operalardan katta farq qilmagan. Kompozitor ularni ba‟zida-drama per music deb atashi
bejiz bo„lgan. Kompozitorning “Kofeyalik”, “Dehqonchilik” kantatatalari, o„zining
hayotiy lavhalari bilan nemis “zingshpil” opera janri tug„ilishiga zamin yaratdi.
Muallif asarlarining mavzui va g„oyaviy mazmuni o„zining hajmi va kengligi bilan
ajralib turadi. Unga bir xil ravishda chuqur qayg„u va iztirob, yengil xajviya, keskin
dramatizm va falsaviy hayoliy dunyo olamiga xos. G. F. Gendel kabi I. S. Bax o„z
davrining ilg„or g„oyalarini, islohatchilik ko„targan diniy-falsafiy qarashlarini aks etishga
xarakat qiladi.
Musiqada kompozitor inson hayoti va taqdirining muhim va umrboqiy masalalari: inson
qadr-qimmati, uning burchi, hayoti va o„limi haqida fikr mulohazalar yuritadi. Bu xayol
surishlar asosan cherkov mavzulariga bag„ishlangan, negaki, kompozitor hayotining
aksariyat qismini cherkovga hizmat qilish, diniy qarashlarni targ„ib qilish, diniy musiqa
yozish va targ„ib qilishga qaratgan. U juda xudojo„y inson bo„lgani bois umrini
oxirigacha unga sodiq o„g„lon bo„lib yashadi. Nemis va lotin tilidagi muqaddas injil
kitobi kompozitorning asosiy nur taratuvchi manbasiga aylandi.
Iso Payg„ambar I. S. Bax ijodida markaziy qahramon va ma‟buddir. Uning aksida
kompozitor insonning eng yaxshi fazilatlarini, xususan qattiyatli iroda, o„z tanlagan
yo„liga vafolik, ezgu niyatlar aksini ko„rgan. Payg„ambar hayotining eng dilga yaqin
sahifalari-Golgofadagi osilishi va insoniyat hayoti uchun o„zini qurbonligi mavzui yotadi.
Bu mavzu I S Bax ijodida o„zining axloqiy, etik talqiniga ega bo„ldi.
Kompozitorning asarlarining murakkab dunyosi borokko estetikasi yo„nalishida
shakllangan musiqiy ramzlar orqali ochib beriladi. Baxning zamondoshlari tomonidan
uning musiqas, jumladan cholg„u musiqa asarlari “sof” tiniq va tushunarli musiqiy til
sifatida qabul qilingan. Musiqada mavjud bo„lgan aniq turg„un aylanmalar ravshan
tushunchalar, hissiyotlar va g„oyalarni ochib berishga qodir edi.
Klassik nutq san‟atiga o„xshab bu shakllar musiqiy-ritorik ko‗rinish qoliplar nomiga ega
bo„ldi. Ayrim ritorik qoliplar tasviriy tavsifga ega bo„lsada (masalan anabasis-ko„tarilish,
catabasis-qoyaga tushish, circulatio-aylanish, fuga-yugurish, tirata-nayza); boshqalari
inson nutqiga o„xshatma sifatida berilgan (exclamatio-xayqirish-yuqoriga intiluvchi
seksta); boshqalari esa hayrat (suspiratio-nafas olish, ta„ziya va g„am anduxni ifodalash
uchun passus duriusculus-xromatik qadam).
O„zining turg„un semantikasi bo„lgani bois mazkur qoliplar “belgilarga” aylanib, ma‟lum
xis tuyg„ular, tushunchalarni aksiga aylandilar. Masalan pastga harakatlanuvchi qoliplar
qaygu, iztirob, o„zim marosimi, yuqoriga harakatlanuvchilar esa qayta tug„ilish,
yorug„likni bildirgan. I S Bax ijodida ramz kuylari barcha asarlarida mavjud.
Kompozitorning ayniqsa protestan xorallari va ulardagi musiqiy atta belgi-man„oga ega.
Ma‟lumki kompozitor protestan xorallari bilan hayoti davomida bog„liq bo„lgan-u uning
diniy e‟tiqodi va cherkovda xizmat qilgan faoliyati bilan chambarchas bog„liq edi.
Kompozitor hamisha xoralning turli janrlardagi ko„rinishlari bilan ishlagan-organ xoral
prelyudiyalar, kantatalar, passionlar va b. Aynan protestan xorali muallifning
kompozitorlik musiqiy badiy tilini yaxlit va uzviy qismini tashkil qildi. Xorallar katta
protestan jamoalar tomonidan cherkovlarda birgalikda kuylanib, dindor xristian
odamlarning dunyoqarashining yaxlit borlig„ini aks etishga qaratilgan. Xorallardan
aytilgan kuylar hammaga tanish bo„lgan, shu bois Baxning davrida har bir asar va uning
musiqasi Muqadas kitobning mazmuni bilan bevosita bog„lab gavdalangan.
Bax ijodida muhim ramzlardan biri but bo„lib to„rtta turli yo„nalishga qaratilgan
notalardan tashkil topadi. Agar grafik ko„rinishda birinchini uchinchi, ikkinchini
to„rtinchi bilan bog„lab olinsa shunda, xristian buti ko„rinishi paydo bo„ladi (xatto,
kompozitor familiyasi BACH nota talqinida shunday but rasmini tashkil qiladi).
Kompozitorning o„zi buni Xudoning Inoyati sifatida qabul qilgan ko„rinadi) turli ritorik
qoliplar asosida Baxning musiqiy ramzlarining tizimi ishlab chiqildi. Uning o„rganishga
bir qator tadqiqotchilar A. Shveyser, F. Buzoni, B. Yavorskiy, M. Yudina katta xissalarni
qo„shdilar.
Kompozitorning genial ijodi o„z vaqtida zamondoshlari tomonidan ulug„ligiga qarab
munosib qabul qilinmagan. O„z vaqtida asosan mohir organachi sifatida tanilgan I S.Bax
kompozitor sifatida u qadar shuhrat qozonmagan. Uning ijrdi haqida tiriklik paytida
jiddiy bir qo„llyozma yozilmadi, faqat bisotining kichik bir qismi nashr qilindi.
Kompozitorning vafotidan so„ng uning asarlari uzoq vaqt davomida zahiralarda chang
yutib yotgan, ayrimlari esa yo„qolib ketdi. Kompozitorning nomi ham ma„lum vaqt
davomida unutilib ketadi. I. S. Baxga bo„lgan yangidan qiziqish faqat XIX asrda qayta
ro„y beradi. F. Mendelson tashabbusi bilan topilgan “Matfey bo„yicha iztiroblar”ning
notalari qayta tiklanib Leypsigda ijro etiladi. Tinglovchilarni aksariyati musiqadan
haraytlanib muallifni nomini o„zlari uchun qayta ochdilar.
Kompozitorning vafotining 1000 yilligi munosabati bilan (1850) Leypsig shahrida Bax
jamiyati tashkil qilindi. U o„z zimmasiga kompozitorning bisotiga kirgan barcha
qo„lyozmalarni nashr qilish maqsad qilib oldi (46 jild).
Kompozitorning bir necha farzandlari taniqli kompozitor va ijrochilar sifatida tanildilar:
Filipp Emmanuel, Vilgelm Frideman (Drezden), Iogann Kristof (Byukkenburg), Iogann
Kristian (eng kichigi “Londonlik” Bax).
Iogan Sebastyan Bax-buyuk kompozitor va organchi, kantor va pedagog tarix
sahifalardan go„yo bronzadan quyilgan bahaybat va ulug„vor timsol sifatida ko„z
oldimizda gavdalanadi.
Kompozitor musiqasi va ijodi asrlar davomida insoniyat tomonidan turlicha qabul
qilingan. Uning ijodiga bo„lgan qiziqish bizning asrimizning ikkinchi yarmida chandon
kuchaydi.
Agar daholik bu turli inson alomatlarining baxtli mujmuasi deb hisoblansa buning yorqin
misoli o„rnida I. S. Baxni hayotini keltirish joiz. Uning avlodi ikki yuz yillik davomida
qadrdon Tyuringiyani saroy, cherkov va shahar musiqachilari, skripkachi va organchilar,
kompozitorlar bilan ta‟minlab kelgan. Baxlarning zurriyodi musiqa tarixida unikal bir
fenomen. Nemis olimlari uni yaxshi o„rganib, tadqiq qilishdi. Baxning o„zi ushbu
“geniologik daraxtni” tuzib chiqqan edi:
Gans Bax (1580-1626) skripkachi
Iogann Bax (1604-1673) organchi, dirijor
Genix Bax (1615-1692) organchi, kompozitor
Iogann Mixael Bax (1648-1694) organchi, kompozitor, cholg„u ustasi
Xristof Bax (1613-1661) saroy musiqachisi
Iogann Kristof Bax (1645-1693) skripkachi, organchi
Iogann Amvrosiy Bax (1645-1695) skripkachi, altchi
Do'stlaringiz bilan baham: |