O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Sh.Esonova.
«B uxoro valiahdi». «G u listo n » ju m a li. 1996, 1-son.
160
www.ziyouz.com kutubxonasi


degan joyga yetib keladi. Podpolkovnik Dennet qo‘mondon b o ‘lgan 
ikkinchi guruh esa Matchoh daryosi yuqori qismiga tashlanadi. 
Zarafshon yuqori qismida xunrezliklarni 25 iyunda nihoyalagan 
dushman, bu joylam ing Rusiya podshohi taxti tassarufiga o ‘tganli- 
gini e ’lon qilib, K o‘likalon m avze’ida shahrisabzliklar lashkari 
bilan jangga kirishadi. Shahrisabzliklar jangda katta matonat 
ko‘rsatgan bo‘lishiga qaramay, 
qurollar nisbatidagi ustunlik 
bosqinchilar q o iin in g baland kelishiga sabab b o ‘ladi. Shahrisabz 
lashkari tartib bilan chekinadi.
Shahrisabzliklar xavfini bartaraf etish zarurati harbiy harakat- 
larni davom ettirishni taqozo etadi va general Abramov otryadi 
tog‘ dovonidan oshib o ‘tib, beklikning vodiy qismiga tushadi. 
Shahrisabz va Kitobni olish uchun amalga oshirilgan bosqinchilik 
urushi kundaligi bundan ancha muqaddam general-mayor Abramov 
tomonidan bitilgan edi. Aniqroq aytiladigan b o is a , Shahrisabz va 
Kitobni istilo etish Turkiston general-gubematori Kaufmanning 
muntazam nazoratida b o iib , qo‘mondon Abramov uni harbiy harakat 
rejasi, tatbiq etilish natijalari bilan batafsil tanishtirib borgan. Buning 
sababi shunda ediki, 1868 yil yozida Shahrisabz va Kitobning 25 
ming kishilik lashkari Jo ‘rabek hamda Bobobek boshchiligida 
Samarqanddagi Rusiya gamizonini 8 iyunga qadar zir titratgan edi. 
Kaufmanning 1868 yil 12 iyunda harbiy vazirga yozgan 215-sonli 
m aium otnom asida, jumladan, shunday e ’tirof mavjud: «Q al’ani 
(Samarqand - muall.) qamal qilgan dushman to ‘dasi Jo ‘rabek va 
Bobobek (bular to g iik odamlar b o iib , favqulodda jasur va benihoya 
mergan hisoblanadilar) yetakchiligida kelgan shahrisabzliklardan 
iborat edi»1.
«Favqulodda jasur va benihoya mergan» shahrisabzlik va kitob- 
lik vatanparvarlar ustiga tish-tim og‘iga qadar qurollangan qo‘shin 
bilan borar ekan, qo‘mondon Abramov har bir qilgan xatti-harakatini 
eng mayda tafsilotlariga qadar Kaufmanga yozma ravishda m a iu m
qilib turadi.
Shahrisabzliklardan hadiksirash, shubhasiz, katta doirada b o iib , 
bu yurishga alohida sinchkovlik bilan e ’tibor berilganligini tasaw u r 
qilish mushkul emas.
Endi, general-mayor Abramovning Turkiston harbiy okmgi 
qo‘mondoniga 1870 yilning 31 avgustda yozgan m aium otnom asidan 
ayrim o ‘rinlami keltirib o ‘tamiz. Zero, bosqinchilikning nechogiik 
andishasizlik bilan amalga oshirilishi haqida bevosita shu qonli
' Записки К авказского отдела им ператорского русского географ и че­
ского обш ества. Кн. XI. В ы п уск п ервы й. Тиф лис, 1880, стр. 197.
6-17% 
161
www.ziyouz.com kutubxonasi


ish ijrochisining o ‘z so‘zlarini mushohada etish aniq xulosalarga 
kelishda beqiyos ahamiyat kasb etadi:
1)3 avgust kunida.
7-kuni ertalab barvaqt yurishni boshlaym an1. Bosh guruh quyi- 
dagi tarkibda b o ‘ladi: 3-liniya bataloni to ‘laligicha, 3-batareyaning 
6 to ‘pi, 2-engil qurollangan otliq divizion, 6 raketa moslamasi va 
200 kazak.
Bu guruh 8-kuni Jomga yetib keladi. 9-kuni Jomdan chiqib, 
Qashqadaryo vodiysiga tushib, Shar (Shahrisabz -
muall.)
ko‘ri- 
nadi-gan joyda tunni o ‘tkazadi. 11-kuni m o‘ljalga olish va shaharlami 
zabt etish bilan bog‘liq zarur topshiriqlami bajarish bilan band 
b o ‘lishadi. 12-kuni, agar biror-bir jiddiy qarshiliklar chiqib qolmasa, 
shaharlami egallash.
Podpolkovnik Sokovnin boshchiligidagi 9-batalonning 3 rotasi, 
2 tog‘ qurol-yarog‘i, 2 raketa moslamasi va 150 kazakdan iborat 
yordamchi otryad 9-kuni y o ig a chiqadi va Qoratepada yotib, 10-kuni 
dovon oshadi.
Ikki otryad ham 10 kunlik oziq-ovqat, har bir miltiqqa 200 tadan 
o ‘q, 1,5 jamlanmadan (tog‘ vzvodi 1 jamlanma) to ‘p o ‘qlari bilan 
ta ’minlanadi.
2) 1870 yil 7 avgust kunida.
Shu kuni otryad Samarqanddan chiqib Jom sari, Sizga, janobi 
oliylari oxirgi xatimda aytilgan tarkibda yurishni boshladi. Men 
tarafdan faqat bir o ‘zgartish - 2 yengil qurol-yarog‘ o ‘miga, divizionni 
butunlay jalb etish kiritildi.
Oldimizda turgan harakat bilan bog'liq vaziyatdan kelib chiqib, 
Jomda zaxira sifatida 2 rota piyodalami qoldirishni zam r deb top- 
dim. Bu rotalar 8-kuni y o ig a chiqadi va 6-batalonga biriktiriladi.
...Otryadim juda qoniqtirarli (1300 kishi) tarkibda va juda 
yaxshi ta ’minlangan. Umid qilamanki, Jomda turadigan zaxiradagi 
2 rotaga ham zarurat b oim aydi.
Podpolkovnik Sokovnin, oldindan belgilab qoiilganidek, 9-kuni 
y o ig a chiqadi, unda 600 ga yaqin odam bor.
3) 12 avgust kunida.
9-avgust kuni Jomdan chiqib, tog' y o iid a n yaxshi o ‘tdik. Vodiyga 
yetib, men oldin o'ylaganim dek, Sharga emas, to ‘g‘ri Kitobga -
Shahrisabz to g in in g janubiy yonboshidagi y o id a n ketdim. Otryad 
yo'nalishidagi o'zgarish men tomondan ko'pgina sabablarga k o ‘ra 
amalga oshirildi, ulardan eng asosiysi Shahrisabzga olib boradigan
1 И звлеч ен и е из д о н е с е н и й ген ер ал -м ай о р а А брам ова об экспедиции в 
Ш ах р и сяб з в 1870 г.: « Зап и ск и К авказского отдела...», стр. 207.
162
www.ziyouz.com kutubxonasi


adir yo‘lining noqulayligi edi. 11-kuni men Kitobga yaqinlashib 
keldim va 0 ‘rus qishloqda, Qoratepaga olib boradigan to ‘g ‘ri y o ‘1 
bo‘yida to‘xtadim. Bu joy Kitob muqobilasidagi shahar devoridan 
2,5 chaqirim (Kitob va Shar bir umumiy devor bilan o ‘ralgan) 
keladi».
Shahrisabz va Kitobni bosib olish tafsiloti general-mayor 
Abramovning Turkiston harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni 
Kaufmanga 1870 yil 31 avgustda yozgan 591-raqamli bildirish- 
nomasida1 o ‘z aksini topgan deyish mumkin: «Siz janobi oliylarining 
buyrug‘ingizga muvofiq, Shahrisabz beklariga qarshi harakat qilish 
uchun Zarafshon okrugi qo‘shinlaridan «Shahrisabz» degan umumiy 
nom ostida guruh (otryad) shakllantirildi. Shahrisabzga qarshi 
harakatda va Zarafshon vodiysidan Shahrisabz vodiysiga yurishda 
umumiy qulay b o ‘lish uchun harakatdagi guruhni ikki qismga 
(kolonna) ajratdim, ulardan birini Jom va Jom tog‘i orqali o'tadigan 
aylanma yo ‘lga, boshqasini esa to ‘g ‘ri Qoratepa tog‘iga tomon 
y o ‘naltirdim, har ikkala guruh Shahrisabz vodiysiga bir vaqtda yetib 
keladi.
Shahrisabz guruhi tarkibiga: Z-Turkiston liniya batalonining 
hammasi, 9-batalonning 4 ta rotasi, 3-otliq divizioni, 2 tog‘ to ‘pi, 
raketa batareyasi, Orenburg kazaklar polkining 200, Sibir kazak 
polkining 150 jangchisi kiritildi. Guruh o ‘zi bilan 10 kunlik oziq- 
ovqat zaxirasi va 1,5 hajmda o ‘q-dori majmuasi va artilleriya 
snaryadlari olgan edi. Jom orqali o ‘tuvchi guruh aravalarda, so‘ldan 
Qoratepa tog‘ y o iid a n yuruvchilar esa tuyalarda edi.
Buning ustiga, Samarqanddan o‘ng guruhga zaxira sifatida, 
Jomga 6-batalonning ikki rotasi yuborildi. Ular harakatdagi guruh- 
ning Jomdagi zaxira oziq-ovqatlar omborini qo‘riqlab turdilar.
Z-Turkiston liniya batalonining besh rotasi, otliq divizionning 
6 to ‘p batareyasi, 6 raketa qurilmasi, Orenburg kazak qo‘shinning 6, 
15-yuzliklaridan iborat o ‘ng guruh o ‘t otuvchi batareya komandiri 
polkovnik Kobilinskiy qo‘mondonligida Samarqanddan 7-avgustda 
y o ig a chiqdi va ikki manzil (65 chaqirim) yurib, Jomga yetdi. 
8 avgustda Jomga kelishim bilan, Zarafshon okrugi qo‘shinlari 
bo‘yicha buyruqqa k o ‘ra, Shahrisabz guruhi qo‘mondonligini o ‘z 
zimmamga oldim, shu bilan birga, Siz janobi oliylarining farmoyi- 
shingiz bilan Samarqandga kelishgan Bosh shtab polkovnigi 
Troiskiyni safar shtabining boshlig‘i, polkovnik Mixaylovskiyni 
Jom o ‘ng guruhining boshlig‘i, podpolkovnik Sokovninni Qoratepa 
chap guruhining boshlig‘i etib tayinladim. 9 va 10 avgust kunlari
1 Записки К авказского отдела..., стр. 2 0 8 -2 1 7 .
163
www.ziyouz.com kutubxonasi


o ‘ng guruh Jom tog‘i bo'ylab yurdi, ikki kunda u 34 chaqirim yo‘l 
bosdi va 11 avgustda ertalab soat 9 larda Shahrisabz vodiysiga, 
M akrit qishlog‘iga chiqdilar. Jom tog‘i bo‘ylab harakat qilish 
qo ‘shin va to ‘plar uchun aytarli qiyinchiliklar tug‘dirmadi.
11 
kuni peshindan so‘ng, soat 5 larda guruh Shahrisabz tashqi 
devoridan 2,5 chaqirim narida b o ig a n 0 ‘rus qishloq b o g iarig a 
yetib keldi. Shu kuni kech soat 10 larda 0 ‘rus qishloqda belgilangan 
joyga Qoratepa tog‘i orqali o ‘tgan chap guruh ham yetib keldi. 
Shunday qilib, Shahrisabz guruhlari to 'la ravishda jam b o id i.
Jom orqali yurayotgan o ‘ng guruh toqqa, y a’ni Qalqama qishlo­
g ig a yetguniga qadar, y o id a uchragan qishloqlar aholisi o ‘z joyida 
b o iib , yumushlari bilan band edilar. Qalqama qishlogidan keyingi 
y o id a guruhga kishilar uchramadi, qachonki, guruh Shahrisabz 
vodiysiga qadam bosgach, Makrit qishlogidan 0 ‘rus qishloqqa 
yetguncha Kitob tarafdan dushman pistirmalari qorasi ko‘rina 
boshladi.
Ulaming ayrimlari ilg‘omi va asosiy lashkaming bosh qismini 
harakatga keltirib, gumhning aravalar va ar‘ergard b o ig a n orqa 
qismiga yaqinlashib kela boshladi va miltiqlardan o ‘t ochdi. Guruh 
q o ‘m ondoni M ixaylovskiy shunda o ‘ng halqaga m iltikdardan otishni 
buyurdi. Dushman pistirmasidagilar so‘qmoqlar orqali chekindilar, 
ular izidan to ‘daga qarab otilgan raketalar hammasini yer tishlatdi.
Chap gumh 0 ‘ms qishloqda belgilangan marrada Jom guruhi 
bilan birlashgunga qadar Samarqanddan uch manzil yo‘1 yurdi. U 
9-batalonning 4-rotasi (1, 2 va 4-o‘qchilar), tog‘ vzvodi, 2 raketa 
qurilmasi va 150-Sibir qo‘shinlari kazaklaridan iborat edi. Bu gumh 
Samarqanddan ikki kun so‘ng, y a’ni 9 avgustda chiqqan edi. 10-kuni 
gumh dovonga k o iarild i va shu yerda buyrugim ni kutib turdi. 11- 
kuni ertalab podpolkovnik Sokovninga tog‘dan oshib o iish n i va 
0 ‘ms qishloq sari, Jom gumhi bilan birlashish uchun yurishni taklif 
etdim va u o ‘z vaqtida bajarildi.
Shahrisabzning butun kuchlari joylashgan 0 ‘ms qishloq 
marrasi quyidagicha: uning markazida uchta qo‘rg‘on bor, ulardan 
o ‘rtadagisi nisbatan katta va balandroq. Bu qo‘rg‘ondan butun 
tevarak-atrof va uzoq masofa ko'rinib turadi. Yuqorida aytilganidek, 
qo‘rg‘onlardan qal’aga qadar 2,5 chaqirim b o iib , durbindan istehkom 
devorlari va shinaklar bor bo'yicha aniq-tiniq ko‘rinib turardi. 
Q o‘rg ‘onlaming chap tarafidan, bir necha qadam nariroqdan Kitobga 
y o ‘l o ‘tardi va marraning orqasida bir chaqirimchalik masofada 
u ikkiga ajralardi, biri Makritga, unisi esa Qaynar orqali Qoratepa 
dovoniga olib borardi.
164
www.ziyouz.com kutubxonasi


Marra oldida, undan yarim chaqirim narida tushgan y o ‘1 0 ‘rus 
qishloqdan chorak chaqirimcha masofadan so‘ng ko‘z ilg‘ar ochiq 
joyda oqib yotgan Qashqadaryo o ‘zanidan o ‘tib, istehkom qal’asi 
orqali bog‘lar, shahar va Kitob qal’asiga tutashardi.
0 ‘ng tomondan, mairaga 0 ‘rus qishloq bog‘lari va o ‘ngirlari 
taqalib kelar, orqada ishlov berilgan ochiq dalalar ko‘rinib turardi.
12-kuni ertalabdan marra oldida, o ‘ng tarafdan bosimroq b o i ­
gan holda dushman to ‘dalari paydo b o ia boshladi va asta-sekin marra 
sari yaqinlashib, o ‘t ochishga kirishdi. 0 ‘qchilar guruhini ularga 
qarshi yo ilash g a buyruq berdim va ular shu zahotiyoq dushman 
to ‘dasini ancha masofaga uloqtirib tashladi.
12-kuni soat 9 da guruhdan piyodalar rotasi, 20 kazak va 2 
raketa qurilmasini oldimda, istehkom mudofaasini rn o ijal qilishga 
otlandim. Shtab boshlig‘i polkovnik Troiskiy, Bosh shtab zobit- 
lari - kapitanlar Sobolev, Frids va shtabs-rotmistr Aminovlardan 
tashqari, mening ixtiyorimda b o ig a n kishilar, ikki guruh boshliqlari, 
polkovnik Mixaylovskiy, podpolkovnik Sokovnin va guruhning 
muhandislik qismi b o shlig i podpolkovnik Bogaevskiylar m o ijalg a 
olish paytimizda men bilan birga edi.
M oijalg a olish ishlari marradan to ‘g ‘ri Kitobga qarab ketuvchi 
va istehkom devoridan 300 qadamcha nariroqdagi baland qo‘r- 
g ‘onda amalga oshirildi. Q o‘rg‘ondan istehkomning o ‘ng tarafini 
shaxsan k o ‘zdan kechirib, Mixaylovskiy guruhining hujum qilish 
joyini tanlab va ko'rsatib, polkovnik Mixaylovskiy, podpolkovnik 
Sokovnin va Bogaevskiylarga qo‘rg‘ondan chapga yurib, istehkom 
devorining u tomonini qarab chiqishni va podpolkovnik Sokovnin 
guruhi uchun joy tanlashni buyurdim. Shu bilan bir vaqtda, bosh 
shtab kapitani Sobolevni qo‘rg‘ondan to ‘g ‘ri polkovnik Mixaylovskiy 
batareyasi uchun m oijallangan joyni sinchiklab kuzatish uchun 
yubordim. Sokovnin guruhi uchun joyni tanlab va kuzatib b o ig ach , 
men lagerga qaytdim, polkovnik Mixaylovskiy va podpolkovnik 
Sokovninlar esa piyoda rotasi bilan istehkom devorlari va to ‘siqlami 
yanada sinchiklab kuzatish, qolaversa, tevarak-atrofni o ‘qqa tutish 
uchun lagerdan keltirishni buyurganim ikkita to ‘p uchun qulay joy 
tanlash uchun qolishdilar.
M o ijalg a oluvchi guruh 0 ‘rus qishloq b o giaridan chiqishi va 
mening qo‘rg‘onga kelib to'xtashimdan boshlab, butun m o ijalg a 
olish ishlari davomida, dushman guruhga istehkom devori hamda 
to ‘pxonalardan uzluksiz o ‘q va zambarak otib turdi. Polkovnik 
Mixaylovskiy, podpolkovnik Sokovnin va Bogaevskiylarga esa 
qal’ani chap tomondan o ‘rab turgan bogiard an otliqlar to ‘dasi
165
www.ziyouz.com kutubxonasi


xujum qilib, miltiqlardan o ‘q uzdilar. To‘dalarga qarab otilgan bir 
qancha raketa ulami tum-taraqay qilib yubordi.
Joyni mufassal k o ‘zdan kechirib, istehkom to ‘pxonalarini 
dastlab, m o‘ljalga oluvchi gumh turgan qo‘rg ‘ondan so‘ng, qo‘rg ‘on 
o ‘ng tarafidagi mayda tepalikdan o ‘qqa tutib, polkovnik M ixay­
lovskiy va podpolkovnik Sokovnin
rota va to ‘pchilar vzvodini o ‘zlari bilan birga olib qaytdilar.
Shu kechasi batareyani tanlangan joyga o ‘mashtirish masala- 
sini hal etib, hujumda asqotadigan narvonlar hozirlashni buyur- 
dim. Ikki rotani 0 ‘rus qishloqqa arqon va kerakli narsalar keltirish 
uchun yubordim.
Kitobga hujum qilish va unga ikki yoklama kirishni k o ‘zda 
tutib, shu maqsadda qo‘shinni ikki gumhga ajratdim: o ‘ng gumh 
polkovnik Mixaylovskiy qo‘mondonligi ostida, 3 rota (1,2 va 
3-o‘qchi batalon jangchilari), to ‘pchilar va otliqlar batareyalarining
1 tadan vzvodlari 2 raketa qurilmasi va 10 kazakdan iborat 
tarkibida; chap gumh podpolkovnik Sokovnin qo‘mondonligi 
ostida, 9-batalonning 3-rotasi (1-2-rotalar va o ‘qchilar), to ‘pchilar 
va otliqlar batareyalarining 1 tadan vzvodlari, tog‘ zambarakchilari 
vzvodi va 20 kazak tarkibida.
Q o‘rg ‘on oldi, oralig‘i va orqasida hujum uchun qo‘yilgan 
qo‘shinga zaxira tariqasida 3-batalonning 4-rotasini, bir to ‘pni va 
250 kazakni qoldirdim. Zaxira yasovul Prins komandasi ostida edi. 
Marradagi lagerda butun ashyolar, aslahalar 3-batalonning 2-rotasi, 
9-batalonning 4-rotasi va 20 kazak qo'riqlovida turardi. Lagemi idora 
etish rota komandirlarining martabasi ulug‘i, pomchik Gamzinga 
topshirilgan edi.
Polkovnik Mixaylovskiy guruhida unga yordamchi qilib 
mayor Poltoraskiy, artilleriya boshlig‘i podpolkovnik Kobilinskiy 
va muhandislik ishlari rahbari podpolkovnik Bogaevskiylar tayin­
landi hamda uning ixtiyoriga Bosh shtab kapitani Frids berildi. 
Podpolkovnik Sokovnin guruhida unga yordamchi, podpolkovnik 
Raevskiy, artilleriya b o sh lig i yasovul Topomin, muhandislik ishlari 
rahbari shtabs-kapitan Nepokunniy tayinlandi hamda uning ixtiyo­
riga Bosh shtab kapitani Sobolev biriktirildi.
12 
avgust kechqurun, qorong‘u tushishi bilan hujumga shay 
turgan qo‘shin piyodalariga batareyalar egallashi lozim b o ig a n
marraga tomon yurish b u y ru g in i berdim. Ikkala gumh qo‘shin 
О ‘ms qishloqdan o ‘ta turib, u yerda tayyorlab va aravalarga yuklab 
qo‘yilgan narvon, arqon va zam r aslahalami o ‘zlari bilan oldilar. 
Tun qorong‘uligi va sokinligida amalga oshirilgan harakat dushman 
tomonidan sezilmadi, ikkala gumh qo‘shin belgilangan yerga yetib,
166
www.ziyouz.com kutubxonasi


shu zahotiyoq batareyalami joylashtirishga kirishdi va bu ishlar 
deyarli bir o ‘q otilmay uddalandi. Mixaylovskiy batareyasi qo‘r- 
g ‘ondan 220, Sokovnin batareyasi esa 78 qadamlik masofada o ‘ma- 
tildi.
13-kuni tongda ishlar nihoyasiga yetkazildi. Batareyalarga 
artilleriya yetib kelgan zahotiyoq, uning bir qismi dushman to ‘p- 
xonalaridagi (barbet) zambaraklarga, yana bir qismi esa, istehkom 
devorining o ‘yish m o‘ljallangan joylariga qarab o ‘t ochdi. Dushman 
biz tomondan uzilgan o ‘qlarga to ‘p va zambaraklardan shiddatli 
o ‘t ochish bilan javob qaytarardi, bu ayniqsa, Sokovnin batareyasi 
tarafda kuchli b o id i. Ertalab, soat 5-da batareyalarga o ‘t ochishni 
kuchay-tirish haqida buyruq berdim va, izma-iz, yonimdagi kishilar 
va 6-raketa qurilmasi bilan Sokovnin batareyasiga jo ‘nadim. Bu 
yerda vaziyatni quyidagicha baholadim: Bu batareyaga qarshi 
dushmanning uch batareyasi harakat qilgan edi: biri to ‘g ‘ri qarshi 
tomondan 5 to ‘p bilan, boshqasi batareyaning o ‘ng tarafidan 4 
zambarak bilan, uchinchisi chapdan 2 to ‘p bilan zarba bergan edi. 
Dushmanning butun o ‘q otish c h iz ig i batareyaning o ‘ng va s o i 
tarafiga qadar o ‘qchilar tomonidan ishg‘ol etilgandi. Shu sababli, 
artilleriya hamda miltiq o ‘ti nihoyatda kuchli1 edi. Dushman 
artilleriyasining harakatini sal-pal bo isa-d a, so‘ndirish maqsadida 
men shu lahzada o ‘qchilami batareyadan chap tarafdagi bog‘ning 
cheti va batareyadan biroz naridagi mayda o ‘ngir b o ‘ylab tarqalishga 
buyruq berdim.
Aftidan, Shahrisabz beklarining mudofaa vositalari soat sayin 
kuchayib borayotganligi sababli, hujumda har qanday sustkashlik 
faqat ishni qiyinlashtirar va murakkablashtirardi, shu boisdan 
shahar devorini Sokovnin batareyasi o ‘yishini kutib oiirm asdan, 
xayollamay hujum uyushtirishga qaror qildim.
Yasovul Prinsga zudlik bilan barcha kazaklar bilan Ravatoq 
darvozasiga yopirilib, uni darhol majaqlash va egallab olish buyrugini 
j o ‘natdim. Yasovul Prins hech narsaga, hatto to ‘plardan o ‘q uzish 
bilan qarshi olinganiga qaramay, ushbu buyruqni tez va toza bajardi. 
0 ‘n daqiqadan so‘ng men darvoza ag'darilganini va egallab olingani 
xabarini oldim.
Soat 8-00 larda (13 avgustdan 14 avgust tongi) hammasi tugadi, 
bu paytda men qal’aga shaxsan yetib kelgan edim. Kitob qal’asi hech 
qanday harbiy ahamiyatga ega emas. Bu bekning ancha mahobatli, 
pokiza va aytarli darajada boy b o ig a n turar joyi, xolos. Kitobning
1 S okovnin batarey asig a qarshi istehkom dev o rin in g darv o zasid an boshlab 
Jo 'ra b c k , M ixay lo v sk iy g a qarshi esa B obobek lashkarlari kurash ay o tg an edi.
167
www.ziyouz.com kutubxonasi


olinishi Shaming (Shahrisabz) o ‘z-o‘zidan qo‘limizga o ‘tishi b o i ­
gan edi. Shu kuni qo‘shin charchab qolgani uchun Sharga o'tolm a- 
dim va bu ishni ertangi kunga qoldirdim.
Asirga olinganlaming k o ‘rsatmalari b o ‘yicha, qurollangan 
mudofaachilar 8 mingga yaqin b o ig a n . Hozirgi Shahrisabz beklari 
(Buxoro) menga aytishdiki, Jo ‘rabiy va Bobobiy 13 mingga qadar 
qurollangan kishilami qo‘yishi mumkin edi, zero, oldinlari ular 
Buxoro amirlariga qarshi shuncha qo'shin jam qilar ekanlar. Endi 
b o is a , bizning kelishimiz ular uchun kutilmagan bo'lib, zam r 
tayyorgarlik ko'rishga ulgurolmay qolgandilar.
Dushman nihoyatda katta talafot ko'rdi. Asirlar, hujum bosh- 
lan-gan kun 600 ga yaqin kishi o'ldirilgan edi, deb hisoblaydilar. 
Bizning yo'qotishlarim iz ham sezilarli darajada, y a’ni: 1 ober-ofiser 
(praporshik Kozlovskiy), quyi unvonlilardan 18 ta o'ldirildi. 1 general 
(otryad boshlig'i, y a ’ni Abramovning o'zi) yengil, 4 shtab zobitlari 
(Mixaylovskiy - yengil, Sokovnin - og'ir, podpolkovnik Raevskiy -
yengil, mayor baron Miller-Zakomelskiy - yengil), ober-ofiserlardan
2 ta - praporshik Mamin va kom et M orozov yengil yaralandi. Quyi 
unvonlilardan 59 ta og'ir, 42 ta yengil yarador bo'ldi. 29 ta to 'p
va zambarak, qilich, miltiq, artilleriyaning ko'p o'q-dorisi q o ig a
tushirildi.
Kitobni zabt etgach, ertasi kuni (15 avgust), men Sharga bordim. 
Aholi shahardan 3 chaqirimcha berida meni non-tuz bilan qarshi 
oldi. Ularga janobi oliylarining Shahrisabz mulklarini uning qonuniy 
egasi, Buxoro amiriga berish haqida azmi qarorini e ’lon qildim va 
barchasiga o 'z joylariga qaytishni, amir tomonidan tayinlanadigan 
yangi beklar kelishini kutishlarini topshirdim. Ertasi kuni (16 av­
gust) mening ijozatimga ko'ra, Chiroqchidan To'xtamishbiy 1500 
suvoriysi bilan shaharlaming (Shahrisabz, Kitob) gamizonlarini 
dastlabki kunlarda idora qilish uchun keldi.
Shaharlami tayin etilgan beklarga topshirib va bu haqda amirga 
xabar berib, Samarqandga qaytish taraddudida turganimda, yangi 
beklardan, go'yo Jo'rabiy va Bobobiy M og'iyonda 3 ming chog'li 
qo'shin to'plab, yov ketishi bilanoq Shahrisabzga hujum qilmoq- 
chiligi xabarini oldim...».
Shahrisabz va Kitobning istilo etilishida amir Muzaffaming 
tajovuzona harakatlari ham ahamiyat tutmay qolmagan. M ang'itiy 
amirlaming kenagas biylariga nisbatan adovati azaliy bo'lib, amir 
M uzaffaming otasi amir Nasrullo 1858 yilda Shahrisabzni quch 
bilan tobe’ etgan edi. U nechanchi bor qayta bo'ysundirilgan Shah­
risabz va Kitobga o 'z m ang'itlaridan hokimlar tayin qilgan, bu yerda 
hukm surib kelgan vallamiylar sulolasini qatag'on etgan, Doniyor
168
www.ziyouz.com kutubxonasi


otaliqning (1840 yilda vafot etgan) qizi, Dahyak hokimi Yoqubbek- 
ning xotinini (Kenagas oyimni) ikki bolasi bilan tortib olib, nikohiga 
zo'rlik bilan kiritgan edi. O 'sha vaqtda Shahrisabzda hokim b o iib
turgan Doniyor otaliqning o ‘g ‘li Iskandarbekni Qorako‘1 tumaniga 
hokim nomi ostida badarg'a etgan edi.
Amir Muzaffar otasi amir N asadloning Shahrisabz malikasi 
Kenagas oyim tomonidan qulog'iga zahar quyib oMdirilganligini1 
unutolmas edi, albatta. Toshkent Rossiya qo'shinlari tomonidan 
egallangach, Iskandarbek u yoqqa jo ‘natiladi. Iskandarbek zimma- 
sidagi vazifani uddalay olmagan kishi sifatida amir Muzaffar 
tomonidan o'ldirilib yuboriladi.
D.N.Logofetning «General Abramovning chor qo'shinlari 
otryadi Shahrisabz o'lkasiga kirganda, Buxoro qo'shini shaharga 
g ‘arb tomondan yaqinlashib keldi. Uch tomonlama qamal qilingan 
(Mixaylovskiy, Sokovnin, Buxoro lashkari) Shahrisabz, Kitob va 
Yakkabog4 olingandan so'ng Shahrisabz beklari K o'qonga qochdi», 
degan so'zlari zamirida asrlar bo'yi davom etib kelayotgan shaxsiy 
adovat, ichki nizolaming vatan, el-ulus manfaatidan ustun kelishidek 
qabohat pinhon yotadi. Amir Muzaffar Rossiyaga bo'lgan vassallik 
har ikkala tomon uchun ham manfaatli bo‘lganligi sababli, undan 
hayollamay foydalanib qolgan.
Shu tariqa, ikki yoqlama bosqin girdobida qolgan qadimiy 
shaharlar - Qarshi, Shahrisabz va Kitob, bunday aytganda, Qashqa 
vohasi dushman tomonidan istilo etiladi. Amir Muzaffar bu 
o ‘lkaning bosib olinishida vosita hamda faol qatnashchi bo‘ladi. 
D.N.Logofet bu haqda. «Rus qurolining kuchi va ko'lob boclib 
to ‘kilgan rus qoni evaziga olingan Shahrisabz va Kitobdek ulkan 
beklik Buxoro amiriga berildi. Shunday qilib, tarix bilan hisob- 
lashilmadi yoxud Shahrisabz va Hisor o'lkalarining ko'pdan beri 
Buxoro hokimiyatini tan olmay, mustaqil bekliklar ittifoqini tashkil 
etib, o'ziga xos hayot kechirayotganligi ham e ’tiborga olinmadi». 
deydi nadomat bilan.
D. N. Logofetning alamini tushunsa bo‘ladi. U, rus quroli va qoni 
hisobiga zabt etilgan bekliklar Rossiya tarkibiga kiritilmaganidan 
taajjub qilib, achinadi. Biroq, o 'n minglab qurbon bo'lgan shah- 
risabzliklar qoni uning xayoliga ham kelmaydi. Qonlar daryo bo'lib 
to'kilishi haqida gap borgudek boMsa, o'lgan bitga askarmi ham 
hisobga olib borgan dushman mahalliy aholini qirg'in qilar ekan. 
ulami to'planga yem qilganligi, o'liklardan maydonlar, dashtu dala-


Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish