O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Ziyoev Hamid.
K o 'rsa tilg a n asar, 3 4 4 -3 4 5 -b etlar.
- Bohobekov Paydarbek.
P o 'latx o n q o ‘z g ‘oloni, 20-bet.
199
www.ziyouz.com kutubxonasi


Fon Kaufman K o‘qon shahri bo‘ylab qo‘shinni dag‘dag‘a 
bilan olib o ‘tadi. Q o‘qon atrofidagi harbiy lagerga borishida unga 
Nasriddinxonning o ‘zi hamroh bo‘ladi. Kaufman vaziyat taqozosiga 
k o ‘ra, Nasriddinxon bilan vaqtinchalik murosaga borib, Mahram 
qal’asini unga qaytarib ham beradi. Kaufman, M arg‘ilon, Andijon, 
0 ‘sh va Namanganga xat y o ilab , nufuzli kishilaming Q o‘qonga 
kelishlarini so‘raydi. Unga javoban joylardan Rossiyaga b o ‘ysunish 
borasida mahalliy kiborlaming muhrlari bosilgan rozilik xatlari 
olinadi. Biroq bu kishilardan birontasi ham Qo‘qonga, gubemator 
huzuriga kelmay, amalda bu taklifni rad etadilar. Zero, millatning 
boobro‘ zotlari bosqinchilarga nafrat bilan qarardilar.
Gubemator 1875 yil 5 sentyabrda M arg‘ilon sari yoM oladi. Bu 
vaqtda M arg‘ilon himoyachilari orasida Abdurahmon Oftobachi ham 
bor edi. U, dushmanga qarshi turishning foydasi y o ‘kligini anglaydi va 
M arg‘ilonni tashlab chiqib ketadi. Kaufman 8 sentyabrda M argilonga 
yetib keladi. Yuqori tabaqa vakillari vatan himoyachilaridan qolgan 
9 to ‘pni «o‘zlarining itoat etganliklari» belgisi sifatida Kaufmanga 
topshiradilar. Kaufman polkovnik Skobelev boshchiligidagi 600 
kazak, 1 raketa batareyasi, 2 to 'p va 2 rota piyoda askardan iborat 
qo'shinni Abdurahmon Oftobachining orqasidan jo'natadi.
Chor qo‘shini Abdurahmon Oftobachi boshliq vatan himoya- 
chilarining izidan borib, Mingtepaga yaqinlashadilar. Bu vaqtda ular 
tarqalib, tog‘larga qochishga ulgurgan edilar. Dushman askarlari 
vatan himoyachilarining ketishga ulgurmagan oxirgi qismlari bilan 
to ‘qnashadilar.
Q o‘zg‘alonchilar xavfi biroz tugashi bilan Kaufman Nasriddin­
xon bilan sulh tuzishga kirishadi va sulh loyihasini unga taqdim 
etadi. Sulh loyihasiga ko‘ra, Sirdaryoning o ‘ng qirg‘o g ‘idagi 
yerlar Rossiya imperiyasi tarkibiga kirishi hamda Nasriddinxon 
harbiy xarajatlarni qoplash uchun rus hukumatiga 600 ming tanga 
tovon to iash i lozimligi ko'rsatilgan edi. 1875 yil 23 sentyabrda 
Nasriddinxon Kaufmanga navbatdagi maktubini topshiradi. Unda, 
jumladan, bunday deyilgan edi: «Yarim podshoh! Sizga quyidagi 
so‘rovlarni m a’lum qilaman: voqealar (qo‘zg ‘alonlar) boshlangan 
vaqtlarda men Oftobachining qistovi tufayli ixtiyorimsiz xon 
bo‘lganman. Oftobachi qo‘l ostida yomon odamlaming ko‘pligi 
tufayli hech narsa qila olmaganman. Oftobachi o ‘zboshimchalik 
bilan harbiy yurish qilib, Mahramdan qochgandan keyin men mulla 
Abdulkarim orqali yuborilgan (sizning) xatingizni olishim bilanoq, 
mamnuniyat bilan roziligim va sodiqligim haqidagi xatimni sovg‘a- 
lar bilan, eshon Fozil Ahmad Mahdumi A'zam va Iso Avliyo orqali
200
www.ziyouz.com kutubxonasi


yuborganman. Siz bu tomonga yurganingizda va to'xtagan har bir 
joyingizda imkoni boricha o ‘z xizmatimni ado etdim. Men Siz bilan 
uchrashganimdan keyin sizning dono so'zlaringizni tushundim va 
tamomila tinchlandim hamda sizga bo‘lgan umidim kundan-kunga 
ortib bordi. Men sizning va'dalaringiz va e ’tiboringizni barchaga 
targ‘ibot etganimda xalq qanoat hosil qildi».
Ushbu xat Nasriddinxonning naqadar o g ir ahvolga tushib 
qolgani oqibatida xonlik taqdirini tamomila Rossiyaning ixtiyoriga 
topshirishdan boshqa iloji qolmaganligini yaqqol ko'rsatib turibdi. 
Xazinani Xudoyorxon olib ketganligi tufayli, hukumat xazinasi- 
ning bo'm -bo'shligi va tovonni tamom qashshoklashgan xalqdan 
to'plashning hech iloji boim aganini Nasriddinxon emas, hatto 
Kaufmanning o ‘zi ham bilardi.
Nasriddinbek bilan Kaufman o ‘rtasida olib borilgan muzoka- 
ralardan so‘ng 1875 yil 22 sentyabrda tahqirli va sharmandali bitim 
imzolanadi. Bitimga ko'ra, Q o'qon xoni o'zm i Rossiya saltanatining 
xizmatkori deb tan oladi, qo‘shni xonlikiar bilan hech qanday aloqa- 
lar va munosabatlar o'rnatmaslikka va’da beradi. Sirdaryoning o ‘ng 
qirg'og'idagi barcha yerlar Rossiya ixtiyoriga o ‘tadi. Q o'qon xonli- 
giga qarshi olib borilgan urushda rus armiyasi ko'rgan olti yuz 
ming rubl hajmidagi zararni to'lash Q o'qon xoniigi zimmasiga 
yuklatiladi. Ayni paytda shartnomada 1876 yil I noyabrdan boshlab 
Q o'qon xoniigi Rossiya xazinasiga har yili 500 ming rubldan 
to'lab turishi shart qilib qo'yildi. Q o'zg'alonning asosiy «aybdori» 
Abdurahmon Oftobachini qo'llab-quvvatlaganliklari uchun marg'i- 
lonliklarga 125 ming tillo hajmida tovon to'lash majburiyati bel­
gilandi. Xalqning o g'ir ahvolda yashayotganligini e ’tiborga olib. 
60 ming tilloni 1875 yil 21 oktyabrgacha, qolgan 65 mingini esa 1876 
yil 21 oktyabrgacha to iash g a ijozat berildi1.
Q o'qon xoni Xudoyorxonning qochishi, Nasriddinbek bilan 
Kaufman o'rtasida tuzilgan tengsiz va haqoratli bitim xalq ommasi- 
ning katta kuch bilan qaytadan qo'zg'alon ko'tarishiga sabab bo'ldi. 
Bu galgi qo'zg'alon markazi Andijon bo'ldi. O 'sha kunlari P oiatxon 
o ‘z tarafdorlari bilan Andijonga keldi. Biroq 27 sentyabrda shahami 
tark etdi. Ayrim m aium otlarga qaraganda, u bilan birga Abdurah­
mon Oftobachi ham bo'lgan. Shu munosabat bilan gencral-mayor 
Troiskiy Andijonga jazo otryadini jo'natm oqchi bo'ldi. U tahdid
1 B itim ning to ‘la m atni O 'z R M D A 7 1 5 -ja m g ‘arm a, 1-ro‘yxat, 63-ishda, 
R ossiya M arkaziy D avlat harbiy arxivi, 1 393-jam g‘arm a, ]-ro ‘yxat, 81-ishda saq- 
lanm oqda. Bu hujjatning o 'z b c k c h a m atni I l.B obobckovnm g « P o 'la tx o n q o 'z g 'o - 
loni» (1996) kitobida (2 3 -2 6 -b e tla r) to 'la keltirilgan.
201
www.ziyouz.com kutubxonasi


bilan shahar hokimiga yozdi: «...mabodo dasturxon yuborishsa qabul 
qilmayman... [shahami] yoqib tashlash uchun har qancha granatalami 
uloqtirishni taklif etaman. Ahmadbekka, Kun va Perovlarga qarshi 
qo‘zg ‘alon ko'targan K o i qora ko‘z aminni ushlab menga topshiri- 
shni Darvish Ali v a ’da qildi. Andijonda uni dorga osish foydali 
b o ia d i, deb 
0
‘ylaym an»1.
1875 
yil 26 sentyabrda Namanganga kelgan Kaufmanga Andi­
jon shahrida va unga yaqin b o ig a n joylarda Po‘latxon va Abdurah­
mon Oftobachi boshchiligida katta qo‘shin to ‘planganligi haqidagi 
xabar yetib boradi: «Andijonliklar shahaming o ‘n ikkita katta 
ko‘chasida turli narsalardan to'siklar o'matganlar. Andijon himoyasi 
uchun shaharliklardan tashqari, qishloqlarning aholisi ham kelgan. 
Shahar himoyachilarining soni 60-70 ming kishidan iborat b o ‘lib, 
ularga Abdurahmon Oftobachi boshchilik qilgan. P o iatx o n esa 15 
ming q irg iz bilan mslarga orqa tarafdan zarba berish maqsadida 
shahar chekkasiga 
0
‘mashgan».
Aslida esa P o iatx on o ‘z atrofiga nafaqat qirg‘izlami, balki 
yengilib qochgan K o'qon askarlarini, qipchoqlami ham yiqqan 
edi. Uning atrofida q irg iz va qipchoqlaming eng obro'li kishilari 
to'plangan. Ular Nasriddinxondan nafratlanib, Andijonning B o‘ta- 
qora qishlogida Po‘latxonni xon qilib ko‘tardilar.
Shunday qilib, xonlikda o'm atilgan hokimiyat ikki shaxs -
P oiatxon va Abdurahmon Oftobachi q o iig a o ‘tdi. Bu ikki shaxs 
hokimiyati xonlikdagi kuchli qabilalar - qipchoq va qoraqirgizlarga 
tayanib, faoliyat k o ‘rsatayotgan edi.
Abdurahmon Oftobachining yozma taklifiga ko‘ra, 0 ‘sh, Shah- 
rixon, Buloqboshi, Asaka, Aravon, M argilon va Q o‘qondan kelgan 
o ‘zbeklar, q irg izlar va qipchoqlar Andijonda y ig ilad ilar va bu 
erda oxirgi tomchi qonlari qolguncha shahami tashlab ketmasdan 
kurashishlari haqida qasamyod qiladilar. Andijondagi qo‘zg ‘alonning 
yetakchisi Abdurahmon Oftobachi edi. Unga barcha mahalla 
oqsoqollari yordam berishgan edi.
Q o 'z g ‘alon boshchilaridan yana biri Xotamboy ponsod b o id i. 
U taniqli va hunnatli kishi sifatida qo'zg'alonda fidoyilik va jasurlik 
namunalarini koisatadi.
Qurbonbekxo‘ja va Dali ponsodlar Abdurahmon Oftobachi mas- 
lahati bilan ko‘chalarda mudofaa to ‘siqlari qurishadi.Tayyorlanayot- 
gan qo‘zg ‘alondan xavfsiragan Kaufman zuddik bilan general 
Troiskiy boshchiligidagi 1400 kishilik qo‘shinni 4 raketa otuv


Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish