dagi yurt fidoyilari jangni boshlab berishdi.
Undan keyin Mirzo
Davlat qo‘mondonligida toshkentliklar, so‘ngra X o‘jand hokimi
Mirzo Ahmad qushbegining yigitlari maydonga otilib chikdilar. Birin-
ketin M arg‘ilon, Q o‘qon, Andijon, 0 ‘sh, Namangan yigitlari jangga
kirdilar. Kalonxoja sudur, M o‘minxoja sudur, Mirbobo ponsadboshi,
Avaz Muhammadbiy kabi lashkarboshilar bilan birga jang maydo-
nida ulamolar, fozillar va boshqa nufiizli kishilar vatanparvarlami
ruhlantirib g ‘alabaga undadilar. Muarrix
ana shu voqealar xususida
hayajon bilan bunday deb yozadi: « 0 ‘rislami pastqam yerda,
chashma yonida mujohidlar to ‘rt tarafdan qamal qildilar. Bir kecha-
kunduz to ‘plardan va miltiqlardan otishma b o id i. Shundan keyin
ulamo va fozillar navkarlar, jangchilar va yigitlar orasida yurib,
payg‘ambar hadislaridan aytishib, jihod va g ‘azotga chaqirdilar, zafar
va muvaffaqiyatlar tiladilar.
Lashkarboshi mulla Alimqul mujohidlaming har birining ko‘ng-
lini k o ‘tarib, hammani otdan tushib hujumga o ‘tishga buyurdi. Shu
ravishda kam aylar sadosi ostida to ‘rt tomondan o ‘rislarga qarshi
hujum qilindi. 0 ‘sha onda hozir b o ig a n kishilaming so‘zlariga
qaraganda, mujohidlar 2-3 ming qadamgacha oldinga siljidilar, ikki
tomon o ‘rtasida taxminan bir yarim ming qadam qolganda o ‘rislar
zambarak va miltiqlardan shunday qattiq o ‘q yog‘dirdilarki, birdaniga
12 ming kishi jang maydonida o id irild i va jarohatlantirildi».
Bu jangdan so‘ng shtabs-kapitan Meyer o iik lam i hamda
yaradorlami maydondan olib chiqishini bahona qilib, urushni to ‘xtatish
haqida muzokara boshlaydi. Lekin ruslar
nimagadir chekinishga
qaror qilishadi, shtabs-kapitan Meyer va podpolkovnik Lerx
boshchiligidagi qismlar Avliyoota va Turkiston tomon chekinishadi.
Mahalliy muarrixlardan Avaz Muhammad Attor H o‘qondiy Chimkent
ostonasidagi g ‘alabani shunday tasvirlaydi: «Vatan himoyachilari
bor kuch-qudrati bilan dinimiz dushmanlariga qarshi urushaylik va
zarba beraylik, shoyadki, kofirlarga kimligimizni ko‘rsatsak, degan
qarorga kelishdi... Mulla Alimqul eshik og‘asi q o iig a zafar jilovini
olib, iqbol ostonasiga qadam qo‘ydi, sharafi osmon avjiga yetib, fathu
zafarli askarlarga ishorat qildi... Ikki tomondan ham harb nog‘orasi va
urush nayi chalindi. Musulmonlar tantanasi fazoda aks-sado berardi.
Dovul sadosi, yoshu qari faryodi arshdagi
malak q ulog in i ham kar
qildi. G ‘azabnok suvoriylar va shiddatkor yigitlar dushman tomon
hamla qildilar. Omonlik tovusi oromini yo'qotib, zog‘ga o ‘xshab
bir chekkada turardi. Ajal lochini urush maydonida parvoz qilib, ruh
qushini sayd etardi. Qatl olovi shunday yonib ketdiki, osmon toqiga
yetardi. Urush shuiasining ta’siri shunday ediki, uning nuri falakm
89
www.ziyouz.com kutubxonasi
yoritardi. Dilovar askarlar o ‘z jonlaridan kechib, shirin hayotni unutib
bahordagi chaqmoq qamishzorga urgandek, kurashga tashlandilar.
Xususan, ahli islom kofirlami qattiq jazoladilar, ulami jalo tig‘i bilan
urib, shijoat o ‘qini otib, boshlarini tanidan judo qilib tashladilar.
K o‘p kushoyishlardan so‘ng zafar nasimi Olloh inoyati ila musul
monlar
tomoniga esdi, kofirlar boshiga badbaxtlik tuprog‘ini
hovuchlab sepdi va ulami sharmanda qildi. 0 ‘m slar tez orada omon-
lik so‘rab musulmonlar oldida tiz cho‘kib bosh qo‘ydilar»'.
Chimkent ostonasidagi jangda yurt fidoyilari erishgan muvaf-
faqiyat va ruslaming lashkarboshi Alimqul huzuriga elchi j o ‘natish-
gani haqida mahalliy muarrixlaming asarlarida qarama-qarshi m a’lu-
motlar mavjud. Avaz Muhammad Attor Ho'qondiyning yozishicha,
«K o‘p o'rus kofirlar boshyalang, quloklarini qo‘lga olib, q o iq ib
uzr so‘rash uchun mulla Alimqul sardor huzuriga keldilar. Sovg‘a-
salomlarini tortiq etib, dushmanlik va adovat ruhidagi kalimalami
unutib, o ‘z maqsadlarini bayon qilishdi. M usulmonlar sulh vasiqasiga
imzo chekib, o ‘rislardan ikki lak miqdorida Rossiya tillasida pul talab
qilishdi. Bu esa X o‘qandi latifning 225 ming bir misqolli ashrafiysiga
teng edi. Ular Turkiston viloyatini ham qaytarib berishga rozi
bo iishdi». Muhammad Solih Toshkandiyning yozishicha, «o‘rislar
tomonidan bir elchi jam oasi
kelib ahdu paymonlar qilib, Sulton
Sayidxon oldida o ‘z shartlarini izhor qilish maqsadida amiri lashkar
mulla Alimqulga sovg‘a sifatida to ‘n keltirdilar va javobga munta-
zir b o iib turdilar»2.
Lashkarboshilar kengashida toshkentliklar m slar bilan muzo-
kara yuritishga qarshi chiqdilar va bu fikr ko‘pchilik tomonidan
quvvatlandi. Amiri lashkar Alimqulning Vatan y o iid a jonini
tikkanligi, uning har qarich zaminini muqaddas bilib, dushman
q o iid a
qoldirmaslik uchun oim ish ni, kelajakni o ‘ylab, buyuk davlat
arbobiga xos, turkiy millat jipsligi manfaatlarini ko‘zlash jihatidan
ish ko ig anligin i bir tarixiy dalil shahodat etadi. Muarrix, o ‘sha
paytda shig‘ovullik mansabida turgan mullo Yunusjon munshiy
amiri lashkar Alimqulni ko‘p bora ms harbiy qo‘mondonligi bilan
sulh tuzishga, yov taraf ham bosib olingan hududlami (Turkiston va
Chimkentni - muall.) q o id a saqlab qolish sharti bilan, yarashishga
rozi ekanligini bildirib, uni ko'ndirishga intilganligini aytadi.
1
Do'stlaringiz bilan baham: