Prelyudiya f-moll (“Senga murojaat qilaman, Tangrim!”). Ushbu prelyudiyada xoral
kuyi yuqori ovozga berilib hukumronlik qiladi va shu tariqa asarning umumiy timsolini
belgilab beradi. Xoral mavzusi kuychangligi bilan ajralib yumshoq sokin ohanglarga
asoslangan. Ritmik bir xillilik bas ovozidagi bir tekis harakati bilan bo„rtirilib musiqaga
ma‟lum ma‟noda qat‟iylik va yig„ib olinganlik ato etadi. Asosiy kayfiyat-chuqur irodali,
yuksak g„am.
Asarning fakturasida uchta qatlamni ko„rish mumkin: yuqori ovoz (xoraldning bosh kuyi
o‟rta registrdagi ijrosida inson ovoziga o‟xshab ketadi), bas chizgisi va o„rta ovoz-ohang
nuqtai nazardan juda ifodali va ritmik harakatchan. Shakli-ikki qismli bo‟lib: birinchi
qism aniq jumlalarga bo„linadi va aniq kadensiya bilan yakunlanadi; ikkinshi qism yalpi
rivojlanib ketma-ket keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |