Shohizinda
Shohizinda
—
Samarqanddagi
meʼmoriy
yodgorlik
(
11
—
19-asrlar
);
Afrosiyob
tepaligi
jan.da
joylashgan
qabristondagi
maqbaralardan
hamda
masjid
,
minora
va
madrasadan
iborat
ansambl
.
Shohizinda meʼmoriy majmuasi
Qoraxoniylar
sulolasi
tomonidan asos solingan.
Ularning eng qadimiysi
Qusam ibn Abbos maqbarasi
boʻlib, xalq
orasida Shohizinda (
tirik
shoh
) nomi bilan mashhur. Ansambl
bir-biri bilan yoʻlak orqali bogʻlangan 3 guruh
binolardan
iborat.
Quyi guruhdagi inshootlar
Ulugʻbek
oʻgʻli nomidan qurdirgan
Abdulaziz
chortogʻi
(
1434
—
35
), unga
shim.dan
Davlat qushbegi madrasasi (
1812
—
13
) tutash,
uning
qarshisidagi
ayvonli
masjid
naqshlar
bilan nafis bezatilgan. 40 bosqichli tik
zinapoya
oʻrtaligʻining chap tomonida
ziyoratxona
va
goʻrxonadan
iborat
qoʻshgumbazli
maqbara (
15-asr
)
joylashgan.
Oʻrta guruhdagi binolar:
Amirzoda maqbarasi
,
Tugʻlu Tekin
maqbarasi
,
Shirinbeka ogʻo maqbarasi
, uning qarshisida
Temurning
boshqa singlisi
Turkan ogʻo maqbarasi
, 8 qirrali
maqbara,
Ali Nasafiy maqbarasi
kabilar.
Yuqori guruhdagi binolar: Ziyoratxona, uch qismdan iborat
masjid,
Xoja Ahmad maqbarasi
, 1360—61 yillarda qurilgan
maqbara, Tuman ogʻo majmuasi (
1405
—
06
), 2 ta nomsiz
maqbara (
14asr
oxiri)ning kiraverish devorigina saqlangan.
Shuningdek, Tamgʻoch Bugʻroxon madrasasi (
11-asr
),
Amir
Burunduq maqbarasi
(14-asr oxiri) kabilardir. Ansambl
tarkibidagi 20 dan ortiq inshootlar davlat muhofazasiga
olingan.
19
—20-asrlarda ansamblning yana bir necha binolari
barpo etilgan.
18-asrda
vayron boʻlgan zina oʻrnida 40
pogʻonali
gʻishtin
yangi
zina
qurilgan
.
Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 16 iyul
qaroriga
asosan Sh.
yodgorlik majmuasida katta koʻlamdagi
taʼmirlash
va
obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Yetti iqlimga ayon Samarqanddagi aziz zotlar jasadi qoʻyilgan
Shohi Zinda, ya’ni «Tirik-shoh» xonaqohi, oʻtmish ajdodlarimiz
tarixi va taqdirida alohida oʻrin tutadi.
Dastavval bu yerda XI asrdag Samarqanddagi ilk qoraxoniylar davrida qurilgan «tirikshoh»ning
maqbarasi bor edi.
[1]
Keyinchalik xuddi shu yerga 1066-yili Tamgʻach Boʻgʻraxon madrasasi
qurildi va unga tutash bir qator turkum majmua yuzaga keldi. XI-XII asrlarda serhasham
bezatilgan boshqa maqbaralar vujudga kela boshladi. Arxeologlar ulardan bir nechtasini XIV asr
inshoatlarining gʻarb tamonidagi yoʻlakdan qazib topdilar. Ular bezaklari bilan Temur davri
maqbaralaridan farq qilgan. Oʻsha davrda ham, Qusam ibn Abbos maqbarasi «muqqadas»
hisoblanib ziyorat qilingan.
U koʻhna Samarqandning janubiy qismida joylashgan boʻlib, Sharq musulmonlarining muqaddas
ziyoratgohlaridandir. Bugungi kunda Afrosiyob nomi bilan mashhur hudud qariyb 220 ga yerni oʻz
bagʻriga oladi. Shu ulugʻ zaminda paygʻambar avlodi
Qusam ibn Abbos
nomi bilan mashhur
ziyoratgoh tarkib topdi.
Tarixi
Shohi Zinda majmuasi XI asrda paydo boʻlgan va bu yerdagi 20 dan ziyod maqbarada 44 lavha
bitilgan qabrotoshlardan iboratdir. Qariyb, tuqqiz asrdirki, Oʻrta Osiyoning barcha shaharlari va
dunyoning turli goʻshalaridan tashrif buyurayotgan sayyohlar bu muqaddas maskanni ziyorat
qilib kelmoqdalar. Shohi Zinda majmuasi oʻziga xos yoʻlaklari va mahobatli binolari bilan
sayyohlarni oʻziga maftun etadi.
Samarqandddagi mashhur zotlar xonaqohi oʻziga xos va tengsizdir, u dovrugʻi olamga yoyilgan
Misr ehromlari, Toj Mahal qolaversa yetti moʻjizaning biri desa boʻladigan maqbaralar turkumidir.
Shohi Zinda maqbarasida
Qoraxoniylar
va
Temuriylar
hamda din arboblari va peshvolari dafn
etilgan, u dastlab Samarqand din arboblari va hokimlari tomonidan XI asrda paygʻambar
Muhammad (S.A.V)ning amakilarining oʻgʻli Qusam ibn Abbos sharafiga qurilgan. Qusam oʻz
yaqinlari bilan Madinaga qaytayotganida Samarqandda vafot etganligi toʻgʻrisida ma’lumotlar
bor. Ba’zi ma’lumotlarda Qusam ibn Abbos oʻlmagan u tirik gʻoyib boʻlgan deyiladi.
XIII asrda moʻgʻul istilochilarining Samarqandga qilgan harbiy yurishlari, XI-XII asrga oid koʻplab
inshoatlarni, buzilib, xarobaga aylanishga sabab boʻldi. Qabriston XIV asrda qaytadan tiklana
boshlandi.
Amir Temur
hukmronlik qilgan (1370-1405) davrda qurilish ishlari juda jadal sur’atda olib boriladi.
Bu inshootlarning koʻpchiligi bizning davrimizgacha yetib kelgan. Turkum majmua Afrosiyobning
shimolidan to janubga shaharning qoʻrgʻon devorigacha choʻzilgan.m
Ba’zi dahmalar, XI-XII asrlarga oid maqbaralarning xarobalari ustiga quriladi. XV asr boshlarida
binolar Xoʻja Axmad maqbarasidan Hazrati Xizr masjidiga boradigan yoʻl boʻylab quriladi. Temur
davri me’morchiligi, bezak berishning yangi texnikalari bilan ya’ni, qirqma koshinlar bilan yanada
boyitildi. Maqbaralar ikkitadan, tashqi va ichki gumbazli, baland silindr barabanli kilib quriladigan
boʻldi.
Shohi Zindada nodir va maftunkor imoratlar anchagina. Har bir maqbara bejirim qutichaga
oʻxshaydi. Shohi Zinda moʻjizasi sahanalarning birini namuna tariqasida ajratib koʻrsatish mushkul.
Chunki ularning hammasi betakrordir. Shohi Zinda me’morchilik majmuasi uch qismdan iborat qilib
qurilgan. Shohi Zindaga ulkan oʻymakor darvozadan kiriladi. Peshtoq ravoqining gʻarbiy devorida,
uni Abdulaziz Bahodir ibn
Ulugʻbek
tomonidan x. 1434-1435-yillarida bunyod etilgani yozilgan.
Bu inshoat Shohi Zindaning qariyb toʻrt asr davomidagi shakllanish tarixida xotima boʻldi.
Peshtoq nafis ishlangan.
Oʻymakor eshik, 1911-yilda qurilgan, undagi naqshinkor bezak va yozuvlar kishini oʻziga tortadi.
Eshikda quyidagi «Oʻlimdan oldin tavba qilmoqqa shoshilgin va Namozni oʻz vaqtida oʻqishni farz
bilgin» soʻzlari yozilgan. Pastki qism tarkibiga masjid, mulozimxona hamda madrasa ham
kiritilgan. Yozgi masjid ayvoni 1910-yil Samarqandlik usto Mahmud va Muhammad Siddiqlar
qurishgan. Uning devorlari ganch naqshlari bilan bezatilgan. Pastki qismdagi yana ulugʻvor qoʻsh
gumbazli bino tarixan oʻzida tabarruk zotlarning nomini mujassam etadi. Bu inshoat uzoq davr
davomida, Ulugʻbekning ustozi Qozizoda Rumiy nomiga qurilganligi ta’kid etiladi. Buni toʻla
isbotlash uchun 1979-yil 5 noyabr kuni ichkaridagi qabr ochib oʻrganildi. Haqiqatdan ham u
yerdan ayol kishiga xos suyak qoldiqlari topildi. Antropolog Telman Xoʻjayevning aniqlashicha
30-35 yoshlar chamasidagi ayol suyaklari ekan. Maqbarani ichki gumbazlari naqshinkor qilib
ishlangan, panellari esa olti qirrali koshinlar bilan bezatilgan. 1949-1952-yillarda maqbara
tekshirildi va bosib yotgan tuproqdan tozalanib, qayta qurildi.
Nihoyat tabarruk qirq sirli zina orqali majmuaning oʻrta qismiga koʻtariladi. Zinaning eni 5 gazni
tashkil etadi.
Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasi
- SAMARQANDNING TARIXIY OBIDALARI VA
MUZEYLARI BOʻYIChA EKSKURSIYA MATNLARI, 2010
O'zME
Nemtseva, N.B., Shvab, IU. 1979: Ansambl Shakh-i Zinda: istoriko-arkhitektyrniy ocherk.
Tashent: 1979.
Manbalar
Adabiyotlar
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Shohizi
nda&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
1.
Shohizinda — maʼlumot
Katta sovet ensiklopediyasidan
olindi..
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
Soʻnggi tahrir 4 oylar avval
MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
title=Shohizinda&oldid=2440669
"
dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |