O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Mirzo Abdulazim Somiy.
IC o'rsatilgan asar, 85-bet. 
? 0 ‘sha asar, 86-bet.
140
www.ziyouz.com kutubxonasi


dushman foydasiga ortiq b o isa-da, Buxoro lashkaridan jon 
berib-jon olgan jasur sarbozlar ko‘p edi. Dushman K attaqo'rg‘on 
urushida g ‘olib kelgan boisalar-da, o ‘zlari ham katta zarba yegan- 
larini his qiladilar. «Buxoro lashkari dushmanning ko‘zini ochib, 
chekinishga majbur qildi»1, deydi tarixchi.
Karmanada turgan amir Muzaffar ikki o ‘t orasida qolgan edi. 
Bir tomondan, dushmanning qo‘li baland kelib, tobora uning 
qarorgohiga yaqinlashib kelayotgan b o isa, boshqa tarafdan, Abdu­
malik to ia n in g e ’tibori oshib, Samarqand bo‘sag‘asida ularga tahdid 
solayotgan, maboda zafar quchgudek b o isa , Buxoro taxti uning 
q o iig a o ‘tishi muqarrar edi. Mirzo Abdulazim Somiy bu haqda, 
«amir Xorazmga ketishga qat’iy qaror qildi»2, deydi. Amirning 
hafsalasi pir b o iib , umid va ishonchi qolmagan, Xorazmdan 
boshpana topishdan o ‘zga chora yo'q, deb hisoblagan paytida, 
esiga Shukurbiy inoq tushib qoladi. Shukurbiy inoqning amir 
oldida hurmati katta, umuman, arkoni davlat orasida nufuzi baland 
edi. Shukurbiy inoq ancha kundan beri hibsda saqlanayotgandi. 
Shukurbiy inoqning hibsga olinishining sababi, Mirzo Abdul­
azim Somiyning ko‘rsatishicha, bosqinchi qo‘shinlar Jizzaxdan 
Samarqandga borish yo iid ag i 
Soy-bo‘yi 
qal’asida turganla- 
rida, Buxoro lashkari G ‘ishtko‘prikda muqim edi. Amir Muzaffar 
ish k o ig a n , aqlli sardor Shukurbiy inoqni lashkar boshlig‘i qilib 
tayinlaydi. Shu orada Shahrisabz va Kitob bekliklaridan 2 mingta 
sarboz Shukurbiy inoqqa kelib qo‘shiladi. Shahrisabz va Kitob 
hokimlari unga xat yozib, yurtga yov kelganda amir bilan bizning 
ixtilof qilib turishimiz to ‘g ‘ri b o im as, ittifoq b o iib jang qilaylik, 
amir bilan bizni yarashtirib qo'ying, degan taklifni o'rtaga 
qo‘yadilar. Shukurbiy inoq ularning gapini m a’qullaydi va kelgan 
lashkarga joy ko‘rsatadi. Biroq, ayrim hasadgo'ylar buni amirga 
teskari tushuntiradilar: go‘yo
Shukurbiy inoq kenagaslarga qo‘shilib, ular bilan amirga 
qarshi fitnaga til biriktirgan emish. Soyasidan ham hadiksiraydigan 
b o iib qolgan amir ig‘voga ishonib, G ish tko 'p rik ka Abdulqodir 
devonbegini jo'natadi, Shahrisabz lashkariga javob berishni, Shu­
kurbiy inoqni esa yaxshi gap bilan huzuriga olib kelishni topshiradi. 
Endi, amir ikki o ‘t orasida qolgan, taxtu baxtidan ajralay deb turgan 
paytida siyosat yurgizishni yaxshi biladigan, mulohazali Shukurbiy 
inoqdan ham maslahat olish ortiqcha b o im as, deb hisoblaydi.
1 O 's h a joyda.
: 0 ‘sha asar, 87-bct.
141
www.ziyouz.com kutubxonasi


Shukurbiy inoq garchand zindondan chiqib kelgan bo‘lsa-da, 
gina-quduratni bir chetga qo'yib, amirga shunday maslahat beradi: 
«Xorazmga qochmoq yov q o iig a bandi bo‘lmoqdan yuz karra 
yomondir, zero, hujum qilib kelayotgan qo‘shindan qochish jazoni 
oshirgani kabi, gunoh hamda sharmisorlik hisoblanadi. Bordiyu 
dushmanga asir b o ‘lmoq esa, olijanob va baxtli xotimotdir. Endi, 
Samarqandning qo‘ldan ketganligi, yovning shijoat ko‘rsatganligi 
bois qayg‘uga botish, o ‘zni xor qilish o ‘rinsiz. Aksincha, xudoni 
dilga solib, qat’iyat bilan ish tutmoq lozim. Bu ko‘hna olam 
bunday o ‘zgarishlarning qanchasiga guvoh b o ‘lgan, binobarin, 
Samarqandning qo‘ldan ketishi Buxoro davlatining halokatiga 
sabab b o ‘lolmas. Nechunkim, burungi zamonlarda ham aksar vaqt u 
boshqa hukmdorlarga tobe b o ‘lib kelgan. Bordiyu amiming bezov- 
taligi yovning jasurligi tufayli bo‘lsa, bundan ortiq xavfsirash 
to ‘g ‘ri b o im as. Negaki, gubemator imperatoming k o ‘pdan-ko‘p 
boshliqlaridan biridir. Ruslarda mavjud b o ig a n odatga ko'ra, huku- 
matdin yana boshqa topshiriq b o im asa, uning hukmdor irodasidan 
o ‘zga harakat qilishi m arg‘ub tutilmas. Shu kunlarda Kaufman 
Samarqand qamali haqida xabar olgan ekan, shubhasiz, uni bartaraf 
etishni muhim deb bilur va sulhga moyillik bildimr. Davlat ravnaqi 
uchun, zudlik ila gubem ator oldiga kimnidir yo ‘llash, yarashuv 
ahdini o ‘rtaga solish kerak. Siz esa baxt-saodat ila y o ‘lga chiqib, 
Buxoroga qutb misol kirib, davlatxona markazidan joy olm og‘ingiz 
darkor»1.
Amir Muzaffarga Shukurbiy inoq maslahati m a’qul tushib, 
Xorazmga qochish qaroridan qaytadi. Gubemator Kaufmanga elchi 
bilan maktub y o ila b , do‘stlik va sulhni taklif etadi. Kaufmanning 
ham, Shukurbiy inoq aytganidek, yarashuvdan o ‘zga chorasi y o lq 
edi. Shunday qilib, Amirlik va Rossiya o'rtasida sulh qaror topadi. 
Shirinxotun mavzesidagi ko‘prik oraliq chegara deb e ’tirof etiladi. 
Bu sulhning vujudga kelishi va kuchga kirishi 1868 yilda yuz beradi.
Dushman bilan sulhga erishib, o'zini bir qadar tutib olgan 
amir Muzaffar bor kuch va imkoniyatini o ‘g ‘li Abdumalik to'ra va 
uning tarafdorlarini mahv etishga qaratadi. Mirzo Abdulazim Somiy 
ta ’kidlaydiki, «hukmdor to ‘raning ishlari yurishib, g ‘alaba qilgudek 
b o isa , shak-shubhasiz, hokimiyat unga o ‘tib, podshohlikni d a’vo 
qila boshlaydi, degan xavfda edi. Shu bois, to'raning obro‘sini 
to ‘kish, o'jarligini jilovlab qo'yish tadbirlarini ko‘ra boshladi»1.
Amir Muzaffar bosqinchilarga qarshi amirlik hududida katta 
m avqe’ va xalq ishonchiga sazovor bo'Iib, kurash boshida turgan


Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish