Kun va tun almashishi. Yil fasllarining almashishi «Quyosh chiqdi»



Download 14,57 Kb.
Sana06.02.2022
Hajmi14,57 Kb.
#434143
Bog'liq
Kun va tun almashishi. Yil fasllarining almashishi


Kun va tun almashishi. Yil fasllarining almashishi
«Quyosh chiqdi», «Quyosh tepaga ko‘tarildi», «Quyosh botdi» degan iboralarga odatlanib qolganmiz. Quyosh haqiqatdan ham chiqib botadimi yoki bizga shunday tuyuladimi?

0‘tmishda, taxminan 1000 yillar ilgari, Yer bir joyda qo‘zg‘almay turadi, Quyosh va boshqa osmon jismlari Yerning atrofida aylanadi, deb hisoblanilgan (bu — geotsentrik nazariya).


Vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy Yer va boshqa say- yoralaming Quyoshga bog‘liqligi to‘g‘risidagi fikmi o‘rtaga tashlagandan keyin Yer bilan Quyoshning bir-biriga nisbati va bog'liqligi haqidagi tasawurlar o‘zgara boshladi. Hajmi Yer hajmidan million baravardan ziyod katta bo‘lgan Quyoshni Yer atrofida aylanadi, deyish haqiqatan aql bovar qilmaydigan fikrdir.


Beruniy geotsentrik nazariyani rad etib, geliotsentrik nazariyani ilgari surgandan va Yeming o‘z o‘qi atrofida aylanishi isbot etilgandan keyin Quyosh Yer atrofida emas, balki Yer Quyosh atrofida aylanadi, degan fikrga kelina boshlagan.


Yeming o‘z o‘qi atrofida aylanishini isbotlovchi dalillarga to‘xtab o‘tamiz. Biz Yeming o‘z o‘qi atrofida aylanishini sezmaymiz, chunki o‘zimiz ham u bilan birga aylanamiz. Masalan, poyezd yurib ketayotganda vagon derazasidan tashqariga qarasangiz daraxtlar, simyog‘ochlar va binolar poyezd ketayotgan yo‘nalishning teskarisiga, ya’ni orqaga tomon yugurib ketayotgandek tuyuladi. Buni ko‘pchiligingiz kuzatgan bo‘lsangiz kerak. Ammo yo‘lovchida poyezd o‘z o‘mida qimirlamay turibdi-yu, daraxtlar, simyog‘ochlar harakat qi- layotgandek taassurot qoldiradi. Xuddi shunga o‘xshash, bizga Yer emas, balki Quyosh va yulduzlar harakatlanayotgandek tuyuladi, chunki biz o‘zimiz Yer bilan birga aylanamiz. Quyoshning chiqib-botishi uning faqat ko‘rinma holatidir. Aslida Quyosh chiqib-botmaydi. Quyoshning osmondagi ko‘rinma harakati, tun bilan kunning almashinib turishining asosiy sababi — Yerning g‘arbdan sharqqa qarab 24 soatda bir marta o‘z o‘qi atrofida aylanib chiqishidir. Yer sharining o‘z o‘qi atrofida 24 soatda to‘liq bir aylanib chiqadigan vaqtiga sutka deyiladi.


Quyosh bir sutka davomida Yer sharining hamma tomonini bir yo‘la yorita olmaydi. U navbat bilan Yeming goh bir tomonini, goh ikkinchi tomonini yoritadi, binobarin, Yerning aylanib Quyoshga qaragan tomonida kun, Quyosh nuri tushmay turgan tomonida tun bo'ladi. Yerning sutkalik harakati natijasida kun bilan tun chegarasi Yer sathi bo‘ylab g‘arbga tomon siljiy boradi. Shuning uchun har 12 soatda Yer shari­ning manzarasi o‘zgaradi: Quyosh tepamizda turgan joyda 12 soatdan keyin yarim kecha bo‘ladi.


Yeming o‘z o‘qi atrofida aylanishini isbotlovchi dalillardan yana biri — Fuko mayatnigining harakatidir.


Fransuz fizigi Fuko Parijning eng baland binolaridan biri- ning shipiga 30 kilogrammlik toshni uzunligi 70 metr keladigan sim bilan osib qo‘yib mayatnik yasaydi. Har qanday mayatnik hamma vaqt bir yo‘nalishda, ya’ni dastlabki harakat- ga keltirilgan yo‘nalishida tebranishga intiladi.


Fransuz fizigi Fuko Yeming aylanishini mayatnikning ana shu xususiyatidan foydalanib kuzatish mumkinligini tushuntir- di. Mazkur mayatnik osib qo‘yilgan ship ham, binoning o‘zi ham Yer bilan birga aylanganligidan, tebratib yuborilgan ma­yatnik Yerning harakatiga qarshilik ko‘rsatishi va o‘zining dast­labki yo‘nalishida tebranishga intilishi lozim. Binobarin, shi­piga mayatnik osilgan bino Yeming aylanishi tufayli burilishi bilanoq mayatnik o‘zining tebranish yo‘nalishini o‘zgartirishi kerak.


Fuko 1851-yilda tajriba o‘tkazdi. Tajriba natijalari uning hisob-kitobini tasdiqladi: mayatnik tebratib yuborilib bir necha minut o‘tgach, kuzatib turuvchi kishilar mayatnikning harakat yo‘nalishi o‘zgara boshlaganini payqadilar.


Mayatnik qancha katta bo‘lsa, uning tebranish yo‘nalishi o‘zgarishini payqash shuncha oson bo‘ladi, katta mayatnik uzoq vaqt tebranib turadi. Shuning uchun ham Fuko o‘z tajribasida katta mayatnikdan foydalandi.

Fuko mayatnigi bilan boshqa joylarda ham tajriba o‘tkazildi. 1931-yili Sankt-Peterburgdagi Is’hoq jomesida simining uzunligi 98 metr va toshining og‘irligi 60 kilogramm keladigan mayatnik yasaldi. Mayatnik bir necha marta tebrangach, uning yo‘nalishi o‘zgarganligini payqash mumkin bo‘ldi.




Bir sutka necha soat? Bu savolga ko‘pchilik hech ikkilanmay, qat’iy ishonch bilan 24 soat deb javob beradi. Bu to‘g‘ri javobmi? Yo‘q, albatta. Yer o‘z o‘qi atrofidan 24 soatda emas, balki 23 soat 56 minut 4 sekundda bir marta aylanib chiqadi. Bu vaqt yulduz sutkasi deb yuritiladi. Yulduz sutkasining boshlanishi yil davomida turli vaqtlarga to‘g‘ri keladi. Insonning hayoti, Yerning tabiati yulduzdan ko‘ra Quyoshga ko‘proq bog‘liq. Shuning uchun insonlar quyosh vaqtiga amal qiladi. Haqiqiy quyosh vaqti yulduz vaqtidan farq qiladi.
Download 14,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish