O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

M avzuga doir chizgi
O loy m alikasiga to ‘n yopgan general
«Malika boshini quyi solgancha shamdek qotib turar edi. 
Skobelev uning yoniga kelib qo'lini uzatdi. Malika kutilmagan 
salomdan dovdirab qoldi, lekin tezda o'zini qo'lga olib, qirgizchalab 
nim alam idir dedi. Skobelev esa tilmochga qarab dedi:
210
www.ziyouz.com kutubxonasi


-
Dodxohga ayting. Men uni sihat-salomat ko‘rganimdan 
xursandman. Men uning dono hokimligi haqida k o ‘p eshitganman. 
Q o‘shni xonlar hurm at-e’tibori kattaligini ham bilaman. Aminmanki, 
u dushmanga qarshilik ko‘rsatish befoyda ekanligini yaxshi tushunadi 
va Oloyning ko‘chmanchi aholisini tinchlikka unday oladi. Unga 
yana shuni ham aytingki, u ona sifatida o ‘z o ‘g ‘illari bilan faxrlanishi 
mumkin. U yana shuni bilsinki, ruslar jasur dushmanlarini hurmat 
qiladilar. Agar u o ‘z o ‘g ‘illarini Oloyga qaytishga ko ‘ndirsa, men 
ulami botirlar sifatida mukofotlayman. Endi esa men dodxohni 
dasturxonimga taklif qilaman.
Generalning b u y ru g i bilan uning oldiga noz-ne’matlar tog‘dek 
uyulgan katta patnis keltirildi. Ziyofatdan so‘ng esa Skobelev o ‘z 
qo‘li bilan malikaning yelkasiga zarrin to ‘n yopdi».
(«Turkiston istilosi (harbiy tarixdan hikoyalar)».
Tuzuvchi K.K.Abaza, Sankt-Peterburg. 1902 yil, 245-251-betlar)
Tarixda shunday ulug‘ bobo va ajdodlar borki, ular o ‘z faoliyati 
bilan milliy qahramonlarga aylangan. To‘maris, Shiroq, Spitamen, 
Alpomish, Manas, G o‘ro ‘g ‘li va boshqalar shular jumlasidandir. 
0 ‘zbek, qirg‘iz, tojik, qozoq, turkman kabi 0 ‘rta Osiyo xalqlari o ‘z 
ozodliklari yo‘lida kurashgan jasur farzandlarini qo‘shiq-o‘lanlarda, 
dostonu rivoyatlarda kuylab, nomlarini ulug‘lab abadiyatga daxldor 
qilganlar. «Oloy malikasi» nomi ostida dovm g‘ qozongan Qurbonjon 
Mamat qizi ham ana shunday qahramon siymolardan biridir. 0 ‘zbek 
va q irg iz xalqlarining milliy-ozodlik kurashi tarixiga porloq sahifalar 
bitgan bu ayol ikki qon-qardosh elning farzandidir.
1811 yili 0 ‘sh shahrining kunchiqar tarafida joylashgan Modi 
q ishlogida cho‘pon oilasida dunyoga kelgan Qurbonjon go‘zal va 
oqila qiz bo ‘lgan. Yoshligidanoq mustaqil fikri, metin irodasi va 
tadbirkorligi bilan hamqishloqparini hayratga solgan. Qurbonjon 
keyinchalik Andijon hokimi Olimbekning nazariga tushadi va uning 
rafiqasi b o iad i. 1833 yili Olimbek uni Q o‘qon saroyiga olib kelib, 
malika Nodirabegimga tanishtiradi. Q o‘qon lashkarining zarbdor 
kuchi b o im ish Farg'ona navkarlarining taniqli sarkardasi Olimbek 
saroyda katta obro‘-e’tiborga ega bo ig a n i uchun uning rafiqasiga 
ham katta izzat-ikrom koisatiladi. U Q o‘qon xoni, uning amaldorlari, 
saroy hayoti bilan yaqindan tanishadi. Mashhur o ‘zbek shoiralari 
Nodirabegim, Uvaysiy va boshqalaming ta’sirida uning dunyoqarashi 
shakllanadi.
Bu q irg iz ayoli eri Olimbek kabi ot chopish, o ‘q otish, qilich- 
bozlik sohasida yigitlami hayratda qoldirar edi. Qurbonjon Andijonni 
idora etish ishlarida eriga yaqin ko‘makdosh b o iad i.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Olimbek rafiqasining aql-zakovatiga tan berib ko‘p masalalarda 
u bilan kengashadigan, ko'pincha esa uning izmi bilan ish tutadigan 
bo‘lib qoladi. Qurbonjon to ’rt o'g 'iln ing onasi b o iad i.
Andijon hukmdori go'zal, oqila va jasur xotiniga doimo hurmat 
bilan qarashi sababli u viloyatni o ‘z holieha tasarruf etar, xonlar esa 
uning ishlariga aralashishdan hayiqishardi. Q o‘qon xoni Mallaxon 
so'nggi vaqtlarda Andijon begiga o'chakishib qoladi. Buni sezgan 
Olimbek hamfikrlari bilan til biriktirib, 1862 yilda O 'rdaga bostirib 
kiradi va o ‘z q o ii bilan Mallaxonni bo'g'izlab tashlaydi, taxtga esa 
Shomurodni o'tqazib, Andijonga qaytadi. «Uch kun xon b o isa m
bu dunyodan bearmon ketardim», deb orzu qilgan Shomurodxon 
maqsadiga erishdi. Uch kun emas, balki yetti kun podshohlik qildi.
1863 yili Olimbek ham g'anim lar fitnasining qurboni b o iad i.
Tul qolgan Qurbonjon eri o'rnida hokim b o iib qoladi. Lekin 
ko‘p o'tm ay fitnayu fasod, fisqu fujur uyasi b o ig a n kiborlar 
dunyosidan ko‘ngli qolgan bu ayol farzandlarini olib ona yurtiga 
ketib qoladi va «Oloy malikasi» deb dovrug‘ chiqaradi. Yettisuvdan, 
hatto Xitoy chegarasidan ham qirg'izlar uning oldiga kelib maslahat 
so'raydigan b o iib qoladilar. Buxoro amiri Muzaffar Kurbonjon 
oyim aqliga, dilbarligiga qoyil qolgan edi. Muhimi, Qurbonjondagi 
sarkardadek inardlik va dadillikni, siyosatchiga xos ehtiyotkorlikni 
u bilan 0 ‘shda uchrashganida tan olgan edi. U Oloy malikasini 
o ‘ziga ittifoqchi qilish payiga tushadi.
-
Biz sizga dodxoh y o rlig in i tuhfa e tu rm iz - deydi amir suh- 
bat oxirida, - inshoolloh, sizdek jasur muslima muzaffar islom bay- 
rog‘ini dadil ko‘taradi.
Saroy amaldorlari, shayxulislom. qozikalon va boshqa ulamolar 
hayrat ila yoqa ushlashdi. Zaifaga dodxoh martabasini berish 
mumkinmi? Shariatda bonni shunga o ‘xshash voqea? Dini islom 
markazi Buxoro hukmdorining o'zi nahot bu ishga imzo chekdi?
Q o'qon taxtini egallagan Xudoyorxon esa butun Oloy vodiysiga 
Qurbonjon dodxoh - hokim qilib tayinlangani haqidagi farmonga 
muhr bosdi. Shunday qilib. 1865 yilda Buxoro amiri bilan Q o '­
qon xoni tarixda birinchi marta ayol kishiga sarkarda unvonini 
berdilar.
Q o'qon xoni zulmi va behisob o g 'ir soliqlaridan bezor bo'lgan 
xalq 1873 yili qo'zg'alon ko'taradi, Qurbonjon dodxohning farzand- 
lari Abdullabek, Mahmudbek. Hasan va Botir ham qo'zg'alonchilar 
tarafida boidilar. Xudoyorxon qo'zg'alonchilardan yengilib, tang 
ahvolga tushib general Kaufmandan yordam so'raydi. Buxoro, Xiva 
xonliklarini o'ziga bo'ysundirib, endi Farg'onaga ko'z tikkan Kauf­
212
www.ziyouz.com kutubxonasi


man bundan foydalanib Q o‘qonni zabt etish uchun M.D.Skobelcvni 
yuboradi. Qurbonjon dodxoh va uning to'n g 'ich o ‘g ‘li Abdullabek 
qo‘zg'alonchilar tarafida turib, jasorat ko'rsatadi. 0 ‘shanda o ‘zbek, 
qirg'iz yigitlari ular boshchiligida bosqinchilarga ko'p talafot 
yetkazishadi. Bu haqda fon Kaufman shunday yozgan edi: «Ruslar 
hali 0 ‘rta Osiyoda hech qachon bunday uzoq va qattiq qarshilikka 
uuch kelmagan edilar. Biz birinchi marta matonatli jangchilar 
bilan to ‘qnashdik va mahalliy xonliklar hukmdorlariga nisbatan 
aholiga qarshi kurashish naqadar mushkul ekanligini his etdik». Ish 
shu darajaga borib yetdiki, mashhur general Skobelev oloyliklar 
qarshiligini yenga olmasligiga ko'zi yetib shaxsan Qurbonjon 
dodxoh bilan muzokara olib borishga majbur bo‘ldi. O 'zaro qonli 
urushni to'xtatish haqidagi muzokaralardan so‘ng Skobelev, yuqori­
da aytilganidek, o ‘z qo'li bilan Qurbonjon dodxohning yelkasiga 
zarb o fto 'n yopdi. Rus qo‘mondonligi uni general sifatida tan oldi.
0 ‘zbek va qirg‘iz yigitlarining jangovarligiga qoyil qolgan ms 
zobiti, oMkashunos K.Abaza shunday yozgan edi: «Biz, deyishadi 
qirg'izlar, - Chingizxon bilan dunyoning yannisini egallaganlar 
avlodimiz. Bizlarga past nazarda bo‘lmanglar. Chingizxon qonunlari 
va odatlari bizda amalda. Xullas, biz o'zbeklarmiz. Bundan ortiq 
nima kerak?».

Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish