Mavzuga doir axborot
Chor Rossiyasi qo‘shinlari Toshkentni ishg‘ol etgach, Buxoro
amirligi yerlariga yurish boshladi va 1866 yil davomida birin-ketin
X o‘jand, 0 ‘ratepa, Jizzax qal’alarini bosib oldi. Jizzax ostonalarida
katta talofot bergan chor qo‘shini Kattaqo‘rg‘onga hujum qilishdan
oldin uzoq vaqt harbiy tayyorgarlik ko‘rishga majbur b o id i.
Bu vaqtga kelib amirlikda ichki ziddiyatlar nihoyatda kes-
kinlashgan edi. Samarqand hokimi Sher Ali-inoq zulmidan azob
chekayotgan shahar aholisi amirga xat yozib, uning o ‘rniga boshqa
hokim tayinlansa, istilochilarga qarshi oxirgi tomchi qonlari qol-
guncha kurashajaklarini m a iu m qildilar. Biroq amir xalqning bu
iltimosini inobatga olmay, Sher Ali-inoqni o ‘z o ‘rnida qoldirdi.
0 ‘g ‘li Abdumalik hamda Hisor begi Rahmonqul parvonachini
Samarqand gamizoniga bosh qilib tayinladi va o ‘zi Karmanaga
jo ‘nab ketdi. Amir ketgach, Sher Ali isyonkor shahar aholisidan
o ‘ch ola boshladi va shahaming bir necha m o“ tabar kishilarini
qatl ettirdi. Amir Muzaffaming saroy tarixchisi Mirzo Somiyning
fikriga qaraganda: «...unga (Abdumalikka) xalqning itoat etishi va
bo‘ysunishini ko'rolmaganligi bois» Sher Ali-inoq amirga Abduma
lik to i a Samarqanddagi g ‘alayonlarning sababchisi, degan uydir-
mani yetkazdi. Bu gapga ishongan hamda o‘g ‘lining xalq orasida
obro‘si oshib ketishidan cho‘chigan amir valiahd Abdumalikni
Samarqanddan chetlashtirib, G ‘uzorga hokim qilib yuboradi.
Abdumalik G ‘uzorda b o ig a n vaqtda chor qo'shinlari Samar-
qandga hujum qilib, 1868 yil 2 may kuni uni bosib oldilar. 18 mayda
esa K attaqo'rg'on taslim bo'ldi. Samarqand va K attaqo'rgon qo'l-
dan ketganligi va otasining tobe b o iib , sulh tuzish niyatida
gubematorga elchi yuborganligidan xabar topgan Abdumalik
153
www.ziyouz.com kutubxonasi
kurashni davom ettirishga ahd qiladi. To‘raning lashkarboshilari
Hisor qabilalari, Sherobod qo‘ng‘irotlari, Qarshi o ‘zbeklari, ersori
turkmanlariga maktublar yo‘llab, ularni jihodga chorladilar. Barcha
viloyatlardan g ‘azot talab odamlar kelib, G ‘uzorga to'plandi. Qisqa
fursat ichida bir necha to 'p yasab, harbiy jihozlar hozir qildilar.
Amirlikning Sharqiy Buxoro hududi butunlay Abdumalik qo'l
ostiga o'tdi. Bu viloyatlardan tashqari Amudaryo bo‘ylaridan
turkmanlar, Farg‘onadan qora qirg‘izlar, Marv hududidan jangovar
tekinlar va hatto Hirot atroflaridan afg‘onlar ham yetib kelib,
Abdumalik qo'shinining saflarini toidirdilar.
Q urol-yarog1 hozirlagach, Abdumalik to ‘raning lashkari G ‘u-
zordan chiqib, Shahrisabz orqali Samarqandga otlandi. Shahrisabz
begi B obobektoiaga peshvoz chiqib, jamiki qo‘shini bilan unga
qo‘shildi. Abdumalik bayrog‘i ostida to ‘plangan ulkan qo‘shin 1868
yilning 31 mayidan 1 iyuniga o ‘tar kechasi Samarqand devorlari
atrofiga yaqinlashib keldilar. Bu yerda ularga eshon Umarxon Max-
dum boshchiligidagi ruslarga dushmanona kayfiyatda b o ig a n ma
halliy kuchlar ham kelib qo‘shildi. Q o‘zg ‘alonchilaming birlashgan
qo‘shni hech bir qarshiliksiz shaharga kirib, Samarqandni egallashga
muvaffaq b o id i. Shahar aholisi ham ularga qo‘shildi. Ozchilikni
tashkil etgan dushman gamizoni qo‘rg‘onga kirib yashirindi. Q o‘z-
g ‘alonchilar qo‘rg‘onni qamal qilishga kirishdilar. Shu qo‘rg‘on
ichida qolgan rassom V.Vereshcnagin m aium oti bo‘yicha, ulaming
gamizonida 500 ta askar b o ig a n , mujohidlar esa 20000 kishini
tashkil etgan. Bu vaqtda Turkiston general-gubematori K.P.Kaufman
(1867-1881 yillar) asosiy kuchlarini Chag'noqda to'plab, Zirabuloq
jangiga hozirlik ko’rayotgan edi. Bunday qulay vaziyatdan
foydalangan Katta To‘ra qo'shini bosqinchilarga tinimsiz zarba
berib, qal’a devorlarini bir necha joyidan teshib o ‘tdi va bir qancha
rus askarlarini asir oldi. Ammo, ming afsus bilan ta ’kidlash joizki,
chor qo‘shinlarining harbiy texnika jihatidan ustunligi tufayli, qal’a
atrofida minglab Vatan himoyachilari dushman to ‘plaridan yer
tishladilar. Shunga qaramay, isyonchilar g ‘alabaga ishonch bilan
kurashni davom ettirdilar. Samarqand qo‘zg‘aloni haqidagi xabar
Kaufmanga etib bordi. U Zirabuloq yaqinida amir qo‘shinini tor-
mor keltirib, tezlik bilan Samarqandga qaytdi. Kaufman 8 iyunda
Samarqandni to'plardan yoppasiga o'qqa tutish va yoqib yubo-
rishni buyurdi. Dushmanning kuchli zarbasiga dosh berolmagan
musulmon lashkari chekinishga majbur b o id i. Abdumalik t o i a
shahardan chiqib, qolgan-qutgan qo‘shini bilan Shahrisabzga
j o ‘namoqdan o ‘zga chora topa olmadi.
154
www.ziyouz.com kutubxonasi
Q o‘zg‘alon bostirilgach, 9 iyun kuni Samarqandda q irg in
boshlandi. Yuzlab odamlar otib tashlandi. Shaharni talon-toroj
etish uchun uch kun askarlar q o iig a topshirildi, so‘ngra o 't quyib
yuborildi.
Samarqandda boiayotgan bu voqealar bilan bir vaqtning o ‘zida
Buxoroda ham 3000 kishidan iborat ulamolar, shayxlar va madrasa
toliblari dushmanlarga qarshi kurashga otlandilar. Karmanaga
kelib ular amirga shunday so‘zlar bilan murojaat etganlar: «Bizlarga
bosh b o iib , yovga qarshi yur, tokim, biz sening oldingda jang qila
turib qurbon bo iay lik ; agar istamasang, bizlarga o ‘z qo‘shiningning
otlari va qurollarini ber; biz o ‘zimiz ular bilan jang qilishga
boramiz, sen esa shu yerda qol, hordiq chiqarib, k o ‘ngilxushlik
qil». Muhammad Rizo Ogahiyning keltirgan m aium otlariga ko‘ra,
ulaming bu so'zlaridan nihoyatda g ‘azablangan amir Muzaffar
mullalarning hammasini qirib tashlamoqchi bo‘ladi. Lekin u o ‘zini
tutib: «Sizlar saflariigizni buzmay Samarqandga boraveringiz, men
harbiy tayyorgarliklami tugallab ikki-uch kundan keyin y o ig a
chiqam an»,- deb javob beradi. G ‘azovotchi mullalar y o ig a tush-
gach, amir yashirin ravishda Samarqand hokimi va u yerda turgan
dushman qo‘shini qo'm ondoniga xabar yetkazib, ulami shaharga
kiritmasdan, qirib tashlashni maslahat beradi. Ular huddi aytilganday
y o i tutib, mullalarga kutilmaganda hujum qiladilar va ulami
qirib tashlaydilar. Amirning xoinligi tufayli yana minglab Vatan
himoyachilari erk va ozodlik y o iid a shahid boidilar.
Abdumalik Samarqandni tashlab G ‘uzorga chekingach, amir
1868 yil 28 iyunda Rusiya bilan sulh tuzdi va Kamianadan Buxoroga
qaytdi. Poytaxtga qaytgach, amir o ‘g iig a maktub y o ila b , Rusiya
bilan sulh imzolanganligini m a iu m qiladi va unga har qanday
yovuz xatti-harakatlardan o ‘zini tiyishni buyuradi. Abdumalik
ota-sining bunday nojo‘ya harakatidan qat’iy norozi b o iad i. U
G ‘uzorda viloyat a ’yonlarini to ‘plab, ularga otasining kirdikorlari-
dan shikoyat qiladi. Hozir b o ig a n lar yakdillik bilan bunday hatti-
harakatlari uchun amir taxtdan tushirilishini va bir tomchi qon
qolguncha shariatni himoya qilish lozimligini m a’qullaydilar.
Shu o ‘rinda Abdumalik to'raning asl maqsadi haqida bir-ikki
o g iz so‘z yuritmoqchimiz. Abdumalik mamlakat o g ir vaziyatda
qolg‘anidan foydalanib, taxt uchun kurashmadi. Aksincha, amirlik-
ning Sirdaryodan Samarqandgacha b o ig a n hududlari dushman
q o iig a o ‘tganidan, otasining Buxoro amirligi uchun o‘ta adolatsiz
hisoblangan sulh tuzib, murosasozlik siyosatini yuritganidan ran-
jigan valiahd ham otasiga, ham chor Rusiyasi qo‘shiniga qarshi
kurashga bel b ogiadi. Ogahiyning keltirgan m aium otlari bu
155
www.ziyouz.com kutubxonasi
fikming nechog‘li haqiqat ekanligini tasdiqlaydi: «Abdumalik to'raga
otasining o'rus bilan musolaha qilib, mutobaat ko‘rguzgani m a’qul
tushinay, xizmatdagi ahli sipohning umarosin va hamul atrofdagi
jam i' elat va bilodning‘ akobir va kadxudosin (oila boshliqlarini)
xizmatiga undab, otasining har oyda o ‘n ikki ming tillo mohona
muqarrar qilib, askar ahli ilmni qatli om etib, kofirg‘a tobe b o ‘lg‘onini
shikoyat tariqasi bila bayon etti. Hamma ittifoq bilan Abdumalik
to ‘raga dedilarkim, bizlar ham otangizdan bezormiz... Endi siz
bizlarga bosh bo‘lub oldimizg‘a tushing, to avval borib otangiz
bila urushali... Buxoro shahrini musaxxar qilsak, ondin so'ng sizni
podshoh qilib, o ‘rus kufforining qasdig'a yurush qilurmiz...» Mirzo
Somiy ham butun mamlakat aholisi Abdumalik to ‘rani qo'llab-
quvvatlaganligini quyidagicha bayon etgan: «Ish shu bilan tuga-
diki, janobi oliylarining Olloh taolodan bo'lak hech kimi qolmadi,
chunki barcha jon-dili bilan to'rani derdi».
Shunisi e ’tiborga sazovorki, Abdumalik to'raning ham otasi,
ham chor bosqiniga qarshi kurashganligini o ‘sha davr muarrixlari
bilan bir qatorda jang harakatlarida bevosita ishtirok etgan chor
zobitlarining o'zlari ham e ’tirof etr.dilar. Jumladan, uzoq yillar
O 'rta Osiyoda yashagan chor Rusiyasi polkovnigi D.N.Logofet
uni shunday ataydi: « 0 ‘z vaqtida ham Buxoro amiri, ham ruslarga
qarshi isyon bayrog'ini ko'targan va o'zining Buxoro taxtiga b o ‘lgan
huquqlaridan voz kechishni istamagan Buxoro taxtining valiahdi
Abdul-Malikxon...». Buxoro-Rusiya urushida ishtirok etgan, ko ‘plab
voqealarning guvohi bo'lgan zobit M.A.Terentev ham Abdumalik-
ning ruslarga nafrat bilan qaraganligini yashirib o ‘tirmagan:
«Uning isyon bayrog'ini ko‘targan to 'n g 'ich o 'g 'li Katta To'ra
o ‘zining bosqinchilarga bo'lgan nafrati tufayli katta shuhrat qozon-
gan va ba’zi joylarda amir deb e ’lon qilingan edi».
Darhaqiqat, Abdumalik to'raning keyingi sa’y-harakatlari ham
birinchi navbatda Buxoro davlatining ozodligi uchun kurashga
qaratilgan edi. Bu gal Abdumalik atrofiga avvalgidan ham ko'p
odam yig'ildi. Hatto amiming lashkarboshilari va yirik amaldorlari
ham To'ra xizmatiga kirib, kurash yo'lini tanladilar. Abdumalik
mujohidlarga bosh bo'lib, Buxoroga qarab yurmoqchi bo'lib turgan
bir vaqtda, amir ham «beboshlami» jazolam oq uchun Buxorodan
Qarshiga qo'shin tortdi. Amir G 'uzorga kelgach, Abdumalikka
qarshi Tug'aym urod-biy va Yo'ldosh-biy boshchiligida qo'shin
jo'natdi. Buxoro lashkari va Abdumalik qo'shini o'rtasida Foniyte-
pada bo'lgan jang natijasiz tugadi. Bobobek qo'shini bilan birlash-
moq viyatida Abdumalik keyingi kun Shahrisabzga qarab yurdi.
Amir Abdumalikni tutib berishni so'rab, Bobobek va Jo'rabekka
156
www.ziyouz.com kutubxonasi
iltimosnoma yubordi. Beklar kelishib amirga o 'g'lining aybidan
o'tishini so'rab maktub bitdilar. Maktubni o'qib g ‘azabga mingan
amir qo'shinga jangga kirishga buymq berdi. Ikki qo'shin o'rtasida
uch kun davom etgan to‘qnashuvda Abdumalikning qo‘li otasidan
usmn keladi.
Bu vaqtda amirlikning shimoliy tumanlanda ham xalqning
noroziligi kuchayib, qarshilik harakatlari va g ‘alayonlar kundan-
kunga avj olmoqda edi. General Terentevning guvohlik berishicha:
«16 avgustda Siddiq (Sulton Sodiq Kenesarinni shunday atashgan)
amiming yo'qligidan foydalanib, Nurota qal’asini egalladi va
Karmanaga qarab yurdi. Valiahd uni Karmanaga bek etib tayinladi».
Abdumalikning safdoshi bo‘lmish Siddiqqa qarshi amir 13 ming
kishilik qo‘shin yubordi. Karmana shahri ostonasida amiming bu
qo'shini tor-mor etildi. Amir yuborgan ikkinchi qo'shin esa jang
qilmay turib, Siddiq to 'ra tarafiga o'tdi. Bu g'alabadan keyin Kar
mana aholisi Siddiq to'rani shaharga kiritib, uni hukmdor deb
e ’lon qildi. Amir Karmanadagi tang vaziyatni hisobga olib, poytaxt
muhofazasini ta ’minlash maqsadida jangning uchinchi kuni Shah-
risabzni tark etdi. U Chiroqchida 1500 qo'shin qoldirib, qolgan bar
cha lashkari bilan Siddiq to'raga qarshi yurdi. Amir Shahrisabzni
tark etishi bilanoq, Abdumalik qo'shini avval Chiroqchi, so'ngra
Qarshini egalladi.
Saltanat tizgini qo'lidan ketishiga ko'zi yetib, sarosimaga tush
gan amir Muzaffar Kaufmanga maktub bitib, undan yordam so'radi.
Mirzo Somiyning xabar berishicha: «Gubemator rozilik barmog'ini
ko'ziga surtib, 10 ming sinalgan, jang ko'rgan askarlarini 10 ta
momoqaldiroq ovozli, yashin sochuvchi zambaraklar bilan ajratib,
ulami to'raga qarshi yubordi».
Chor hukumatining rahbarlari uchun Said Muzaffardek kishining
amirlikni boshqarishi aym muddao edi. Ular buni o 'z asarlarida
ochiq-oydin bayon etganlar. «...hech kim yoqtirmaydigan, xalqqa
manzur bo'lm agan va qat’iyatsiz Said Muzaffar biz uchun serg'ayrat
va mashhur fidoyi Katta To'raga qaraganda qulayroq edi». - deb
yozadi general Terentev.
Xullas, general Abramov boshchiligida ajratilgan qo'shin
Jomga kelib o'm ashdi. «Bizning Kitobga yurishimiz, - deb hikoya
qiladi Terentev,- Shahrisabz beklarini Qarshidan 4 ming qo'shinni
artilleriyasi bilan chaqirib olishga majbur qildi. Shu tariqa, Katta
To'raning faoliyati birmuncha vaqt to'xtatib qo'yildi». Bu vaqt
ichida amir Shahrisabz beklari va Abdumalik yordamidan ajralib,
yakkalanib qolgan Siddiq to'ra qo'shinini mag'lubiyatga uchratdi.
157
www.ziyouz.com kutubxonasi
Xatirchi va Nurotada o ‘z beklarini tayinlab, 1868 yilning oxirlarida
Abdumalikning 8 ming kishilik qo‘shiniga qarshi yurdi.
Buxorodan amir qo‘shinlari, Kitobdan rus askarlari Qarshiga
qarab yo‘lga chiqdilar. Buning xabarini eshitgan To‘ra va uning
lashkarboshilari xalqni muqaddas jangta chorlab, umumiy harbiy
safarbarlik e ’lon qildilar.
Qarshidan 9 chaqirim narida joylashgan Q o‘ng‘ir tepaligida
Abdumalik lashkari chor qo‘shini bilan to ‘qnashdi. Jang avjiga
chiqan bir pallada Koson tomonidan Buxoro qo‘shini ham yetib
keldi. Chor askarlari va amir qo‘shini to ‘p va miltiqlardan tinmay o ‘q
yog‘dirib, istehkomlami vayron qildilar. Chor Rusiyasi qo'shinining
harbiy texnika jihatidan ustunligi tufayli minglab kishilaming qirilib
ketganligini Somiy alam bilan qayd etadi: «Muntazam nasoro
qo‘shini jangda to ‘p kullalariyu, miltiq o'qlaridan boshqa qurolni
ishga solmaganini, o ‘zbeklar esa maydoni harbda (yuzma-yuz)
jang qilish va mardonavor kurashga odatlanganligi hamda bunday
g ‘irrom urush to ‘g ‘risida hech bir tushunchasi y o ‘qligi sababli
bulaming jasurligiyu mardligi oqibatda o ‘lim va shikastlanishdan
b o ia k samara bermadi va ular chekindilar». 23 sentyabrda Qarshi
chor qo‘shinlari tomonidan egallandi. Rastalar va hovlilar talon-
toroj etildi.
Shahar obdon talangach, general Abramov mahalliy aholiga
g'alati chaqiriqnomalar tarqatgan. Unda Abdumalikka quyidagi
ayblar qo‘yilgan: «Buxoroga podshohlik qilish istagiga berilib,
xudo va buyuk payg‘ambari Muhammadni esidan chiqardi va hali-
hanuz o ‘zining jinoyatkor q o iin i o ‘z hukmdori va otasiga qarshi
ko‘tarmoqda». So‘ngra u aholiga murojaat etib unga: «o‘zini ayashni
va musulmon qoni to'kilishiga olib bormaslikni» ta’kidlagan.
Bosqinchilik qilib birovning yurtini vayronaga aylantirgan, shu
yurt tuprog‘ini minglab musulmonlar qoni bilan yuvgan general-
ning bu fikrini qanday izohlash mumkin?
1868
yilning oxirlarida kapitan Grebenka boshchiligidagi chor
qo‘shinlari ikkinchi to ‘qnashuvda Abdumalik lashkari ustidan uzil-
kesil g ‘alaba qozondi. Abdumalik jangda 4 ming yigitidan ajralib,
Shahrisabzga chekindi.
Ogahiyning hikoya qilishicha, Rusiya askarlari Samarqandga
qaytgach, u yerdan Shahrisabzga: «To'rani yo ularga yoki am irg'a
topshirishlarini, aks holda shaharga ikki tomondan hujum uyush-
tirilib, biror kishi ham tirik qolmasligi» to ‘g ‘risida tahdidli talab-
noma yuborganlar.
Janglarda holdan toygan, ko‘p talofot ko‘rib, saflari siyraklash-
gan qo‘shin va ibtidoiy harbiy texnika bilan chor qo‘shinini yengib
158
www.ziyouz.com kutubxonasi
bo'lm aslikni tushungan hamda begunoh xalqning qirilib ketishini
istamagan Bobobek bilan Jo'rabek Abdumalikka quyidagi maz-
munda maktub bitganlar: «...umidimiz shulki, siz Shahrisabzga
kelib, yurtimizga balo selining kelish yulini ochmaysiz, ham taq-
dir o ‘z qo‘li ila parda ortidan biron nimani namoyon etmaguncha
bir oz fursat tog'lar orasinda o'rinlashgaysiz» Maktub mazmuni
bilan tanishgach, To‘ra «baxtsizlik uzangasiga oyog‘ini, umidsizlik
siynasiga boshini qo‘yib» Xorazm sari ravona bo‘ldi. Ketayotib,
Xatirchiga yetganda, uning hokimi, yovning asosiy tarafdorlaridan
biri Rahmatchi-biyni qatl ettirdi. U 1868 yilning 22 dekabrida 400
suvoriysi bilan Xorazm xoniigi hududiga yetib keldi. Abdumalik-
ning kelganini eshitgan Xiva xoni Said Muhammad Rahimxon
(1865-1910) otaliq Muhammad Rizo Ogahiy bilan devonbegi
Muhammad Niyoz Munisni uni kutib olish uchun yuboradi. Ertasi
kuni xon Abdumalikni qabul qilib, unga benihoyat muruvvat
ko‘rsatadi. To‘raga har oyida 1500, hamrohlariga esa 500 tilla tanga
miqdorida moyana belgilaydi. «Xon unga shunchalik k o'p iltifot
k o ‘rsatdiki, - deb yozgan edi bu voqealaming shohidi bo‘lgan
Ogahiy,- biror bir o ‘g ‘il o ‘z otasidan buning mingdan birini ham
ko‘rmagan». Ammo vatani dushman q o iid a turganda unga bu
mulozimatu iltifotlar tatimas edi. Nihoyat, Abdumalik asl niyatini
xonga m a’lum qilib, undan harbiy madad suraydi. Xon unga
voqealaming borishini kutib, Xorazmda qolishini yoki uzrxohlik
bilan otasining oldiga borishini maslahat beradi. K o‘zlagan maqsa-
diga erisholmagan Abdumalik afg'onlar yordamiga umid bog‘lab,
A fg‘oniston sari otlandi. Biroq, o ‘sha vaqtda afg‘on amirlari bilan
Buxoro amiri o'rtasida do‘stlik munosabatlari mavjudligi tufayli
Abdumalik A fg‘onistonda xayrixohlik bilan kutib olinmadi. Bu uni
Hisorga qaytishga majbur etdi. Abdumalik Hisor beklarining yor-
dami bilan qaytadan qo'shin to'plam oqchi bo'ldi. Afsuski, ular ham
to'rani qo'llab-quvvatlamadilar. So'ngra u Qorategin orqali o'tib
Qoshg'arga - Yoqubbek (1820-1877) huzuriga y o 'l oldi. 1873-1877
yillar davomida u Yoqubbek saroyida yashadi. Yoqubbek vafot
etgach, Q oshg'ar Xitoy tomonidan bosib olindi. Abdumalik esa
inglizlardan himoya va madad istab, Hindistonga o'tib ketdi.
Inglizlar Abdumalikni kurashni davom ettirishga undadilar. 1886
yilda Kalkuttada ingliz qirolligi vakillari, Abdumalik va Afg'oniston
amiri Abdurahmon ishtirokida kengash bo'ldi. Inglizlar Abdumalikka
harbiy yordam berishni va’da qildilar. Biroq Hindistonda milliy ozod
lik harakatining kuchayishi inglizlaming Abdumalikka A fg'oniston
orqali harbiy yordam berish imkoniyatini cheklab qo'ydi. 1887 yil
Rusiya bilan Angliya o'rtasida Afg'oniston chegarasini belgilash
159
www.ziyouz.com kutubxonasi
yuzasidan bitim tuzilganidan so‘ng inglizlar 0 ‘rta Osiyo masala-
siga aralashishdan o ‘zlarini tiydilar. Shundan keyin Abdumalik
umrining oxiriga qadar (1909) Peshovarda istiqomat qildi.
Abdumalik uzoq yillar davomida Turkiston tuprog‘ida va
Xurosonda turib, mustaqillik uchun chor Rusiyasi bosqinchilariga
qarshi kurash olib bordi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan
bugungi kunda, uning nomi ham milliy istiqlol, erk va ozodlik
y o iid a jonini fido qilgan o ‘nlab vatanparvarlar qatorida hurmat va
e ’zoz bilan esga olinishga va ardoqlanishga loyiq1.
* * *
Kitob hokimi Jo‘rabek va Shahrisabz hokimi Bobobek esa
vatanparvarlik kurashini davom ettirib, Buxoro amiri M uzaffar va
uning homiysi bosqinchilarga tahdid solib turdilar.
Buxoro amiri Muzaffar butun amirlikdagi vatanparvar kuchlar-
ning darg‘alari b o iib qolgan Kitob va Shahrisabz hokimlari J o ia b e k
va Bobobekka qarshi kurashda yordam s o ia b 1870 yilda fon
Kaufmanga murojaat qilgan edi. Amir unga o ‘z elchisi orqali yana
bir muhim simi ham oshkor qildi. Afg'oniston amiri Sheralixon bilan
J o ia b e k o ‘rtasida tuzilgan ittifoqni m a iu m qildi. Turkiston general-
gubematori bu xabarga favqulodda e ’tibor qaratdi. Fon Kaufman
1869 yilda Toshkentga A fg‘onistondan qochib kelgan Sheralixon-
ning jiyani sardor Abdurahmonxonni uzoqni ko‘zlab o ‘z panohiga
olgan va unga nafaqa tayinlagan edi. Kitob hokimi Jo iab ek n in g
bosqinchilarga qarshi A fg‘oniston amiri bilan birga bitim tuzgani uni
g ‘oyat tashvishga soldi. General-gubemator imperiya tashqi ishlar
vazirligi Osiyo departamenti direktori N.Stremouxovga 1870 yil
16 avgustda y o ilag an maktubida o ‘z tashvishini bayon qildi.
Imperiya hukmron doiralari fon Kaufmanga zudlik bilan tegishli
choralar k o iish n i tavsiya qildilar. Turkiston harbiy okrugi qo‘mon-
donligi isyonkor beklarga qarshi qaratilgan maxfiy operasiya
tayyorlashga kirishadi. Bu operasiya rejasining ijrosi Zarafshon
okmgi b o sh -lig i general Abramovga topshirildi. Unga yordamga
polkovnik Sokovnin boshchiligidagi diviziya ham beriladi. General
Abramov boshchiligidagi asosiy kuchlar to ‘plar bilan ta’minlangan
edi.
1870 yilning erta bahorida talvasaga tushgan general Abramov
6 rota, 200 kazak, otliqlar batareyasi va raketa moslamasi divizioni
bilan Zarafshonning istilochilarga qarshi koiarilayotgan yuqori
oqimidagi aholini jazolash uchun y o ig a chiqadi va Iskandarko‘1
1
Do'stlaringiz bilan baham: |