javoban: «Xudo xohlasa, butun Farg‘onani
mana shunday jangovar
hara-katlar bilan bo‘ysundiramiz va qo‘shib olamiz»'.
Mahram qal’asida 60 ming atrofida sarboz bor edi. Q al’a devori
pishiq, mustahkam ekanligiga qaramay, u bor-yo‘g ‘i chorak soatda
taslim b o ia d i. Qochganlami ayovsiz ta’qib qilib qirib borishgan.
K.P.Kaufman Rossiya harbiy vaziri D.A.Milyutinga Mahram
ostonasidagi q irg in Q o‘qon xonligi taqdirini hal qildi, deb xabar
bergan.
Mahramdagi m ag iubiyat Q o‘qon xoni Nasriddinbek va uning
atrofidagilarni sarosimaga soldi.
Xon Kaufmanga Fozil Ahmad
Mahdumi A’zam va mulla Muhammad Iso Avliyoni elchi qilib
yubordi. Xonning Kaufmanga yozgan maktubi gubematorga yali-
nib-yolvorishdan, tiz eho‘kib uzr so‘rash ruhida yozilgan edi.
Maktub qanchalik taslimchilik ruhida yozilgan b o im asin, baribir
uni Kaufman inobatga olmadi. «Janobi oliylari! - deyilgan edi,
masalan, o ‘sha maktubda. - Bizning otamiz bilan tinch va do‘stona
ravishda yashab, har ikki tomon xalqi xotirjam edi. Mening padari
buzrukvorim shariatga qarshi yangi tartiblar q o ilab ,
xalqni har
tomonlama ezdi va uni shu darajada yondirdiki, bumidan tutun
chiqardi. Bularning hammasi qo‘zg ‘alon koiarilishiga va otamning
taxtdan mahrum etilishiga olib keldi. Siz yaxshi bilasizki, mulla
Abdulkarim miroxur orqali sizga yuborgan xatga uzoq vaqt javob
olmadik. Biz y o ila r xavfsizligini ta’minlash maqsadida turli joy-
larga qo‘shin yuborgan edik. Sizning
mulla Abdulkarim miroxur
orqali yuborgan xatingizdan xayrixohligingiz va shartlar inobatga
olingan taqdirda xonligimizni tan olishingizni bildik, D o‘stligingiz
va yaxshi niyatlaringizga ishongan holda shartlaringizning ham-
masini qabul qilib, xat yozmoqchi b o iib turgammizda Qoraxitoyda
(Tilovda) ikki qo‘shin o ita sid a to ‘qnashuv b o iib , ulardan birida
[qo'qonliklar] chekinishga majbur boiganlar.
Biz darhol Mullahoji
Mirzo Karim orqali sizga o ‘zimizning dobstligimiz va isyonlar
to‘xtatilganligi haqidagi xatni yozishm buyurgan edik. Ammo
kecha Mahramda, Xudoning xohishiga k o ia , sodir b o ig a n voqeani
eshitdik. Biz isyonni bostirishga k o ‘p harakat qildik, lekin uddalay
olmadik. Shuning uchun ham mullo Abdulkarim bilan yuboriladigan
xatni jo ‘natishning iloji b o im ad i. Sizning
barcha shartlaringizga
roziligimizni va qipchoq isyonchilaming qilgan ishlariga uzrimni
o ‘z ichiga olgan xatimni Fozil Ahmad Mahdumi A’zam orqali
1
Остроумов Н.П.
Л и ч н ы е воспом и н ани я. К онстантин П етрович фон
К ауфм ан - у стр о и те ль Т уркестан ского края (1 8 6 7 -1 8 8 1 ). Т., 1899. стр. 211.
198
www.ziyouz.com kutubxonasi
yasatilgan ikki ot va ikki bo‘qchadagi sovg‘alar bilan yubormoqda-
miz»'. 0 ‘shanda 18 rus asiri ham elchi orqali Kaufman huzuriga
j o ‘natildi. Ammo Nasriddinxonning bu iltimoslarini Kaufman atayin
qabul qilmadi. Uning asl maqsadi Q o‘qon xonligini saqlab qolish
bo'lmay,
aksincha, uni tamomila tugatishdek qabih xulosadan iborat
edi. Shu bois ham Kaufman xonning sovg‘alarini olmadi va xonning
o ‘zi kelib b o ‘ysunishi lozimligini elchiga m a’lum qildi. Chunki bu
vaqtda rus hukumati nazarida nomigagina taxtda o ‘tirgan Nasriddin-
xon bilan yuqori darajada aloqa o ‘matishning hojati qolmagan edi.
Ayniqsa, Mahramdagi g'alabadan keyin Kaufmanning xonlikning
tamomila tor-mor etilishiga ko‘zi yetib qolgandi. 31 avgustda
Abdurahmon Oftobachi ham Kaufmanga xat yozib, undan «omon-
lik» va «tinchlik» so'radi. Gubemator esa undan o ‘zi
kelib taslim
bo‘li-shini talab qildi. Ammo bu talabga Abdurahmon Oftobachi rozi
bo‘lmadi.
1875 yil 26 avgustda K.P.Kaufman o ‘z qo‘shinlari bilan Mah-
ramdan chiqib, Q o‘qon tomon yurdi. Yo‘lda uni Nasriddinxonning
elchilari xat va tortiqlar bilan kutib oldilar.
Q o‘qonning Sarimozor darvozasida turib K.P.Kaufman impera-
torga telegraf orqali mana bu xabami yoMladi: «Xonlik poytaxti,
Siz imperator hazratlarining oyoq ostingizda. Xon shahardan
chiqib bizni kutib oldi. U bilan birga men shahardan uch chaqirim
naridagi o ‘zimizning lagerimizga qaytdim. Mahramdan Q o‘qongacha
yurishimiz tantanali namoyishga o ‘xshadi. Har joyda aholi meni nonu
tuz
bilan kutib olib, itoat qilishlarini izhor etdilar. Qo'qondan o ‘ttiz
besh chaqirim berida meni poytaxt savdogarlarining vakillari kutib
oldilar. Ular bilan birga xonzoda qo‘shib yuborgan bizning barcha
qo‘lga tushgan asirlarimiz ham bor ekan. Xonlikning qolgan qismida
ahvol tinch emas.
Agarda Siz Oliy Hazratlariga xonlikni qo'shib olish m a’qul
bo‘lmasa, uch yoki to ‘rt batalon, sakkiz yuz kishilik askar va ikki
batareya bilan Sirdaryo va Norinning o ‘ng qirg‘og‘i tomonini egal-
lash bilan cheklanib, hududiarimizni shular bilan belgilasak»2.
Fon Kaufman imperatorga yo'llagan telegrammalaridan yana
birida
butun Namangan bekligini, Sirdaryoning o ‘ng qirg‘og‘i bilan
Rossiyaga qo‘shishga mhsat so‘ralganida, imperator agar bu tad-
bir kelajakda chegara xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilsa, uni
amalga oshirish zam r deb javob bergan edi.
1
Do'stlaringiz bilan baham: