O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

I. M arkaziy boshqaruv
II. Viloyat boshqaruvi
234
www.ziyouz.com kutubxonasi


III. Tum an boshqaruvi
IV. Shahar boshqaruvi
a) tuman shaharlari idorasi
b) 
Toshkent shahri idorasi
235
www.ziyouz.com kutubxonasi


V. Q ishloq boshqaruvi
B o i i s (v o lo s t)
b o s h l i g 'i
O q s o q o l la r
O q s o q o l
y o r d a m c h ila r i
E llik b o s h i la r
M i r o b b o s h i
,
A riq o q s o q o li
M i r o b la r
VI. Shariat qozisi («xalq sudi»)
VII. M irshablik boshqaruvi
a) 
Mustabid idora usulining mirshablik amaliyoti
236
www.ziyouz.com kutubxonasi


b) 
Rus imperiyasi Ichki ishlar vazirligi polisiya departamenti
organi - Turkiston tuman muhofaza bo ‘limi
(maxfiy siyosiy polisiya - oxranka) - TRMB
1. Shaxsiy tarkib
2. Turkiston oMkasi TRMBga bo‘ysunuvchi polisiva-jandarm
Boshqarmasi boMimi
237
www.ziyouz.com kutubxonasi


VIII. Aleksadr II tomonidan 1864 yilda sud nizomlarining joriy
etilishidan so‘nggi umumsaltanat sudi
(XX asr boshlari)
Jadvallardan k o ‘rinib turganidek, Turkiston general-gubematori 
o ‘z qoTida harbiy va fuqaro hokimiyatini birlashtirgan. Bir vaqtning 
o ‘zida u podsho noibi, harbiy okrug q o ‘shinlari qo‘mondoni, Ettisuv 
kazak qo‘shinlari atamani, bosh mirshab, bosh prokuror vazifasini 
ham o ‘tagan. Unga Buxoro amiri va Xiva xoni ham b o ‘ysungan. 
General-gubemator vassallari b o ‘lmish Buxoro amirini Rossiya 
imperator agentligi (1885-1917), Xiva xonini esa Amudaryo bo‘limi 
(1873-1918) boshligi orqali nazorat qilgan. 1882-1884 yillarda 
Turkiston o ‘lkasidagi boshqamvni atroflicha taftish qilgan markaz 
vakili - imperatoming maxfiy maslahatchisi F. Girs general-guber- 
natom ing Rossiyadagi kasbdoshlaridan farqli o ‘laroq, Turkistonda 
mustabid hokim ekanligi, imperiya qonunchiligiga mutlaqo rioya 
qilmay, o ‘zicha qonunlar chiqargani va o ‘z maylicha hukm yurit- 
ganini e ’tirof qilgan edi. Xarbiy gubematorlar, sud palatasi raisi, 
prokuror, okrug shtabi boshlig‘i, general-gubemator yordamchisi, 
general-gubemator Kengashi oTka boshqamvining muhim masala- 
larini o ‘zlaricha hal qilgan.
238
www.ziyouz.com kutubxonasi


Markaziy boshqaruvda general-gubemator mahkamasining ham 
ahamiyati beqiyos katta b o ‘lgan. Bosh boshqarmaning ijroiya organi 
b o ig a n general-gubemator mahkamasi dastlab to ‘rt b o iim dan 
iborat edi. Birinchi b o iim m a’muriy va nazorat ishlarini boshqar- 
gan. Ikkinchisi bosh boshqarmaning moliyaviy-xo‘jalik ishlariga 
qaragan. Uchinchi b o iim esa soliqlar, shaharlar m ablagiari hamda 
boshqaruvga doir nizomlar loyihalarini tayyorlash bilan shug‘ullan- 
gan. To‘rtinchi b o iim maxsus b o iim b o iib , uning faoliyat doirasi 
g ‘oyat keng va serqirra b o ig an . 1886 yilgacha mustaqil ish k o ig a n
bu b o iim harbiy va adliya vazirlari koisatm alariga xilof ravishda 
sud qarorlarini ham qayta k o iis h bilan shug‘ullangan.
Rossiya imperiyasi gubemiyalaridagi bironta tashkilot general- 
gubemator mahkamasidek cheklanmagan vakolatlarga ega b o im a - 
gan. Maxfiy maslahatchi Girsning so‘zlariga qaraganda, Kaufman- 
ning mahkamasi imperiya qonunlarini ham cheklovchi o ‘z qonun- 
larini chiqargan.
General-gubematorning o ‘zi A fg‘oniston va K oshg‘ar masala- 
lari bo‘yicha shug‘ullanuvchi elchilik boiinm asini ham 1899 yil­
gacha boshqarib turgan. 1899 yildan esa bu vazifani bajarish uchun 
general-gubemator huzurida diplomatik ishlar b o ‘yicha maxsus 
lavozim joriy qilinadi. Turkiston ommaviy kutubxonasi, Toshkent 
muzeyi, markaziy arxiv, «Turkestanskie vedomosti» gazetasi va 
bosmaxonasi ham mazkur mahkama ixtiyoriga berilgan edi.
General-gubernator bepoyon o ik a hayoti bilan asosan mahkama 
boshqaruvi orqali tanishib borgan. Shuning uchun ham bu idora 
o ik an in g ijtimoiy-siyosiy hayotida hal qiluvchi rol o ‘ynagan.
Mahkama o ik a hokimi uchun axborotnoma, m a'ruza va m a’- 
lumotnomalar tayyorlagan, general-gubematoming shaxsiy manfa­
atlarini ko‘zlab ish yuritgan. Shuning uchun ham mahkama bosh- 
qamvchisi general-gubematorlikdagi eng nufuzli amaldorlar qatori 
yuksak mavqeda turgan.
Turkiston o ik a si Markaziy Bosh boshqarmasi tarkibida general- 
gubematorga b o ‘ysunmaydigan markaz vakillari - adliya, moliya, 
ziroat va davlat mulklari vazirliklari idoralari ham bo ig an .
Turkiston general-gubematorligi XX asr boshlariga kelib besh 
viloyatga b o iin d i: Sirdaryo, Farg‘ona, Samarqand, Yettisuv, Kas­
piyorti viloyatlari. Ulami rus armiyasi generallaridan shaxsan 
podshohning o ‘zi tayinlaydigan harbiy gubematorlar boshqargan. 
Ular harbiy va fuqaro hokimiyatini o ‘z q o iid a tutishgan. Harbiy 
sohada ular viloyatlardagi qo‘shinlar (diviziya yoki korpus) qo‘- 
mondoni, fuqaro ishlarida esa gubemator huquqiga ega boiishgan.
239
www.ziyouz.com kutubxonasi


Barcha m a’muriy, polisiya va sud hokimiyati ham ularning izmida 
b o ig an .
Harbiy gubernatorial' qoshida viloyat boshqarmalari b o iib , ular 
guberniya boshqarmasi huquqlariga ega boiishgan. Viloyat ijtimoiy 
hayotining barcha masalalari shu boshqarmalarda ko‘rilgan. Vi- 
loyatlar o ‘z navbatida tumanlarga (uezdlarga) b o iin ib , ulami tuman- 
boshilar idora etishgan. Tumanlar Turkiston general-gubernatorligi 
m a’muriy tuzilmasining asosini tashkil etgan. Ular aholining tur- 
mushi, hududning xususiyatlari, millatlari yo elatlaridan qat’i nazar, 
rus amaldorlari xohishicha o'zboshimchalik bilan tuzilavergan. 
Podsho hukumati milliy, elat va tarixiy xususiyatlardan kelib chiq- 
magan holda, mustamlakachilik nuqtai nazaridan bu masalaga yon- 
doshgan.
O ik an in g tub viloyatlari hisoblangan Sirdaryo, Farg‘ona, 
Samarqanddan tashqari Yettisuv, Kaspiyorti viloyatlari ham shu 
asosda tumanlarga b o iin ib idora qilingan.
Sirdaryo viloyati quyidagi tumanlarga boiingan: Toshkent, Av- 
liyoota, Qozoli, Perovsk, Chimkent. Amudaryo tumani ham shu 
viloyatga bo^ysungan. Farg‘ona viloyatiga M arg'ilon, Andijon, 
Q o‘qon, Namangan, 0 ‘sh tumanlari qaragan. Samarqandga Jizzax, 
Kattaqo‘rg‘on, Xo'jand, Samarqand tumanlari; Ettisuvga Vemiy, 
Jarkent, Kopal, Lepsinek, Pishpak, Prjevalsk; Kaspiyorti viloyatiga 
Ashxobod, Krasnovodsk, M angishloq, Marv va Tajan tumanlari 
kirgan.
Har bir tuman o ‘z tarkibidagi shahar va qishloqlari bilan tuman 
hokimi - tumanboshiga bo‘ysungan. Tumanboshi Rossiyadagi is- 
pravnik, zemstvo b o sh lig i, polismeyster, shahar boshqarmasi bosh- 
lig‘i huquqlariga teng b o ig an . Tumanboshi viloyat harbiy guberna- 
tori tavsiyasi bilan bevosita gubem ator tomonidan tayinlangan.
Turkiston oikasidagi tumanboshilaming Rossiyadagi ham- 
kasblaridan farqli tomonlari shunda ediki, ular m a’muriy, polisiya 
va harbiy hokimiyatni o ‘zlarida birlashtirganlar. Tumanboshilaming 
juda keng vakolatlari va o ‘ta mustaqil hamda zoiavonlarcha ish 
yuritishlarini yuksak lavozimda turgan rus amaldorlari e ’tirof etish- 
gani diqqatga sazovordir. Senator graf K.K. Palen Turkiston tuman- 
boshilarini o ‘zbek xonliklaridagi «beklarning huddi o ‘zginalaridir», 
deb atagani bejiz emas. Ular q o i ostidagi aholidan istagan kishiga 
jarim a solishlari va 7 kungacha qamab qo‘yishlari mumkin b o ig a n .
Tumanboshilar rus armiyasi katta zobitlaridan, asosan mayor, 
rotmistrdan to polkovnik unvonigacha boiganlardan tayinlangan. 
Xalq ulami «hokim to ‘ra» deb atagan.
240
www.ziyouz.com kutubxonasi


Tumanlar bir necha jabha (uchastka)larga boMinib idora qilin­
gan. Jabhalarni kichik unvondagi (poruchik, shtabs-kapitan) harbiy 
zobitlar boshqarishgan. Ular jabha pristavlari nomi ostida «Turkiston 
oik asini boshqarish haqidagi nizom»da tilga olinadi. Imperator 
tomonidan 1886 yilda tasdiqlangan bu «Nizom»da jabha pristavla- 
riga mahalliy aholidan istalgan odamga jarima solish (5 rubldan 10 
rublgacha) va 3 kungacha hibsda saqlab turish huquqi berilgan edi. 
Jabha pristavlari «harbiy - xalq boshqaruvi»dagi harbiy b o ‘g ‘inning 
eng quyisi bo'lib, ularga «mahalliy o ‘z-o‘zini boshqaruv», ya’ni 
«xalq boshqaruvi» amaldorlari - volost boshqaruvchilari, qishloq 
oqsoqollari, yuzboshi hamda ellikboshilar bo‘ysunishgan.
Turkiston olk asid a podsho m a’muriyati qishloq boshqaruvini 
«erli» (tuzemnoe) va «rus» kabi ikki toifaga ajratgan. Rus amaldor­
lari «erlilar» (tuzemes) atamasi bilan Turkistondagi barcha o'zbek, 
qozoq, qirg‘iz, turkman, tojik, qoraqalpoq, arab, uyg‘ur va dunganlami 
tushungan. Turmush tarziga k o ia esa, rus amaldorlari barcha aholini 
ikkiga: «qirg'izlar» va «sartlar»ga bo‘lishgan. Q irg'izlar deganda 
ko'chmanchi, sartlar deganda o ‘troq aholi nazarda tutilgan.
Chor hukumati siyosiy nuqtai nazardan kelib chiqib, qishloq, 
uning boshqaruvini mahalliy va rus boshqaruvi sifatida ajratib, 
uni asta-sekin umumimperiya turidagi ruscha idoraga o ‘tkazishni 
ko'zladi. Shu maqsadda 0 ‘rta Osiyoga mutlaq yot bo‘lgan geografik 
islohni boshlab, volost, qishloq yig‘ini kabilami joriy qildi. 1867 
yildagi «Turkiston general-gubematorligi viloyatlarini boshqarish 
haqidagi Vaqtli Nizom loyihasi» deb atalgan qonunlar majmuasiga 
ko‘ra, ko‘chmanchi aholiga ikki bosqichli (volost va ovullar), o'troq 
aholiga esa bir bosqichli (oqsoqolliklar) boshqaruv tarzi joriy qilindi.
Volost asosini mingdan ikki ming xonadongacha, ovul jamoa- 
larini esa yuz o'tovdan ikki yuz o4ovgacha aholi tashkil etgan. 
Chorizm shu bilan ko'chmanchi aholining urug‘chilik asosidagi 
tarixiy bo‘linishiga xotima bermoqehi b o id i.
Rus amaldorlaridan iborat hay‘at uzoq vaqt davomida qishloq 
rna’muriyatini tashkil qilish harakatida Turkiston aholisining birinchi 
umumiy ro‘yxatini oldi. Natijada soliqlar miqdori oshdi, aholi 
tumanlar, jabhalar, volostlarga taqsimlanib, ilk bor saylovlar asosida 
mahalliy m a’muriyat saylandi.
Volost boshqaruvchisi - mingboshi, qishloq oqsoqoli, ovul 
starshinasi aholi tomonidan uch yilga saylanar, ulaming nomzodlari 
esa rus m a’muriyati tomonidan tasdiqdan o ‘tardi.
Saylovchilar yig‘inida har o ‘n xonadon, yo o kn o'tovdan 
vakil ishtirok etib, ular o ‘nboshi sifatida qishloq oqsoqoli yoki
241
www.ziyouz.com kutubxonasi


ovul starshinasi va ulaming muovinlarini saylashgan. Volost 
boshqamvchisi - mingboshini esa har 50 xonadon yoki 50 o ‘tovdan 
tayinlangan vakillar - ellikboshilar yig‘ini saylagan. Bu tartibga 
1886 yilda bir necha o ‘zgarishlar kiritildi. 1886 yilda kuchga kirgan 
yangi qonunlar majmuasi - «Turkiston o ‘lkasini boshqarish haqidagi 
Nizom» o ‘troq aholining bir bosqichli boshqamvini ikki bosqichliga 
aylantirib, oqsoqolliklami volostlarga birlashtirdi. Ovul jamoalari 
va oqsoqolliklar vakillari yig‘ini umum saylovchilar yig‘ilishi bilan 
almashtirildi. Ellikboshilaming volost yig‘iniga har 50 xonadondan 
vakil qilib yuborilishi butun qishloq yo ovul yig‘inidan har 50 
xonadondan vakillar saylash bilan o'zgartirildi. Rus m a’muriyatiga, 
harbiy gubemator va general-gubematorga saylov bekor qilinganda 
qishloq m a’muriyati vakillarini bevosita tayinlash huquqi berildi. 
1886 yilgi «Nizom» avvalgidek aholini «qirg‘izlar va sartlar» sifatida 
emas, balki «o‘troq va ko ‘chmanchi» degan atama bilan ajratdi.
Volost boshqamvchisini saylovchilar vakillarining qumltoyi 
saylagan. Qumltoy vaqtini va o ‘tkaziladigan joyini tumanboshi 
belgilagan. Saylov arafasida tumanboshi yoki uning yordamchisi 
ro ‘yxat b o ‘yicha ellikboshilar sonini aniqlangan, chunki qumltoyda 
saylovchi vakillaming uchdan ikki qismi ishtirok etmasa, u kuchga 
kirmagan hisoblangan.
Saylov yashirin ovoz berish yo'li bilan o ‘tkazilib, ovozlar qutiga 
tashlangan soqqalar vositasida aniqlangan. Ellikboshilar birma-bir 
tumanboshi oldida turgan usti yopiq quti oldiga kelib, o ‘zlari istagan 
nomzodning ismi-sharifini aytishgan va qoilaridagi taqsimchadagi 
soqqani qutiga tashlashgan. Bu marosim barchaning k o ‘z oldida 
ochiq o ‘tgan va uning yakunida kim ko‘p ovoz olgani e ’lon qilingan. 
Ovoz berish natijalari qog‘ozda barcha ellikboshilaming muhri va 
imzosi bilan muhrlangan va tumanboshi yoki uning yordamchisi 
tomonidan tasdiqlangan.
Volost qumltoyi ikki nomzodni saylagan, biri volost boshqa­
mvchisi, ikkinchisi unga nomzod bo‘lgan. Harbiy gubemator qurul- 
toydagi saylov natijasini k o ‘rib chiqib, nomzodlami tasdiklagan. U 
tasdiqlamagan taqdirda, qumltoy qayta chaqirilgan yoki lavozimga 
to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri gubemator tanlagan shaxs qo‘yilgan. Shu y o ‘sinda 
mahalliy boshqaruv tizimi rus m a’muriyati q o iid a saqlangan. Volost 
qumltoyi volost boshqamvchisiga maosh belgilagan. Uning miqdori 
odatda 300 rubldan 500 mblgacha b o ‘lgan.
Qishloq oqsoqollari, nomzodlari va oqsoqol yordamchilari 
qishloq jam oasi tomonidan bevosita volost boshqaruvchisi ishtiro- 
kida saylangan. Ulami lavozimga tumanboshi tasdiklagan. Qishloq
242
www.ziyouz.com kutubxonasi


jamoasi yig‘ini ularga yiliga 200 rubldan maosh belgilagan. Yig‘in 
ariqlarga qarovchi miroblami ham saylab, ularga maosh tayinlagan. 
Katta ariqlami to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri harbiy gubem ator tomonidan 
tayinlanadigan ariq oqsoqollari boshqarib, ular irrigasiya mudiriga 
itoat qilishgan.
Rus m a’muriyatining aholiga «o‘z-o‘zini boshqarish» va «saylov 
huquqini berishi» g ‘irt siyosiy lo‘ttibozliqdan iborat b o iib , aslida 
ishning tizgini ulaming q o iid a qolgan. Xuddi shunday usul shaharlar 
boshqamvida ham o ‘z aksini topgan.
Turkiston o ik a sid a viloyat va tuman boshqarmalari shaharlarda 
joylashgan. Toshkent, Samarqand, Q o‘qon, Andijon, M argilon, Na­
mangan va Ashxobod oik an in g asosiy shaharlari hisoblangan. Ana 
shu qadimiy shaharlardan tashqari, Chimkent, Jizzax, Termiz va 
K attaqo‘rg ‘on kabi shaharlar ham mavqe tuta boshlagan edi. Bundan 
tashqari, chor qo‘shinlarining istilochilik yurishlari natijasida vujud­
ga kelgan shaharlami ham aytish lozim. Rus zobitlari kazarmalar 
torligidan qo‘shin manzilgohi atrofida o ‘zlari uchun uy qurib olish- 
gan. K o‘chganda ulami yangi kelganlarga sotib ketishgan. Iste’foga 
chiqqan katta-kichik zobitlar, quyi unvondagi harbiy xizmatchilar 
m a iu m mulkka ega b o iib , o ‘sha joylarda qolaverishgan. Bu hoi 
mustamlaka m a’muriyati xodimlari o ‘rtasida ham ro ‘y bergan. Ular 
xizmat joyida muqim qolib ketishgan. Huddi shunday kishilar, o ik a d a
qolgan birinchi m slar asosan harbiy xizmatchilar edilar. Q o‘shinlar 
ortidan yurgan savdo ahli ham doimiy manzilgohlarda qolib faoliyat 
k o ‘rsatganlar. Qozoli, Perovsk, Petro-Aleksandrovsk kabi shaharlar 
shu tariqa vujudga kelgan edi.
Bosib olingan shaharlarda m slar uchun maxsus ajratilgan da- 
halar paydo b o iad i. Shaharlar tuzilishi va ulami mslashtirishga 
podsho hukumati katta ahamiyat qaratgan edi. Ana shu maqsadda, 
dastlab, Ettisuv viloyatidagi Seriopol va Kopal shaharlariga maxsus 
imtiyozlar berildi. Bu shaharlardagi xunarmandchilik korxonalari 
va fabrikalar ochgan kishilar barcha soliqlar hamda harbiy maj- 
buriyatlardan ozod etildi. Savdo-sotiq, sanoat, hunarmandchilik 
uchun imtiyozlar yaratildi. Bunday mavqega Sirdaryo viloyatining 
Toshkent, X o‘jand, Jizzax, Turkiston, Chimkent, Avliyoota, Pe­
rovsk, Qozoli kabi shaharlari ham erishdi. Bu imtiyozlar shaharlar- 
ning barcha aholisiga emas, balki faqat mslarigagina berildi. Oliy 
harbiy-siyosiy doiralar «musulmon aholisini kuchaytirib yubormaslik 
uchun ulami imtiyozlardan maxmm etish o ‘rinli b o iad i» , deb 
ochiqdan-ochiq aytishgan.
Turkiston shaharlari ichida general-gubematorlikning siyosiy, 
m a’muriy va madaniy markazi Toshkent boshqamviga mustamlaka
243
www.ziyouz.com kutubxonasi


m a’muriyati alohida e ’tibor berdi. Shahar bosib olingandan (1865) 
keyin general-mayor Romanovskiy zobitlar va amaldorlar uchun 
uning sharqiy qismidan joy tanladi. «Rus Toshkenti»ni barpo etish 
uchun maxsus qo‘mita tuzildi. Q o‘mitaning ikki yillik faoliyati (1866- 
1868) davomida mahalliy aholining yuzlab uy-joylari buzib tash- 
landi, musodara qilingan hududda zobitlar hamda ularning oilalari 
uchun turar joylar, ko‘chalar va oromgohlar baipo etildi. Shu tarzda 
ko‘hna Toshkent bag‘ri ikkiga b o iib tashlandi. Ruslar istiqomat 
qiluvchi qism yangi shahar, o'zbeklar yashaydigan qism «Eski 
shahar», deb atala boshlandi. Eski shahar aholisiga yangi shaharga 
o 'tish qat’iyan man etildi.
Yangi shaharda qator zamonaviy binolar, istirohat b o g la ri 
va boshqa katta obodonchilik ishlari olib borildi, lekin yuz ming 
aholisi bo‘lgan eski shahar o ‘sha xonlik zamonida qanday b o ‘lsa, 
shundayligicha qolaverdi. Uning obodonligi uchun hech qanday 
m ablag‘ ajratilmadi. XIX asrning 70-yillarida Toshkent boshqaruvini 
o ‘zgartirish haqida Turkiston m a’muriyati harakat boshladi. Chunki 
birgina shahar boshlig'i - hokim idorasi rivojlanib va kengayib 
borayotgan shahar xo'jaligini boshqarishga qodir b o ‘lmay qoldi.
1872 yilda Sirdaryo viloyat boshqarmasining umumiy rayosati 
Toshkentda «Shahar nizomini q o llash » masalasini k o la rib chiqdi. 
Rossiya ichki gubemalarida 1870 yildan q o llan a boshlagan «Shahar 
nizomi»ni mustamlaka m a’muriyati manfaatlariga mos ravishda 
o ‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish asosida Toshkentda joriy eti- 
lishiga doir loyiha tayyorlandi. Polkovnik Fridriks boshchiligidagi 
maxsus komissiya uni atroflicha muhokama qildi.
Toshkent shahrida Nizomni joriy etish masalasi byurokratik rus 
apparatida uzoq sarsonlikdan keyin besh yil o lib , Sankt-Peterburg 
mahkamalarining «ruhsati oliysi» olingandan keyin hal bo‘ldi. 
Shahar nizomini q o lla sh bo'yicha Vaqtli komissiya tuzilib, u 1877 
yildan ish boshladi. Mustamlakachi oliy amaldorlardan tashkil 
topgan komissiya saylovchilar ro‘yxatini tuzib ularni tabaqalarga 
b o ‘ldi. M ulk miqdoriga qarab, saylovchilar uch tabaqaga ajratildi. 
3000 rubldan ortiq qo‘zg ‘almas mulkka ega b o lg a n lar birinchi, 1000 
rubldan ortiqlari ikkinchi, 500 rubldan ziyod mulk egalari uchinchi 
toifaga kiritildi. M ustamlakachilik nuqtai nazaridan yangi shahar 
qismida mulk senzi mulk qiymatining bir foizi sifatida belgilandi. 
Shahar ziyolilari, ishchilar va hunarmandlaming qo‘zg ‘almas mulkka 
ega boim aganlari saylov huquqidan mahrum etildi. Har bir toifa 
shahar b o sh lig l - hokim to 'ra raisligida saylov y ig ln in i tuzdi. 2400 
saylovchi ishtirokida o ‘tgan y ig ln d a shahar dumasi va boshqannasi
244
www.ziyouz.com kutubxonasi


saylandi. Shahami boshqaradigan noiblar (glasniy) sonini belgilashda 
ham eski shaharga nisbatan adolatsizlik qilindi. Ozchilikni tashkil 
qilgan ruslardan esa noiblaming uchdan ikki qismi saylanganligi 
dalili buni yaqqol ko'rsatadi.
Shahar dumasi farmoyish beruvchi, noiblardan (glasniy) sayla- 
nuvchi boshqarma (uprava) esa ijroiya hokimiyatga ega b o id i. 
Mustamlakachilar o ‘zlaricha imperiyada amal qiluvchi Nizomga 
o ‘zgartirishlar kiritishib, shahaming «o‘z-o‘zini boshqaruvi» ustidan 
nazorat qiluvchi «Shahar ishlari bo‘yicha viloyat idorasi (prisutstvie)» 
tuzishib, raisligiga Sirdaryo harbiy gubematorini tayinlashdi. Sankt- 
Peterburg «sartlar hali o ‘z-o‘zini boshqarishga tayyor emas», 
degan fikrda ish koi'di. Toshkent shahar dumasidagi «qoidalar va 
o'zgartirishlar» shuning uchun ham qizg‘in qoilab-quvvatlanib, 
imperator Aleksandr 111 tomonidan 1888 yilda rasman tasdiqlandi. 
Shahar o ‘z-o4zini boshqaruvi timsoli b o ig a n
Toshkent dumasi faoliyati ustidan podsho hukumati shaxsan 
general-gubematoming o'zi nazorat qilishini buyurdi. Sankt-Peter- 
burgning oliy hukmron doiralari shahar nizomida belgilangan ichki 
ishlar vaziri huquqini Turkistonda q oilashn i harbiy vazir zimmasiga 
yukladi. Toshkent dumasi oqsoqoli (golova) bevosita markaz tomoni­
dan tayinlanadigan b o id i. Shahar boshqarmasi a ’zolarining uchdan 
ikki qismi ruslardan, bir qismi esa rus tilini biluvchi «tuzemes»- 
lardan b o iish i shart qilib qo‘yilganligini ta ’kidlash joizdir.
Toshkent shahar dumasining oqsoqoli vazifasini 1877 yildan 
1907 yilgacha shahar b o sh lig i - hokim to ia n in g o ‘zi boshqargani 
ham mustamlaka m a’muriyatining qiyofasini k o isa tib turibdi. 
Sirdaryo viloyati harbiy gubematori 1885 yil 15 sentyabrda pod- 
shoga y o ilag an maktubida yana ham kengroq huquq berilishini 
s o ia b yozadi: «Shahaming m a’muriy - polisiya hokimiyatiga... 
to ia itoatkorligini hisobga olib, ana shu itoatkorlik qonunlashtirib 
qo‘yilsa, ya’ni shahar oqsoqoli lavozimi shahar bo sh lig i lavozimi 
bilan qo‘shib yuborilsa...». Amalda shunday b oiganini ziyrak 
zamondoshlardan biri bunday e ’tirof etgan: «Saylanadigan shahar 
oqsoqoli tuzemeslar ko‘z o'ngida doimo boy, savdogar qiyofasida 
gavdalansa, shahar boshligi esa hokim to'radir».
Rossiya imperiyasida amalda b o ig a n shaharga oid ikkita 
nizom (1870, 1892 yilgi) Turkistonda faqat Toshkent va Yettisuvdagi 
Vemiy (hozirgi Almati) shaharlarida qoilanilib, boshqa shaharlarda 
joriy etilmadi. Rus m a’muriyati Toshkent tajribasi «bu chorani 
Turkiston oikasidagi boshqa shaharlarga qoilashning foydasi haqida 
fikr yuritishga erta» degan tahqiromuz xulosaga kelgan edi.
245
www.ziyouz.com kutubxonasi


Chorizmni, rus xalqlarvarlari, «mirshablik podshohligi» deb 
atagani bejiz emas. Ana shu polisiya tuzumiga suyangan podshoh 
hukumati Turkiston o ‘lkasi idorasini eng quyi bo‘g ‘inidan oliy 
bo‘g ‘inigacha o ‘z q o iid a tutgan. General-gubematoming o ‘zi bosh 
mirshab vazifasini o ‘tagan. Hokimi mutlaq general-gubemator 
o ‘lkadagi istagan odamini, xoh o ‘zbek, xoh ms b o iish id an qat’i 
nazar, imperiyaning chekkalariga 5 yil muddatgacha surgun qilishi 
huquqi qonunan mustahkamlangan edi. U harbiy b oim ag an
fuqarolar ustidan harbiy sudlar hukmini tasdiqlashdek ichki ishlar 
vaziri vakolatlarini ham o ‘z qo‘lida jamlagan. Viloyatlaming harbiy 
gubematorlari, tumanboshilar, qasaba pristavlari ham polisiya 
generallari va zobitlari vakolatlariga ega boiganlar. Bundan tashqari, 
o ‘lkada ichki ishlar vazirligining idoralari, uning vakillari ham 
shunga muqobil tarzda ish k o ‘rishgan.
Turkiston shaharlarida polismeyster lavozimi joriy etilib, ular- 
ning huquqlari tumanboshilar huquqlari bilan barobarlashtirildi.
Toshkentda yangi va eski shahar polismeysterlari ish olib bor- 
gan. Ularga polisiya pristavlari b o ‘ysungan. M ahalliy m a’muriyat -
volost boshqamvchilari va oqsoqollar ham quyi mirshablik zobitlari 
vakolatlariga ega b o iib , ularga yollangan mirshablar xizmat qilgan.
Turkistondagi adliya boshqamvida ham o ‘ziga xos mustamla- 
kacha mezonida ish tutildi.
1867-1886 yillar mobaynida o ik a d a umumsaltanat ras sudlari 
va xalq sudlari, y a’ni shariat asosida ish k o ‘ravchi qozi sudlari fao­
liyat ko‘rsatar edi. Rus sudlariga tuman sudlari, sud palatasi huquqi- 
dagi viloyatlar boshqarmalari, mirovoy sudyalar quraltoylari, harbiy 
sud komissiyalari kirgan. Tuman sudyalari mulkdan mahram etishga 
daxldor b o im ag an jinoiy ishlar, davlat xazinasi manfaatlariga oid 
b o im ag a n 2000 rablgacha mikdorda b o ig a n da’volami k o ‘rishgan. 
Viloyatlar boshqarmalari esa tuman sudlari hukmlaridan shikoyat- 
lar, qayta qurish kabi masalalami hal qilgan. Davlat vazifalarini 
bajarishdagi jinoyatlar, hokimiyatga qarshilik k o ‘rsatish, qaroq- 
chilik, davlat mulkini o ‘g ‘irlash, soxta pul yasovchilaming ishlari 
kabi tuman sudlari vakolatlariga kirmagan ishlami ham k o ‘rish- 
gan. M arg‘ilon, Samarqand, 0 ‘sh kabi shaharlarda faoliyat ko‘rsat- 
gan harbiy sud komissiyalari esa harbiy jinoyat ustaviga asoslanib, 
davlatga xiyonat, hokimiyatga qarshilik, pochta, telegrafga hujum, 
nasroniylami o id irish , mansabdor shaxslarga nisbatan qotillik qilish, 
o ‘zga dindagilami nasroniylikka o ‘tgani uchun ulami o id irish g a oid 
ishlar, m s millatiga mansub kishilaming jinoyatlarini k o ‘rish bilan 
shug‘ullangan.
246
www.ziyouz.com kutubxonasi


Rasman «xalq sudlari» deb atalgan qoziyu quzzotlar shariat 
qonunlari asosida mahalliy o ‘troq va k o ‘chmanchi aholining fuqaro- 
lik va jinoiy ishlarini ko‘rishgan. Lekin davlat ahamiyati kasb etadi- 
gan, shuningdek, siyosiy ishlar ulaming vakolat doirasiga kirmagan.
1886 yilda tasdiqlangan «Turkiston o ‘lkasini boshqarish haqidagi 
Nizom» mavjud sud tartibini saqlab qolgan holda unga ayrim 
o ‘zgartirishlar kiritdi. Tuman sudlari bekor qilinib, ulaming o ‘miga 
murosa (mirovoy) sudlari joriy etildi. 0 ‘lkada viloyat sudlari tashkil 
qilinib, ularga murosa sudyalar vazifalari yuklandi. Viloyat sudi 
avvalgi viloyat boshqarmalari ixtiyorida bo‘lgan vakolatlami oldi 
va murosa sudlari hal etuvchi masalalami ko‘rish huquqiga ham ega 
bo‘ldi.
Viloyat prokurori va uning o'rindoshi, sud tergovchisi lavozim- 
lari joriy qilindi. «Nizom» rasmiy ravishda sudning hokimiyatdan 
mustaqil b o ‘lishini qonunlashtirgan bo‘lsa ham, amalda u bir butun 
hokimiyatni o ‘z qoMlarida tutgan harbiy m a’muriyatning kuchli 
ta ’sirida qolaverdi.
Imperiya sudlarida ms hokimiyatiga bevosita va bilvosita qar­
shi qaratilgan mahalliy aholi vakillari ishlari ko‘rilgan. Ruslarga 
qarshi jinoyat qilgan o ‘zbeklar yoki m slar bilan birga noqonuniy 
ishga qo‘l urgan o ‘zbeklami shu sudlar jazolagan. Rus qishlog‘i, 
shahar qismi va umuman m slar istiqomat qilib turgan yerlarda 
jinoyat qilgan o ‘zbeklar imperiya sudida javobgarlikka tortilgan. 
Turli millatlarga mansub kishilaming jinoyatlari ham ms sudida 
k o ‘rilgan. Shu tariqa tub aholining ms yoki qozi sudida sudlanishi 
1886 yilgi Nizomga qo‘ra quyidagicha belgilangan:
1. Ayblanuvchining u yoki bu millat, yo elatga mansubligiga 
qarab;
2. Sodir etilgan jinoyat turiga ko‘ra;
3. Jinoyat sodir bo‘lgan hududga k o ‘ra;
4. Jinoyat kimga va nimaga qarshi qaratilganiga ko‘ra.
Huddi ana shu belgilarga ko‘ra jazo belgilangan va jinoyat 
rasman shariat asosidami yo Rossiya imperiyasi jinoiy qonunlariga 
ko‘ra belgilanishi aniqlangan.
Turkiston olkasidagi qonunchilik b o ‘yicha yana bir yangilik 
1898 yilda sodir b o ‘ldi. Chor hukumati 1864 yilgi sud islohotini
33 yildan keyingina mustamlaka Turkistonda amalga oshirishga 
kirishdi. 1864 yil 20 noyabrda Rossiyada joriy etilgan sud islohoti 
sudni qonunchilik, ijroiya hokimiyatdan ajratish, ko‘riladigan 
ishlardagi oshkoralik va maslahatchilar ishtiroki kabi bir qator il- 
g ‘or burjuacha tartiblami amalga oshirgan b o ‘lib, buning natijasida
247
www.ziyouz.com kutubxonasi


ikki sud tizimi dunyoga keldi. Ulardan birinchisi saylanib qcTyila- 
digan sudyali sudlar, mirovoy sudya va mirovoy sudlar qurultoyi; 
ikkinchisi esa tayinlanadigan sudyali sudlar - okrug sudlari va 
sud palatalari edi. 1864 yilgi sud islohoti boshqa qonunlar kabi 
Turkistonda mustamlaka qolipiga tushirib anchagina o ‘zgartirishlar 
bilan qoilan d i. Rus amaldorlari «mahalliy xalqlaming madaniyati 
past ekanligi»ni ta’kidlab, mirovoy sudyalarni saylash o ‘miga 
hukumat tomonidan tayinlab, mirovoy sudlar qurultoyi vazifasini 
okrug sudlariga, mirovoy sudlarga taalluqli shikoyat ishlarini sud 
palatasiga yuklashga qaror qilindi.
Rus sudlariga ishonchsizlik mahalliy aholi o ‘rtasida kuchli 
b o ig an i uchun ham sud organlariga shikoyatlar kam tushgan. Bu 
holatni m a’murlar no to 'g'ri talqin qilishgan. Sankt-Peterburgdan 
kelgan general-ad’yutant graf Ignatev boshchiligidagi komissiya 
fikri bunga yorqin misol b o iad i: «Tekshirishlar shunday ajib 
bir holatni k o ‘rsatdiki, mahalliy aholining shikoyat-ariza idorasi 
b o iim ig a ehtiyoji kam ekan. Buning aniq dalili sifatida Farg‘ona 
viloyatida sudya qarorlaridan 3 foiz, Sirdaryoda 4,5 foiz shikoyat 
tushganini ko'rsatish mumkin. Bu. masalan, Sankt-Peterburg 
mirovoy okrugidagidan ancha kam demak». Lekin o ik a xalklari 
turmushida rus sudlari emas, balki mahalliy shariat sudlari salmoqli 
o 'rin tutgan. O 'troq aholining qozi-sudlari va ko‘chmanchilaming 
biy sudlari mahalliy sudlarni tashkil etgan. Shunga alohida e ’tibor 
qilish kerakki, chor hukumatining siyosiy b o im ag an barcha fuqa- 
rolik ishlarini qozi va biy sudlariga topshirishida g ‘arazli maqsad 
yotgan. M ustamlakachilar shariat qonun-qoidalaridan o ‘z istibdod 
tuzumlarini mustahkamlashda foydalanmoqchi boiganlar. Oliy 
harbiy arboblardan biri imperatorga yozgan axborotida Rossiyaning 
millionlab musulmonlari bilan imperiya doimo hisoblashib kelgani 
sababini o ‘zicha sharhlab va imperiyaning musulmonlar ustidan 350 
yildan beri hukmronligiga to'xtalib, islom dini bilan muomalada 
dinga e ’tiborni susaytirmaslikni uqtiradi. Ana o ‘sha arbob - infan- 
teriya generali S. M. Duxovskoy islom o ‘z qiyofasida «nufuzli bir 
kuchdirki, u bilan biz uzoq davrlargacha muqarrar ravishda hisob­
lashib turishga majburmiz», deb e ’tirof qilganida chuqur m a’no bor 
edi.
Xullas, Turkiston o ik a sid a uch turdagi «xalq sudlari» mavjud 
b o ig an . Sirdaryo, Samarqand, Farg'ona va Yettisuv viloyatlarining 
o ir o q aholisi uchun shariat, ko'chm anchilar uchun odat, y a’ni biy 
sudlari va Kaspiyorti viloyati uchun ulardan farqli maxsus «xalq» 
sudlari faoliyat koisatgan.
248
www.ziyouz.com kutubxonasi


Mustamlaka markazi Sankt-Peterburg Turkiston xalqlari hayo- 
tida katta ahamiyatga molik mahalliy sudlar - shariat va odat bo‘- 
yicha sudlaming faoliyatini puxta o ‘rganish uchun Bosh shtab zobiti 
shtabs-kapitan Davletshinni Turkistonga yuborgan. lining hisobo- 
tini shaxsan harbiy vazir Kuropatkin va podshoh Nikolay II o kqib, 
unda bildirilgan fikr-mulohazalarga o ‘z munosabatlarini qayd etish- 
gan. Bu xujjatlar chorizmning mustamlaka siyosatining mahalliy 
ichki boshqaruvidagi asosiy y o ‘nalishlarini o ‘zida yaqqol gavdalan- 
tirgan.
Davletshin o ‘lkadagi qozi va biy sudlari rus m a’muriyati xo- 
hish-irodasiga ko'ra ish olib borganligini bayon etib, Kaspiyorti 
viloyatida rus m a’muriyati «xalq sudi»ni o ‘z q o iid a mahkam tutishda 
haddidan oshib ketganini, Turkistonning boshqa viloyatlarida esa 
podshoh amaldorlari bo‘lar-boim as ishlarga hadeb aralashaverib 
mahalliy qozi va biylami obrusizlantirayotganini ta ’kidlagan. Dav­
letshin hisobotini o ‘qigan harbiy vazir Kuropatkin Kaspiyorti vi­
loyatida xalq o ‘rtasida shariatning kuchayishiga yo‘l qo^ymaslik 
haqida maxsus qayd bitgan. «Eng muhimi, - deb yozgan edi harbiy 
vazir, - shariatni joriy etmay, odatga rioya etishni qoilab-quvvatlash 
zarur».
Imperator Nikolay II 1898 yilda Farg'ona viloyati harbiy gu- 
bematorining mahalliy sudlarning bevosita rus m a’muriyatiga bo’y- 
sundirilishi lozimligi to ‘g ‘risida yozgan hisoboti bo'yicha harbiy 
vazirdan fikr so‘ragani va bu masalada oliy harbiy-siyosiy doiralar- 
ning mulohazalari ham mustamlaka siyosatining nozik qirralarini 
ko'rsatadi.
Qariyb o'n yilcha (1890-1898) Kaspiyorti viloyatini bosh- 
qargan, 1875-1876 yillarda Skobelev diviziyasida shtab boshlig‘i 
lavozimida 0 ‘rta Osiyoni istilo qilish harb-zarblarida qatnashgan 
harbiy vazir A. N. Kuropatkin (1898-1903) Turkiston o'lkasini 
o ‘rganish borasidagi o ‘z tajribalaridan kelib chiqib, qozi va biy 
sudlarini rus adliya m a’muriyatiga bo'ysundirishga qarshi chiqdi. 
Kuropatkin bu chora katta xarajatlardan tashqari, mahalliy odatlar 
va shariatni yaxshi bilishni talab qilishi, bunga rus amaldorlari 
sira ham qodir emasligini alohida ta'kidladi. Turkiston general- 
gubernatori uning fikriga qo‘shilib, «xalq sudini tubdan isloh qilmay, 
balki uning vakolat doirasini toraytirib borishni va kelgusida barcha 
sud ishlarini rus sudiga yuklash uchun puxta tayyorgarlik ko'rish 
lozimligi»ni bayon etdi. Harbiy vazir imperatorga xuddi shu xususda 
o ‘z xulosasini berdi, unda qozi va biy sudlari vakolatlari cheklanib, 
kelgusida ulami tamoman yo'qotishning uslublari o ‘z ifodasini topdi
249
www.ziyouz.com kutubxonasi


va ular imperator tomonidan m a’qullandi. M ustamlakachilar m a­
halliy boshqaruv idoralariga m as’ul shaxslar tayinlanishida nihoyat 
hushyor ish tutib, basharti ilg‘or, taraqqiyparvar va millatparvar 
kishilar volost boshqaruvchisi, oqsoqol, yuzboshi yoki qozi sifatida 
saylanib qolsa, ulami lavozimga tasdiqlamaslik uchun turli hiyla- 
nayranglami ishlatdi. «Turkiston o ‘lkasini boshqamv haqidagi nizom» 
esa ularga bu borada keng faoliyat keyin esa «m a’muriy-politsiya 
boshqaruvi» deb atalgan b o ‘lsa ham, maydonini yaratib bergan edi.
Turkistondagi mustamlaka idorasi 1898 yilgacha «harbiy-xalq 
boshqaruvi», undan uning mohiyati mazmunan o ‘zgarmadi. Barcha 
vakolatlar ms m a’muriyati q o lid a jamlanib, mustamlaka istibdodi 
yil sayin kuchayib bordi.
Turkistondagi siyosiy idora tizimi tub aholi o ‘rtasida har qan­
day norozilikni tag-tugi bilan yulib tashlash va shafqatsizlik bilan 
bostirish, biron-bir dushmanlik holati sezilsa darhol uning kuchayi- 
shiga y o ‘1 qo‘ymay b o ‘g ‘ib tashlash va m slam ing kuch-qudratini 
ko‘rsatib qo‘yish uchun har qanday chora-tadbir ko‘rish m hi bilan 
sug‘orilgan edi. Chorizmning m a’muriy siyosati o ‘lkani iqtisodiy 
jihatdan qonini so‘rish, m a’naviy-mhiy ezish bilan omuxta ravishda 
olib borilib, pirovard natijada, uning mazmun-mohiyati 0 ‘rta Osiyo 
xalqlarini mslashtirishga qaratilgan edi.
Bu siyosat tig‘i imperiya vasiyligidagi Buxoro amirligi va Xiva 
xonligiga ham qaratildi. Imperiyaning ana shu siyosatini Buxoroda 
Rossiya imperator siyosiy Agentligi (1885-1917), Xivada esa 
Amudaryo b o ‘limi (1873-1917) olib bordi. Siyosiy agent Buxoro 
amiri ustidan nazorat olib borib, uning Peterburg bilan aloqa qilishida 
vositachi b o ‘lgan. Said Abdulahadxon (1885-1910) va Said Olim- 
xon (1910-1920) Rossiya imperatori marhamati va iltifotiga erishish 
yo ‘lida barcha vositalami ishga solishgan. «Zoti oliylari» (svetlost), 
so ‘ng «hazrati oliylari» (visochestvo) maqomiga ko‘tarilgan, impe­
rator mulozim generali (general-ad‘yutant), eng oliy generallik 
unvoniga (general-ot kavalerii) erishgan Abdulahadxon imperiya­
ning birinchi ordeni (Andrey Pervozvannny) kavaleri bo‘lgan. U 
Rossiya imperatori Aleksandr III (1881-1894) sharafiga sof oltindan 
«Iskandar» ordenini ta ’sis etib uni m s podshohiga taqdim etgan. 
Buxoro amiri Peterburg kiborlari doirasida o ‘zining sovg‘a-salom- 
lari va quyuq ziyofatlari bilan katta e ’tibor qozongan. Amiming 
qimmatbaho hadyalarini imperator Nikolay II (1894-1917), harbiy 
vazir general A. N. Kuropatkin (1898-1903) va hatto reviziya 
komissiyasi raisi graf, senator К. K. Palen (1908-1910) ham 
mamnuniyat bilan qabul qilgan. Amir shuning uchun ham Rossiya
250
www.ziyouz.com kutubxonasi


panohida o ‘zini xotirjam sezib xalqqa behad og‘ir soliq-majburiyatlar 
yuklab rohatda yashagan. Unga qarshi k o ‘tarilgan qo‘zg‘alonlar esa 
rus miltiqlari yordamida bostirilgan. 1888 yilda K o io b bekligida 
dehqonlar qo‘zg ‘aloni keng quloch yoyganda Pamir chegara qo‘- 
shini amirga yordam k o is a tib qo‘zg ‘alonni bostirgan. 1889 yilda esa 
K elif aholisi hokim zulmidan bezor b o iib koiarilganda bekni rus 
qo‘shini o ‘z himoyasiga olgan.
1910 yilda Buxoroda k o iarilgan qo‘zg ‘alon ham chor qo‘shini 
vositasida bostirilgan. 1914 yilda esa Toshko‘prik, Shahrisabz
Kitob, Qarshi va Hisordagi xalq g ‘alayonlari ham rus harbiy kuchlari 
yordamida bartaraf etilgan1.
Amiming ruslarga muteligi ziyolilar, savdo-sanoat ahli va 
taraqqiyparvar ulamolaming kuchli noroziligini uyg‘otgan. Shuning 
uchun ham 1910 yilda Buxoroning 56 ulamosi maxsus xat bilan 
Turkiya va A fg‘oniston xukmdorlariga murojaat qilib Rossiya 
vasiyligidan xalos qilishlarini so iash g an 2. Buxoro ulamolari 1915 
yilda Turkiya Rossiyaga qarshi urush e ’lon qilganda turklarga 
yordam jam g ‘armasi tuzishgan. 1916 yilda esa ular milliy-ozodlik 
qo‘zg ‘aloniga k o iarilg an Jizzax aholisiga yordam k o isatish g a 
Buxoro xalqini undashgan edilar3.
Rossiya imperiyasining mustamlaka zulmi va amir istibdodi 
yil sayin kuchayib borgani ularga qarshi m uxolif harakatning 
rivojlanishiga olib kelgan. Peterburg tazyiqi bilan o ik azilgan boj 
va pul islohoti Buxoroni imperiya iqtisodiga zanjirband etib xalq 
ahvolini tobora o g ir ahvolga soldi. Amir esa, «eng itoatgo‘y tuman 
b o sh lig i» 4 sifatida bunga qarshi hech qanday chora ko‘rmagan. Said 
Abdulahadxon ham, o ‘g i i Said Olimxon ham rus vasiyligidan 
xalos b o iish g a intilmadi. Buxoro amirlarining itoatgo‘yligi Peter­
burg doiralariga yoqsa ham lekin Buxoro va Xivani butkul impe- 
riyaga gubema sifatida qo‘shib olish niyati ulami tark etmagan.
Xiva xonligida esa siyosiy nazorat gubemator vakolatiga ega 
b o ig a n Amudaryo b o iim i b o sh lig i tomonidan amalga oshirilgan. 
Muhammad Rahimxon II (1865-1910) amirdan farqli o ia ro q
mustaqil b o iish g a intilgan. Zukko davlat arbobi va m a’rifatparvar 
inson b o ig a n , xalq o ‘rtasida Femz shoir sifatida shuhrat qozongan 
Muhammad Rahimxon II A fg‘oniston amiri, Turkiya va Angliya
10 ‘zR M D A , 3 -ja m g ‘arm a, 2- ro 'y x a t, 178-ish, 15-varaq.
2 O 'z R M D A , 3 -ja m g ‘arm a, 2 -ro ‘yxat, 6 6-ish, 78-varaq.
30 ‘z R M D A , 3 -ja m g ‘arm a, 2 -ro ‘yxat, 66-ish, 80-varaq.
4 T urkiston g en eral-g u b em ato ri fon K aufm an B uxoro am irig a shunday nom
bergan.
251
www.ziyouz.com kutubxonasi


vakillarini yashirin qabul qilgani hamda qandaydir muzokaralar olib 
borgani haqida Turkiston general-gubematori mahkamasi maxsus 
bo‘limi, okrug shtabi kontrrazvedkasi axborotlari diqqatga loyiq.
Xivada o'tkazilgan boj islohoti (1885) xonlikni rus mollari 
bozoriga aylantirgani, pul islohoti esa (1900-1907) iqtisodni mushkul 
ahvolga solgani xonni ana shunday harakatlarga undagan edi. Ros­
siya xonlikning ichki mustaqilligiga ham rahna solib tanga zarb 
etishni man etgani Muhammad Rahimxonni jiddiy tashvishga sol- 
gan edi.
XX asr boshlarida imperiya hukmron doiralarida Buxoro va 
Xivaning ichki mustaqilligini y o ’qotib ulami butunlay Rossiyaga 
qo‘shib olish masalasi 1909 yildagi ikki kengashda, 1910 yil 28 
yanvarda Bosh vazir RStolipin boshchiligidagi Vazirlar Kengashi 
Maxsus majlisida, 1916 yilda imperator huzuridagi maxfiy ken­
gashda atroflicha muhokama etildi. Peterburgning oliy rahbarligi 
iqtisodiy jihatdan bu tadbir zararli ekaniga to ‘xtalib, amir va xon 
amaldorlari vositasida mustamlaka siyosatini davom ettirishning 
siyosiy afzalliklariga urg‘u berishdi. Ular yaqin kelajakda Buxoro 
va Xivani rus gubemiyasiga aylanishi uchun tegishli zaminlami 
yaratish lozimligi xususida bir qarorga kelishdi.
Xulosa qilib aytganda, Rossiya imperiyasi 0 ‘rta Osiyoda o ‘zbek 
davlatchiligining barcha ko'rinishlarini tag-tubi bilan y o ‘qotish va 
mscha idora uslubini qat’iy joriy etish bo‘yicha izchil y o ‘nalishda 
ish olib bordi. M a’muriy-boshqaruv tizimi ana shu maqsadga 
qaratilib, Turkiston o'lkasi, Buxoro amirligi va Xiva xonligi Rossiya 
guberniyalariga aylanishi uchun barcha siyosiy, iqtisodiy, madaniy va 
m a’naviy choralar ko'rilgan edi.
252
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish