TANQIDIY MUSHOHADA USULINI DARS JARAYONIDA QO‘LLASH '
Ushbu tanqidiy mushohada usulining tub ma’nosi va mohiyati tinglovchilami nafaqat tinglash hamda fikrlashga undashdan, balki bunga qo‘shimcha ravishda o‘rganilayotgan mavzuning mohiyati haqida boshqa birovlar bilan faol va ijodiy fikr almashinishdan iborat bo‘ladi. Shuning uchun ham darslarni tashkil etish jarayonida shunga katta ahamiyat berish lozimki, tinglovchilami mashg‘ulotlaming mazmun-mohiyati bo‘yicha atroflicha va chuqur fikrlashga undash, o‘zaro fikr almashinishga chaqirish va qiziqtirish samarali natijalarga olib keladi. Darsni bu yo‘nalishda tashkil etish tinglovchilar o‘zlashtirish darajasining ham keskin o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin. Chunki dars jarayonining bunday to‘laqonli ravishda tashkil qilinishi darsning zerikarli o‘tilishiga barham berib, o‘qituvchi bilan tinglovchilarning faol fikr almashishiga, munozara qilishiga va bevosita muloqotga olib keladi. Shuni yodda tutish lozimki, biz (ya’ni, barcha o‘qituvchi va hurmatli ustozlar) har doim o‘quvchi va tinglovchilarga u yoki bu yo‘nalishlarda samarali, tanqidiy fikr yuritish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim berishimiz lozim bo‘ladi. Buni tanqidiy nuqtayi nazardan mushohada qilish deb atasak, uning o‘zi nima ekanligini quyidagicha aniqlab olishimiz kerak bo‘ladi:
1. Tanqidiy mushohada yuritish - bu qandaydir fikrlar ketma-ketligi va majmuasining pirovard natijasidir. Bu biror-bir shaxs birota narsa haqida fikr yuritganda, uning fikrlarini o‘zgalar tomonidan boshqa vo‘nalishlarda, chuqurlashgan holda tanqidiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqishdir. Demak, bu yangi hamda boshqacha noan’anaviy fikrlar, ma’lumotlar orqaii atroflicha mushohada va munozara qilish usulidir.
2. Tanqidiy mushohada faol jarayonlar turiga mansub bo‘lib, o‘rganuvchining bilim olish jarayonida atayin yoki tasodifiy (spontan) ravishda yuzaga keltiriladi va uning o‘rganayotgan ma’lumotlar to‘plamini ijobiy ravishda o‘zgartirishga, moslashtirishga, kengaytirishga yoki ma’lum bir keraksiz va muhim bo‘!magan qismining o‘zgartirilishiga yoki yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin.
3. Tanqidiy mushohada jarayoni quyidagi mazmundagi savollar berilganda yoki muammolar o‘rtaga tashlanganda yuzaga kelishi mumkin:
1) Men ushbu bilimlami qanday qilib amaliyotda ishlata olaman?
2) Ushbu soha bo‘yicha oldindan bilganlarim bilan mazkur bilimlar orasida qanday munosabat yoki bog‘liqlik bor?
3) Bu ma’lumotlar men uchun kerakmi, foydalimi yoki yo‘qmi?
4) Bu ma’lumotlar yoki mavzu haqida shaxsan men qanday fikrdaman?
5) Bu ma’lumot hamda g‘oyalami qoMlash men va o‘zgalar uchun qanday qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |