b o ia d i. Amiming taslimchilik siyosati islom dini tayanchi Buxoroi
Sharif vatanparvarlarining kuchli noroziligiga sabab bo‘ladi. Ular
dushman bilan kurashni davom ettirish, millatning shon-shuhrati
b o im ish Samarqandni ozod qilish ishtiyoqida Muzaffarning to ‘n g ‘ich
o‘g i i amirzoda Abdumalik to ‘ra (1848-1909) va erksevar beklar
Jo iab ek , Bobobek hamda Kenesari Qosimovning o ‘g ‘li Sulton
Sodiq bilan birikdilar. Birlashgan vatanparvar kuchlar Amir Temur-
ning Oqsaroyida tantanali tarzda Katta to ‘ra
nomi bilan mashhur
b o ig a n amirzoda Abdumalikni amir deb e ’lon qildilar. Muzaffar
ning mulo-zimlaridan Xudoyor, Abdulla, Ibrohim to ‘qsabolar va
ko‘pchilik ulamolar bu qaromi m a’qullab, Muzaffarning taxtdan
tushirilganini tan oldilar. Vatanparvar kuchlar Shahrisabzdan so'ng
Qarshini egallaydilar. Karmana, Chiroqchi ham tez orada ulaming
qo‘liga o ‘tdi. Kurashlarda chiniqqan qozoq xalqining sodiq farzandi
Sulton Sodiqni amirzoda Karmana viloyati hokimi qilib tayinladi.
Amirga teskari kayfiyatda b o ig a n Kitob hokimi J o ia b e k va Shah
risabz hokimi Bobobek kabi lashkarboshilar Abdumalik e ’lon
qilgan g'azot y o iid a barcha elparvar kuchlami jam lashga urindilar.
Turkiston general-gubematori fon Kaufman voqealar rivojini
tashvish bilan kuzatmokda edi. U, sulhga k o ‘ra, Buxoroning ichki
ishlariga aralasha olmas, shuning uchun
qulay fursat va bahona
izlar edi. 1868 yilning kuzida amir Muzaffarning amirlikning butun
sharqiy qismini egallagan qo‘zg‘alonchilarga qarshi kurash uchun
yordam s o ia b qilgan murojaati fon Kaufman uchun ayni muddao
b o id i. Buxoroning bosib olingan hududlari hisobiga tashkil etilgan
Zarafshon okrugi b o sh lig i general Abramovga amirga yordam be
rish uchun barcha choralami k o iis h topshirildi. General Abramov 6
oktyabrda Buxoro ishlariga aralashishiga qonuniy tus berish uchun
maxsus xitobnoma tayyorlatdi. Unda xususan bunday deyilgan
edi: «Buxoro xukmdori b o iish maqsadida Abdumalik Tangrini
va o ‘zining buyuk payg‘ambarini ham unutdi. Sotqinlarcha o 'z
otasi buyuk amirga qarshi qo 'l k o ia rib kelmoqda».
Ana shunday
riyokorlik bilan navbatdagi bosqinni niqoblagan Abramov katta
qo'shin bilan harbiy harakatlami boshlab yubordi. Qarshi ostonasida
Buxoro vatanparvarlari son va qurol-yarog‘ jihatidan ustun b o ig a n
dushmanga qarshi qattiq jang qildilar. Jo ia b e k , Bobobek va Sulton
Sodiq general Abramov qo‘shini bilan janglarda o ‘zlarining mohir
sarkarda ekanligini namoyish qildilar. Ammo kuchlar teng emasligi
darhol bilindi. Abdumalik t o i a Shahrisabz tomon chekindi.
Dushman
bilan birga amir Muzaffar sarbozlari vatanparvarlar egallagan
hududlami birin-ketin egallay boshladilar. Abdumalik t o i a bilan
Sulton Sodiq Xiva xonligi tomon qochishga majbur boidilar. 1868
151
www.ziyouz.com kutubxonasi
yil 22 dekabrda Xiva xonining mulozimlari Muhammad Niyoz
devonbegi va shoir Ogahiy amirzoda Abdumalikni tantanali ravishda
kutib olishdi. Xon esa uni mehmonnavozlik ila qarshilab, amirzodaga
katta mulk va 1500 tilla maosh tayinladi. Muhammad Rahimxon II
uning qiyofasida bosqinchilarga qarshi kurashgan elparvar hukm-
domi k o ‘rar edi. Ammo unga bevosita harbiy yordam k o ‘rsatishga
ojiz edi. Shuning uchun ham Abdumalik Xivada k o ‘p turolmay,
A fg‘oniston tomon yo‘1 oldi. Kobulda
ham unga izzat-ikrom
ko‘rsatildi. A fg‘on amiri Sheralixon amirzodaga xayrixoh bo‘lsa
ham, Angliya bilan yaqinlashib kelayotgan urushda Rossiyaning
madadiga suyanishni maqsad qilib turgani uchun unga harbiy yor
dam bera olmas edi. Amirzoda so‘nggi umidini Q o‘qonga b o g ia b ,
Xudoyorxon huzuriga bordi. Bu yerda ham u maqsadiga erishol-
madi. Xudoyorxon o ‘z manfaatini ko‘zlab, yov bilan o ‘chakishish-
ni istamadi. Abdumalik to ‘ra o ‘sha vaqtda dong‘i ketgan o ‘zbek
sarkardasi Yoqubbek huzuriga Koshg‘arga borishga ahd qildi.
Q o‘qon xonining sobiq lashkarboshisi Yoqubbek 1853 yildan beri
bosqinchilarga qarshi kurashib, Oqmachit, Chimkent va Toshkent
mudofaalarida o ‘zini ko‘rsatgan sarkarda edi. U 1865
yilda Kosh-
g ‘arni egallab, tarixga «Etti shahar davlati» nomi bilan kirgan
mustaqil davlatni barpo qilgan zabardast hukmdor edi.
Turkiston vatanparvarlari umid ko‘zi bilan qaragan Yetti shahar
hukmdori undan panoh istab kelganlarga doimo marhamat ko‘rsat-
gan. Bosqinchilarga qarshi kurash yalovini bir muddat baland
ko‘targan Abdumalik to ‘ra ham Q oshg‘arda shunday izzat-hunnat
ko‘radi.
Yoqubbek huzuriga kelgan Abdumalikka o ‘z qarindoshidek
munosabatda bo ‘ladi. Yetti shahar hukmdori unga amir sifatida
hurmat ko‘rsatib, Yangi hisor qal'asini uning ixtiyoriga topshirdi. U
Yoqubbekning yordamida Turkiya hukumati bilan aloqa bog‘ladi.
Koshg‘arga kelgan Angliya elchilari bilan ham uchrashdi.
Amirzoda qudratli Buyuk Britaniya imperiyasidan yordam olib,
Buxoroni ozod qilish uchun uzoq yillar davomida harakat qildi.
Hindistonning
Kalkutta shahrida, so‘ng Peshovarda istiqomat qildi.
Abdumalik to ‘ra 1885 yilda otasining betobligini eshitib, Buxoro
taxtini egallashga urinib ko‘rdi.
Amirzoda Abdumalikka A fg'oniston amiri Abdurahmonxon
va Angliya yordam berishga va'da qilishgan bo‘lsa ham, turli
sabablarga ko'ra, uning niyatlari amalga oshmadi.
Abdumalik to'ra haqida batafsil m a’lumot beruvchi yozma
manbalar asosan Buxoro amirligi hududida yaratilgan bo'lib bular
orasida Abdul Azim Mirzo Somiy (1838-1914 yillar)ning «Tuhfai
152
www.ziyouz.com kutubxonasi
shohiy» va «Ta’rixi salotini m ang‘itiya» asarlari m a’lumotlaming
mufassalligi, voqealarning xolisona yoritilishi bilan ajralib turadi.
Shariijon Maxdum Sadr Ziyo (1867-1931 yillar)ning shartli nom
bilan ataluvchi «Ta’rix» asarida ham Abdumalik to ‘ra
faoliyatiga
doir muhim m a’lumotlar berilgan. Bunday m a’lumotlamya Xiva
xonligida yaratilgan manba - zabardast shoir va muarrix M uhammad
Rizo Ogahiy (1809-1874 yillar) qalamiga mansub «Shohid-ul-iqbol»
asarida ham ko‘plab uchratish mumkin. Ogahiy bu m aium otlam i
bir necha oy davomida o ‘zi bilan birga b o ig a n Abdumalik to ‘ra va
sarbozlarining hikoyalari asosida bayon qilgan.
Mazkur asarlarda inqilobdan keyingi davr adabiyotlaridan
farqli o ia ro q , Abdumalikning hayot y o ii mufassal va beg‘araz
yoritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: