O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

(M uhammad Yusuf Bay oniyning «Shajarai Xorazmshohiy» asaridan).
«Xiva xonining talablarimizni so‘zsiz bajarishga hamda xon- 
likda osoyishtalik istagi turkmanlarga jarim a solish fikrini uyg‘otdi. 
Yovmut urug‘i oqsoqollariga 300 ming rubl pul yig‘ishni m a’lum 
qilib otryad bilan general Golovaehyovni ular ustiga yubordim. Yov- 
mutlar esa oilalari, xo‘jalik narsalari bilan turkmanlaming boshqa 
u ru g iari yashayotgan yerlarga qochibdi. Endilikda Ilonli qal’asi 
bilan Qiziltaqir oralig‘ida Yemralilar manzilida 150 mingga yaqin 
turkman yig‘ilgan. Ularga 15 iyul erta tongda to ‘satdan hujum 
uyushtirildi. Berilgan kuchli zarba natijasida jangda 500 ga yaqin 
turkman oidirildi».
(General fa n Kaufmanning harbiy vazirga
1873 y il 25 iyulda yo ‘/lagan axborotnomasidan).
Mavzuga oid axborot
Chor Rossiyasi Turkistonga XIX asr ikkinchi yarmi boshlarida 
hujum qilishdan necha o ‘n yillar muqaddam, bu o ik a n i ham eniga, ham 
b o ‘yiga pinhona tadqiq etishga kirishadi. Xuddi shunday nomatlub, 
josusona y o ‘l tutish inglizlar tomonidan ham olib borilganligi 
m aiu m . Ikki mustamlakachi davlat manfaatlari goh Xiva, gohida 
Buxoro amirligi siyosiy chorrahalarida to'qnash kelgan hollar ko‘p 
b o ig an . Akademik V.V.Bartold, garchi, «Turkiston chor istilosiga 
qadar ilmiy tadqiqotlar uchun deyarli yopiq edi», degan bo isa-d a, 
elchi libosidagi harbiylar, turkiy tilni, islomni yaxshi bilgan josus- 
lar - sayyohlar xonliklarda boiganlarida o ‘z m a’murlarini qiziqtir- 
gan m aium otlam i to ‘plaganlar.
Ilmiy josuslik xizmati, turgan gapki, mazlum etiladigan o ik a - 
ning harbiy q uw ati, nufusi, tabiiy boyliklari, iqtisodiyoti, madaniyati, 
xullas, hamma jabhani qamrab olishni taqozo etardi. Shunga k o ia , 
rus muarrixlari keyinchalik e ’tirof etganlaridek, asosiy diqqat 
q o iy o zm a manbalarga qaratiladi1. Q oiyozm a manbalar yurtni 
bosib olish, idora etish va boyliklami tasarruf etishda beqiyos omil 
ekanligini bosqinchilar yaxshi bilganlar.
1 M ufassal m a ’lum ot uchun qarang: P.R avshanov, R .O ‘roqov. «A jd o d larim iz 
qadri». T„. « S harq» 1999, 2 6 5 -2 8 2 -b etla r.
178
www.ziyouz.com kutubxonasi


Xonlar, amirlar bu xildagi qora niyatlardan g ‘ofil, kelgan el- 
chilarga mulozamat ko‘rsatib, noyob qo‘lyozmalami ham tuhfa 
etganlar. Masalan, 1820 yilda Negri boshli rus elchilariga Muham­
mad Yusuf Munshiyning «Muqimxoniylar tarixi» tortiq qilinadi. 
Buxoroda bo‘lgan N.Xanikov jam i 166 nodir asarni Sankt- 
Peterburgga o ‘marib ketadi. Bu kitoblar orasida, jumladan, Aziz ibn 
Muhammad Nasafiyning «Al-Maqsad al-aqso» (1411 yil), «Badoyi1 
al-lug‘at» (1705), «Lug‘ati Navoiyya» (1815), «Devoni Xoqoniy» 
(XVII asr), «Vaqfiya» (1815), «Dastur al-vuzaro» (1566), «Tuzuki 
Temur» (1847), «Fathnomayi Sultoniy» (1847), «Ziehi U lug'bek 
(XVI asr), «Risola dar ilmi hisob» (1835), «Daftari Chingiznoma» 
(XIX asr), «Iskandamoma» (1523), «Abushqa» (1560), «Ahsan al- 
qisas» (1850), «Majmuai doston» (XVII asr), Husayn Boyqaro devoni 
(1868) qo‘lyozmalari bo‘lgan. Bu bebaho xazina javohirlari hozirgi 
paytda «Xanikov yig‘masi» nomi ostida Sankt-Peterburgdagi Davlat 
ommaviy kutubxonasida saqlanayapti.
1858 yilda elchilar guruhida yurtimizga kelgan P.I.Lerx Impe­
rator Fanlar akademiyasining Osiyo muzeyi uchun «Hudud ul- 
olam» (X asr), «Kitob al-ansob» (XII asr), «Tarixi Rashidiy» 
(XVI asr) asarlarini olib ketadi. Tilmoch Yu.K. Kazbekov ham 
qo'lyozm alam i g ‘orat qilish ishidan chetda qolmaydi. U, Xoja 
Ahror va Abdurahmon Jomiy asarlarining asl nusxalarini, To‘ra 
Xoja Andijoniyning «M e’roj al-futuh», Avaz Muhammad Attorning 
«Tarixi Shohruhiy», Fariduddin Attorning «Tazkirat ul-avliyo» sin- 
gari asarlarini olib ketadi.
G.A.Arandarenko (Samarqand viloyati harbiy gubematori) 
Qarshi, Shahrisabz bekliklari mazlum etilgan paytlarda 2 ta «Shoh- 
noma», «Haft iqlim», «Zahirai Xorazmshohiy», «Kitob tibb», 
«Iskandar tarixi» singari qulyozmalami qo‘lga kiritadi.
Turkistonda uzoq muddat yashagan V.L.Vyatkin, I.A.Kastane, 
P.Nalivkinlar ham butun imkoniyatni ishga solib, qo‘lyozma asarla­
rini jam g'arish payida bo‘lganlar. V.L.Vyatkin yiqqan asarlar 190 
jildni tashkil etgan.Ular orasida «Fathnoma», «Zubdat ul-osor», 
«Miftoh al-tolibin», «Kitob tuhfat al-nasab», «Nizom ut-tavorix», 
«Tuhfat al-Xoniy», «Tarixi Muqimxoniy», «Temumoma» «Tarixi 
muluki Ajam», «Tarixi Roqim», «Akbamoma», «Murod ul-orifin», 
«Mahbub ul-qulub», «Xamsa», «Tazkirat ush-shuaro» kabi ilmiy- 
tarixiy qimmati beqiyos kitoblar asosiy ko‘pchilikni tashkil et­
gan.
GrafN.Ya.Rostovsev («Muntaxab ut-tavorix», «Ravzat us-safo», 
«Xulosat ul-axbor», «M atla’ us-sa’dayn va majma’ ul-bahrayn», «Ziji
179
www.ziyouz.com kutubxonasi


K o‘ragoniy»), N.M alliskiy' («Zafarnoma», «Ravzat ul-ahbob») kabi 
lavozim sohiblari ham Sharq qo'lyozm alarini to ‘plashga ruju qo'y- 
gan edilar. Istilo va undan keyingi mustamlakachilik yillarida Freytag, 
Akimushkin, Ivanov, Smirnov, Gluxovskiy, Stroganov, Kostigov, 
Erdman, Dorn, Folkman, Simonich, Dolgorukiy, Tamaev, Uillin, 
Kartovov, Geyns, Pozalyan, Dyakonov, Trigorov, Golik, Revel, 
Kas, Danzas singari olim-u korchalonlar Turkistondan o'm argan 
qoiyozm alam i 
Sankt-Peterburg 
kutubxonalariga 
topshiradilar. 
Shub-hasiz, tekinga emas. Birgina Volochinskiy yurtimizdan olib 
ketgan 24 asami imperator kutubxonasiga katta mukofot evaziga 
taqdim etadi.
Achinarli joyi shundaki, Buxoro amirlarining boy va ko‘p 
qamrovli kutubxonalari butkul talon-toroj etilgan. Amir Nasrullo 
davridan boshlangan g ‘orat amirlikning vassallik yillarida avj 
nuqtaga ko‘tariladi. Amir kutubxonasi mundarijasidagi «M uraqqa’» 
(1197 h.), «Misbah» (991h.), «Yusuf va Zulayho» (930 h.), «Tuzuki 
Temuriy», «Xamsa» (986 h.), «Devon» (1111 h.), «Ravzat as-safo» 
(1009 h.), «Shohnoma» (1007 h.), «Ajoyib al-maxluqot va g ‘aroyib 
al-mavjudot» (910 h.) kabi asarlar Sankt-Peterburgdan joy oldi.
M a’naviy xazinamizni talon etish va tashib ketishda general- 
gubem ator K.P.Kaufmanning qo‘li uzun, imkoniyati cheklanmagan 
edi. Sankt-Peterburgdagi Davlat ommaviy kutubxonasida «Kaufman 
yig'm asi» nomli ostida saqlanayotgan 150 jilddan oshiq qo iyozm alar 
mundarijasi diqqatni tortmay qolmaydi. Turkistonni qonga botirgan 
jallod, ayni vaqtda, Sharq qo‘lyozmalarining qimmatini yaxshi 
tushunib, uni kutubxonaga «tortiq» qilishni ham esdan chiqarmagan. 
Uning Q o‘qon, Xiva va Buxoro xonliklari shahar-qishloqlaridan, 
taniqli fuzalo va arboblardan turli yo'llar bilan qo‘lga kiritgan asarlari 
sirasida «Tarixi qipchoqiy» (XVIII), «Tazkirat ush-shuaro» (XVII 
asr), «Tasavvuf», «Temumoma», «Haft avrang» (XVIII asr), «Kimyoi 
saodat», «Lubbi lo‘bob», «Latoyif at-tavoif», «Masnaviyi m a’naviy», 
«Majma al-g‘aroyib», «Maxzan at-ta’armf» (XIX asr), «M e’roj an- 
nubuvvat» (XVII asr), «Riyoz al-vosilin» (XIII asr), «Shavohid an- 
nubuvvat» (XVII asr), «Kulliyoti Jomiy», «Kulliyoti Xoja» (XV asr), 
«Kulliyoti Soib» (XIX asr), «Kulliyoti Qosim Anvar», «Hamsa», 
«Zahirat al-mulk», «Rashohati ayn al-hayot», «Ravzat al-ahbob» 
(XVIII asr), «Ravzat as-safo» (XV asr) kabi noyob qoiyozm alar
1 T oshkent sh ah ar D u m asig a 1907 yildan 1917 yilgacha bosh ch ilik qilib 
m u stam lak a siyosatini o 'tk a z g a n N .G .M alliskiy m u stab id Sovet davrida h am m a '- 
sul lav o zim lard a ishlab uzoq y illar olim va p ed ag o g sifatid a u lu g 'la n g a n . M u al­
lif izohi.
180
www.ziyouz.com kutubxonasi


mavjud. 1916 yilda M.F.Gavrilov m a’naviy talonehilikni davom 
ettirib, «Zafamomayi Xudoyorxoniy», «Haft iqlim», «Ravzat us- 
safo», «Shayboniynoma», «Subhonqulinoma», «Tavorix anbiya va 
muluk», «Tarixi kabir» asarlarini olib ketgan edi.
1868 yili Samarqand egallangach, musulmon dunyosiga mashhur 
halifa Usmon Q ur‘oni general Abramov tomonidan o ija qilinib, 
Sankt-Peterburgga jo'natildi. Xuddi shu general Abramov Shahri­
sabz va Kitob bekliklarini egallagach, yuzga yaqin nodir qoiyozm a- 
lami ham musodara qilgan edi.
General fon Kaufman topshirigiga k o ia sharqshunos A.L. Kun 
Xiva saroyidan 300 qoiyozm a, 18 qur‘on, 50 darslik kitoblarini 
musodara qilgan. 140 jildli bu nodir qoiyozm alardan 129 tasi tarixiy 
asarlar edi. Sharq shoirlarining 30 jildli asarlari, 50 jildli fikh ilmiga 
doir kitoblar Peterburgdagi Xalq kutubxonasiga yuborildi. Kun va 
uning yordamchilari Xiva xonlari tanga zarb etish uchun ishlatgan 
200 muhr va yuzlab tangalar, nodir bezak-buyumlami olib ketdilar. 
Ular orasida xivalik ustalar kandakorlik san’atining eng yuksak 
namunasi - Q o'ng'irot sulolasi xonlari taxti bebaho o ija bo‘ldi. 1874 
yili bu Xiva xonlari taxti qurol-aslaha Palatasiga topshirildi.
Q oiyozm a manbalarning Sankt-Peterburgga muttasil tashib 
ketilishi oqibatida XX asr boshlariga kelib, qadimiy qoiyozm alarni 
topish amalda mumkin bo‘lmay qoladi. 1902 yilda V.V.Bartold 
Turkistonga navbatdagi safarga kelganida, tan olib, «Hozirgi vaqtda 
Qo'qonda biron-bir qoiyozm alar yig‘masi qolgan emas. Hatto, 
Xudoyorxon kutubxonasining 1897 yilda K.G.Zeleman (Osiyo 
muzeyi direktori) shu kutubxona kitobdori Sarimsoq xojada k o ‘rgan 
eng oxirgi nusxalari ham yuqolibdi», deyishga majbur b o ig a n edi1.

Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish