IOGAN SEBASTYAN BAX IJODI
21 mart 1685, Eyzenax — 28 iyul 1750, Leyptsig
Jahon musiqa san‟atida o„chmas iz qoldirgan daho kompozitor qatorida I. S. Bax nomi
alohida o„rin egallaydi. Bugunda kompozitorning jahon musiqa san‟atida o„rni va mavqei
shu darajada yuqori baholanadiki, unga qiyoslab teng topilgan hech bir ijodkor nomini
bir qatorga qo„yib bo„lmaydi deb ta‟kidlanadi va bu haqiqatdan ham shunday.
I. S Bax ijodi ma‟lum ma‟noda o„zi yashagan davriga yakuniy xulosa yasab berdi desak
bo„ladi. Uning musiqasi o„z ichiga kompozitordan avval musiqa olamida ochilgan,
rivojlanib an‟anaga aylangan barcha musiqiy jabhalar o„rin olib ularga tayanib ijod
qiladi. Kompozitor nemis organ musiqasi, U„yg„onish davrining xor polifonik san‟ati,
italyan va nemis skripka maktablarining yorqin va mahoratli bilimdoni bo„lgan. O„z
vaqtida I. S. Baxning notalarni xattotlik yozish san‟ati hammani lol qoldirib kelgani bois
u zamondoshlarining asarlarini notaga ko„chirib, bu yo„l orqali fransuz klavesinistlar
(avvalo Kuperen), italyan skripka ustalari va sozandalari (Korreli, Vivaldi), bir qator
italyan opera vakillarining taniqli asarlari bilan bevosita tanishish va o„rganishga
muvaffaq bo„lgan.
Yangiliklarga va tabiatdan tinmay izlanishlarga shay bo„lgan ijodkor bu borada erishgan
tajribalarini umumlashtirib takomillashtirdi, jahon musiqa san‟atida erishilgan yutuqlarni
jamlab, musiqa san‟ati rivojida yangi istiqbolli yo„llarni belgilashda o„z ulushini
qo„shadi. Bu borada I. S. Baxning so„nggi avlod ijodkorlari (Betxoven, Brams, Vagner,
Glinka, Taneyev, Shostakovich, Onegger va b)ga o„tkazgan ta‟siri va ahamiyatini inkor
qilib bo„lmaydi.
Kompozitorning ijodiy bisoti nihoyat u„lkan bo„lib 1000dan ortiq turli janrlarga mansub
asarlarni tashkil qiladi. Ularning ayrimlarining shakl-u shamoili esa o„z davr musiqiy
an‟ana talablari shartidan bir muncha chiqib, yangicha ko„rinishni tashkil qiladi.
Muallif asarlarini asosiy uchta janr guruhlarga bo„lish mumkin:
vokal-cholg„u musiqa;
organ musiqa;
xilma-xil cholg„ular (klavir, skripka, fleyta va x.z.) va cholg„u ansambllar, orkestr uchun
musiqani tashkil qiladi.
Har bir guruhdagi asarlar kompozitorning hayotiy tarjimai holidagi lavha bo„lib o„tgan
ijodiy davrlar bilan uzviy bog„lanib keladi. Eng yirik organ asarlarini kompozitor
Veymar shahrida yaratilgan bo„lsa, klavir va orkestr uchun asarlarni asosan Kyotenda,
vokal-cholg„u asarlarni esa Leipsigda yaratgan.
I. S. Bax asosan an‟anaviy janrlarda ijod qilgan: messa va passionlar, kantata va
oratoriyalar, xor uchun qayta ishlangan asarlar, prelyudiya va fugalar, raqs syuita va
konsertlardir. O„zidan avvalgi avlod kompozitorlar an‟ananalarini davom ettirgan holda
kompozitor ularga mislsiz ko„rinish baxsh etdi. U an‟anaviyjanrlarni yangi musiqa ifoda
vositalar bilan boy etib, boshqa ijod jarlardan olingan vositalar bilan mukammalashtiradi.
Buning yorqin misoli o„rnida kompozitor qalamiga mansub d-moll Xromatik
fantaziyasini qayd qilish mumkin. Klavir uchun yaratilgan mazkur asar katta organ
badihalik san‟atiga hos ifoda vositalar asosida yozilgan bo„lib teatr deklamatsiya
tabiatiga hos unsurlarni o„zida mujassam etdi.
I. S. Bax ijodi o„zining betakror va kengligiga qaramay o„z vaqtida mashhur bo„lgan
“opera” janrini chetlab o„tadi. Ammo shuni qayd qilish lozimki, Bax qalamiga mansub
dunyoviy kantatalar va xajviy intermediyalar Italiyada qayta to„q„ilgan buffa-