lar, hatto b o g ia r to iib ketganligini aytishni unutadilar.
Boshqacha
aytilsa, mazlum nufus uning ko‘ziga, aqalli, chumchuqcha ham
ko‘rinmaydi.
Shahrisabz va Kitob bekliklarining Buxoro amiri ixtiyoriga
berilishi, Qarshi b o ‘ysundirilishi va uning ham amir Muzaffarga
topshirilishi bobidagi ichki - tashqi sabablar ta’siri katta edi, deyish
mumkin. Abdumalik to ‘rani hamon q o ilab -q u w atlab turgan
inglizlardan hadiksirash, Turkistonda harbiy kuchlaming ozligi
istilochilami shunday, o ‘z bosqinchilik niyatlariga xilof y o ‘l
tutishga majbur qilgan omillar b o ig a n . Bunda, D.N.Logofet
afsus-
nadomat bilan ta ’kidlagan - tarixni unutish, y a’ni Shahrisabz
beklarining Buxoro itoatidan bo ‘yin tovlab, mustaqil b o iib kelgan-
ligini hisobga olmaslik ham uning amirga topshirilishida asosiy
sabablardan biri b o im a y qolmagan. Arqonni uzun tashlaydigan
bosqinchilar sopni o ‘zidan chiqarishda ustasi farang edi. Ular
Buxorodan norozi Shahrisabz va Kitob tez orada o ‘z tashabbusi
bilan Rossiya tarkibiga kirishga istak bildiradi yohud amirlik
ichida ixtilof vujudga kelib, butun xonlikni
bir hamlada bosib olish
imkoniyati tu g ilad i, deb arqonni uzun tashlagan edi.
Mulohaza uchun axborot
Bobon to‘qsabo
Bobon K attaqo‘rg‘onning Mingbozor qishlogida, rivoyatlarga
ko‘ra esa, Ishtixonda tu giladi. Otasi vafotidan keyin, onasi Nuro-
bodning Qora-qursoq qishlo gid a yashovchi Aliboy ismli dehqonga
turmushga chiqadi. Bobon juda gavdali, pahlavon yigit b o iganidan
uni harbiy xizmatga oladilar.
Va u tez orada dovyurakligi, tadbirkor-
ligi bilan bosqinchilarga qarshi janglarda ko‘rsatgan qahramonlik-
lari uchun oliy harbiy unvon - to ‘qsabolik darajasiga sazovor
b o ia d i. Biroq, elsevar to'qsabo amir M uzaffaming jasoratsizligi va
bosqinchilarga qarshi durustroq mudofaa choralarini ko‘rmaganli-
gidan g ‘azablanadi. Darhaqiqat, amir Zirabuloq tepaliklaridagi
so‘nggi jangda m agiubiyatga uchrab aziz yurtimizni Rossiya
mustamlakasiga aylantirib q o ‘ydi, umsh xarajatlarini qoplash uchun
xalqqa og‘ir soliqlar solib, qashshoqlikda yashayotgan kam bag‘al
dehqonlami xonavayron qildi.
Natijada, Bobon Ziyovuddin, Norpoy,
Xatirchi tumanlarini o ‘z ichiga olgan mustaqil milliy davlat tu-
zishga qaror qiladi. U amir xizmatini tark etishdan oldin, mav-
qeidan foydalanib yetarli darajada qurol-yarog‘, o ‘q-dori to ‘playdi.
So‘ngra, o ‘ziga yaqin kishilardan kichik bir guruh tuzadi. Gumh
170
www.ziyouz.com kutubxonasi
a ’zolari 1869 yilning oktyabrida 18 kishidan iborat bo‘lsa, oradan
ikki oy o ‘tmay besh yuz kishidan oshib ketadi. Bu davrda Bobon
o ‘zini amirlikka ham, bosqinchilarga ham b o ‘ysunmaydigan mus-
taqil davlat boshlig‘i, xalq ta’biri bilan aytganda, «yarim podsho»,
deb e ’lon qiladi. U o ‘z davlatida insof-adolat,
tartib-intizom
o ‘matish maqsadida faqat shariatda ko‘rsatilgan soliqlamigina
qoldirib, boshqalami bekor qiladi. Kattaqo‘rg‘on va Ziyovuddin
chegaralarida harbiy istehkomlar, bojxonalar bino ettirib, chega-
radan o'tgan savdogarlardan boj oladi. Boshqa amaldorlarga o ‘mak
b o ‘lsin deb, Xatirchi amlokdori (soliqchisi) poraxo‘r Rahimboyning
mol-mulkini musodara qilib, kam bag‘allarga bo‘lib beradi. Xalqqa
zulm o'tkazgan Ziyovuddin begi Muhammad Yusufboy dodxohning
esa boyligini
muhtojlarga taqsimlab, xovlisini yondirib yuboradi.
Amir Bobon harakatini bostirish uchun bir necha marta qo‘shin
yo‘llaydi, biroq har gal m ag‘lubiyatga uchrab qaytadi. Amir mush-
kul ahvoldan qutilish uchun Turkiston mustamlakachi m a’mu-
riyatining Zarafshon okrugidan yordam so‘raydi. Kattaqo‘rg‘on
uezdi boshlig'i Bozenkov qo‘zg ‘alonchilarga qarshi jazo guruhi
yuboradi. Norpoy - Kattaqo‘rg‘on chegarasidagi jangda jazo
guruhi katta talafot ko‘rib chekinadi. Guruh m ag‘lubiyatidan
g ‘azablangan Turkiston general-gubematori Kaufman Kattaqo'r-
g ‘onga shtabs-rotmistr Skobelev boshchiligida otliq jazo gumhini
yuboradi. Guruh K attaqo‘rg‘onda 25 chaqirim uzoqlikdagi Chor-
shanba qishlog‘idagi jangda m ag‘lubiyatga uchrab, qochishga
majbur b o iad i. Kaufman Skobelevni podsho obro‘yiga putur
yetkazishda ayblab uning ishini harbiy tribunalga topshiradi.
Shundan so‘ng, K attaqo‘rg‘onga 500 kishilik kazak jazo guruhi
yuboriladi. Guruh savdo karvoni niqobida
aravalarda bekinib keladi
va to ‘satdan hujumga o ‘tib, bojxona xodimlari va bir necha soq-
chini o'qqa tutadi. Biroq pistirmalardan otilgan o ‘q yom g'iri ostida
qolib, juda ko‘p o ‘ligu yaradorlarini qoldirib orqaga qochadi.
Ketma-ket m ag‘lubiyatlardan tutaqqan Kaufman 1869 yil dekabr
oxirida, polkovnik Korganov boshchiligida son jihatidan juda katta,
yaxshi qurollangan jazo guruhi y oilaydi.
Korganovning jazo guruhi ikkinchi marta 1870 yilning 14 yan-
varida Qoraqursoq qishlog‘ida jangga kiradi. Jazo guruhi bu safar
ham ularni tor-mor keltira olmaydi... Nihoyat, chor hukumatining
iskovchi, sobiq afg‘on guruhining jangchisi, K attaqo‘rg‘on uezd
boshlig‘ining kichik yordamchisi Saidxon Karimxonov o ‘zidek bir
xoin yordamida qo‘zg‘alonchilar manzilini aniqlab,
jazo guruhiga
xabar beradi. 1870 yilning sentyabrida K attaqo‘rg‘onning To‘rtko‘1
171
www.ziyouz.com kutubxonasi
qishlog'ida oxirgi - hayot-mamot jangi bo'ladi. Q o'zg'alonchilar
qahramonona jang qilib,
devarli
barchasi
halok bo'ladilar.
Jarohatlangan Bobon bir uyga kirib olib, jangni davom ettiradi.
Uyga o 't qo‘yadilar. Bobon jo'xorizorga kirib bekinadi. Jo'xorini
har tomonidan o'rishga kirishadilar. Shunda Bobon «xom jo'xorini
o'rm anglar», deb chiqib, taslim b o iad i. Biroq amir Bobonni so'rab
oladi va unga: «avvalgidek sadoqat bilan xizmat qilsang, omon
qolasan», deydi. Bobon ko'nm aydi va quroldosh do'stlari oldidagi
qasamyodiga sodiq bo'lib qolajagini aytadi. Amir uni o'lim ga
hukm qiladi va «tila endi tilagingni», deydi. Bobon minoradan
tashlashlarini so'raydi. Minora ustida ham uni amir xizmatiga
da’vat etadilar. U bosh chayqab. jallodning itarib yuborishini kutib
o'tirmay, o'zini minoradan tashlab yuboradi.
Bobon kishilar ongida Vatanga
mehru sadoqat bilan xizmat
qilish timsoli sifatida chuqur iz qoldirdi1.
1904-1907 yillarda Samarqand viloyatida mustamlakachilarga
qarshi bosh ko'tarib nomi xalq o'rtasida doston bo'lgan Namoz
Primqul o 'g 'li ana shu qahramon Bobonni o'ziga ustoz va namuna
deb bilganki, u haqida alohida to'xtalamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: