O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Ziyoev Hamid.
K o ‘rsatilgan asar, 339-bet.
191
www.ziyouz.com kutubxonasi


Maktublarda ruslar X o‘jand, Toshkent, 0 ‘ratepa, Samarqand va 
boshqa joylam i zo ‘ravonlik bilan bosib olganliklari, dini islomga 
tajovuz qilinayotgani, shu bois barcha musulmon ahli ularga qarshi 
urushni muqaddas burch bilib q o ‘zg ‘alonga tayyor ekanligi m a’lum 
qilingan edi.
Sobiq xon Xudoyorxonning Oq podshohga sajda qila-qila, oxi- 
ri, rasvo bo‘lib, yurtni tark etgani ham zikr etilgandi. «Shundan ke­
yin, - deyilgandi murojaatda, - barcha ruhoniylar va xizmatchilar- 
ning vakillari, hamma katta-kichik odamlar bir yoqadan bosh 
chiqarib, kelishmovchiliklami bartaraf etib, xonning katta o ‘g ‘li 
Sayid Muhammad Nasriddinni taxtga o ‘tqazdilar. Davlatimizdan 3 
lak, y a’ni 300.000 kishi chiqadi va bu bilan biz katta kuchga egamiz. 
Biz katta-kichik hammamiz hamda har bir kishi alohida kurashish- 
ni muqaddas burch, deb bilib, bir kishi qolgunga qadar jang qilamiz 
va Xudoning marhamati ila g ‘alabaga ishonamiz.
Agarda hozir sizlar bu xatni olganingizdan keyin musulmon 
dinini himoyasi uchun muqaddas urushni xohlasangizlar, u vaqtda 
bir joyga to ‘planib urushga tayyor turinglar»1.
Ammo Buxoro amiri ham, Sayidazimboy ham o ‘sha maktublami 
Turkiston general-gubematori fon Kaufmanga ikki q o ila b topshirib, 
o ‘zlarining Oq podshoh hukumatiga sodiqligini namoyish etdilar.
Shunday qilib, ozodlik kurashchilarining tashqaridan yordam 
olishiga qilgan umid va sa’y-harakatlari puchga chiqdi. Nasrid- 
dinbekning 1875 yil 28 iyulda Turkiston general-gubematoriga 
yozgan xatiga K.P.Kaufman tomonidan 4 avgustda bunday javob 
xati yuborildi: «Rajab oyining 8-kuni yozgan xatingizda xalqingiz 
ulamoyu fuzalo Sizni Q o'qon taxtiga saylangani haqida xabar 
beribsiz. Sizga m a’lumdirki, dadangiz bilan uzoq yillar davomida 
do‘st bo‘lishimga qaramay, men hech qachon uning xatti-harakatini 
m a’qullagan emasdim. Hozir men Sizning xonligingizni tan olishim 
mumkin, ammo Siz quyidagi shartlarimni bajarsangiz, birinchidan, 
Xudoyorxon bilan men 1868 yili imzolagan bitimni tan olishingiz; 
bu barcha hukumatlar orasida odatdir, shuningdek, oxirgi voqealar 
tufayli uzilgan savdogarlarimizning kreditlarini to ‘la-to‘kis tiklay- 
siz; ikkinchidan, Xudoyorxonga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg ‘alonlar 
tomonidan bizning elchilarimizning tortib olingan mulklarini 
qidirib, qaytarasiz. Chunki Govxona mavzeidan ketilayotganda xon 
bizning zobitlarimizdan uch chaqirim oldinda edi. Shuning uchun 
isyonchilaming to ‘plaridan otilgan o ‘qlar bizlarga qarshi qaratilgan 
edi. Basharti, bu mulkni qidirib topa olmasangiz, siz talon-toroj etil-

Ziyoev Hamid.
K o 'rsa tilg a n asar. 340-bet.
192
www.ziyouz.com kutubxonasi


gan buyum va narsalar o'rniga pul toiashingiz lozim, pulning miq­
dorini keyin aytaman. chunki hozirgi barcha yo'qolgan mulkning 
miqdori aniqlangan emas; uchinchidan, bizning elchilarimiz ixtiyo- 
ridagi ikki halok bo'lgan yigitlarimiz xuni uchun tovon to iashin- 
gizni talab qilaman; to'rtinchidan, Siz otangiz Xudoyorxon uchun 
nafaqa toiashingiz lozim, pul miqdorini men keyin xabar beraman. 
Men avvallari ham Sizga moil ekanligimni isbotlagan edim va 
Siz bunga shubhalanishingiz mumkin emas; shuning uchun ham 
xonlikka Siz saylanganingizdan men xursandman, ammo mening 
talablarim qat’iy va ulami aniq bajarishingiz shart, faqat shundagina, 
Sizdan rasman rozilik olganimdan so‘ng, olampanoh imperator 
nomidan Sizni xon deb tan olishim mumkin. Shuning uchun Sizdan 
tez fursatda javob yuborishingizni so'raym an»1.
Keskin talabdan iborat xatga Q o‘qon xoni Nasriddinxondan 
javob xatini kutib oiirm asdan, general-gubemator K.P.Kaufman 
Rossiya harbiy vaziriga 1875 yil 6 avgustda xabar berib, undan agar 
Q o‘qon hukumati Rossiya bilan do‘stlik aloqalarini o ‘mata olmasa, 
xonlikni bosib olib, imperiya tarkibiga qo'shib olishlikka mhsat 
so'raydi.
Xonlikdagi borgan sari kuchayib borayotgan xalq harakatlari 
va xonning mamlakatni tashlab qochishi, podsho Rossiyasi uchun 
bu mamlakatni bosib olishda qulay imkoniyat yaratdi. Bu vaziyatni 
qo'ldan bermaslik uchun Yettisuvda turgan Kaufman zudlik bilan 
Toshkentga qaytib keladi va xonlikni bosib olishga kirishadi.
Milliy-ozodlik kurashchilari, birinchi navbatda, Qurama tuma- 
nini istilochilardan ozod qilishga urindilar. 1875 yil 6 avgustda 2 ming 
qurollangan vatan himoyachilari Toshkent tomon yurish boshlay- 
dilar. Ulardan 1000 nafari Ohangaron daryosidagi Obliq qishlog‘iga, 
500 tasi Bo‘kaga, qolgan 500 nafari Qaroqchiga keladi. Bundan 
tash-qari, qurollangan katta-kichik otryadlar Oqcha qishlog'ini 
egallab, Parkentga o iish g a harakat qildilar. Ko‘shrabotning yuqo- 
risida esa qurollangan navkarlar jangga kirish uchun shay b o iib
turishdi.
7 avgust kuni kech soat 5 da Golovachyovga kunduzi soat 
3 da Obliqqa 1000 kishilik va 2 to 'p bilan Qo'qondan otryad 
kelganligi haqida xabar berishadi. Qishloq oqsoqoli Golovachyovga 
qo'qonliklarning soni taxminan 10 mingga yaqin deb aytadi.
General endilikda vaziyat murakkab tus olganini payqab, zudlik 
bilan bosh qo'm ondon fon Kaufmanga operasiyaga keng miqyosda
Bobobekov Haydarbek.
P o 'latx o n q o 'z g 'o lo n i, 15-bet.
7

Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish