O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

3. E ’LON QILINM AGAN URUSH... XIVA
Rossiyaning hukmron doiralari Turkiston general-gubernator- 
ligini o'zining O 'rta Osiyodagi harbiy rejalarini amalga oshirish 
uchun tayanch markaziga aylantirib, bu safar istilo tig'ini Xiva 
xonligiga qarshi qaratdilar. Ular Pyotr I vasiyatini sira unutmagan 
edilar. 1717 yilgi Bekovich-Cherkasskiy qo'shinining halokati va 
1839 yilda Perovskiy yurishining barbod bo'lganligi rus generalla- 
rining xotirasidan chiqmagan edi. Pyotr I ning bosqinchilik rejasini 
to 'la amalga oshirish uchun tayyorgarlik ishlarini poyoniga yetka- 
zishgach, istilochilar Xiva xonligiga k o 'z tika boshladilar.
Xiva xonligi mustaqilligi bilan mustamlakachilarga jiddiy xavf 
solib turar edi. U ming yillardan buyon davom etib kelayotgan 
qadim Xorazm davlati timsoli sifatida ham Rossiya uchun xavfli 
ko'rindi. Rossiya imperiyasi o 'z tasarrufidagi qozoqlami ozodlik 
kurashiga rag'batlantirib turgan Xiva ekanligini ham yaxshi bilardi. 
Qozoqlaming milliy-ozodlik kurashiga rahbarlik qilgan Kenesari 
Qosimov Xivadan doimo madad olib, o'n yil davomida Rossiyani 
bezovta qilib kelayotganligini ham unutmadilar. Masalaning siyosiy

Muhammad Mahmud.
B obon to 'q sa b o . «Jam iy at va bosh q aru v » , 1998 yil, 
3-son, 4 0 - 4 1 -betlar.
172
www.ziyouz.com kutubxonasi


tomonidan tashqari, Sankt-Peterburg butun Turkiston o ik asid a 
tijorat ishlarini ham batamom o ‘z q o iig a olishni maqsad qilib 
qo‘ygan edi. Kaspiy dengizining sharqiy sohillaridan Turkiston 
shaharlariga olib boruvchi barcha savdo y o ila ri esa Xiva xonligi 
hududlaridan o ia r edi.
1872 
yil oxirlarida harbiy vazir boshchiligida Peterburgda Tur­
kiston, Orenburg general-gubernatorlari va Kavkazdagi podshoh 
noibi ishtirokidagi maxfiy kengashda Xiva xonligini bosib olishga 
qaror qilinadi. Generallar rejasiga k o ia , Turkiston general-guber- 
natorligiga qarashli kuchlar sharqdan, Orenburg gubematori va 
Kavkaz noibligi ixtiyoridagi harbiy kuchlar esa g ‘arbdan va 
shimoli-g‘arbdan Xiva ustiga yurishlari kerak edi.
Rossiyaning tajovuzkorona niyati Xiva xoni va uning oliy 
mansabdorlariga sir emas edi. Sayid Muhammad Rahimxon II 
(1865-1910) 1872 yilda Hindiston vise-qiroli huzuriga elchi 
jo ‘natib, Rossiya tahdidiga qarshi Angliyadan madad so‘ragan edi. 
Xonning elchisi Aminboy Muhammad o 'g i i Kalkutta shahrida 
lord Norsbruk bilan muzokaralar olib bordi. Angliyaning xukmron 
doiralari Xiva mustaqilligini saqlab qolishdan manfaatdor bo‘lsalar 
ham, Rossiya bilan ochiq to‘qnashuvdan xavfsirar edilar. London 
o ‘zining boy mustamlakasi Hindistonga Rossiya tahdid solishidan 
va Afg'onistondagi mavqeiga Rossiyaning jiddiy xatar yetkazishini 
hisobga olib, Xivaga yordam ko isatm aslik y o iin i tutdi. Hindiston 
vise-qiroli Norsbruk shu sababli elchiga iloji boricha m slar bilan 
aloqani yaxshilash vositalarini ishga solishni hamda qo'shni 
musulmon davlatlari ittifoqini vujudga keltirishni maslahat berdi. 
Lord Norsbruk, agar chor Rossiyasi bilan urush b o iib qolsa, Angliya 
yordamiga umid qilmaslikni ham ochiq izhor qildi.
Xiva endi o ‘z kuchi va imkoniyatiga qarab ish ko'rishi lozim 
edi. Xonlik qo‘shinida hammasi b o iib 27 eski zambarak, 2 ming 
otliq askar, 4 ming navkardan iborat qo'shin b o iib , ular ham asosan 
poytaxtda jamlangan edi. Xiva istilosiga otlangan Rossiya qo‘shini 
ham son, ham sifat jihatdan, shuningdek harbiy texnika imkoniyati. 
qurol-yarogiari bilan ham Xiva xonligi qo‘shinidan ustun edi. 
Mazkur harbiy operasiyaga rahbarlik qiluvchi zobitlar va generallar 
amaliy tajribasi ham xivalik lashkarboshilardan ko'p darajada 
yuqori edi. Turkiston qo‘shinlariga (22 rota, 1800 kazak va 18 to ‘p) 
general Kaufman, Orenburg otryadiga general Veryovkin (15 rota, 
600 kazak, 8 to‘p), Mangqishloq otryadiga polkovnik Lomakin 
(12 rota, 800 kazak, 8 to ‘p) qo'm ondon b o iib , Orol flotiliyasi ham 
ular lxtiyoriga berilgan edi.
173
www.ziyouz.com kutubxonasi


Istilochilar qo‘shini, shu yo‘sinda, uch yo‘nalish bo‘yicha Xiva 
xonligi ustiga bostirib kirdi. Chor qo‘shinlari general-leytenant fon 
Kaufman va general-mayor Golovachyov qo‘mondonligi ostida 
Toshkent tarafdan, ikkinchi y o ‘nalishdagilar general Veryovkin va 
uchinchi y o ‘nalishdagi polkovnik Lomakin qo‘mondonligida Kaspiy 
dengizi tarafdan Xiva tomon kirib keldi. Imperator Aleksandr II 
Xiva yurishiga katta e ’tibor beradi. Hatto, aytish joizki, imperator 
oilasining a ’zolari - buyuk knyazlar Xiva sari yurishda bevosita 
qatnashadilar. Nikolay, Konstantin, Yevgeniy Romanovlar va Gersog 
Leytenbergskiy kabi oliy zotlaming harbiy qismlarga qo‘mondon qilib 
tayinlangani ham Rossiyaning Xiva istilosiga katta e ’tibor berganini 
ko‘rsatadi.
Turkiston general-gubematori fon Kaufman yurish oldidan 
Xivani siyosiy tarafdan ham yakkalab qo‘yish choralarini ko‘radi. 
U Buxoro amiri va Q o'qon xoniga tahdidli maktublar y o ‘llab, 
ulami Xivaga yordam bermaslikka chaqiradi. Masalan, uning 1873 
yil 4 martda Q o'qon xoni Xudoyorxonga yo'llagan xatida shunday 
deyilgan edi: « 0 ‘zimga ishonib topshirilgan qo'shinlar bilan Jizzax 
ustidan, Buxoroning shimoliy hududlari orqali o ‘taman. Sizning 
dono harakatlaringizdan o ‘mak olmay, Rossiya bilan do'stona 
munosabatlar o ‘matilishiga qarshi turgan Xiva xonini jazolash uchun 
y o ‘lga tushmoqdaman».
Buxoro amiri M uzaffaming Kaufmanga yozgan javob xatida 
ruslarga sodiqlik mhi o'rm alab turadi: «Elchingiz, stats-maslahatchi 
Stmve Rossiyaning Xiva bilan aloqasini batafsil gapirdi. Men bunday 
do'stlikni ifodalovchi xabaming m a’lum qilinishidan nihoyatda 
xursand b o ‘ldim. Albatta, o'rtam izdagi do'stona munosabatlar sizning 
do'stingiz - bizning do'stim iz, va sizning dushmaningiz-bizning 
dushmanimiz bo'lishini taqozo qiladi. Men yaxshi tushunamanki, 
agar Xiva Rossiya bilan to ‘g ‘ri munosabatda bo'lm asa, u vaqtda unga 
qarshi qurol ishlatishga to ‘g ‘ri keladi. Bunday hoi yuz bersa, men 
imkoni boricha o ‘z yordamimni amalda ko‘rsatishga tayyorman.
Sizning elchingiz bizga shuni tushuntirdiki, Oq podshohning 
yerlaridan Xivaga uch tarafdan yo‘1 boradi: ulardan biri Kaspiy 
dengizidan, ikkinchisi - Qozolidan, uchinchisi - Oq podshohning 
ixtiyoridagi bizning yerimiz Amudaryodan o ‘tadi. Sizga batafsil 
javobni stats-maslahatchi Stmve orqali yuborayotirman. Sodiq do‘st 
va qo‘shni sifatida sizdan iltimos qilamanki, menga o ‘z fikringiz 
va harbiy yurish vaqtini oldinroq m a’lum qilingki, fuqarolarimni 
xotiijam qilish va sizga ishonchli kishilarimni yuborish imkoni 
tu g ‘ilsin».
174
www.ziyouz.com kutubxonasi


Shunga qaramay, harbiy ta’lim olgan, bosh shtab akademiya- 
sini bitirib, boy nazariy va jangovor malaka hosil qilgan rus gene- 
rallari va zobitlari ixtiyorida eng zamonaviy to ‘p, raketa otuvchi 
moslamalar, pulemyotlar b o ‘Isa ham, ular erksevar va ikki bor 
Rossiya bosqinchi qo'shinlarini m ag iu b qilgan Xivadan, bari-bir, 
hayiqishgan.
Xiva xonining masalani tinch yo‘1 bilan hal qilishga urinishlari 
behuda ketgach, harbiy kengash chaqirib, mudofaa rejalarini tuzadi 
va istilochilarga qarshi o ‘zining lashkarboshilarini safarbar qiladi. 
Matmurod devonbegi, Mahmud yasovulboshi, Yoqubbek qalmoq, 
Eltuzar inoq va Bobo mehtar rahbarligidagi o ‘zbek va turkman 
(yovmit) yigitlari chor qo‘shinlari hujumini qaytarish uchun ikki 
guruhga bo‘linib y o ig a tushadilar.
General Veryovkin qo‘mondonligidagi Orenburg otryadi Q o‘n- 
g ‘irotga yaqinlashganida shahar hokimlari tezlik bilan dushman 
to'dalarining paydo bo iganligi to ‘g ‘risida Xivaga chopar y o ‘lladilar 
va vaqtdan yutish maqsadida ruslar huzuriga ham elchi jo ‘natishdi. 
General Veryovkin qo‘ng‘irotlaming vakili bilan uchrashib, uning 
takliflarini eshitdi. Muzokaralar olib borib, masalani tinch y o i bilan 
hal qilishni istamadi va shaharga hujum boshlash haqida buyruq 
berdi.
Q o‘n g iro t xalqi Sayidbiy, Tojimurodbiy va boshqa biylar 
rahbarligida shahar q o id a n ketganda ham kurashni davom ettirishga 
qaror qildilar. Shahar tashqarisidagi y o ila rd a dushm anga hujum lar 
uyushtirib, ulami o ‘qqa tutdilar. Veryovkin qo'shini esa talafotlar 
berib, X o‘jayli va M a n g it qal’alarini ishg‘ol qildi. Ayni bir paytda 
general Golovachyov boshchiligidagi Turkiston qo‘shini Toshsoqa 
yaqinida daryodan kechib o ‘tib, mudofaachilar bilan to'qnashdi. 
Xiva xonining asosiy zarbdor kuchi b o ig a n Matniyoz devonbegi 
lashkari Karvon qishlogidagi pistirmadan dushmanga to ‘satdan 
hujum qiddi. 9 rota, otliq askarlar, 8 to ‘p bilan qurollangan o ‘qchilar 
va sapyorlar rotalaridan iborat Golovachyov qo‘shini boshda bu 
hujumdan esankirab qoldi. To‘qnashuv shiddatli va ayovsiz b o iib , 
har ikki tomondan ko‘p qurbonlar berildi. Matniyoz devonbegi 
kuchlar nisbatini to ‘g ‘ri baholab, Xazorasp tomon chekindi. Qurol- 
yarog1 va harbiy texnika jihatidan ustun b o ig a n Turkiston qo‘shini 
Xorazmning qo‘hna qal’asi Xazoraspni egalladi. Bu qal’ani bosh 
qo‘mondon fon Kaufman o ‘ziga qarorgoh qilib, ichkari siljish uchun 
tayanch markaziga aylantirdi.
lstilochilar y o id a uchragan har bir shahar va qishloqni talab, 
uylarga o ‘t qo‘yib, qirg'inbarot uyushtirdilar. Ulaming ketida esa
175
www.ziyouz.com kutubxonasi


kultepalar va jasadlar qoldi. Ammo, Xorazm vatanparvarlari b o ‘sh 
kelmay, o ‘zlariga qulay joylardan dushmanga hujumlar qilishdi. 
Jangovar turkman urug‘lari: yovmutlar, imralilar, chovdirlar va 
ko ‘kalanglarga mansub navkarlar dushman ketidan izma-iz borib, 
unga talafotlar yetkazishdi.
1873 yil 29 may kuni ruslaming asosiy kuchlari Xiva ostonalarida 
paydo bo‘ldilar. Xiva xoni ortiqcha qon to ‘kilishini istamay, 
muzokaralar boshlash haqida o 'z vakillarini fon Kaufman huzuriga 
j o ‘natdi. Ammo urushqoq general xonning taklifini oqibatsiz qoldirib, 
hujumga kirishdi.
Xiva mudofaasi yo'lboshchilarining nomlari tarix sahifalariga 
umrbod yozilib qoldi. Zero, 1873 yilda Xivani mudofaa qilgan 
kishilaming ism-shariflari istiqlol tarixidan munosib joy olishi farz- 
dir. Urganch darvozasiga Muhammad Rizo to ‘ra, Toshoyoq darvo- 
zasiga Abduqodir to ‘ra, Bog‘ishamol darvozasiga Rahimberdibek 
Ollohberdi to ‘ra M ag'fur, Shayx darvozasiga Ollohberganbek ibn 
Xudoyberganbek to ‘ra o ‘g ‘li tayin etildi. Shahar tashqarisida esa 
bosqinchilarga qarshi jang maydoniga chiqqan Xudoyor qush- 
begi, Rahmatulla yasovulboshi, Abdulla mahram, Mahmud yasovul- 
boshilaming navkarlari fidokorona jang qildilar.
Xiva shahri va uning atrofidagi janglarda qilichu pilta miltiq 
bilan qurollangan mudofaachilarga qarshi bosqinchilar 692 granata, 
133 raketa va 78605 o ‘q otishgan. Harbiy hisobotga k o ‘ra, Turkiston 
otryadi 62 granata, 5245 dona o ‘q va 28 raketa; Orenburg otryadi 
537 granata, 38060 dona o ‘q, 52 raketa; Mangqishloq otryadi esa 
93 granata, 35300 dona o ‘q va 58 raketa otgan.
Xiva xoni, sulh haqidagi navbatdagi taklifi rad etilgach, 
qo‘shimcha kuch to ‘plash uchun shahardan chiqib, turkman yovmut 
aholining o ‘tovlari sari yo ‘l oldi. Afsuski, shunday qaltis bir paytda, 
xonning oilasi va yaqin qarindoshlari dushmanga qarshi yakdil 
bo‘lish o'm iga, sulolaviy nizolarga berilib ketdilar. 0 ‘zbek xonliklari 
tarixidagi odatdagi 
fojia-bosqinchilarga qarshi kurash uchun 
birlashib harakat qilish o ‘rniga b o iin ish yana mudhish tarzda qayta 
takrorlandi. Xonning inisi va uning yaqinlari dushmanga qarshi 
birlashib kurashish o'm ig a u bilan kelishish yo‘liga o ‘tib oldilar.
1873 
yil 29 mayda Rossiya imperatori Pyotr I ning m ash’um 
vasiyati amalga oshirilib, Xorazm saltanati poytaxti - Xiva ishg‘ol 
etildi. Shaharga g ‘olibona kirib kelgan Turkiston, Orenburg, Kavkaz 
q o ‘shinlari talon-toroj qilishga kirishdilar.
Xon saroyida oliy hukmdorlarning taxti, bebaho oltin-kumush 
buyumlari, turli-tuman qimmatli matolar va nodir qo'lyozm a asarlar
176
www.ziyouz.com kutubxonasi


Peterburgga, podshoh saroyiga o'lja sifatida olib ketildi. 0 ‘lja olingan 
behisob boyliklar generallar, zobitlar va askarlar o'rtasida taqsimlab 
olindi. Bosqinchilar avvaldan puxta ishlab chiqilgan reja bo‘yicha 
Xorazmning moddiy va madaniy boyliklarini talon-toroj qilishga 
kirishdilar.
General-gubemator fon Kaufman mslarga qarshi kurashga 
qodir va barchani o ‘z atrofiga birlashtirishga layoqatli bo'lgan Xiva 
xonini zararsizlantirish chorasini ko'rib, o'nga maktub yo'lladi. 
Muhammad Rahimxon II taxtni saqlab qolish ilinjida, o'zi taklif 
etilgan Gandimiyon bog'iga yetib keladi.
Turkiston general-gubematori fon Kaufman bilan Xiva xoni 
o'rtasida muzokaralar boshlanadi.
General Xivani idora qilishga oid yangi nizomni xon diqqatiga 
havola etadi. Rossiya davlatchiligi rasm-rusumlarini joriy etishga 
qaratilgan bu hujjatga binoan xonlikda boshqamv tizimi bo'lgan 
devon tuzish lozim edi. Devon a ’zoligiga Xiva xoni tomonidan 
dushmanga xayrixoh amaldorlardan Matniyoz devonbegi, Eltuzar 
inoq va mehtar Abdullabiy, ikkinchi tarafidan esa bosh shtab 
podpolkovnigi Pojarov, artilleriya podpolkovnigi Ivanov, podpol­
kovnik Xoroshxin va savdogar Oltinboev tayinlanishi lozim edi. 
Istilochilarga qarshi janglarda shijoati va vatanparvarligi bilan 
tanilgan Muhammad Murodbegi va Rahmatulla yasovulboshilar esa 
Xivadan surgun qilinishi lozimligi ko'zda tutilgan edi.
General fon Kaufman muzokaralar bilan bir vaqtda, erksevar 
turkmanlami jazolash uchun general Golovachyov qo'mondonligi- 
dagi katta kuchni safarbar qiladi. Piyodalar, otliqlar, to 'p va raketalar 
bilan qurollangan Golovachyov jazo korpusining «Bekovich xuni 
uchun» deya qilgan vahshiyliklari ms harbiy idoralari hujjatlari va 
mahalliy muarrixlar bitiklarida saqlanib qolgan.
* * *
«Xotunlar ham chap qo'lida bolasi va o 'ng qo'lida tig' bilan 
Rusiya otliqlariga hamla qilur edilar. Bir miqdor urush bo'lgandan 
so'ng, Rusiya askari g'olib kelib, olaming ham hammalarini tig'u 
to'fong bila qirib tamom etdilar. B a'zi zahmdorlar o'luklam ing 
oralarida o'zlarini o'lukdek etib yotmish erdilar. Rusiya askari olami 
ko'rib, miltiq o'qi bilan olami urub qatl etdilar. U1 holda to 'rt kazak 
otli bir yavmutning izidan yetib, o 'rtag 'a olib har tarafdin tig' urmoq 
boshladilar. U yavmutning qo'lida hech yarog' yo'q erdi. Onga ko'p 
zahm urdilar. Q o'llaridan va tamomi badanidan qon oqib borur erdi. 
Yavmut ko'rdi, bular oni o'lturmoqchidurlar, g'ayratga kirib bir 
hamla qilib, ul kazaklaming biridan qilichini qontirib, qo'lidan olib,
177
www.ziyouz.com kutubxonasi


ul qilich bila hamul to ‘rt kazak otliqni qatl etdi. Chun zahmlaridan 
qon k o ‘p oqib erdi, behol b o iu b yiqilib qoldi. Ul holda ikki kazak 
otli bu ahvolda k o ‘rub kelib, otib va tig ‘ bilan shahid etdilar».

Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish