan taqdiri hal bo‘layotgan damlarda, amir-
dagi sustkashlik, irodasizlik xonlikning mard, jasur farzandlariga
xush kelmagan. G.A. Arandarenko,
nima sababdandir, o ‘zi guvoh
bo'lgan bu qarshilik harakatidan ko 'z yumadi. Holbuki, Qarshi,
Shahrisabz va Kitob uchun istilochilar yana, kamida ikki yilga
yaqin vaqt sarflab, zarbdor kuchlarini jangga tashlashga majbur
bo'lgan edi. Buxoroda uzoq yillar yashagan, o 'ta mustabidona
qarashli D.N. Logofet,
har holda, amir lashkari uzil-kesil tor-
mor etilgandan so‘ng ham, istilochilarga qarshi mardonavor bosh
ko‘targan, Vatan ozodligi yoMida hayotini tikkan jasur, botir o 'g ‘lon-
lar bo‘lganligini istar-istamas, g'ijinib bo‘lsa-da, tilga oladi.
0 ‘zbeklaming, umuman, bosqinchilarga qarshi kurashgan Bu
xoro amirligi aholisining tabiatan bahodir, shijoatli bo‘lganligini
shubha ostiga olish, bu mamlakat tarixidan
xabarsizlikdan yohud
nopisandiikdan bo‘lak narsa emas. Darvoqe, Abdumalik to ‘ra
qo‘shini zo'rlik va zug'um emas, xohish va talab bilan jam bo'lgan
vatanparvarlar, birgina o'zbeklar emas, tojiklar, qozoqlar, turkman-
lar, qoraqalpoqlardan ham tarkib topgan edi. Abdumalik to'raning
Qarshida katta obro‘-e’tiborga ega bo‘lganligini o ‘sha paytda
yaratilgan asarlar dalolat etadi. Qarshilik shoir Xayoliy devonida’’,
1 O 's h a joyda.
: 0 ‘sh a a s a r, 188-bet.
3
Ravshanov Olim.
K o 'n g lim a m ing tu rlik orim bor. «Y ozuvehi», 1997 yil, 5
noyabr.
139
www.ziyouz.com kutubxonasi
masalan, «Tarixi xazrat Shahzodai oliymaqom» degan she’r
berilib, unda Katta to ‘ra - Abdumalikning Qarshiga tashrifi k o ‘ta-
rinki ruh bilan talqin etiladi:
N e x u s h y il bo'ldi bul yil, Qarshi uzra komron kelmish,
Sayid hazrat M uzaffar о ‘g ‘li - shohbozi jahon kelmish.
Hayoliy valiahd Abdumalik to 'raning Qarshiga kelishi tarixini:
Hayoliy om ilig' birlan dedi ta ’rixi Shahzodin -
Ming ikki yuzu sakson uchga toju xisravon kelmish, -
satrlarida ko‘rsatadi.
1283 hijriy yil milodiy hisobda 1866/67 yilga to ‘g ‘ri keladi.
Binobarin, Abdumalik to 'ra atrofida jam
boMayotgan vatanparvarlar
bosqinchilarga qarshi qariyb bir yarim - ikki yillik tayyorgarlik
ko‘rganlar.
Abdumalik to‘raning lashkari y o ‘lga chiqqanda, Abdulazim
Somiy aytganidek, «gubemator keragicha qo‘shini bilan K attaqo‘r-
g’onda Buxoro lashkariga qarshi turgan edi. Samarqandda dushman
qo‘shinining uncha katta boMmagan qismi qolgan edi»1.
G ‘uzor, Qarshi, Hisor, Shahrisabz, Kitob,
Sherobod, xullas,
Janubiy bekliklardan jam boMgan katta qo‘shin bilan kelgan
Abdumalik to'ra bosqinchilar turgan istehkomni qamal qiladi. Shu
orada amirlikda katta nufuzga ega b o ig a n «Umarxon eshon Max-
dumi A’zam katta guruh bilan to ‘raga yordamga» yetib keladi.
Xitoy-qipchoq, qoraqalpoq, tojik qavmlari ham Abdumalik to ‘ra bilan
ittifoq b o ‘lib dushmanga qarshi otlanadi.
Muarrixning guvohlik berishicha, amir lashkari bilan chor
qo‘shini K attaqo‘rg‘onda jang holatida turganida, Samarqand
qamali xabari eshitiladi. Bu xabar bosqinchilardan ko'ra. amir
Muzaffami qattiq tashvishga soladi va Abdumalikni oradan ko'tarib
tashlash paviga tushadi. Mirzo Abdulazim
Somiy bu haqda iztirob
bilan shunday yozadi: «Qachonki, to'ra Samarqandni egallaguday
bo‘lsa, g'oliblik yalovini коЧагаг, bundan shohlik qadri tushib,
odamlar, shubhasiz, undan bo‘lak hukmdomi xohlamagan boMardi,
shu bois amir uning m ag‘lubiyati va halokatini istardi»2.
Bosqinchilar amir uchun og‘ir bo'lgan vaziyatda fursatni
boy bermay, Buxoro q o ‘shini
bilan jang qiladilar, Samarqandga
qo'shim cha kuch yubormaslik m a’qul topiladi. Ikki o'rtada umsh
boshlanadi. Amir lashkari yengiladi. Bu jangda kuchlar nisbati
1
Do'stlaringiz bilan baham: