Karl Cherni



Download 37 Kb.
Sana18.01.2022
Hajmi37 Kb.
#384887
Bog'liq
Karl Cherni otamurodova Mahliyo


Karl Cherni

Karl Cherni 66 yil umr ko’rgan .

Karl Cherni 1791-yil 21 fevral kuni musiqachilar oilasida tug’ilgan. Uning otasi Vensel Cherni chex millatiga mansub 1786-yilda vena shahriga kelib tez orada klavir o’qituvchisi degan nomga ega bo’ladi.Vensel Cherni 1791-yilda oilasi bilan Polshaga ko’chib kelgan 4 yilda so’ng siyosiy sabablarga ko’ra Polshani tark etib, o’g’li Karl Cherni bilan Vena shahriga keladi. Vensel Cherni Polshada yashagan davrida Karlni klavir san’atiga qiziqtirgan. Vensel juda qattiqqo’l talabchan o’qituvchi hisoblangan. O’sha davrda uning shogirtlari Iogan Sibastian Baxning klavir to’plamini ijro qilishgan. Vensel Cherni o’g’li Karl bilan dars davomida ko’plab muvaffaqiyatga erishgan.Karl 3 yoshigacha klavir cholg’u asbobini o’rgangan 7 yoshida kompozitorlik ijodini boshlagan 10 yoshida V.A.Motsart, I Gaydn, M. Klimenti asarlarini ijro qilib improvizatsiya qila boshlagan.1801- yil Karl Cherni birinchi marta konsertda V.A. Motsartning B-Dur konserti va M. Klimentining asarlarini ijro qilgan. Bu konsertda musiqachilar Karlning ijrosini yaxshi qabul qilgan. Shu yili Venetsiya teatriskripkachiVenzel Krumpxolz L.V. Betxoven ijodi bilan tanishtirib o’tish davimida betxoven bilan ham yuzlashtiradi. O’sha vaqyda Karl Betxovenning potetik sonatasini ijro qiladi. Shunda Betxoven karl haqida quyidagi so’zlarni aytadi “Bu bola istedodli ekanmen bu bola bilanmashg’ulotlar otaman.haftada bir marta oldimga kelsin.”

Betxoven dars davomida o’quvchilarni san’at darajasida tarbiyalab,professional pianist sifatlarini o’rgatadi. Karl Cherni birinchi darsi davomida barcha tonallikdagi gammalarni chalishdan boshlaydi. Gammada ijrosi davomida Betxoven barcha o’quvchilariga barmoq harakatlari va qo’l holatlarini o’rgatadi.1805-yil (o’qishning 3 yilidan so’ng)Betxoven shunday deydi.

“Men shuni ma’lum qilamanki, yosh Karl fortepiano ijrosi davomida 14 yoshida katta muvaffaqiyatga erishdi.qo’llab quvvatlashni tavsiya etaman.”Karl Betxoven bilan mashg’ulotlarni tugatgandan so’ng uning taniqli asarlarini ijro qilib Betxoven asarlarining ijrochisi sifatida birinchi venada pianisti sifatida tarixda qoldi. Cherni birinchi bo’lib( bu fojia jamoatchilikga ma’lum qilishidan oldin) Betxovenning karlik alomatlarini sezadi. Karl Betxoven bilan birinchi uchrashuvida shunday deb yozgan edi. “Men bolalarga xos bo’lgan vizi’ual tezkorlik bilan unig qulog’ida paxta borligini ko’rdim, u go’yo sarg’ish suyuqlik qulog’iga singib ketgan edi.”

Betxoven Chernini 1806-yil 15 yoshida ikkinchi premyerasi “1- fortepiano konserti” ijrosi uchun tanlab oldi. 1812-yil 21 yoshida fevral oyida Cherni venada Betxovenning premyerasi (5- fortepiano konserti “imperator” )ni o’tkazadi. Cherni o’zining musiqiy xotirasidaunga Betxoven o’zining barcha asarlarini yoddan ijro qilish imkoniyatini beradi. 1804-1805 yillarda Cherni shu asrlar bilan o’ynaganliginiyozgan. Shaxzoda Lichnovskiy saroyida haftada bir ikki marta faqat kerakli opuslarni taklif etar edi.

Opus – lotincha so’z bo’lib “ish” degan ma’noni bildiradi.ushbu kataloglashtirish XVII asrda qo’llanila boshlangan. Kompozitor L. V. Betxoven o/zining asarlarini opus deb nomlashdi va ularni sanashdi.

Cherni Betxoven bilanbutun umri davomida munosabatlarini saqlab qoladi va Betxoven o’zining jiyanini Cherniga fortepiano darslariga beradi.

CXherni o’zining asarlarini Bax, M. Klimenti va Betxovenning asarlaridan ilhomlanib yaratishga harakat qilgan.1804- yili Chernining hali maromiga yetmagan konsert variatsiyasi(fortepiano va skripka uchun) bosilib chiqarildi.1818-yil uning ikkinchi asarirondo “Graf Rezing kavatinasi” 4 qo’l uchun (ansanbli) chop etildi ushbu asar Chernini kompozitor bo’lib tanilishiga asos bo’ldi.1805 yil Cherni birinchi marta yevropa bo’yicha konsert dasturini namoyish qildi. Konsertdan so’ng kompozitor V. Meyer shunday tasnif berdi. “Konsert ijrosi davomidagi bunday toza va elegant ijroni kamdan-kam uchratamiz”

Karl Chernining kompozitorlikdan tashqari improvizatorlik hamda notani o’qishi ham a’lo darajada edi. CHerni yevropa bo’ylab gastroldan siyosiy sabablarga ko’ra Venaga qaytadi. Venada taniqli va istedodli musiqachilar ko’pligi sabab Cherni o’zining ustida tinmay ishlaydi, Chernini taniqli fortepiano o’qituvchi ekanligini barcha millatga mansub pionistlar tan olgan edi. Cherni o’zining o’qituvchilik faoliyatini 15 yoshida muvaffaqiyatli boshlagan. Cherni talabalari uchun “musiqa talablari”ni tuzib chiqadi. Uning uslubi Betxoven va M. Klimentinig uslubiga monant ish olib boradi. Cherni o’sha davrda Vena zodagonlarining uylarida kuniga o’n ikkitagacha dars bergan. Cherning “yulduzli” o’quvchilari. Teador Dyler, Stiven Xeller, Sigissmond Talberg va Ninette de Belleeville.

1819 -yili Ferens Listning otasi o’g’lini Cherniga shogirdlikga beradi Cherni List haqidagi fikrini bildiradi.”U rangpar ko’rinishga egabola edi, u o’ynab o’tirarkan xuddi ichkilik ichgandek tebranib yura edi… Uning o’ynashi tartibsiz, chalkash va … barmoqlarini butunlay klaviaturada uloqtirar edi. Ammoshunga qaramaymen tabiatning unga bergan istedodidanhayratda qoldim.” va Betxoven bilan tanishtiradi.

(rasmni Rudolf Lipus chizgan)



F. List Chernining eng taniqli o’quvchisiga aylanadi. Cherni ListniBetxoven, Klimenti Ignas Moscheles va I.S.Baxasarlari bilan tanishtiradi.Listlar oilasi Cherni bilan bir ko’chada yashar edi, bola Chernida juda katta taasurot qoldirganligi sababli unga bepul dars beradi. Keyinchalik List bu ishonchni o’zining Parijdagi ko’plab markazlarida Cherniyning musiqalarini ijro etish orqali qaytarishi lozim edi.list 1823-yil 13-apreldagi Venadagi konsertidan biroz oldin Cherni biroz qiyinchilik bilan Listni Betxovenning shogirdlari qatoriga kiritadi.List Betxovenda katta ta’surot qoldiradi.List Cherniga yaqin bo’lib qoladi. 1852 yilda List o’zining “Etudes d’execution trnascendante” asarini Cherniga bag’ishlab yozadi. 1837-yilda Cherni Venadan Fransiya va Italiyaga sayohat qilish uchun ketadi.1840-yildan keyin Cherni o’zini faqat kompozitsiyaga bag’ishladi. U fortepiano uchun texnikani rivojlantirishuchun pianinoda yakkaxon mashqlarini va etyudlar yaratdi. Uning bu asarlari bolalarni dastlabki darsidayoq eng zamonaviy virtuoz talablariga mos ravishda olib borishga yordam beradi.

Cherni 66 yoshida Venada Vafot etdi. U hech qachon uylanmagan va yaqin qarindoshlari bo’lmaga. Uning katta boyligi Xayriya Tashkilotlariga (shu jumladan Eshitish cheklanganlar uchun Muassasaga) uy xizmatchisiga va Venadagi Musiqa Do’stlari Jamiyatigaxayr- ehson qilib borganida edi.
Download 37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish