O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Ibrat.
F a rg 'o n a tarixi. Т.: «M eros», 1991, 3 10-bet.

Marg'shoniy Muhammad Aziz.
Tarixi A ziziy (F a rg 'o n a ch o r m ustam lakasi 
davrida). N ashrga tayyorlovchilar: S hodm on Vohidov, D ilorom S angirova. Т., 
« M a ‘naviyat», 1999, 104-bet.
'O 's h a joyda.
183
www.ziyouz.com kutubxonasi


k o ‘paytirishga hirs qo‘ygan. Kayfu safoni, rohatni va tinchlikni 
yaxshi k o ‘rgan. Xalqning foydasiga ish yuritmagan... Mamlakatning 
turli tomonlarida bir nechta b o g ia rid a gullar orasida kayfu safo qilib 
yotgan: bedana, kaklik va x o ‘roz urishtirish bilan shug‘ullangan. 
Masxarabozlar va hofizlar hamda m a’nosiz o ‘yinlar bilan umr 
oikazgan.
Molu dunyoga haddan ziyoda hirs qo'ygan va xazinasini boyitish 
uchun ko‘p soliqlar solgan. Xudoyorxonning mana shunday ishlari 
va razil axloqi xalq, beklar, sipohiylar, boylar va ulamolaming 
noroziligini keltirib chiqargan»1.
Xudoyorxonning majburiy y o ila r bilan soliq to ‘plab, katta 
boy-lik orttirgani, hatto, o ‘lkani istilo qilgan rus mustamlakachilari- 
ning asarlarida ham o ‘z aksini topgan: «Soliqqa tortiladigan mollar- 
ning turlari juda ko‘p b o iib , ular imkoni boricha barcha narsalardan 
olinib, xalq tom m a’noda shilingan. Hatto kam bag‘allar keltirib 
sotadigan qamish shox-shibba, yantoq va shunga o ‘xshash narsalar­
dan ham soliq undirilgan. Keyingi vaqtlarda to g iard an ariqlar orqali 
oqib keladigan suvga ham soliq solingan. Faqat nafas olinayotgan 
havodan soliq olinmagan, xolos. Bu hoi xonga qarshi norozilikning 
asosiy omillaridan biri b o ig a n edi»2. Oqibatda mamlakatda g ‘alayon- 
lar boshlandi. G ‘alayonlar qay tariqa boshlangani xususida muar- 
rixlardan mullo Mirzo Olim Toshkandiy asarida m a iu m o t bor. 
«Abdurahmon Oftobachini qo‘shub, ko‘p askar birla buyurdi. Bular 
borib urushub q irgizlarni qochurdilar. Q irg izlar parishon b o iu b
ketdilar. Bir necha biylar, chunonchi, Umarbek, Abdurahmon 
shayton, Qoraqushbiy va Sulaymon o ‘g ‘ri va bir necha q irg iz biylar 
birla q o ig a tushti, ko ‘p obro‘ birla kelib xonni k o iu b , muloqot 
qilib, duo ayladilar. Filjumla, xotirjam boidilar. Ersa Musulmonqul 
degan q irg iz qipchoq urushdan qochub, bir necha q irg izlar mas- 
lahat aylab xonzoda topmoq uchun Buxoro tarafiga borib, P o iatx o n
valadi Murodxonni oldiga borib vasvasa qilib ekan. Urganjg‘a, 
Muhammad Alixon o ‘g i i Muzaffarxonnmg oldiga borib, necha 
kun turub vasvasa qildikim, xon qilib, ota taxtiga oiturm oqqa 
fotiha o ‘qubmiz, sizga buyurdilar, hamma xaloyiq sizga muntazir 
turubdirlar, debdi. Muzaffarxon aytdikim: «Sizga q irg iz xalqini 
e ’tiborlaring yo‘q turur. Qalandarxon akamni ham olib borib,
Ziyoev Hamid.
K o 'rsa tilg a n asar. 133-bet. X u d o y o rx o n n in g ijobiy tom onlari 
va b u n y o d k o rlik ishlari ham b o 'lg a n in i o 'z b e k olim lari R .N abiev (Iz istorii 
K okandskogo xanstva. Т., 1972) va Sh. Y usupov (X ufiya qatlam lar. Т., 1999) 
k o 'rsa tish g a n in i eslatib o 'ta m iz . -
Mualliflar.
0 ‘sha asar, 334-bet.
184
www.ziyouz.com kutubxonasi


M urg'zor qishloqda o ‘ldurub qo‘ydinglar. Alhamdululloh yovhat 
bahuzur» deb qabul qilmadi. Musulmonqul noiloj qaytib, Toshkent- 
g ‘a keldi, ersa Muhsinboyning o ‘g i i mullo Abdulmo‘minning 
hovlisiga qo‘nub erdi. Anda bir mulla Ishoq degan qirg‘iz bala 
Mazang degan m avze’da nosfurushlik qilur ekan. Azbaroyi nos 
olmoqqa kelgan ekan. Abdulmo‘min mazkur aytdikim; «Ey ahmoq 
qirg‘iz, shul qirg‘iz balani Po‘ladxon deb olib borg‘il. Ish saranjom 
topganda, bir xon topilur», dedi ersa m a’qul b o iu b , o ‘shal qirg‘iz 
balani olib Obliq ustidin oshib Chust ustig‘a kelib, qo‘shung‘a 
qo‘shuldi. Qirg‘izlar hursand bo‘lub, shodiyona qo'ydilar, oq kigizga 
solib xon ko'tardilar»1.
Tarixchining so'zlariga qaraganda, mullo Ishoq mullo Hasan 
o ‘g ‘lini Q o‘qon xoni Olimxonning nabirasi deb Chustda xon ko‘- 
tardi.
Mullo Ishoq M arg‘ilon shahriga yaqin Uhna degan qishloqda 
istiqomat qiluvchi B o‘ston qabilasiga mansub oilada tug'ilgan va 
otasi M arg'ilondagi Oqmadrasada mudarrislik qilgan. Mullo Ishoq 
dastlabki m a’lumotni Tunqotar madrasasida, so‘ngra otasi huzurida 
olgan. 1867 yili o ‘qishni tashlab Farg‘onadagi So‘xga keladi va bu 
yerdagi ko'chmanchi qirg‘izlar orasida ikki yil yashab, so‘ng Uhna- 
dagi masjidda, keyin esa Andijondagi masjidlaming birida imomlik 
qiladi. Ayni paytda savdogarlik bilan ham shug‘ullanadi.
Mullo Ishoq xonlikning nufuzli kishilaridan biri, quramalik 
Abdulmo‘min dodxoh bilan do‘stlashib, ikkalalari Toshkentga 
keladilar. Xonlikning siyosiy kurashlarida faol qatnashgan va ko'pni 
ko‘rgan Abdulmo‘min qo‘p voqealami unga gapirib berib, mullo 
Ishoqning siyosiy ongi o‘sishida muhim ahamiyat tutgan. Soxta 
Po‘latxon bo ‘lish taklifini u shu yerda qabul qiladi.
Chin Poiatxonning taqdiri esa bunday bo'lgan edi: 1810 yili 
Q o‘qon xoni Olimxon o ‘ldirilgandan keyin uning xotini Otaliqton 
ismli o ‘g ‘li bilan Qorateginga qochadi. Qorategin hokimi Sho o ‘z 
qizini Otaliqxonga nikohlab beradi va ularni Buxoro amiriga xizmat 
qilish uchun Samarqandga jo'natadi.
Bir qancha vaqtdan keyin Otaliqxon ota taxtini q o ig a kiritish 
maqsadida Q o'qonga jo ‘naydi. Ammo u yoMda o'ldiriladi. Uning 
xotini, o ‘g ‘li P o iatb ek va qizi (Po‘latbekning opasi) qiyin ahvolga 
tushib qoladilar. Onalari vafot etgandan keyin Buxoro amirining 
maslahati bilan PoMatbekning opasi Xoja Ahror masjidi mutavallisi-


Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish