O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


Samarqand qo‘zg‘aloni. Shahar fojiasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Samarqand qo‘zg‘aloni. Shahar fojiasi
1868 yil 1 iyunda Samarqandda k o ‘tarilgan qo‘zg‘alon haqida 
Turkiston general-gubematori K.R fon Kaufmanning esdaliklari 
diqqatga sazovordir: 1 iyun kechasi Samarqand oqsoqollari mening 
tarafimdan qoldirilgan komendant mayor baron fon Shtempelning 
uyiga kelib murojaat qildilarki, go‘yo shahrisabzliklaming shaharga 
kirish maqsadida qiladigan hujumining oldini olish uchun X o‘ja 
Ahror darvozasi tomonga bir bo‘linma yuborishini so‘rashgan. Shu 
maqsadda jo ‘natilgan gumh darvoza yaqinida dushman y o ‘qligiga 
amin b oigan. Ammo C ho‘pon-ota tepaligida sanoqsiz otliq to ‘da- 
larga ko‘zlari tushgan. 2 iyun kuni tongda mazkur oqsoqollar yana 
shikoyat bilan keldilar. Mayor fon Shtempel ikki to ‘p va ikki rota 
askar bilan darvozaga keldi va chekinayotgan kichik bir to ‘da bilan 
to‘qnash kelib, otishma boshlandi. Shu o'rtada b a’zilar Samarqand 
xalqining tinch turganiga ishora qilib, darvozadan o ‘ng tarafga 
qarab o 'q otmaslikni so‘raydi. Lekin tezda m a’lum b o ‘ldiki, dushman 
X o‘ja Ahror darvozasidan o ‘ngga - Buxoro darvozasi tarafga 
o'tayotgan ekan. Shunda mayor o ‘sha tomonga hujum qilib, dush­
man to'dalarini tarqatib yubordi va qal’a istehkomiga qaytdi. Ora- 
dan biron soat o4gandan keyin butun shahar aholisining bizga 
qarshi qo‘zg‘olgani m a’lum b o ‘idi. Dushman to ‘dalari aholi 
hamroxligida har tomovdan istehkomga yaqinlasha boshladi. 
Askarlarimiz hujum qilinishi taxmin qilingan joylam i oldindan 
ishg‘ol qildilar. Shahrisabzliklar va Samarqand xalqi o ‘sha joylarga 
qattiq hujum uyushtirdilar. Lekin ulaming hujumlari qaytarildi. Tun 
bo'yi otishmalar to ‘xtamadi. B a’zi o ‘rinlarda gamizon askarlarining 
holi juda og‘ir bo‘ldi. Askarlar faqat toqat va jasorat tufayli o ‘zlari- 
ning charchaganliklarini his qilishga yo‘1 bermadilar.
147
www.ziyouz.com kutubxonasi


Keyingi jang, 3 iyun kungi hujum, kechagidan ham qattiqroq 
b o ‘ldi. Lekin shahrisabzliklar soat 3 larda Urgut y o iid a n chekina 
boshladilar. Qamal qiluvchilar ham istehkom atrofini tashlab ket- 
dilar. Kunduz soat 5 larda dushman bogiard an chiqib kelib, yan- 
gidan hujum qildi. Orom olish uzoqqa cho‘zilmadi. Otishma 
boshlandi. Ikki kun mobaynida birinchi marta odamlarimizdan yuz 
ellik nafari safdan chiqdi. Shu tariqa, talafot davom etaversa, ikki 
kunda istehkomning barcha devorlarini muhofaza qilish imkonidan 
ajralamiz. Biz shunday fikr bilan o ‘zimizni ovutdik, dushman 
istehkomga kirib oladigan b o is a , biz amir saroyida jam b o iib , 
oxirigacha mudofaa qilamiz, ammo bu yoqqa ham kiradigan b o isa , 
dorixona va to ‘p o ‘klarini portlatib, nobud qilajakmiz. Baxtga 
qarshi oxirgi kunlarda dushmanning tazyiqi ancha susaydi. Ular 
uyushtirayotgan hujumlarni gamizon osonlik bilan qaytara oladi­
gan b o iib qoldi. Shunda ham muhoraba shiddat bilan davom etardi. 
8 iyun kuni, ilg‘or qismlarimizning yordamga yetib kelgunicha, 
gamizon ahvoli juda yomon edi».
General Kaufman garnizon zobitlari va askarlarini orden va 
medallar bilan taqdirlab, ular sha’niga maqtovlar bitilgan buymq 
chiqaradi. M ukofotlanganlar orasida keyinchalik o ‘z asarlari bilan 
tanilgan rassom-praporshchik V.Vereshchagin ham bor edi. Xuddi 
ana shu zobit-rassom o ‘z m o‘yqalami bilan chizgan rasmlari va 
yozgan 
xotiralarida Samarqandda b o ig a n qirg'inni 
oshkora 
takabburlik bilan ro‘y-rost aks ettirdi. 1868 yil 8 iyunda fon 
Kaufman b u y ru g i bilan shuhrati olamga ketgan sohibqiron Amir 
Temur davlatining poytaxti birvarakayiga to ‘pga tutiladi. Shaharni 
batamom yoqib yuborish haqida buyruq olgan askarlar va zobitlar 
q irg in boshlaydilar. 9 iyunda minglab kishining yo stigin i quritgan 
Samarqand fojiasi boshlanadi. Qatli om uch kun davom etadi. 
Yuzlab odamlar hech qanday tergovsiz, s o io q siz otib tashlandilar. 
Vereshchagin o ‘z xotiralarida o ik am izda qonli va dahshatli iz 
qoldirgan polkovnik Nazarovning qilmishlari to ‘g ‘risida yashinnay, 
haqqoniy hikoya qilgan. Uchiga chiqqan maishatboz, a ro q x o i zobit 
begunoh kishilami qirish, ko‘hna masjidlami, buyuk obidalami 
yondirib, yer bilan yakson qilishda ayniqsa jonbozlik ko isatadi. 
Butun vujudini mahalliy xalqqa nisbatan nafrat va yovuzlik egallagan 
bu zobit o ija g a olingan bayroqni askarlariga paytava qilib ulash- 
adi. U «Samarqandning yondiruvchisi» b o iib tarixga kirish, «nom 
qozonishdek» manfurlikdan o'zini tiya olmaydi. V.Vereshchagin 
bu manzaralami shunday tasvirlaydi: «Qaerdan o ig a n b o isak , 
orqamizdan qora tutun burqsib ko'tarilardi». V.Vereshchagin 
mahalliy aholini q irg in qilish, unga azob berish, qiynash manzarasini
148
www.ziyouz.com kutubxonasi


tasvirlar ekan, mustamlakachilaming g'alabalaridan mag'rurlanadi. 
«Men, osilgan, endi tanasi chiriy boshlagan jasadlami chizganman, 
men bir mullavachchani minoradan uloqtirganman», - deb maqta- 
nadi jallod musavvir.
V.Vereshehagin, agar Samarqand bundan oldinroq yondirilgan- 
da edi, xavfsizlik ta'm inlanib, mazlum aholi bosh ko‘tarolmasligi 
haqida shunday deydi: «Bu shunchaki xavfsizlik uchun zarur bo'lgan 
yong'inni bosh qoinondon (Kaufman) ancha ilgari amalga oshirishi 
kerak edi. Tabiiyki, u azbaroyi oqko‘ngilligi tufayli hamda aholiga 
ortiqcha zarar yetkazmaslikni o'ylab bunday qilmagan. Oqibatda 
ancha odamimiz o idirildi. Buning ustiga qal’adan ajralishimizga 
sal qoldi, mabodo engilganimizda, butun 0 ‘rta Osiyo xalqi qo'z- 
g ‘alib ketgan boiardi».
Vereshchagin «oqko‘ngil» deb atagan Kaufmanning zolimligini 
rassomning keyingi so‘zlari ham tasdiqlaydi: «Olijanob Kaufman 
keskin choralar zarurligini mutlaqo anglagan holda, ataylab 
Samarqanddan bir necha chaqirim uzoqda tunagan. Bu bilan ko‘p 
sonli aholi, ayniqsa, ayollar va bolalar qochib ketishiga imkon 
bergan. Endi bo'lsa, shaharni rosmanasiga vayron ailish, hech kimni 
va hech narsani ayab o ‘tirmaslik to ‘g ‘risida shafqatsizlarcha buyruq 
berdi. O 'z ixtiyori bilan jazolovchilar to ‘dasiga qo‘yilgan harbiy 
ta ’minotchi m a’murlardan biri menga mana bularni so‘zlab berdi: 
«Bir qancha askar bilan bir uyga bostirib kirdik. Qariyb, qoq suyak 
bo'lib ketgan kampir bizni «Onion, omon!», deb qarshiladi. 0 ‘tirgan 
bo‘yrasining ostidan bir narsa qimirladi, qarasak, 16 yoshlardagi 
yigitcha yashiringan ekan. Sudrab chiqdik va albatta, buvi-siga 
qo'shib nayzaga tortdik».
Kaufman xalqning mol-mulkini talashga ham ruhsat berganini 
Vereshchagin shunday tasdiqlaydi: «Askarlarga do‘konlami talashga 
ruhsat berilganida, u yoqdan nimalami olib chiqishmadi. deysiz! 
Ular tuzem aholining bir-biridan chiroyli va nafis kiyimlarini kiyib, 
taqinchoqlarini taqib, shunday g ‘alati holatga tushishgandiki, ko‘rgan 
kishi kulgidan o'zini sira tiyolmas edi. Bu yerda arzimagan bir-ikki 
rublga etnograf uchun butun boshli xazinaga arziydigan buyumlami 
sotib olish mumkin edi.
Yong'in paytida ko'hna yodgorliklar, o'ym akor darvozalar, 
ustunlar yonib ketdiki, buning o ‘zi dahshat!.. Nazarov 8 kunlik 
qamal chog'ida besaranjomlik keltirgan ko'hna shahar bilan ana shu 
tarzda hisob-kitob qilib, taskin topayotgan edi. Ayniqsa, u shahar 
minorasidan turib yaradorlarimiz va zambaraklariinizga qarab o'q 
otilgan Sherdor madrasasiga butun qahru g'azabini sochgandi. 
«La'nati masjiddagilaming hammasini nayzaga sanchdim», - deb
149
www.ziyouz.com kutubxonasi


maqtangan edi keyin u. Mana shu masjidda men taniydigan mulla 
xizmat qilardi, garchi bizga qarata m ash’um o ‘q uzilgan paytda u ham 
ishtirok etgan, deb zimdan gumon qilsam-da, uning taqdiriga befarq 
qarayolmadim. Nazarov bilan qirg‘inda qatnashgan zobitlarning 
biridan masjidda odam k o 'p edimi? - deb so‘radim. «Yo‘q, k o ‘p 
emasdi», - deb javob berdi u. «La’natilar qochib ketishibdi». Yengil 
nafas oldim. «Faqat bir keksa mullaga duch keldik. Ishonasizmi, u 
xuddi mushukka o ‘xshab qochib, minoraning uchiga chiqib oldi».
- Keyin-chi?
- Keyinmi? Albatta, nayza sanchib yuborishdi.
- U f f ! !
General Kaufman ko‘z o'ngim da aniq jonlanib turibdi, shuncha 
alg‘ov-dalg‘ovdan keyin u yonida qurol topilgani uchun ushlangan, 
yoki boshqa noxush ishlarda gumonsirab qo‘lga olingan odamlami 
saroyda sudlab, jazoga hukm qilardi. Zobitlar qurshovida safar 
o‘rindig‘iga yastanib olgan olijanob Konstantin Petrovich Kaufman 
to ‘xtovsiz papiros chekar va mutlaqo shafqatsiz ohangda: «Otib 
tashlansin, otib tashlansin, otib tashlansin!» degan gapni takrorlardi, 
xolos».
Podshoh armiyasining qonxo‘r zobiti V.Vereshchagin Samar­
qandda ko‘rsatgan «mardligi va jasurligi uchun» o ‘z zamonasining 
oliy mukofotlaridan biri - «Georgiy xochi» bilan taqdirlanadi. Yana 
bir zobit Samarqand fojiasini shunday baholaydi: «Samarqandliklami 
sotqinliklari uchun jazolash va boshqa osiyolik xalqlar uchun o ‘rnak 
boMsin deb general Samarqandni askarlariga uch kunga talon-toroj 
va o ‘ch olish uchun topshirib q o ‘ydi. Bosqin va qonli jazolashning 
bu o g 'ir kunlari satrlar qatida umrbod saqlanib qoldi».
Haqiqatda ham, o ‘ldirilgan 400 bosqinchi uchun 49 ming 
farzandidan ajralgan Samarqand tarixida bu fojia ayanchli o ‘rin 
tutadi.

Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish