vazifasini bajargan muqaddima asar (prelyudiya, fantaziya, tokkata va fuga) bo„lib ular
Baxdan avvalgi ko„plab ijod qilgan kompozitorlar ijodiyotida keng qo„llanilib o„rin
olgan. Aksariyat hollarda mustaqil bir biri bilan bog„liq bo„lmagan fuga, tokkata,
fantaziya yoki aralash turdagi bir qismili kompozitsiyalar keng o„rin olgan. Ular erkin
holda prelyudiya-badihagoylik va fugallashgan lavhalarga tayangan. Bax ushbu an‟anani
buzib ikki kontrast sohalarga ajratib bir biriga uzviy va mantiqan bog„liq bo„lgan biroq
mustaqil polifonik turkumini alohida qismlarini yaratib beradi. Birinchi qismda erkin,
badihaviylik tomonlar mujassam etilgan bo„lsa, ikkinchi qismi-fugada qatiy tashkil
qilingan meyorlar o„rin olgan. Fuganing musiqiy rivoji mantiq va fan qonuniyatlariga
amal qilib yozilgan. Fugani yozilish qoida qonunlari Baxdan avval-nemis organistlar
san‟atida shakllangan edi.
Polifonik turkumlarning kirish qismlari bunday qatiy rejaga asoslanmagan. Ular
organdagi erkin badiha qilish amaliyotidan kelib chiqib hissiyotlarni erkin ifoda etilishi
bilan tavsiflangan. Ular uchun hos bo„lgan jihatlar:
a) “umumiy shakl tuzish” harakati – mahoratli passajlar, garmonik figuralar, ya‟ni akkord
tovushlar bo„ylab harakat qilishi;
b) kichik bo„g„inlarni sekvent rivojlovi;
v) templarni erkin o„zgarishi, turli kayfiyatdagi harakterlar bilan almashishi;
g) yorqin dinamik kontrastlar.
Baxning har bir polifonik turkumi o„zini betakror badiiy individual yechimi bilan
e‟tiborni qozonadi. Ularni umumiyligi mustaqil qismlarni turkum ichidagi o„zaro
bog„liqligidadir. Bu umumiylik bir xil umumiy tonalligi mavjudligi bilan belgilanadi.
Masalan, “Tokkata va fuge d-moll”da – kompozitsiya yaxlitligi tokkatta va fuga
orasidagi ko„plab umumiy rishtalari asosida kelib chiqadi.
Tokatta musiqasi katta kuch, to‟fonlik harakatni gavdalaydi. Birinchi muqaddima
tovushidanoq tinglovchilarni yuqori patetik shiddat o„ziga rom etadi.
Kirish mavzusi yuqoridan (avj-manbai) ff jarangida, organ unisonida ko„zga tashlanadi.
Deklamatsiya, chaqiriq ohanglariga asoslangan kuy o„zini kuchli jarangida tarrannum
qilinishi bois bir muncha baxaybat va ishonchli chiqqan.
Ushbu ohang fuga mavzui asosida ham yotadi. Minor ladli V bosqich tovushqatoridan
pastga yetakchi tonga tushishish misolida buni ko„rish mumkin. 16-cho„zimliklarni
to„xtovsiz ostinatoli harakati bois fuga musiqasi bir muncha dadil, motorli va aktiv
xarakterga ega. Uning negizida Uning kuyida tokattaning ikkinchi qismiga hos belgilar
mavjud-pinxon ikkiovozlik va bir necha bor “lya” tovushini takrori, bir xil ritmik sur‟at.
Umuman olganda ikki kuy bir matoning varianti sifatida qabul qilinadi (fuga kuyi –
oynasimon tarzda tokattani ikkinchi bo„limining aksidir).
Yanada yirikroq ko„rinishda tokatta va fuganing birligi butun turkum misolida
gavdalanadi. Butun asarning avj pallasi fuganing yakuniy qismiga to„g„ri keladi-patetik
xarakterdagi eng katta koda. Bu yerda tokattaning timsollari qaytib polifonik usullar
gomofon-garmoniklikga o„rin bo„shatadi. Qayta baxaybat akkordlar va mahoratli
passajlar yangraydi. Shunday qilib butun turkum ham uch qismli ko„rinishga ega bo„ladi
(tokkata – fuga – tokkatali koda). Shuningdek d-moll fugasida uni tokkata bilan
qardoshlik rishtalarini aniqlagan belgi-intermediyalarni ko„pligida ko„rish mumkin.
Intermediyalar asosan “sinuvchi” akkordlar va ularni sekvent rivoji bilan tavsiflanadi.
Shuning evaziga fuganing polifonik usuli gomofon-garmonikga yaqinlashib qoladi
cheskomu, tokattaning badihali xususiyatiga yaqinlashib qoladi. Polifonik turkumning
ikki qismlarini birlashuvi shuningdek nafaqat yaqinlik rishtalarga asoslanishi balki
aksincha bir biriga kontrast bo„lgan musiqiy timsollarni solishtirishi evaziga ham
yaratilishi mumkin. Masalan, g-moll-organ turkumi.
Fantaziya musiqasi Baxning bir muncha jiddiy va tantanali xor
asarlari-si minorli messasi
va passionlarining obrazlariga yaqin turadi. Ularda ikki kontrast emotsional olamlar
taqoslanadi biri-fojiaviy, unda bir ovozli rechitativ akkordlari yuksak tarang tessiturada
goyo xor va yakkaxon ovozlar ketma-ket kelishiga o‟xshaydi. Organ punkti tufayli
noturg„un, dissonant akkordlar paydo bo„ladi, rechitativ jumlalar borgan sari dramatik
shiddatga ega bo„ladi. Ikkinchisi esa barcha ko„rinishi bilan birinchiga qaramaqarshi.
Pastki ovozni sekin vazminli harakati ostida yuqoridagilar kamaytirilgan uchtovushlikka
asoslangan lirik aytimni gavdalantiradi. Minor ladi, yumshoq jarang musiqaga yuqori
falsafiy xususiyatlar ato etadi. U g„amgin oychan pastka harakatlanuvchi ohang bilan
yakunlanadi.
Fantaziyaning so„ngii rivoji birinchi mavzuning murakkab davomi sifatida qabul qilinadi.
Umumiy jarangni dramatik shiddati ikkinchi mavzuni kichik reprizasi yuqori registrda
o„tilishi bir muncha chuqurlashtiradi.
Fantaziyaning fojiaviylik tusiga qaramaqarshi dadil va jo„shqin fuga taqqoslanadi. U
raqsbop xarakteri, maishiy raqslar bilan bog„liqlik rishtalari bilan ajralib turadi. Xalq
ijodiyotiga yaqinlik mavzuni reprizali tuzilishida, uning yakunlanuvchi ko„rinishida,
ritmik urg„ularni davomiyligida ko„rish mumkin. Mavzuda keng yoyilgan, “dadil” kvinta,
oktava intervallarga sakramlar davomiy ritmik suratlar ortida bir muncha ko„tarinki va
dinamik timsolni yaratadi. Harakat shiddatini oshirishda ladning rivojlovi ham ko„mak
beradi: asosiy tonallikning tonika va dominantasiga parallel majorning tonika va
dominantasi solishtiriladi.
Fuga tuzilishi reprizali uch qismlikka asoslanadi. Birinchi bo„lagi ekspozitsiya va
kontrekspozitsiyadan tashkil topadi, undan so„ng katta o„rtaliq qayta ishlov qismi kelib
reprizasi qisqartiriladi. Har bir yangi mavzu o‟tilishi avvalida yoyilgan intermediyalar
o„rin oladi.
C-dur Organ turkumning ichki tuzilishi qo„shimcha kiritilgan 3-qism evaziga yanada
kengaytirilgan. Obraz doirasini rivojlovi mazkur asardan ko„tarinki tokatta patetikasidan
yuksak Adagio lirikasiga qadar, so„ng kuchli va shiddatli Grave (Adagioning yakuniy
qismi) va nihoyat fuganing raqsbop harakatiga o„tadi. Tokkataning asosiy rivojlanish
tamoyili-badihalikka asoslangan. U bir necha mustaqil yakunlangan bo„limlardan iborat
bo„lib bir biridan kuy harakati va rivojining ko„rinishi bilan farq qiladi (bu mahoratli
passajlar, yoki kuy ohanglarini sekvent rivoji, yoki akkord tovushlari asosidagi
figuratsion harakatni tashkil qiladi).
Tokkatada aniq birlashtiruvchi mantiq mavjud: boshidan oxiriga qadar-yuksak avjgacha
borib taqaladi. U ovozlarni turli registrlarda kelishi va ajrab borishi orqali umumiy
fakturani tobora yo‟g„onlanishi kuzatiladi. Oxirgi pallada harakatga organni eng pastki
tovushlari kirishadi – organ pedali.
Adagioda barcha narsalar tokkataga nisbatan kontrast: minor tonallik (parallel a-moll),
kamer jarang – xoral prelyudyalar ko„rinishida, bir turdagi faktura (bosh ovoz va unga
jo„rlik bo„lgan ovoz) bir turli tematizm, virtuoz mahorat va yorqin avj cho„qilarini
yo„qligi tokattaning qarama qarshi aksidir. Butun Adagio misolida jiddiylik saqlanib
qoladi. Ammo yakuniy o‟nta takt avvalgilardan tubdan farq qiladi. Musiqaning xarakteri
tantanavor va tantanali bo„lib qoladi.
Katta to‟rt ovozli fuga kengligi katta mavzuga asoslanib yozilgan. Mazkur kuy diatonik
bo„lib raqs aytimlarni o„z ichiga qamragan 6/8 o„lchoviga asoslangan va ma‟lum jihatlari
bilan jiga raqsiga yaqinlashadi. Mavzu o‟n bir marotaba o„tkaziladi: 7-marotaba
ekspozitsiyada, 3-marotaba qayta ishlov qismida va 1-marotaba reprizada. Shunday qilib
qayta ishlovning asosiy qismi intermediyalar tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: